GameFest.Uz
Статистика🇺🇿 Game And Animation Festda ishtirok etish uchun: www.gamefest.uz 🇷🇺 Для участия в Game And Animation Fest: www.gamefest.uz
- Последний пост
- 20 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 61
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 525
- 1/48двое суток
- 601
- 1/72трое суток
- 648
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👾 Industry News #002 👾 GameFest 2026 davomida AI bo'yicha sessiyalarimizning asosiy xulosasi bitta edi: sun'iy intellekt endi real ishlab chiqarish jarayonining bir qismiga aylandi. #002 soni buning yaqqol isboti: investitsiyalar, yangi vositalar, bozordagi o'zgarishlar va ilk qoidalar bir vaqtning o'zida shakllanmoqda. 👇 💰 Generativ AI animatsiya sanoatining eng tez rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biriga aylandi Bozor hajmi 2025-yildagi 2,37 milliard dollar dan 2026-yilda taxminan 3,23 milliard dollarga yetdi — bu 36% o'sish degani. Bunga nima sabab bo'lmoqda? AI vositalari animatsiyadagi in-betweening (oraliq kadrlarni yaratish) va character rigging (personaj skeletini tayyorlash) kabi, avvallari ishlab chiqarish vaqtining 60–70% ini egallaydigan jarayonlarni avtomatlashtirmoqda. Asosiy xulosa esa boshqacha: gap "AI animatorlarni almashtiryapti" deganida emas. Studiyalar tejalgan vaqtni endi hikoya, kreativ g'oya va o'z IP'larini rivojlantirishga yo'naltirmoqda. 🤖 AI agentlari endi o'yin dvijoklarining o'ziga kirib bormoqda Ramen studiyasi Aura 15.0 ni taqdim etdi — Unreal Engine va Unity ichida ishlaydigan ko'p agentli AI yordamchisi. Endilikda undan cheksiz foydalanish mumkin. Kompaniya bugungacha 40 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilgan hamda Unity uchun GitHub'dagi eng ommabop ochiq manbali AI integratsiyalaridan biri bo'lgan Coplay loyihasini sotib olgan. Buni #001 sonida aytib o'tilgan Unreal Engine 6'ning ichki AI tizimi bilan birga ko'rsak, yo'nalish aniq: AI yordamchisi endi alohida dastur emas, balki ishlab chiqish vositalarining ajralmas qismiga aylanmoqda. 🎥 OpenAI Sora'ni yopilgan, bozor esa allaqachon keyingi bosqichga o'tdi Sora'ning alohida ilovasi 26-aprel kuni yopildi, API esa **2026-yil 24-sentabr**da faoliyatini to'xtatadi. OpenAI bunga hisoblash xarajatlarining juda yuqori ekanini sabab qilib ko'rsatdi. Bo'sh qolgan o'rinni esa juda tez quyidagi platformalar egallamoqda: • Google Veo 3.1 • Kling 3.0 • Runway Gen-4.5 Amaliyotdagi kontent yaratuvchilar orasida shakllanayotgan eng muhim fikr shuki: AI video muharrirlarni emas, avvalo stok videolar bozorini almashtirmoqda. Agar loyihalaringiz Sora asosida qurilgan bo'lsa, ularni boshqa platformalarga ko'chirish haqida hozirdan o'ylash kerak. ⚖️ AI orqali yaratilgan aktyorlar uchun ilk huquqiy qoidalar paydo bo'lmoqda Nyu-York shtatida endilikda reklama roligida haqiqiy aktyor o'rniga AI yordamida yaratilgan inson tasviri ishlatilgan bo'lsa, bu albatta ochiq ko'rsatilishi shart. Bu kichik ko'ringan o'zgarish muhim signal beradi: sun'iy insonlar tijorat loyihalarida keng qo'llanar ekan, ularni oshkor qilish endi faqat etik masala emas, balki huquqiy talabga ham aylanmoqda. Mijozlar uchun AI asosidagi kontent yaratadigan studiyalar va agentliklar bu tendensiyani diqqat bilan kuzatishi kerak. Shu bilan #002 soni yakunlandi. Ushbu yangiliklarning qaysi biri sizning faoliyatingizga eng yaqin? Fikringizni izohlarda qoldiring — #003 sonida yana uchrashamiz. Kuzatishda davom eting! 👾 #industrynews #gamefest #gamefest2026
🎥 Game Fest 2026: 1-kun! "Game Fest 2026" festivalining ilk kuni qanday o‘tdi? Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirning birinchi kunida ekspertlar chiqishlari va soha yangiliklari muhokama qilindi. Jarayonning to‘liq tasvirlarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: 🔗 Game Fest 2026: 1-kunni ko‘rish Videoda festivaldagi asosiy jarayonlar aks etgan. Marhamat, tomosha qiling. #GameFest2026 #Gaming #Tashkent —————————
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
GameFest 2026 doirasidagi yana bir muhim natijalardan biri - o‘yin va kreativ sanoatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik platformasini tashkil etishga qaratilgan Anglashuv memorandumining imzolanishi bo‘ldi. Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Uzbekistan Creative Association, Behold VC (Shvetsiya), Kameha VC (Fransiya) va FirstPoint VC (Turkiya/Hongkong) hamkorligida o‘yin industriyasi, raqamli kontent ishlab chiqarish, ta’lim va kreativ texnologiyalar yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan. Jumladan yangi tashkil qilingan FirstPoint VC fondning 50 million yevrolik investitsiyalari uchun Markaziy Osiyo ustuvor mintaqalardan biri bo'lishini e'lon qildi. Memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: • Xalqaro hamkorlik va Co-Production imkoniyatlarini kengaytirish • Yosh iste’dodlarni rivojlantirish va ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash • Investitsiyalar va startup ekotizimini rivojlantirish • Tajriba almashish va sanoat hamkorligini kuchaytirish • Markaziy Osiyo kreativ industriyalarining xalqaro maydondagi ko‘rinishini oshirish Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda gamedev va kreativ sanoatni rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi. GameFest 2026’ni O‘zbekiston va butun mintaqa kreativ industriyalari uchun muhim bosqichga aylantirishga hissa qo‘shgan barcha hamkorlar, investorlar, spikerlar, studiyalar va xalqaro mehmonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
https://www.instagram.com/reel/Dau6_J0NPui/?igsh=eHR6Y2ZxY3MzOXdo TEZ KUNDA KUTIB QOLING! GameFest2026 2 - kunida nimalar bo’lganini batafsil ko’rishingiz mumkin bo’ladi!
🎮 Uzbekistan Creative Association Oʻzbekistondagi birinchi oʻyin investitsiya va nashr fondini ishga tushirdi! Bugun Uzbekistan Creative Association UzCA Game Fund — Oʻzbekistondagi birinchi oʻyin investitsiya fondini, shuningdek mamlakatdagi birinchi nashriyot va marketing qoʻllab-quvvatlash mexanizmini ishga tushiryapti. Har bosqichda qoʻllab-quvvatlash uchun 2 yoʻnalish: 🎮 Investitsiya yo‘nalishi — yangi loyihalar yaratayotgan studiyalar uchun kapital. Dastlabki g‘oya bosqichidan ($1–2 ming), ilk rivojlanish bosqichigacha ($5–20 ming) va barqaror daromadga erishgan loyihalargacha ($50–100 ming va undan yuqori) investitsiya miqdori studiyaning o‘sishiga qarab oshib boradi. Hamkorlik daromadni taqsimlash yoki kompaniya ulushiga investitsiya kiritish modeli asosida amalga oshiriladi. 📈 Nashriyot va marketing yoʻnalishi — nafaqat mablagʻga, balki koʻrinish va oʻsishga yordam kerak boʻlgan studiyalar uchun. ASO va doʻkon optimallashtirish, UA/marketing byudjeti qoʻllab-quvvatlash, distribyutsiya va oʻzaro reklama imkoniyatlari, toʻliq nashriyot hamkorligi. Bu hozir boshlanish bosqichi bo'lib, yaqin kelajakda sizni yanada koʻp narsa kutmoqda — jumladan, Oʻzbekistonda oʻyin investitsiyalarining yangi bosqichi boʻlmish Creative Generation Fund ustida ishlamoqdamiz! O'yiningizni yangi bosqichga olib chiqish uchun atiza topshiring: https://gamefund.uzca.uz/uz Uzbekistan Creative Association launches the first Game Fund in Uzbekistan! Today, Uzbekistan Creative Association (UzCA) is launching UzCA Game Fund — the first-ever game investment fund in Uzbekistan, alongside the country's first-ever publishing and marketing support mechanism for game studios. Two ways to get backed, at every stage: 🎮 Investment Tier — capital for studios building something new. From a first idea ($1-2K) to early bird ($5-20K) to proven revenue ($50-100K+), tickets scale as your studio grows, through revenue-share and equity. 📈 Publishing & Marketing Tier — support for studios that need help getting seen and scaling, not just capital. ASO and store optimization, UA/marketing budget support, distribution and cross-promotion access, and full publishing partnerships. This is just the beginning. More is coming — including Creative Generation Fund, the next chapter for game investment in Uzbekistan. Applications open now. https://lnkd.in/d2gKTEJJ
🇷🇺Rus tilida 🎮 Sherdor Games akseleratoriga rasman start berildi! Oʻzbekistonning eng istiqbolli o'yin yaratuvchi jamoalari uchun 45 kunlik jadal akseleratsiya dasturi. Dastur davomida siz: ▶️ Tajribali mentorlar bilan yelkama-yelka ishlaysiz va ulardan jonli tajriba olasiz; ▶️ O'yiningizni ham texnik jihatdan, ham biznes nuqtai nazaridan pishitasiz; ▶️Loyihangizni global bozorga olib chiqadigan marketing strategiyasini tuzasiz; ▶️ Investorlar va publisherlar oldida bevosita chiqish qilib, o'z g'oyangizni taqdim etasiz. ▶️Saralangan jamoalarga $1000 stipendiya + Demo Day’da xalqaro namoyish. Sizda o'yin uchun tayyor prototip yoki MVP bormi? Unda imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📎 Ishtirok etish uchun havola orqali ariza qoldiring. 🔴Instagram 🔴YouTube 🔴Veb-sayt
👾 Industry News #001 👾 May oyidagi GameFest davomida nimalar haqida gaplashganimiz yodingizdami? Panel sessiyasi: Animatsiya biznesi, yangi texnologiyalar va studiyalar Ma'ruzalar: Kinematika, animatsiya, dizayn va storytelling Sun'iy intellekt animatsiyani qanday o'zgartirayotgani, hunarmandchilik va avtomatlashtirish muvozanati haqida suhbatlashgandik. Oradan bir necha hafta o'tib, sanoatdagi voqealar aynan shu mavzularning naqadar dolzarb ekanini yana bir bor isbotlamoqda. Mana eng muhim yangiliklar 👇 ✋ AI ishlab chiqarish jarayonini tobora egallab borayotgan bir paytda, 50-yillik studiya inson qo'lining qadrini eslatmoqda Aardman, Wallace & Gromit hamda Shaun the Sheep animatsiyalari ortidagi britaniyalik stop-motion studiyasi, o'zining 50 yilligini nishonlamoqda. Ularning muvaffaqiyati plastilin animatsiyasi, o'ziga xos qahramonlar, ataylab saqlab qolingan mayda nomukammalliklar va hanuz inson mehnatini ustun qo'yadigan ijodiy jarayonga tayanadi. 2026-yilda bu muhim xulosani eslatadi: mahorat va tabiiy nomukammallik kamchilik emas, balki raqobat ustunligiga aylanishi mumkin. 🎬 Anime Expo 2026 yangi e'lon va treylerlarga boy bo'ldi 2–4 iyul kunlari o'tkazilgan tadbir davomida o'nlab yangi treylerlar va loyihalar taqdim etildi. Asosiy yangiliklar: • Star Wars: Visions Presents – The Ninth Jedi — Production I.G tomonidan ishlangan 8 qismli serial 5-avgust kuni premyera qiladi. • Crunchyroll keng ko'lamli yangi loyihalar to'plamini e'lon qildi, jumladan Solo Leveling bo'yicha yangi to'liq metrajli film. • Gachiakuta 2-faslining ilk tizeri namoyish etildi. Bu hafta anime va animatsiya ixlosmandlari uchun yilning eng sermahsul davrlaridan biri bo'ldi. 🎮 Unreal Engine 6 rasman taqdim etildi va bu butun ekotizim uchun yangi bosqich 17-iyun kuni bo'lib o'tgan State of Unreal taqdimotida Epic Games Unreal Engine 6'ni e'lon qildi. Keyingi taxminan ikki yil davomida Unreal Engine 5 va Unreal Editor for Fortnite yagona platformaga birlashtiriladi. Nimalar o'zgaradi? • Gameplay dasturlash Verse dasturlash tiliga o'tadi, Blueprints tizimi esa bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqariladi. • Sun'iy intellekt ishlab chiqish jarayoniga to'liq integratsiya qilinadi — Claude, Gemini va boshqa modellar bilan ishlovchi MCP qo'llab-quvvatlanadi. • Epic Lore nomli yangi versiyalarni boshqarish tizimini ochiq manbali (open-source) loyiha sifatida taqdim etdi. U Git va Perforce'ga muqobil yechim sifatida ishlab chiqilgan. Dastlabki Early Access versiyasi 2027-yil oxiriga mo'ljallangan. Demak, hozircha asosiy ishlab chiqarish dvijogi sifatida Unreal Engine 5 qoladi. 🖥 SIGGRAPH 2026 — kompyuter grafikasi olamining eng muhim haftasi yaqinlashmoqda 19–23 iyul kunlari Los-Anjelesda o'tkaziladigan ushbu konferensiya real vaqt grafikasi, AI yordamidagi animatsiya va VFX sohasidagi eng yangi ilmiy ishlanmalar hamda amaliy yechimlarni bir joyga jamlaydi. Agar siz 3D, animatsiya yoki kreativ texnologiyalar sohasida ishlasangiz, aynan shu tadbirda e'lon qilinadigan yangiliklar keyingi yil foydalanadigan vositalaringizni belgilab beradi. _ Shu bilan #001 soni yakunlandi. Fikrlaringizni izohlarda yozing — #002 sonida yana uchrashamiz. Kuzatishda davom eting! 👾 #industrynews #gamefest #gamefest2026
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Tadbir yakunida GameFest 2026 doirasida o‘tkazilgan Games & Animation Expo’da faol ishtirok etib, o‘yinlar, animatsiya va raqamli kreativ sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab kompaniyalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. UzCA jamoasi barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiradi. 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Linkedin
без подписи