tgindex
"Fikr Silsilasi"

"Fikr Silsilasi"

Статистика
@Fikrsilsilasiузбекский

Tarix, xabar, tahlil (imkon qadar)

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
513
−5 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
156
27 постов
Вовлечённость
30,4%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 27
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
45
1/48двое суток
51
1/72трое суток
55

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ғазодаги девор ёзуви: «Биз фақат ҳаётга ўхшаган бир ҳаётни орзу қилдик».

  • #Истеҳзо Дерларки, Ҳамас Ғаззадаги касалхоналарни ўз штаб-қароргоҳларига айлантиргани боис ул ерларни бомбалаш жоиз эрур. Деймизки, Иргун - «ХаЭцел» гангстерлари командири Менахем Бегиннинг ҳам қароргрҳи Фрейд Дор ул-Шифоси биноси эрди ким, Ҳамас сиз каби "танланмиш халқ"нинг суннатиға эргашибдур😁

  • без подписи

  • Bugun neftni zamonaviy sanoat, avtomobillar va yoqilg‘i bilan bog‘laymiz. Ammo neftdan foydalanish tarixi bundan ancha qadimiy. Milodiy 850-yillarda arab olimlari neftni maxsus qurilma — al-Inbiq (alembik) yordamida haydab, kerosin olishgan. Kerosin esa chiroqlarni yoqishda ishlatilgan. Bundan tashqari, VIII asrda Iroqdagi Deyr al-Qayyara kabi neft konlari faol ishlagan. U yerdan olingan bitum yo‘l qurilishida ham qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, Yevropada asfalt bilan yo‘l qoplash ancha keyin — 1838-yilda Parijda boshlangan. Demak, neft sanoatining tarixi ko‘pincha aytilganidek faqat XIX asrda boshlanmagan. Uning ildizlari o‘rta asrlar musulmon dunyosigacha borib taqaladi. Manba: Energy and International War: From Babylon to Baghdad and Beyond - “Oil and Commerce”, 121-bet. Muallif - Illinois Universiteti Yadro, Plazma va Radiologik Muhandislik professori.

  • без подписи

  • Изоҳсиз)

  • Топкапи Қуръон манускрипти. Ҳижрий иккинчи асрга оид, милодий 8-аср. Бу мусҳаф нусхаси Тоҳир Алтикулоч тарафидан ўрганилган. Мусҳафдаги Фил сураси.

  • XII asr tarjimonlari ibn al-Haysamning al-Manazir asarlarini Yevropa uchun tanishtirdilar; Sorbon universitetining optika ustalari Vitelo va Rojer Bekon, ibn al-Haysam optikasi asosida yangi fan yaratdilar, Kepler esa uning asosiy tamoyilini kashf etdi. © Pier Dyuem PS: Ibn al-Haysam optikadan tashqari kuch momenti, erkin tushish, tezlanish va butun boshli Nyutonning qonunlarini ochdi va dunyoga o'rgatgan ahli ilm.

  • “Tarbiyasiz ta’lim insoniyatning eng ashaddiy dushmani.” –Abu Nasr al-Farobiy

  • без подписи

  • Ibn al-Haysamning Kitab al-Manazir asarining ikki xil davrga oid qo'lyozmasini raqamli versiyasi. Istanbulning Fatih rayonidagi Süleymaniye kutubxonasida saqlanmoqda. Kitobdagi chizmaga ahamiyat bering. Yupqa linza tenglamasi deyiladi. Ba'zilar Nyuton, ba'zilar Dekart, va yana ba'zilar Gauss kashf qilgan deyishadi. Lekin bu tenglama 1015-yilga asarda keltirilgan. UNESCO 2015-yilni Kitab al-Manazir asari 1000 yilligi sharafiga "Xalqaro Yorug'lik Yili" deb e'lon qilgandi ...

  • Макка келишуви нимани англатади? Исроил Саудия Арабистони, Туркия ва Покистонга ҳужум қилишга журъат эта олмайди, чунки бундай уриниш содир бўлса, дарҳол Покистоннинг ядровий зарбасига учрашини яхши тушунади. Ушбу келишув орқали кучли тийиб турувчи куч яратилди. Унда Покистоннинг ядровий салоҳияти, Туркиянинг ривожланган мудофаа саноати ва Саудия Арабистонининг молиявий қудрати битта тизимда бирлашди. Ушбу қадам орқали учта мамлакат ҳам Исроилни, ҳам Эронни тийиб туради. Шарқий Ўрта ер денгизи, Қизил денгиз, Форс кўрфази ва Ҳинд океани каби стратегик ҳудудлар хавфсизлиги таъминланмоқда. Энди Исроил минтақада ўз билганича ҳаракат қила олмайди. Келишувда худди НАТОнинг 5-моддасига ўхшаш қоида бор: аъзо мамлакатлардан бирига қилинган ҳужум барчага қилинган ҳужум деб ҳисобланади. Демак, Ҳиндистон Покистонга, Эрон ёки ҳусийлар Саудия Арабистонига ҳужум қилишдан олдин жиддий ўйлаб кўришларига тўғри келади. Яқин орада Туркия Қизил денгиз коалисиясига қўшилади. Судан ва Сомали йўналишида Покистон бронетехникаси ҳамда Туркия дронларининг пайдо бўлиши бу ҳамкорлик чуқурлашаётганини кўрсатмоқда. Минтақа давлатлари энди АҚШни ягона хавфсизлик кафолатчиси деб билмаяпти. Уч мамлакат ўртасида қўшма ҳарбий машғулотлар, разведка маълумотларини алмашиш, технология топшириш ва мудофаа саноати ҳамкорлиги бошланмоқда. Келажакда Миср, Сурия, Қатар ва бошқа мамлакатлар ҳам ушбу хавфсизлик тизимига қўшилиши мумкин. Қизиқ томони шундаки, Исроил ва Бирлашган Араб Амирликлари ўз аралашувлари билан бу иттифоқнинг тузилишини тезлаштирдилар. Бунга жавобан Юнонистон, Исроил, Ҳиндистон ва БАА иштирокида қарши блок тузилиши ҳам кутилмоқда.

  • «Al-Beruniy (O'rta Osiyo, taxminan 1025 yil) quyosh apogeyining to'g'ri harakatini tengkunlik presessiyasidan birinchi bo'lib ajratgan ko'rinadi. Bu kashfiyot ba'zan al-Battaniyga tegishli deb noto'g'ri nisbat beriladi.» © David Allen King: Astronomy in the Islamic World, Encyclopaedia of the History of Science, Technology, and Medicine in Non-Western Cultures, 337-bet. PS: Beruniy muvaqqit (Islom ibodatlari taqvimini tuzuvchi amaldor) diniy lavozimda ham faoliyat ko'rsatgan.

  • «U (Abu Rayhon Beruniy) bir vaqtlar Sind vodiysi dengizning tubi bo'lganini tahmin qilgan». © Uilyam Durant: Sivilizatsiyalar Tarixi IV - Iymon Asri (Age of Faith); Nyu-York, 1980-yil. PS: Haqiqatdan ham bugungi Tibet Platosi, Afg'onistonning Karakoram tog' tizmalari, Himalay tog' tizmalari hamda Pokiston va Hindiston chegarasidan joylashgan Sind vodiysi Mezozoy Erasi davrida qadimgi Bangong-Nujiang okeanining tubi bo'lgan. Bu mintaqalardagi qoya cho'kindilari qadimgi tuzli okean muhitidan dalolat beradi. Uilyam Durant va uning rafiqasi Ariel Durant yahudiy millatiga mansub amerikalik tarixchi, antropolog va faylasuf olimlar hisoblanadi. Uzoq yillik karyeralarini Beruniyning «Hindiston» va boshqa asarlarini o'rganishga bag'ishlashgan. G'arb bizning o'tmishimizni o'rganib yuksak taraqqiyotga erishdi va rivojlanib ketdi. Biz esa o'z o'tmishimizdan orqadamiz. G'arbdan emas... Suratda er-xotin Uilyam va Ariel Durant, 1948-yil.

  • Al-Zahroviyning 30 bobdan iborat Kitab al-Tasrif asari. 200 dan ortiq jarrohlik asboblarining ishlatilishi va tasnifi keltirilgan beqiyos tibbiy ensiklopediya. To'liq ismi Abul Qosim Xalaf ibn Abbos al-Zahroviy al-Hazrajiy (936-1013) Kordovada tavallud topgan.…

  • Al-Zahroviyning 30 bobdan iborat Kitab al-Tasrif asari. 200 dan ortiq jarrohlik asboblarining ishlatilishi va tasnifi keltirilgan beqiyos tibbiy ensiklopediya. To'liq ismi Abul Qosim Xalaf ibn Abbos al-Zahroviy al-Hazrajiy (936-1013) Kordovada tavallud topgan. Nasabi Hazraj qabilasiga borib taqaladi. 1232-1492-yillarda Granadani boshqargan Nasriy sultonlarga ham uzoq o'tmishdosh qarindosh hisoblanadi. Aytib o'tish joiz, al-Zahroviy ilk neyrojarroh: tug'ma gidrosefalus (bosh miyadagi serebrospinal suyuqlik) defektini jarrohlik yo'li bilan davolagan. Insoniyat tarixida birinchi bo'lib chaqaloqning bosh miyasidagi gidrosefalusni jarrohlik yo'li bilan chiqarib tashlagan[1]. [1]. "The Scientific History of Hydrocephalus and Its Treatment", Alfred Aschoff, Paul  Kremer, Bahram Hashemi & Stefan Kunze: 1999-yil. Springer nashriyoti, Neurosurgical Review jurnali, 67-93-betlar. Link: https://link.springer.com/article/10.1007/s101430050035#auth-A_-Aschoff-A1

  • Portugaliya qiroli Sebastian 1578-yil, 4-avgustda sodir bo'lgan Qasr al-Kabir (Uch podishoh) jangida asir olinishi. 1840-yil chizilgan Anton Ziegler kartinasi. Bu jang ispan va portugal monarxlarini Marokashga nisbatan ambitsiyasiga nuqta qo'ydi. 2 yil ichida Marokash sultoni Ahmad al-Mansur al-Sa'diy al-Hasaniy Mavritaniyadan ham portugal qaroqchilarini haydab chiqardi.

  • Бу харитадаги давлат илм-фан ва фалсафа тарихида бутунлай ЯНГИ бир давр очди. Бу давлат пойтахти эса буюк кашфиётлар, ихтиролар ва янгиликларнинг бешигига айланди. Харита Lumen Learning платформасидан олинди.

  • Французлар ибн Халдуннинг ал-Муқаддима асари билан Усмонли қозиларидан Меҳмед Пиризаденинг (вафоти 1749-йил) туркча таржимаси орқали танишишди. Ўшандан бери ғарбликлар ҳалигача ибн Халдун асарларини мароқ билан ўрганиб, тадбиқ қилишади.

  • Videodagi blogger emotsiyaga berilib, diniy ta’lim faqat ota-ona ishi ekani va boshqalar bundan mas’ul emasligi haqida o’ta shaxsiy fikrlarini bildiribdi. Men ham bu qarashlarga qo’shilmagan holda bir qancha o’rinlarga to’xtalmoqchiman. Maktabda diniy ta'lim so'rayotgan barcha ota-onalarni "dindan bexabar, o'zini tuzatishni istamaydigan dangasalar" deb tamg'alash oson. Xo’sh, o’sha dindan bexabar ota-ona farzandiga zaruriy bilimlarni o’rgatishni istasa nima qilishi kerak? Blogger o’z og’zi bilan aytganidek, ular dindan bexabar bo'lsa, demak mutaxassisga ehtiyoji bor. Jamiyatning katta qismida ehtiyoj bormi, yechimni tashqaridan izlash tabiiy hol. Bir inson oliy ma’lumotli bo’lmasdan farzandini o’qimishli qilishni xohlashi maqtalar ekan, dindan bexabar inson farzandi dindor bo’lishini maqsad qilishi ham shunchalik maqtovga loyiq. Qolaversa, shifokor ham, matematika o’qituvchisi ham farzandini maktabga beradi. Hech kim buni "mas'uliyatdan qochish" demaydi, balki ta'limni ahliga topshirish deb qaraydi. Tasvirda esa diniy ta’limni uydan tashqaridan izlash "ota-onaning o’zini isloh qilishni xohlamasligi" deb baholangan. Tasavvur qiling, matematika o’qituvchisisiz va farzandingizni ixtisoslashtirilgan maktabga olib bordingiz. U yerdagilar esa sizga: “Dangasalik qilmay, uyda o’zingiz ta’lim bersangiz bo’lmasmidi?” deb istehzo qilishmoqda... Agar maktabda diniy-axloqiy ta'lim berilishi "nur ustiga a'lo nur" bo'lsa, nima uchun ota-onalarning bu yaxshilikni tizimdan talab qilishi "mas’uliyatni birovga ag’darish" deb qoralanishi kerak? Axloq bu tor oilaviy ish emas, jamiyat miqyosidagi masaladir. Aksariyati musulmon bo'lgan jamiyatda islomiy axloqni ta'lim orqali tarqatish zaruriy ehtiyojdir. Islomda ham, dunyoviy jamiyatda ham yoshlar tarbiyasi jamoaviy mas'uliyat hisoblanadi (farzi kifoya). Agar ma’lum qatlam bu ishni uddalamasa, butun jamiyat gunohkor bo'ladi. O’qituvchi ziyoli va ilm tarqatuvchi sifatida eng avvalgi mas’ullardandir. "O'qituvchi majbur emas va so'ralmaydi" degan fikr dindanmi yoki dunyodan — Xudo biladi. Nihoyat, savob haqida. Islomda savob "nolga teng yig'indi" emas. Bola biror yaxshilikni ustozidan o'rgansa, savob ustozga ham, uni shu yerga yetkazgan ota-onaga ham boradi. Hadislarda “yaxshilikka dalolat qilgan xuddi yaxshilik qilgan kabi savob oladi” deyilgan. "Alhamdu"ni o'rgatgan ustoz savob olsa, ota-onaning savobi kamayib qolmaydi. Ilohiy rahmatni bunday toraytirish va savob tushunchasini bunday talqin qilish noto’g’ri tasavvur hosilasidir. Manba: @Futuvvatnoma