tgindex
FSTU_Registrar's office

FSTU_Registrar's office

Статистика

Farg'ona davlat texnika universiteti Registrator office

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
58
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 997
−8 за 2 дн.
Сутки
−2
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 180
40 постов
Вовлечённость
59,1%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 58
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
820
1/48двое суток
939
1/72трое суток
1 013

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • #tezkor ❗️Mandat ertaga e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri Ertaga degani bugun 00:00 dan keyingi istalgan vaqt bo’lishi ham mumkin. Sayt qotib qolganda telegram botlar sizga yordamga keladi! Abituriyentlar va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida mandat natijalariga oldindan buyurtma xizmati ishga tushirilgan. Buyurtma berish uchun qilish kerak? 1️⃣. @DTMSTAT_BOT da ro'yxatdan o'ting; 2️⃣. "MANDATGA BUYURTMA" ni bosing; 3️⃣. Abituriyent ID raqamini kiriting; 4️⃣. Buyurtma tayyor! Ushbu @DTMSTAT_BOT natijalar chiqishni boshlashi bilan buyurtma bergan abituriyent natijalarini birinchilardan bo'lib sizga yuboradi.

  • 12 авг.1 0248

    ⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha muhim! Xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shu hafta chiqishi kutilmoqda. Test sinovlari esa keyingi hafta oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

  • #Texnikum_suhbat #Natijalar Bugun Farg'ona davlat texnika universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'limi yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish bo'yicha suhbat jarayonlari bo’lib o’tdi. Suhbat natijalari bilan tanishing Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

  • ❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • Boʻlajak talabalar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak? 1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5x4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa) 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa). ❗️ Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz. 📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi.

  • #Diqqat_muhim Farg‘ona davlat texnika universitetiga hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari diqqatiga! 🔹 2026-yil 12-avgust kuni soat 09:00 dan texnikum bitiruvchilarining suhbatlari o‘tkaziladi. Suhbatda ishtirok etuvchi barcha talabgorlardan suhbat boshlanishidan kamida 1 soat oldin belgilangan joyga kelishlari so‘raladi. Suhbatda ishtirok etadigan guruhlar va ularning auditoriyalari bilan tanishing: Talabgorlar belgilangan vaqtda pasport yoki ID-karta bilan kelishlari shart. 📍 Manzil: Farg‘ona davlat texnika universiteti, Farg‘ona sh., Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy. Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

  • 8 авг.1 4723

    ⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 6 авг.1 22911

    🗣 Eʼlon! 📱  Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz da mazkur tizim orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.   ⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot

  • 5 авг.1 08313

    ❗️Bugun “perevod” uchun arizalar qabuli yakunlanadi #perevod Talabalar bugun, 5-avgust kuni soat 23:59 ga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin. Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. @FSTUregistrarsoffice -  ulashing va obuna bo‘ling!

  • ⚡️Transkript olishda kechikayotganlar uchun layfxak – qabul muddatini sun'iy uzaytiramiz O'qiyotgan oliygohingiz transkript berishni kechiktirayotgan bo'lsa sizda bir imkoniyat bor: My.uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tasiz. O'qiyotgan hamda o'qishingizni ko'chirmoqchi bo'lgan oliygohingiz haqida ma'lumotlarni kiritasiz. ☝️ Shundan so'ng transkript yuklanishi lozim bo'lgan joyga birorta (masalan pasport) pdf fayl yuklaysiz. Arizangiz rad etiladi. Biroq, 5-avgustdan so'ng taxminan 3 kun rad etilgan arizlarni tahrirlash uchun vazirlik tomonidan qo'shimcha vaqt beriladi. Shu vaqtgacha transkriptni olishga ulgursangiz arizani tahrirlab yuklab qo'ysasiz tamom. Shu orqali siz o'zingizga sun'iy ravishda qabul vaqtini uzaytirgan bo'lasiz😄 Transkript ololmay yurgan tanishlarga yuborib qo'yamiz♻️

  • 3 авг.1 0185

    ⚡️O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli tugashiga 3 kun qoldi — 5-avgust qabulning so'nggi kuni 👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; 👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ❗️Eslatma: rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun qo'shimcha 3 kun vaqt beriladi, yangi ariza berish uchun vaqt berilmaydi! @FSTUregistrarsoffice -  ulashing va obuna bo‘ling!

  • 1 авг.1 824313

    ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 31 июл.1 6656

    📢 ESLATMA! GRANTLARNI QAYTA TAQSIMLASH BO‘YICHA ARIZA TOPSHIRISHNING SO‘NGGI KUNI! ⏳ Bugun, 31.07.2026, grantlarni qayta taqsimlash bo‘yicha ariza yuborishning oxirgi kuni hisoblanadi. 🕛 Tizim bugun soat 23:59 gacha ishlaydi. Shundan so‘ng ariza yuborish va mavjud arizalarni qayta topshirish imkoniyati to‘xtatiladi. ❗️Agar talaba: arizasini xato yuborgan bo‘lsa; adashib noto‘g‘ri grant turini tanlagan bo‘lsa; GPA yoki boshqa ma'lumotlarni inobatga olmasdan ariza yuborgan bo‘lsa; yoki boshqa har qanday muammoga duch kelgan bo‘lsa, bugun soat 23:59 gacha ushbu kamchiliklarni bartaraf etishi zarur. 🔄 Zarurat tug‘ilganda talaba OTM rahbariyatiga murojaat qilib, arizani rad ettirib, qayta to‘g‘ri ariza yuborishi mumkin. 📌 Hurmatli mas'ullar! Iltimos, ushbu jarayonni shaxsiy nazoratga oling, barcha talabalarga bugunning oxirgi muddat ekanligini yetkazing va arizalarini tekshirtiring. ⚠️ Muhim: Ushbu muddatdan keyin qo‘shimcha vaqt berilmaydi. Barcha kamchiliklar 31.07.2026 soat 23:59 gacha bartaraf etilishi shart.

  • 30 июл.1 54142

    #FDTUni_tanla 56,7 balldan yuqori natija bilan universitetga kirib, 2 ta diplom olish mumkin desa, ishonasizmi? 📌Abituriyentlar universitet tanlashda, asosan, ikki jihatga e’tibor qaratadi: 🔹Ta’lim sifati; 🔹Kirish imkoniyati Aynan shu ikki muhim ustunlik Farg‘ona davlat texnika universitetida mujassam. Farg‘ona davlat texnika universiteti — sifatli ta’lim, xalqaro imkoniyatlar va kelajak sari ishonchli qadam! Bizni kuzating Telegram | Instagram | Facebook |Web sayt

  • ⚡️Bugun magistraturaga qabul yakunlanadi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Bakalavr diplomi; ▪️Chet tilini bilish sertifikati. 📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati. @FSTUregistrarsoffice -  ulashing va obuna bo‘ling!

  • 29 июл.1 41938

    📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabulining so'ngi kunlari boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 31.07.2026 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz. @FSTUregistrarsoffice -  ulashing va obuna bo‘ling!

  • ♻️ Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi — rivojlanishning yangi bosqichi! 🌎 Zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda, u bilan birga texnologiyalar va jamiyatimiz ehtiyojlari ham yangilanmoqda. 🙂 Biz davr talabidan kelib chiqqan holda, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda jarayonlarni yanada soddalashtirish va qulaylashtirish sari navbatdagi qadamni tashladik. Shu munosabat bilan, tashkilotimiz o‘z faoliyatini yangi bosqichda va yangilangan qamrovda davom ettirishini ma'lum qilamiz. Biz endi — Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazimiz. 💻 Bu shunchaki nomdagi o‘zgarish emas, bu — zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini har bir inson qulayligi va rivoji uchun yo‘naltirishga qaratilgan amaliy qadamdir. 🔗Ushbu yangilanish va yangi imkoniyatlar haqida tayyorlangan maxsus videorolikni tomosha qiling va fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 📱 Telegram | 📱 Instagram

  • 25 июл.1 663114

    ⚡️Rasman: Bugundan Yo‘nalish tanlash boshlanadi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ➖ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ➖ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

  • Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook

FSTU_Registrar's office — tgindex