ZARBDOR 24 |🇺🇿
СтатистикаJizzax viloyati Zarbdor tuman hokimligining telegramdagi rasmiy kanali. Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/oz/zarbdor Instagram: https://www.instagram.com/zarbdortumanhokimligi/ Murojaat va taklif: ✍️https://t.me/send_an_application ☎️ 72 4922505
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 121
- Всего постов
- 369
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 374
- 1/48двое суток
- 428
- 1/72трое суток
- 462
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#kun_tarixi 1️⃣5️⃣ AVGUST SANASIDA SODIR BO‘LGAN MUHIM TARIXIY VOQEALAR 🌍1498 yil — Xristofor Kolumb uchinchi safarida Grenadani kashf etgan; 🇵🇦1519 yil— hindu baliqchilar qishlog‘i o‘rnida Panama shahri tashkil etilgan bo‘lib, uning nomi "serob baliq" degan ma’noni anglatadi; 📜 1717 yil — Rossiya, Fransiya va Prussiya o‘rtasida Shimoliy urush natijalari bo‘yicha Amsterdam shartnomasi tuzilgan; 🇫🇷 1795 yil—Fransiyada yangi valyuta - frank joriy etilgan; 🦷1848 yil —Nyu-Yorkda Valdo Xanchet stomatologik kursini patentlagan; 1877 yil — Tomas Edison Pitsburg telegraf kompaniyasi prezidentiga yo‘llagan maktubida telefon orqali muloqotda "hello" so‘zini ishlatishni taklif qilgan bizda "allo" ga aylangan); 🛳1914 yil — Panama kanali orqali birinchi kema o‘tgan (Kanalning rasmiy ochilishi 1920 yil bo‘lib o‘tgan); 📌1918 yil — AQSH va Sovet Rossiyasi diplomatik aloqalarni uzgan; 📌1935 yil — svastika bayrog‘i Germaniyaning davlat bayrog‘i sifatida tasdiqlangan; 🇨🇳1943 yil —Mao Szedun buyrug‘i bilan Xitoy Kommunistik partiyasida tozalash boshlangan; ⚔️ 1944 yil — Fransiya janubiga AQSH-Fransiya qo‘shinlari yetib kelgan; 📌 1947 yil—Hindiston ikki davlatga bo‘lingan: Pokiston va Hindistonning o‘zi. Javaharlal Neru Hindiston bosh vaziri bo‘lgan; 🇰🇷1948 yil — Prezident Li Sin Man boshchiligidagi Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya) tashkil topganligi e’lon qilingan; ⚔️ 1973 yil— AQSH Kambodjaga havo bombardimonini tugatib, Hindixitoydagi harbiy harakatlarda bevosita ishtirokini to‘xtatgan; ⚔️1975 yil— Bangladeshda harbiy to‘ntarish: prezident Mujibur Rahmon o‘ldirilgan. ©unutilgan_tarix Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube @Zarbdor24kanal
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida davra suhbati o‘tkazildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Zarbdor tumani Tinchlik MFYda oilaviy nizolar, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Xolmurzayeva, tuman prokurori R.Masharipov, tuman IIB boshlig‘i U.Sultonov, tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i N.Bo‘tayev, Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i T.Qodirov, nuroniylar, “Oqila ayollar” harakati vakillari hamda mahalla yettiligi a’zolari ishtirok etdi. Muloqot davomida oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari, ularning barvaqt oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va mas’uliyat tamoyillariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaslik, bunday holatlarning oldini olishda mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilikning o‘rni, jabrlanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda tegishli davlat organlariga murojaat qilish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida oilalarda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, nizoli vaziyatlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, mahallalarda xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash borasidagi profilaktik ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|You tube @Zarbdor24kanal
Sharof Rashidov tumanida zamonaviy sport majmuasi barpo etilmoqda Sharof Rashidov tumanida yoshlar uchun zamonaviy sport maydonchasi qurilishi jadal davom etmoqda. Qiymati 900 million so‘m bo‘lgan yangi sport inshooti yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanishi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi. Zamonaviy sport majmuasini Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Yangi inshootning ishga tushirilishi tumanda yoshlar sportini yanada rivojlantirish, ular uchun munosib sharoitlar yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytiradi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
🎥 Videoreportaj: Jizzax shahri mahallalaridagi holat o‘rganildi Jizzax shahrining «Olmazor» mahallasida 26 ta ko‘chani muntazam nazorat qilish, 16 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasida sanitariya holatini tekshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 20 dan ortiq oilaga 30–300 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratilib, parrandachilik, chorvachilik va issiqxona yo‘nalishlarida loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda «Nurliobod», «Mirzo Ulug‘bek» va «Obod» mahallalarida obodonlashtirish va tozalik borasida kamchiliklar qayd etilgan. Ariqlar va ko‘cha atrofida chiqindilar to‘plangan, ayrim hududlar qarovsiz qolgan, xavfli elektr simlari esa aholi uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. 📹 Batafsil — videolavhada. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Zarbdorda mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi Zarbdor tumani hokimligida davlatimiz rahbarining joriy yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida mahallalarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlar chuqur o‘rganilib, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr almashildi. Yig‘ilish yakunida kriminogen vaziyatni yanada yaxshilash, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning osoyishta hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
без подписи
без подписи
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Жиззах ҳақиқати” газетасининг янги сони билан танишинг 2026 йил 29 июль, № 60 (6729) Газетанинг интернетдаги www.jizzaxnews.uz веб сайти орқали ҳамда @Jizzaxnews телеграмм канали орқали Жиззах вилояти ва юртимиздаги энг сўнгги янгиликлардан бохабар бўлиб боришингиз мумкин. Каналимизга обуна бўлинг ва энг сўнгги янгиликларни кузатиб боринг Jizzaxnews |Тelegram | Facebook | Dzen | YouTubе
Gandbol bo‘yicha Jizzax viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan mahalla jamoalari ishtirok etdi. Musobaqada 17–30 yoshli o‘g‘il-qizlar gandbol bo‘yicha mahorat va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Sharof Rashidov tumanidagi Sovungarlik MFY jamoasi, qizlar o‘rtasida esa Baxmal tumanidagi Nushkent MFY jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalar «Besh tashabbus olimpiadasi»ning respublika bosqichida Jizzax viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Zafarobodda xotin-qizlar tadbirkorligi rivojlanmoqda Zafarobod tumanida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tikuvchilik yo‘nalishida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Bugungi kunda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar tomonidan tikuvchilik sexlari tashkil etilib, o‘nlab xotin-qizlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlanmoqda. Bu tashabbuslar yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, xotin-qizlarning kasb-hunar egallashi va mustaqil daromad topishiga ham keng imkoniyat yaratmoqda. Tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda xaridorgir bo‘lib, bu ularning faoliyatini yanada kengaytirishga zamin yaratmoqda. Eng muhimi, ish bilan ta’minlangan ayollar o‘z oilalari farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda. Zafarobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Sharof Rashidov tumanining Saroylik mahallasida Mustaqillikning 35 yilligi keng nishonlandi Sharof Rashidov tumanidagi Saroylik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» bosh g‘oyasi asosida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda mahalla faollari, nuroniylar, aholi vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Vatan, tinchlik va istiqlolni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, milliy raqslar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ishtirokchilarga yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mustaqillik yillarida erishilayotgan yutuqlar hamda bugungi farovon hayotning qadrini yana bir bor his etish imkonini bergan tadbir barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Bayram tadbiri yurtga sadoqat, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
без подписи
без подписи
Зарбдорда янги корхона иш бошлади «Шарқ юлдузи» МФЙда жойлашган «Миллий оқ олтин агро» корхонаси жорий мавсумдан иш фаолиятини бошлади. Лойиҳа «Миллий оқ олтин агро» МЧЖ қўшма корхонаси томонидан Хитой инвестициялари жалб этилган ҳолда амалга оширилди. Корхонада пахта қайта ишланиб, ип-калава ишлаб чиқариш учун зарур бўлган пахта толаси тайёрланади. Корхонада суткасига 450–500 тоннагача пахтани қайта ишлаш имконияти мавжуд. Батафсил Каналимизга обуна бўлинг ва энг сўнгги янгиликларни кузатиб боринг Jizzaxnews |Тelegram | Facebook | Dzen | YouTubе