Esse Behruz bilan
Статистика📖 "O‘qi" degan Zot: "O‘qidingmi?" — deb albatta so‘raydi. 📌 Kanal admini: Behruz Xurramov 🎙Jurnalist 💡 Motivator 👨🏫 O‘qituvchi 📸 PR menejer 📝 Esseshunos 📬 Aloqa uchun: @ishonchim_205
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 167
- 1/48двое суток
- 191
- 1/72трое суток
- 206
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://t.me/esse_behruz
📝YUQORI BALLI ESSE YOZISH UCHUN TAVSIYALAR: ✅ 1. Mavzuni tushunib oling, kalit so'zlar orqali muhokama fokusini aniqlang! Mavzuni savolga aylantiring va aynan nimani muhokama qilish kerakligini aniqlang. Masalan: Ta'limda baholash tizimidan voz kechilishi kerakmi yoki yo'q? ✅ 2. Ikkala tomonning pozitsiyasini to'la yoritib bering! Har bir tomon uchun 2-3 tadan argument va 1-2 ta dalil tayyorlang. ✅ 3. Argumentli esseda faktlar dalillanmasa, ular kuchsiz sanaldi. Har bir tomon uchun kamida bittadan dalil bo'lsin! Shaxsiy fikrda ham shunchaki “menimcha” deb yozmang! Albatta, nega bu tomonni tanlaganingizni ma'lum bir fikr(argument ) asosida yoritib bering! ✅ 4. An’anaviy strukturani saqlang Kirish – Asosiy qism (2 tomon) – Shaxsiy fikr – Xulosa ✅5. Har bir fikrga “nima uchun?” deb savol bering Bu sizni dalil yozishga majbur qiladi. ✅ 6. Ko‘p yozish emas, aniq yozish muhim Keraksiz gap-so‘zdan saqlaning, har bir jumla mavzu mohiyatini yoritishga xizmat qilsin. Son emas, sifat muhim ✅ 7. Mashq qilishdan to‘xtamang Har kuni bitta mavzuni tanlang va tomonlar uchun 2-3 ta argument, 1–2 dalil yozing. Bu orqali asta-sekin ko‘nikma shakllanadi ✅8. Ijtimoiy mutolaa zarur Kuniga kamida 20-30 daqiqa vaqtingizni ijtimoiy dolzarb masalarda maqollar o'qish va podkastlar tomosha qilishga sarflang. Dunyoqarashingizni kengaytiring ✅9. Yozgan essengizni kamida 2 marta oqib chiqing. Bu orqali imloviy , punktuatsion, uslubiy xatolaringizni mustaqil tuzatishingiz mumkin ✅10. Esse namunalari bilan ko'proq ishlang! Esselarni baholang! Yaxshi yozilgan esse namunalari va yuqori ball olayotgan kursdoshlaringizning ishlarini ko'chiring, kichik guruhlarda bir-biringizning esselaringizni baholang. https://t.me/esse_behruz
📚 2026-YIL KUZGI MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONI UCHUN EHTIMOLIY ESSE MAVZULARI ⚠️ Diqqat! Quyidagi mavzular rasmiy tasdiqlanmagan. Ular avvalgi yillardagi imtihon uslubi va dolzarb mavzular asosida ehtimoliy tarzda tuzilgan. 📝 Ehtimoliy esse mavzulari: 📌 "Bilim insonni yuksaltiradi, ammo uni yuksak tutadigan fazilat — odobdir." Ushbu fikrga munosabatingizni bildiring. 📌 "Kitob o‘qish odati yo‘qolgan jamiyatda tafakkur ham asta-sekin zaiflashadi." Mazkur fikrni dalillar asosida tahlil qiling. 📌 "Texnologiyalar inson hayotini yengillashtiradi, biroq ular hech qachon insoniy munosabatlar o‘rnini bosa olmaydi." Fikringizni izohlang. 📌 "Vatan taraqqiyoti har bir fuqaroning mas'uliyatni his qilishi bilan boshlanadi." Ushbu fikrni misollar bilan yoritib bering. 📌 "Har qanday muvaffaqiyat ortida intizom va sabr yotadi." Fikrga munosabatingizni bayon qiling. 📌 "Tilni asrash — millatning o‘zligini asrash demakdir." Ushbu qarashni tahlil qiling. 📌 "Yaxshi ustoz nafaqat bilim beradi, balki insonni tarbiyalaydi." Mazkur fikr yuzasidan esse yozing. 📌 "Halollik qisqa yo‘l emas, ammo eng ishonchli yo‘ldir." Ushbu fikrni hayotiy dalillar bilan asoslang. 📌 "Insonning haqiqiy boyligi uning bilimi va ma'naviyatidir." Fikringizni izohlang. 📌 "Kelajakni o‘zgartirish uchun bugundan o‘z ustida ishlashni boshlash kerak." Ushbu fikrni tahlil qiling. 💡 Maslahat: Ushbu mavzular bo‘yicha oldindan reja tuzib, dalillar tayyorlab va bir necha marta esse yozib mashq qilsangiz, imtihonda mavzu qanday kelishidan qat'i nazar, fikringizni aniq va mantiqiy bayon qilish osonroq bo‘ladi. 🍀 Barchangizga kuzgi Milliy sertifikat imtihonida omad va yuqori natijalar tilaymiz! https://t.me/esse_behruz
BADIIY ASARLAR JAMLANMASI 36 talik yangi badiiy asarlar Aprel oyidan boshlab qoʻshimcha oʻqilishi kerak boʻlgan badiiy asarlarning PDF shakli: 1. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” roman 2. Abdulhamid Cho‘lpon “Kecha va kunduz” roman 3. O‘tkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar”, “Ikki eshik orasi” roman 4. Murod Muhammad Do‘st “Lolazor” roman 5. Tog‘ay Murod “Otamdan qolgan dalalar” roman 6. Chingiz Aytmatov “Qiyomat”, “Asrga tatigulik kun” roman 7. Mixail Lermontov “Zamonamiz qahramoni” roman 8. Yuy Xua “Yashamoq” roman 9. Onore de Balzak “Sag‘ri teri tilsimi” roman 10. Aleksandr Dyuma “Graf Monte Kristo” (“If qal’asining mahbusi”, 1-kitob) roman 11. Jon Boyn “Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” 12. Jonatan Svift “Gulliverning sayohatlari” roman 13. Sadriddin Ayniy “Sudxo‘rning o‘limi” qissa 14. Erkin A’zam “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissa 15. Chingiz Aytmatov “Oq kema” qissa 16. Jorj Oruell “Molxona” qissa 17. Antuan de Sent-Ekzyuperi “Kichkina shahzoda” qissa 18. Sharof Boshbekov “Temir xotin” drama 19. Abdulla Oripov “Ranjkom” dramatik doston 20. Abdulla Qahhor “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘jar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi”, “Anor” hikoya 21. G‘afur G‘ulom “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoya 22. Odil Yoqubov “Muzqaymoq” hikoya 23. Zulfiya Qurolboy qizi “Tafakkur” hikoya 24. Nazar Eshonqul “Shamolni tutib bo‘lmaydi”, “Maymun yetaklagan odam” hikoya 25. Abduqayum Yo‘ldosh “Puankare” hikoya 26. Jek London “Hayotga muhabbat”, “Oq sukunat” hikoya 27. Nodar Dumbadze “Hellados” hikoya 28. Anton Chexov “Garov”, “Xameleon”, “Semiz va ozg‘in” hikoya 29. Artur Konan Doyl “Mallalar uyushmasi” hikoya 30. Frans Kafka “Evrilish” hikoya 31. Aziz Nesin “Hushtak afandi”,“Adabiyotsevar”, “Alifboning birinchi harfi”,“Demokratiya shunqori”hikoya 32. Abdulhamid Cho‘lpon she’rlar 33. Usmon Nosir she’rlar 34. Abdulla Oripov she’rlar 35. Erkin Vohidov she’rlar 36. Shavkat Rahmon she’rlar
BADIIY ASARLAR JAMLANMASI 36 talik yangi badiiy asarlar Aprel oyidan boshlab qoʻshimcha oʻqilishi kerak boʻlgan badiiy asarlarning AUDIO shakli: 1. Abdulla Qodiriy — “O‘tkan kunlar” 2. Abdulhamid Cho‘lpon — “Kecha va kunduz” 3. O‘tkir Hoshimov — “Tushda kechgan umrlar” 4. O‘tkir Hoshimov — “Ikki eshik orasi” 5. Murod Muhammad Do‘st — “Lolazor” 6. Tog‘ay Murod — “Otamdan qolgan dalalar” 7. Chingiz Aytmatov — “Qiyomat” 8. Chingiz Aytmatov — “Asrga tatigulik kun” 9. Mixail Lermontov — “Zamonamiz qahramoni” 10. Yuy Xua — “Yashamoq” 11. Onore de Balzak — “Sag‘ri teri tilsimi” 12. Aleksandr Dyuma — “Graf Monte Kristo” (“If qal’asining mahbusi”, 1-kitob) 13. Jon Boyn — “Yo‘l-yo‘l poyjoma kiygan bolakay” 14. Jonatan Svift — “Gulliverning sayohatlari” 15. Sadriddin Ayniy — “Sudxo‘rning o‘limi” (qissa) 16. Erkin A’zam — “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” (qissa) 17. Chingiz Aytmatov — “Oq kema” (qissa) 18. Jorj Oruell — “Molxona” (qissa) 19. Antuan de Sent-Ekzyuperi — “Kichkina shahzoda” (qissa) 20. Sharof Boshbekov — “Temir xotin” (drama) 21. Abdulla Oripov — “Ranjkom” (dramatik doston) 22. Abdulla Qahhor — “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘jar”, “San’atkor”, “Adabiyot muallimi”, “Anor” 23. G‘afur G‘ulom — “Mening o‘g‘rigina bolam” 24. Odil Yoqubov — “Muzqaymoq” 25. Zulfiya Qurolboy qizi — “Tafakkur” 26. Nazar Eshonqul — “Shamolni tutib bo‘lmaydi”,“Maymun yetaklagan odam” 27. Abduqayum Yo‘ldosh — “Puankare” 28. Jek London — “Hayotga muhabbat”,“Oq sukunat” 29. Nodar Dumbadze — “Hellados” 30. Anton Chexov — “Garov”,“Xameleon”,“Semiz va ozg‘in” 31. Artur Konan Doyl — “Mallalart uyushmasi” 32. Frans Kafka — “Evrilish” 33. Aziz Nesin — “Hushtak afandi”, “Adabiyotsevar”, “Alifboning birinchi harfi”, “Demokratiya shunqori”
Qaysi javobda so'zning izohi 𝙭𝙖𝙩𝙤 berilgan? A) 𝙆𝙤𝙣𝙛𝙚𝙧𝙚𝙣𝙨𝙞𝙮𝙖 — ma'lum bir tashkilot vakillarining muayyan masala muhokamasi va yechimiga bag'ishlangan yig'ilishi. B) 𝘽𝙧𝙞𝙛𝙞𝙣𝙜 — rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi. C) 𝙎𝙚𝙢𝙞𝙣𝙖𝙧 — ilmiy yutuqlar va tajriba o'rganish, ayirboshlash uchun o'tkaziladigan yig'ilish. D) 𝙏𝙧𝙚𝙣𝙞𝙣𝙜 — ilmiy-nazariy muammolar yechimiga bag'ishlangan rasmiy tashkilot vakillari uchrashuvi. Javobingizni izohlarda yozib qoldiring https://t.me/esse_behruz
Hech narsa uchun o‘zingizni aybdor his qilmang. Chunki siz ham bu hayotda birinchi marta yashayapsiz. Xato qilishingiz esa tabiiy…)
Umr juda tez o‘tar ekan. Xayolimda otam hali ham 40 yoshda, onam esa 35 yoshda, deb tasavvur qilarkanman. Aslida esa ular bu yoshlardan o‘tib ketganiga anchagina bo‘lganini xayolimga ham keltirmabman. Bekorga shoir shunday yozmagan: Topmoq — yo‘qotmoqdir, Yo‘qotmoq — topmoq. Sen so‘lib, men yashab, To‘lishimga boq. Sensiz topganimdan Ko‘proq yo‘qotdim. Sen meni yupatding, Seni yig‘latdim. Sen meni yaratding, Seni tugatdim. Uyalmay “Ona”, deb, Kelishimga boq…)
🔥 KOʻPCHILIK KUTGAN OʻSHA KURSGA QABUL OCHILDI! 🎉 "Gʻazal kursini qachon ochasiz?" 🤔 degan yuzlab soʻrovlardan soʻng, nihoyat start beramiz! 🚀 Ona tili va adabiyot milliy sertifikatida eng koʻp ball yoʻqotiladigan qism — Gʻazal va test tahlili. Bu kurs bilan murakkab gʻazallar siz uchun eng oson ballga aylanadi! 📚✨ 🎯 Kursda nimalar boʻladi? ☑️ Gʻazal mazmunini bir qarashda anglash ☑️ Badiiy va sheʼriy sanʼatlarni lahzada topish ☑️Sanʼat va vaznga oid testlarni adashmay yechish ☑️ Imtihon darajasidagi haqiqiy testlar ustida amaliy mashq 📌 Kurs formati va maʼlumotlar: ⏳ Davomiyligi: 1 oy 📍 Format: Online ⏰ Vaqti: Haftaning juft kunlari 💰 Narxi: 99 ming so'm ⚡️ Eslatma: Talab juda yuqori boʻlgani uchun joylar soni cheklangan. Sertifikatdan A/A+ ballni maqsad qilganlar shoshilsin! ➡️ Darslar 10-avgustdan boshlanadi 📥 Joyingizni band qilish uchun hoziroq yozing: 👉 Telegram: @Yodgora_Baxrombekova 📞 Tel: 99 032 55 35
Morfemika — bu tilshunoslikning boʻlimi boʻlib, soʻzlarning ichki tuzilishini, yaʼni ularning qanday maʼnoli qismlardan (morfemalardan) tashkil topganini oʻrganadi. ☑️Soʻz tarkibidagi eng kichik maʼno ajratib olinadigan qismlar morfema deb ataladi. Morfemalar quyidagi qismlardan iborat: ☑️Oʻzak (Asos): Soʻzning asosiy maʼnosini bildiruvchi oʻzgarmas qismi (masalan, kitob). ☑️Affikslar (Qoʻshimchalar): Oʻzakka qoʻshilib, yangi soʻz yasaydigan yoki soʻzlarni bir-biriga bogʻlaydigan qismlar (masalan, -chi, -lar https://t.me/esse_behruz
YUQORIDAGI PARCHA HAQIDA KELTIRILGAN TO’G’RI HUKMLAR SONINI ANIQLANG. 1.So’z yasovchi qo’shimcha ta’sirida tovush o’zgarishi yuz bergan 2.So’z yasovchi qo’shimcha bilan omonim bo’la oladigan so’z yasovchi qo’shimcha qatnashgan 3.So’z yasovchi qo’shimchani ma’nodoshi bilan almashtirib qo’llash mumkin 4.Ismning munosabat shakllarining barcha turi qo’llangan 5.So’z tarkibida qo’shimchaning yaxlitlanishi mavjud A)Bittasi B)Ikkitasi C)Uchtasi D)To’rttasi https://t.me/esse_behruz
O'quvchilar qo'llanmamizning narxi avgust oyidan oshadi, olmoqchi bo'lganlar shu oy ohirigacha ulgurib qoling, keyin bu narxda xarid qila olmasligingiz mumkin Murojaat uchun: @Yodgora_Baxrombekova
❇️HOZIRGI YOSHLAR UCHUN LUG‘AT❇️ ❗️Quyida menga deyarli har kuni keladigan xabarlardagi imloviy xato so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq ishlatiladigan asli bilan e'tiboringizga havola qilyapman. Ushbu lug‘atdagi qaysi so‘zni xato ishlatayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri yoziladiganini bilib olib, bundan keyin xatosiz yozishga odatlaning! Onamizni hurmat qilib, aytganiga kiramiz, Til ham onamiz-ku!.. ❗️Izoh: Quyida birinchi xato so‘zlar, keyin ularning to‘g‘ri variantni berildi. 🔹assalom-u ale(y)kum — assalomu alaykum (undov so‘z) 🔹axa — aha (undov so‘z) 🔹xa — ha (tasdiq so‘z) 🔹hop, hup, ho‘p, xop, xup — xo‘p (tasdiq so‘z) 🔹raxmat — rahmat (undov so‘z) 🔹hudo — Xudo (doim bosh harfda yozing) 🔹Allox, Ollox — Alloh, Olloh (doim bosh harfda yozing) 🔹hohlasa, hoxlasa, xoxlasa — xohlasa (fe'l) 🔹hop (xop, hup, xup) boladi (buladi) — xo‘p bo‘ladi (undov so‘z) 🔹uzur — uzr (ot) 🔹yahshi, yahwi, yaxwi — yaxshi (sifat; undov so‘z) 🔹kup, kop — ko‘p (ravish) 🔹tugri, tug‘ri — to‘g‘ri (sifat; modal) 🔹hom — xom (sifat) 🔹hijolat — xijolat (sifat) 🔹aqilli — aqlli (sifat) 🔹ona-tili va adabiyot(i) — ona tili va adabiyot (ot) 🔹taxlil — tahlil (ot) 🔹umur — umr (ot) 🔹xam — ham (yuklama) 🔹xamma — hamma (olmosh) 🔹hayr — xayr (undov so‘z) 🔹hayrli (hayirli) — xayrli (sifat) 🔹xozir — hozir (ravish; sifat) 🔹boldi — bo‘ldi (fe'l) 🔹hato — xato (ot) 🔹tushinarli — tushunarli (sifat) 🔹ruhsat — ruxsat (ot) 🔹maslaxat — maslahat (ot) 🔹tahmin — taxmin (ot) 🔹chunaman — tushunaman (fe'l) 🔹axmoq — ahmoq (sifat) 🔹gurux — guruh (ot) 🔹xayot — hayot (ot) 🔹hayol — xayol (ot) 🔹hulq — xulq (ot) 🔹halq — xalq (ot) 🔹hush kelibsiz — xush kelibsiz (undov so‘z) 🔹muhlis — muxlis (ot) 🔹yuq, yoq — yo‘q (modal so‘z; inkor so‘z) 🔹repititor — repetitor (ot) 🔹to‘g‘irlamoq — to‘g‘rilamoq (fe'l) 🔹baht — baxt (ot) 🔹iloxim, illoxim — ilohim (undov so‘z) 🔹hursand, hursan — xursand (sifat) 🔹zor, zur — zo‘r (sifat) 🔹oqimiz, uqi(y)miz — o‘qiymiz (fe'l) 🔹osha, owa — o‘sha (olmosh) 🔹fikir — fikr (ot) 🔹xarakat — harakat (ot) 🔹hol — xol (ot) 🔹holos — xolos (yuklama) 🔹jovob — javob (ot) 🔹baxona, boxona — bahona (ot) 🔹uhlamoq — uxlamoq (fe'l) 🔹xaqiqat(an) — haqiqat(an) (modal so‘z) 🔹maxalla — mahalla (ot) 🔹sog buling (boling) — sog‘ bo‘ling (fe'l) https://t.me/esse_behruz
❗️❗️❗️❗️ 36-savol uchun quyidagilarni bilib qo'ying. 1. Taklif - fikr 2. Gina - gap 3. Sanoq - hisob 4. Asosli - jiddiy 5. Amal - qadam 6. Mo'l - quyuq 7. Noqulay - qaltis 8. Yuzaki - qisqa 9. Qiyg'och - qiyiq 10. Oxir - qiyom 11. Yovuz - qora 12. Mo'ljal - nishon 13. Yuzaki - yengil 14. Maromida - sokin 15. Zilol - tiniq 16. Qariyb - yaqin 17. Urf - rasm 18. Mo'l - sermahsul Shuni albatta ko‘ring, hurmatli talabgorlar. https://t.me/esse_behruz
Shamoli boryaptimi ??? Kuchayib ketsak kanalga konditsioner ham oʻrnatamiz
Shamoli boryaptimi?😁
📝 Esseda Fakt va Fikrning farqi nimada? Ko‘p talabgorlar esseda o‘z shaxsiy qarashlarini (fikr) xuddi isbotlangan dalildagidek (fakt) taqdim etishadi. Bu — eng katta xato! ❇️ FIKR - shaxsiy qarash, subyektiv baho. FAKT(DALIL) - Isbotlangan, hamma tomonidan tan olingan hukm. 🔍 Misollar asosida tahlil: ❌ Fikr: "Samarqand — dunyodagi eng chiroyli shahar." (Chiroylilik nisbiy, subyektiv baho). ✅ Fakt: "Xiva ikki qismdan: Dishan qal’a va Ichan qal’adan iborat." (Geografik manbalar bilan isbotlangan). ❌ Fikr: "Qo‘qon Sharqning durdonasi hisoblanadi." (Badiiy, estetik qarash). ✅ Fakt: "Xiva 2024-yilda islom olamining turistik poytaxti deb e'lon qilingan." (Rasmiy xalqaro qaror). 💡 Esseda qo‘llash (Oltin formula): Esseniz kuchli chiqishi uchun Fikr + Fikr emas, Fikr + Fakt formulasidan foydalaning: ❌ Kuchsiz: Kitob o‘qish foydali (Fikr), chunki u odamni eng zo‘r rivojlantiradigan vosita (Fikr). ✅ Kuchli: Kitob mutolaasi miya faoliyatini yaxshilaydi (Fikr). Tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 15 daqiqa mutolaa stressni 68% gacha kamaytiradi (Fakt/Statistika). ⚠️ Xulosa: Har bir yozgan gapingizga "Buni isbotlay olamanmi?" deb savol bering. Faktcheking (fakt tekshiruvi) esseyizga yuqori ball olib keladi. https://t.me/esse_behruz
🌟 TAFAKKUR — QAHRAMONLAR, SYUJET VA MA’NAVIY UYG‘ONISH FOJIASI Zulfiya Qurolboy qizining “Tafakkur” hikoyasi jamiyatdagi jaholat, hasad, pulparastlik va ma’naviy uyg‘onish fojiasini ochib beruvchi chuqur ijtimoiy-psixologik asardir. Asar insonning fikrlashi o‘zgarsa — jamiyat ham o‘zgarishini ko‘rsatadi. 🔥 ASARNING MARKAZIY QAHRAMONLARI 🟢 Tangriberdi Tegirmonchining o‘g‘li, ilmga chanqoq, iste’dodli va tafakkurli bola. Shaxmatga qiziqadi, bilim olishni orzu qiladi. U orqali muallif ilmga intilgan yoshlar fojiasini ko‘rsatadi. 🟢 Tegirmonchi (ota) Og‘ir mehnat bilan yashaydigan, lekin tor fikrli inson. O‘g‘lining ilm olishiga qarshi chiqadi. Uning nazarida kasb — faqat non topish vositasi, ilm esa keraksiz hasham. 🟢 Shovqi Shaxmatchi va Tangriberdi iste’dodini birinchi bo‘lib ko‘rgan ustoz. Ilm va tafakkur tarafdori bo‘lgan ijobiy obraz. 🟢 Eshboev Boy va ta’sirli, ammo hasadgo‘y va manfaatparast inson. Tangriberdi muvaffaqiyatini ko‘ra olmaydi. 🟢 Shovkat muallim Ma’rifat tarafdori o‘qituvchi. Tangriberdi iste’dodini qo‘llab-quvvatlaydi va uning kelajagiga ishonadi. 📖 VOQEALAR RIVOJI ⚫ Qishloq muhitining tasviri Hikoya qashshoqlik, og‘ir mehnat va tor dunyoqarash hukmron bo‘lgan muhit tasviri bilan boshlanadi. ⚫ Shaxmat — tafakkur uyg‘onishi Tangriberdi shaxmatga qiziqa boshlaydi. Bu o‘yin uning tafakkurini uyg‘otadi va hayotga boshqacha qarashni o‘rgatadi. ⚫ Otasi bilan ziddiyat Ota uchun: — tegirmon → hayot — pul → maqsad O‘g‘il uchun: — ilm → kelajak — tafakkur → hayot mazmuni Asardagi asosiy konflikt shu yerda boshlanadi. ⚫ Muvaffaqiyatlar davri Tangriberdi musobaqalarda qatnashadi, yutuqlarga erisha boshlaydi. Kelajak eshiklari ochilgandek bo‘ladi. ⚫ Hasad va to‘siqlar Jamiyat uning muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlamaydi. Hasad va tor fikrli muhit unga qarshi chiqadi. ⚫ Eng og‘riqli burilish Tangriberdi orzulari sinadi. Ilm yo‘li to‘siladi. U yana eski hayotga qaytishga majbur bo‘ladi. Bu — asarning eng katta fojiasidir. 💡 ASARNING ASOSIY G‘OYASI — Jaholat iste’dodni o‘ldiradi — Ilmga qarshi jamiyat kelajakni yo‘q qiladi — Tafakkur uyg‘onmasa, hayot o‘zgarmaydi — Eng katta fojia — iste’dodning yo‘qolishi ‼️ XULOSA Bu hikoya bitta bola haqida emas. Bu — minglab Tangriberdi lar haqida. 👉 Eng og‘ir fojia — insonning o‘lishi emas. 👉 Eng og‘ir fojia — tafakkurning o‘lishi. ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ Milliy sertifikat uchun tavsiya etilgan asarlarning qisqa sharhlari quyida👇 https://t.me/esse_behruz
Ayrim atamalarning muqobilini lugʻatga kiritilishi bo‘yicha. Ijtimoiy tarmoqlarda «Endi “breket” soʻzini oʻrniga "tishsim", “rasprodaja” soʻzining oʻrniga "arzonsavdo", kabi so‘zlarini aytamizmi?» deya berilayotgan savollardan bilish mumkinki, o‘zgarishlar biroz ommani hayron qoldirmoqda. Bu bilan hech narsa oʻzgarmaydi, oʻsha narsa oʻsha narsaligicha qoladi. Yaxshisi, oʻz holicha qolaversin-da, biz shu aytilishiga oʻrgangan edik, deguvchilar ham talaygina. Toʻgʻri, olinma soʻzlar narsa bilan birga hayotimizga va tilimizga kirib keladi. Yillar oʻtib oʻzlashadi va lugʻatimizdan joy oladi. Masalan: "poyezd", "stul", "televizor", "radio" kabi. Kechagidek esimda, 3-sinfligimda (1993-yillar edi) rosa lugʻat yozib yodlaganmiz: Samolyot - tayyora Aeroport - tayyoragoh Jurnal - oynoma Gazeta - roʻznoma Oblast - viloyat Rayon - tuman va hokazo. Ammo, sezib turganingizdek bularning ayrimlari xalq tomonidan qabul qilinmadi va oʻzgarishsiz qoldi. Shu kabi bugun eʼlon qilingan ushbu soʻzlarning ham ayrimlari oʻzi allaqachon almashib ulgurgan. Masalan, "simptom"- belgi, alomat. P.S. "Kasallik belgilari", "kasallik alomatlari" tarzida aytilmoqda. 🟢Biroq, boshqa tomondan qaralganda, ayrimlari esa tilimizga gʻalizroqday tuyulmoqda. Masalan: frilanser-erkin ishchi. Mikser- qorgʻich. ❓Bolalar qiynalmaydimi? 🟢Yana bir toifa insonlar o‘quvchilarga yodlatilgani bilan xalq tilida oʻzgarmasa ikkiyoqlamalik paydo bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Keling, har bir variantni ko‘rib chiqamiz. Soʻrovnoma tashkillaymiz. Sizga qaysi soʻzlar oʻzgartirilmagani maʼqul? 1️⃣ Lugʻatda bor (hozirgi holat) Tasavvur qiling, 5-sinf o‘quvchisining oldidan 2 ta so‘z chiqdi: “brend” va “xosnom”. Bolalar bir qarashda bularning qaysi birida shunchaki oson tushuniladi va nutqda qoʻllanadi, qaysi birida oʻsha atamani toʻliq ifodalashini bila oladimi? Yo‘q, bilolmaydi! Bu talaffuz bilan nutqda farqlanadigan holat emas. Bunday holatlar alohida bolalarga darsliklarda misollar va gaplar yordamida tushuntiriladi. 2️⃣ Ammo kattalar-chi? Ular har doimgidek eski holatda nutqda foydalanaveradi. Farq bormi? Yo‘q! Tushuncha oʻsha. Soʻz boshqa. Endi ikki avlod bir-biriga lugʻat yoki tarjima yordamida gaplashishi kerakmi? Yoʻq! ❗️Almashtirilishi shart boʻlmagani oʻz oʻrnida qolishi kerak. 🟢Uchinchi toifa insonlar esa barcha soʻzni almashtirishni taklif qilishmoqda. Shunda tushunish osonlashadi, deyishmoqda. Bir qarashda asosli taklif. Lekin bu holatda, hammayoq turli-tumanlikka to‘lib toshadi. Ko‘chalar, TV, kitoblar, gazetalar, internet, odamlar... 📥Ammo tanganing boshqa tomoni bor. Biz oʻz tilimizga, oʻz lugʻatimizga egamiz. Ammo, ayting-chi, qaysi til butkul sof? Hamma tilda oʻzlashma va olinma soʻzlar mavjud. Masalan, "kurash", "halol", "palov" soʻzlarimiz chet el lugʻatiga shunday kirib bordi-ku? Nega endi narsaning oʻzi qoladi-ku, atamasini almashtirish kerak, degan haqli savollar tugʻiladi. 🟢Ayrim toifa vakillarining fikricha, baribir tilimizda arabiy, forsiy, rusiy, ingliz tilidan kirgan soʻzlar mavjud-ku! Shular qatori qabul qilsak nima boʻlibdi? 📊Xullas, avval bitta yaxshi soʻrovnoma oʻtkazish va xalqning talab va istaklarini inobatga olish kerak. Tilshunos olimlar shu tomonlarini hisobga olib, qayta ishlab chiqishsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. 📝Bir narsani unutmaslik kerakki, lugʻatni isloh qilish natijasida mavjud muammolarga barham berilishi kerak, aksincha, yangi muammolar kelib chiqishi emas. 🔘@nodirasaydaliyeva
❗️41 ta xorijiy atamaning rasmiy o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi