tgindex
"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

"EVRIKA" O'QUV MARKAZI

Статистика

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
530
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
897
+10 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
317
40 постов
Вовлечённость
35,3%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 530
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
153
1/48двое суток
175
1/72трое суток
189

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • ​ Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob o‘qimoqqa barobar bo‘lsin. Shunday kitoblarni axtaringki, mutolaasi faylasuflar suhbatiga teng bo‘lsin. ✍️Frensis Bekon

  • Donolik bilan nodonlik shu qadar yaqinki, odam donolikni qancha ko‘p da’vo qilsa, shuncha nodon bo‘ladi! ✍️ O‘tkir Hoshimov

  • Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha abituriyentlarning hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Ta’lim shakllari: 🔹kunduzgi; 🔹 kechki; 🔹 dual. 🩺 Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham my.edu.uz platformasi orqali 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🩺 Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. 📝 Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 ming 960 ta (shundan 61 ming 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 ming 700 ta (39 ming 390 ta davlat granti); ➖kechki ta’limda – 4 ming 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 ming 820 ta (22 ming 160 ta davlat granti). Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. 👉 @xushnudbek 👈

  • Kitob o‘qimaydigan kishining o‘qishni bilmaydigan kishidan ustunligi yo‘qdir. ©️ Mark Tven

  • без подписи

  • ⚡️ Til o’rganib ,ingliz tilidan sertifikat sohibiga aylanmoqchimisiz? Marhamat, “Evrika” o’quv markazida Ingliz tilidan gramatika va sertifikat uchun yangi guruh darslari 1-Avgustdan start olgan ! Darslarni o’z fanining fidoyi ustozi, malakali hamda ko’plab o’quvchilarning sertifikat olishiga sababchi bo’layotgan Elmira Qalandarova ustoz olib boradilar Shoshiling, bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang Murojaat uchun : +998992971889 - ustoz Qalandarova

  • без подписи

  • без подписи

  • ❓Kunduzgi bilan kechki qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi? #abituriyent ✅ JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi. Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi». Bu ikkalasining maʼnosi haqida: https://t.me/xushnudbek/33323 Mana bu video batafsil tushuntirganman: https://youtu.be/J955pcrDgWM Abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb. Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos. Agar siz beshalasiga ham kechki yoki masofaviy yo’nalishni tanlab, bironta ham kunduzgi yo’nalishni tanlamagan bo’lsangiz, unda sizga ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi, ya’ni faqat kontrakt ko’rib chiqiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • ❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? #abituriyent Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin. 👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida: 🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi; 🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan. Ushbu videoda ustuvorlik tanlash haqida batafsil va asosiysi sodda tilda tushuntirishga harakat qilganman: 📹 https://youtu.be/J955pcrDgWM ‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • Yaponiya maktablarining g‘ayrioddiy an’anasi! Yaponiyada ba’zi maktablarda “Baxt” (Happiness) fani mavjud bo‘lib, unda bolalarga nafaqat bilim, balki hayotdan zavq olish, hissiy barqarorlik va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilash o‘rgatiladi. 🔹 Darslarda nimalar bo‘ladi? – O‘quvchilar minnatdorchilik kundaligi yuritishadi. – Meditatsiya va psixologik mashqlar orqali stressni boshqarishni o‘rganishadi. – Bir-birlari bilan hurmatli muloqot qilishni mashq qilishadi. 🔹 Nima uchun kerak? Yaponiya jamiyatida stress va akademik bosim kuchli bo‘lgani uchun bu darslar yoshlarga ruhiy farovonlik va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Fikringiz? Sizning maktabingizda ham bunday fan bo‘lishini xohlarmidingiz? 😊

  • Dunyodagi eng baland joyda joylashgan maktab Tibetdagi ushbu taʼlim muassasasi dunyo boʻyicha eng baland manzilda joylashgan maktab hisoblanadi. Uning binosi dengiz sathidan 5373 metr balandlikda boʻlib, hatto sportchilar koʻtarilishi oson boʻlmagan bunday choʻqqiga Phumachangtang bolalari har kuni oʻz partasiga oʻtirish uchun uzoq masofani bosib kelishadi. Tibetning kichik yoshli aholisi uchun na sovuq havo, na shamol va na qor bilim olishga toʻsqinlik qilolmaydi.

  • ⚡️Abituriyentlar uchun o‘z o‘rnini ko‘rish imkoniyati ishga tushdi 📌Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan xizmat ishga tushirildi. Endilikda abituriyentlar o‘zining reytingdagi o‘rnini onlayn tarzda bilishi mumkin. Mazkur xizmat orqali abituriyentlar mutaxassislik fani va ta’lim tili kesimida nechanchi o‘rinda turganini ko‘ra olishadi. ✈️ Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi Telegram botlardan birini ishga tushirish lozim: 👉 @bmb_natijabot 👉 @bmb_natija1bot ✔️Botlar yordamida abituriyentlar o‘z natijalari hamda mutaxassislik fani bo‘yicha reytingdagi o‘rnini qulay tarzda tekshirishi mumkin.

  • ❓ Maqsadli qabul nima? 📝Javob: ayrim sohalar bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi. 📕 2026/2027-o‘quv yili uchun maktab ta’limi[1] va sog‘liqni saqlash[2] sohalariga tumanlar kesimida, san’at[3] sohasiga teatrlar kesimida maqsadli kvotalar ajratilgan. 📍 Maqsadli kvota uchun tanlovda faqatgina ushbu hududda doimiy yashaydigan(doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan) abituriyentlargina qatnasha oladi. 🏆 Maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga davlat granti to‘liq o‘qish davri (4 yil yoki 6 yil)uchun beriladi. ✅ Bunda abituriyentga OTMni tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi. ❓Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi? 📝Javob: maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli kvota bo‘yicha, ham umumiykvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. 👨‍💻 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi. 📑 Misol uchun, Zomin tumanidan bo‘lgan abituriyent Toshkent davlat tibbiyot universiteti, kunduzgi ta’lim shakli, o‘zbek tili, “Davolash ishi (Zomin tumani)” ta’lim yo‘nalishini tanlasa: 1️⃣ Dastlab Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Zomin tumani uchun Davolash ishi yo‘nalishiga ajratilgan 3 ta maqsadli kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. 2️⃣ Agar maqsadli kvotaga bali yetmasa, ushbu ta’lim yo‘nalishiga ajratilgan umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❕ Maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilgan abituriyent umumiy tanlovda ishtirok etmaydi. ❓ Maqsadli qabulda ishtirok etish uchun qaysi tanlov ustuvorligini belgilash kerak? 📝Javob: Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ustuvorligining ahamiyati yo‘q. ✅ Abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlasa ham, “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlasa ham maqsadli qabul uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin. ❓ Abituriyent 5 ta yo‘nalishdan nechtasini maqsadlidan tanlashi mumkin? 📝Javob: maqsadli kvota ajratilgan ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda hech qanday cheklov yo‘q. ✅ Abituriyent 5 ta ta’lim yo‘nalishini ham maqsadli kvota ajratilgan yo‘nalishlardan tanlashi mumkin (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli kvota ajratilgan bo‘lsa). ❓ Abituriyent barcha ta’lim yo‘nalishlarini maqsadli bo‘yicha tanlasa, tanlov qanday amalga oshiriladi? 📝Javob: maqsadli kvota ajratilgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan abituriyentlarlar har bir taʼlim yoʻnalishi boʻyicha dastlab maqsadli, soʻngra umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❕ Agar abituriyent maqsadli kvota doirasida talabalikka tavsiya etilsa, umumiy kvota doirasida tanlovda ishtirok etmaydi.

  • Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi? 🔹 Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. 🔹 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi. ❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

  • Агар сен яхшилигинг эвазига миннатдорчилик кутаётган бўлсанг, демак сен яхшилик қилмаяпсан, сен яхшиликни сотяпсан.

  • ❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • без подписи

  • ❓Кундузги билан кечки қўшиб танланганда давлат гранти устуворлиги масаласи қанақа бўлади? ✅ ЖАВОБ: давлат гранти учун квота ажратилмаган таълим шаклларида ўз-ўзидан фақат тўлов-контракт учун танлов бўлади. Абитуриентлар йўналиш танлаётганда қуйидаги иккита устуворликдан бирини белгилашлари мумкин: «Давлат гранти» ёки «Таълим йўналиши». Аммо 2022-йилдан бошлаб бир нечта таълим шаклларини аралаш танлаш имкони пайдо бўлди. Яъни бир абитуриент бешта йўналиш танлаётганда ҳам кундузги, ҳам кечки ва ҳам масофавийни аралаштириб танлаши мумкин. Шу сабабли кўпчиликда савол туғилмоқда, агар биз «Давлат гранти» деган устуворликни танласак, унда кечки ёки масофавий таълим шаклларида танлов қанақа бўлади, ахир уларда давлат гранти йўқ-ку деб. Ушбу иккала устуворлик учун ҳам алоҳида чизмага қараб кетма-кетлик қанақа бўлишини осонроқ тушуниб олишингиз мумкин. Қисқа қилиб айтганда, “давлат гранти” устуворлиги худди кундузгидек бўлаверади, фақат кечки ёки масофавий танланганда грант қисми ташлаб кетилади холос. Агар сиз бешаласига ҳам кечки ёки масофавий йўналишни танлаб, биронта ҳам кундузги йўналишни танламаган бўлсангиз, унда сизга устуворликнинг мутлақо фарқи йўқ. Хоҳлаганингизни танлайверинг, иккаласи ҳам бирдек амал қилади, яъни фақат контракт кўриб чиқилади. Қабулга оид янгиликлар: 👉 @davlattestmarkazi