English Excellency | IELTS 8.0
Статистика🙆♂️ a passionate teacher 🏀 an amateur basketball player 🇬🇧 IELTS 8.0 | Speaking 8.0 - 2x 👨🎓 MDIST Graduate
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Языки
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 78
- 1/48двое суток
- 89
- 1/72трое суток
- 96
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalom alaykum 6 oyda ingliz tilini o’rganib qo’yaman deb niyat qilib qo’ygan aziz obunachilar. Shu desangiz, kecha damasda ketayotganimda, damaschi aka qayerda ishlaysiz deb qoldilar. O’quv markazda ingliz tilidan dars beraman dedim. O’zi shu ingliz tilini nechi oyda o’rgansa bo’ladi deb so’rab qoldilar. Ularga javob bergach, shu savolga “obshiy” qilib javob yozishim kerak o’yladim. Qani ketdik: ⏳ Ingliz tilini necha oyda o‘rgansa bo‘ladi? To‘g‘ri javob: OYDA EMAS, SOATLARDA! Ko‘pchilikning eng katta xatosi — til o‘rganishni kalendarga qarab o‘lchashidir. "Men 6 oydan beri o‘qiyapman, nega natija yo‘q?" — deydi ba'zilar. Keling, matematikani ishga solamiz. 🧮 Sizningcha, qaysi biri ko‘proq o‘rgandi? 👤 A o‘quvchi: 6 oy davomida haftada 2 marta 1 soatdan darsga keldi (Uy vazifasi qilmadi). 👉 Jami: ~48 soat. 👤 B o‘quvchi: Faqat 2 oy davomida har kuni 2 soatdan shug‘ullandi. 👉 Jami: ~120 soat. Natija: B o‘quvchi 2 oyda A o‘quvchining 6 oylik yo‘lini bosib o‘tdi va undan 3 barobar o‘zib ketdi! Nega soat bilan o‘lchash muhim? 🧐 Til o‘rganish bu — miyaga "investitsiya" kiritish. Siz miyangizni ingliz tili bilan qancha ko‘p va intensiv to‘yintirsangiz, u shuncha tez "gapira" boshlaydi. 🔹 Cambridge va Oxford standartlari nima deydi? Har bir darajani (Level) oshirish uchun o‘rtacha 100-150 soat faol mehnat kerak. Agar siz haftada bor-yo‘g‘i 3 soat shug‘ullansangiz, bir darajadan ikkinchisiga o‘tish uchun sizga 1 yil kerak bo‘ladi. Agar kuniga 2 soat ajratsangiz — atigi 2 oy! Xulosa: Ustozingizdan "Qachon o‘rganaman?" deb so‘rashni to‘xtating. O‘zingizdan so‘rang: "Men shu haftada necha soat ingliz tili bilan yashadim?" Lug‘at yodlash, listening qilish, kino ko‘rish — bularning hammasi o‘sha "oltin soatlar" hisobiga yoziladi. 🏗 Poydevoringizni kalendar bilan emas, mehnat soatlari bilan quring! Siz haftasiga necha soat ingliz tili uchun vaqt ajratyapsiz? Rostini ayting... 👇 Oxirigacha o’qidim - 😍 @English_excellency kanali sizga eng yaxshisini ravo ko’radi!
Kichik oilamizda bugun KATTA GʻALABA! Bundan 2 yil oldin — endigina turmush qurgan kunlarimiz edi. Ayolim bakalavrni bitirib, "Magistraturaga topshiraman" deb qoldi. Ochig'i, o'shanda ikkilanib: "O'qish, oila, ro'zg'or... qiyin bo'lib ketmaydimi?" deganimda, u menga qarab: "Bir amallaymiz, hammasi yaxshi bo'ladi!" degandi. Bugun o'sha "bir amallaymiz" deyilgan so'z ortida qanchalik ulkan matonat, uyqusiz tunlar, sahifalab o'qilgan kitoblar va qat'iyat yotganini tushunib turibman. Bugun ayolim O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining (UZSWLU) MAGISTR DIPLOMINI qo'lga kiritdi! 🎓🥳 Bejizga aytishmaydi: "Bir erkakni o'qitsangiz — bir insonni, bir ayolni o'qitsangiz — BUTUN BIR MILLATNI ilmli qilasiz." Chin yurakdan xursandman va faxrlanaman! Qiyinchiliklar o'tib ketdi, lekin bu bilim va yutuq bir umrga muhrlanib qoldi. @English_excellency oilasida bayram, xullas!
Bugun ham #QuizTime qilamizmi? Reactions? - 😍😍😍
📊 QUIZ NATIJALARINGIZNI ANIQLANG! Balingizga qarab darajangizni aniqlang: 👇 🔴 1 – 3 ta: Beginner (A1) 🟡 4 – 6 ta: Elementary / Pre-Int (A2–B1) 🟢 7 – 8 ta: Intermediate (B1+) 🏆 9 – 10 ta: Grammar Master (B2+) Qaysi savol sizni eng ko’p o’ylantirdi? Izohlarda qoldiring? O’zim kanalda tushintirib beraman o’sha mavzuni. @English_excellency - Darajangizni aniqlaymiz va o’sishda yordam beramiz
📊 Bugungi testda nechta to'g'ri javob topdingiz? 9-10 ta - 🏆 7-8 ta - 🔥 5-6 ta - 😍 3-4 ta - 😇 1-2 ta - 🤓 💬 Qaysi savolda qiynaldingiz? Izohlarda yozib qoldiring, barchasini ovozli xabarda (voice) tushuntirib beraman! 🎙✨ 👉 @English_excellency
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Yuqoridagi savolni yaxshilab tushintirib berdim. Bu savol aynan Past Perfect zamoniga oid edi. Menimcha tushunarli bo’ldi. Bugun yana #QuizTime bo’ladi. Tayyormisizlar? - 🔥🔥🔥 @English_excellency
видео или голосовое, без подписи
Hammaga xayrli kun o’rtoqlar! Bugun ham bitta #QuizTime qivoramizmi? 20 ta ❤️ yurakchadan qizartirib turinglar, men hozir kelaman. @English_excellency - Biz bilan darajangizni aniqlang va rivojlaning!
📊 QUIZ NATIJALARINGIZNI ANIQLANG! Balingizga qarab darajangizni aniqlang: 👇 🔴 1 – 3 ta: Beginner (A1) 🟡 4 – 6 ta: Elementary / Pre-Int (A2–B1) 🟢 7 – 8 ta: Intermediate (B1+) 🏆 9 – 10 ta: Grammar Master (B2+) Qaysi savol sizni eng ko’p o’ylantirdi? Izohlarda qoldiring? O’zim kanalda tushintirib beraman o’sha mavzuni. @English_excellency - Darajangizni aniqlaymiz va o’sishda yordam beramiz
Quiz ga javoblarni kechgacha belgilang. Soat 20:00 da darajangizni aniqlovchi postni yuboraman. Hammaga omad. @English_excellency