Mustaslihun
СтатистикаMaqsadimiz ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo islomga intilishdir. ©️mualliflik huquqiga amal qilsangiz xursand bo'lardim〽️ Anonim savol uchun link. https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=5c26f3d4acf546
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 132
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 124
- 1/48двое суток
- 142
- 1/72трое суток
- 153
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
* Bir yigitning o'lim vaqti kelganida onasi yig'lay boshladi. * Onajon! Mening hisob-kitobim sizga topshirilsa, nima qilar edingiz? * Bolam, senga rahim qilar edim. * Onajon, Alloh sizdan ham rahimliroq. -Allohga yaxshi gumon qilish naqadar yaxshi! @mustaslihun
Yo’qotishdan qo’rqasizmi, demak siz unga toʻliq ega emassiz. #haqiqat
Yolgʻonlar ichida tarbiya topgan farzand, hech qachon senga haqiqatda yuzlashmaydi… @mustaslihun
Turtkisi Alloh boʻlganning maloli boʻlmaydi! @mustaslihun
#bayt Nazar tushquncha bad, ey nafsi ma'yub, Tushub ko'z nuqtasi ko'r bo'lg'oni xo'p. Sharh: Ey nuqsonli nafsning quli, sening yomon nazaring har qanday nomashru' narsalarga tushib rasvo bo'lganidan ko'ra, ko'z qorachig'ing oqib tushib, ko'r bo'lganing afzal. Ushbu baytda bobomiz So'fiy Allohyor rohmatullohi alayh Naqshbandiya tariqatining mashhur o'n bitta qoidasidan biri "Nazar bar qadam" so'fiyning doimiy fikrida, amalida bo'lishi lozimligiga ishora qilganlar. @mustaslihun
Olg'a Uzbekistan 🇺🇿
Пиво фестивали ташкилотчилари жазоланди Шу йилнинг 5-7 июнь кунлари Тошкентда ўтган пиво фестивали ташкилотчилари жазоланди. Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси Русланбек Давлетовга Ўзбекистон Республикаси Меҳнат Кодексининг 312-моддасига кўра, ҳайфсан интизомий чораси қўлланилди. Моддий рағбатлантириш кўрсаткичи бекор қилинди. Русланбек Давлетов раҳбарлик қиладиган хизматнинг бош инспектори Суҳроб Юсупов Президент Администрацияси раҳбарининг фармойиши билан лавозимидан озод қилинди. Фармойиш ижроси Администрация Комплеанс хизмати бошлиғи Эркин Юлдашев ва Ишлар бошқармаси бошлиғи Зелимхон Ҳайдаров зиммасига юклатилди. Фикримча, мазкур қарор мутлақо объектив ва жамоатчилик истаган қарордир. Салқин ичимликлар ниқоби остидаги бу тадбир на қонунга ва на қадриятларга мосдир. Ўтган йили ҳам ахлоқсизликка айланиб кетган, жамиятда зиддиятлар қўзғатган бу тадбирни танқид қилганимда жанобнинг тарафдорлари кибер нишонига айлангандим. Ким қилмагай — ким топмагай. Шаҳар бедарвоза эмас, ҳар қандай уқувсизлик, миллат манфаатига қарши бориш жазоланиши керак. Президент миллий генофонд тақдири учун қайғуриб, гиёҳвандлик ва бошқа иллатларга уруш очган бир пайтда бундай назорат қилинмайдиган тадбирларга бош бўлиш сиёсий кўрликдир. Abdurahmon Tashanov
без подписи
без подписи
без подписи
#ziyorat ●Muhammad Hakim At-Termiziy ziyoratgohi ●Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 📍Termiz, Surxondaryo
من قل عقله كثر هزله Kimni aqli oz bo'lsa, hazili ko'payadi. @mustaslihun
без подписи
#safar ⛰Xo'jamayxona, Surxandaryo
Niyyat mudarris bo'lish bo'lmasa madrasada o'qish kerak emas. Allohga yaqinlik madrasada emas, solih ustozlarni suhbatini topish bilan hosil bo'ladi. U yashab topiladi, yodlab emas. Husaynxon Buxoriy Suratda: Shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh bilan kaminai faqir @mustaslihun
Gʻoliblarni qo‘llash hammani qo‘lidan keladi Magʻlublarni qo‘llash esa hammaniyam qo'lidan kelmaydi 🙌✊
Binafsha shu’lasi. O’sha hozirda instagramni portlatayotgan, hamma qiziqib xarid qiladigan, 20 millionga sotilgan kitob. Aslida bu kitob shunga arziydimi? Nashriyot ushbu kitobni shu darajada marketing qildiki. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan xalq bu kitobga qiziqish bildiryabdi. Instagramda har 4 ta reelsni 2 tasi shu kitob haqida. Kuchli reklama qilinganidan arzimasa ham hamma sotib olyabdi. To’g’ri muhimi kitobga targ’ib qilinyabdi, xalq kitobga qiziqyabdi deyish mumkindir, ammo unday emas. Ushbu kitob 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun yozilgan, rasmlar bilan boyitilgan o’qish uchun oson bo’lgan kitob hisoblanadi. “Falaq oilasi” nomli jamoa tashkil qilingan, har bir bookbloger shunga a’zo bo’lishga orzumand. Ushbu oila tarkibida judayam ko’p bookblogerlar jamlangan va ularga nashriyot tomonidan kitoblar sovg’a sifatida yuboriladi. Barcha kitob ixlosmandlari buni targ’ib qilishadi. Natijada barcha kuzatuvchilar ham o’sha kitoblarga qiziqish biltirishi tabiiy. Aslida “Binafsha shu’lasi” va shunga o’xshash kitoblar bizga nima beradi, faqat hikoyadan iborat kitoblar bo’lsa. Haqiqiy kitobxon kitoblarni saralab o’qishi kerak. Kitob ekan deb har qanday kitobni o’qiyvermaslik, muqovasiga, rangiga, shakliga uchmaslik kitobxonning e’tibor berishi kerak bo’lgan muhim jihati hisoblanadi. Aslini olganda bizga kerakli bo’lgan kitoblar butun ijtimoiy tarmoqda targ’ib qilinayotgan kitoblar emas, kitob to’konlarida ko’zga ko’rinmas joyda turadigan kitoblardir. Hamma ham qiziqib o’qiyvermaydigan, ma’lumotlar bilan boyitilgan kitoblar biz talab qilishimiz kerak bo’lganlari hisoblanadi. Nega “Falaq oilasi” boru “Hilol oilasi” yo’q? Nega Hilol nashr kitoblarni bu kabi reklama qilmaydi? Hilol nashr kitoblarini sovg’a sifatida olish ham bunchalik oson emas. Intellektual o’yinlar, quiz testlar yoki biror kitobni mutolaa qilish orqali kitoblarni qo’lga kiritish mumkin. Aslida targ’ib qilishini kerak bo’lgan kitoblar “Ruhiy tarbiya”, “Ijtimoiy odoblar” kabi ilmiy va ijtimoiy kitoblar emasmi? Ha bir musulmon bilishi va o’rganishi farz qilingan tahorat qoidalari, namoz ahkomlari, ayollarga xos masalalar kabi ilmlar o’rganilishi kerak emasmi? Agar xalq va kitobxonlar shu kitoblarni targ’ibini yo’lga qo’yadigan bo’lsa jamiyatda “befarosatlar” kamayar edi. Insonlar duch kelgan yerga axlatlarini otib ketmas edi, o’zaro bir-birini hurmat qilar edi, jamoat transportida har xil axloqga to’g’ri kelmaydigan holatlar sodir bo’lishi kamayar edi. Ayollardagi hayo, erkaklardagi or-nomus masalalariga hozirgi avlod kabi yingil qaralmas edi. Zargar uchun temirdan oltin qadrli. Temirchi esa oltinning qadrini bilmaydi, u faqat temirni tushunadi xolos. Huddi shu kabi biz kitobxonlar temir bilan zarning farqiga borishimiz lozim. Yoshimiz va saviyamizga to’g’ri keladigan kitoblarni o’qishimiz kerak aslida. ©️Tahliliyat
"Salqin" ichimliklar festivali tashkilotchilari balki barcha O‘zbekiston yoshlari mana shunday bo‘lishini xohlayotgandir...
#trend #kitobxon Hozir ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi "kitobxon"lar trend ortidan quvib turli xil videoroliklar olishmoqda... ●Biriga qarasang kitobini domino qilib o'ynaydi. ●Boshqasiga qarasang baland qilib taxlab qulab ketishini kuzatib turishadi. Ularga: "hoy ahmoqlar bu kitoblarni yozishga muallif/tarjimonni qancha vaqti, nashriyotni qancha mehnati, qancha qog'oz, qancha ish kuchi, qancha ko'zlar nuri ketganini o'ylab ko'r! Bitta kitob yozishga musannif necha yil ilm olib, uni kitobga tushirishiga qancha umr sarflaganini tasavvur qilib ko'r!" Muallifga, kitobga, ilmga bo'lgan xurmating shumi? deging keladi. Nega odamlar kitoblarni o'qib "odam" bo'lishlari uchun emas, balki "trend" qilishlari uchun kitob oladigan bo'lishyapti? Essiz...essiz... @mustaslihun
Vijdon degan bir joy bor: U yerda har kim o'zini "kim" ekanligini yaxshi biladi... @mustaslihun