Dr.Usmanov
СтатистикаKanalimizni kuzatib boring Postlarga like bosing Germaniyaga kelish, ishlash, o‘qish va yashashga qiziqqan do‘stlaringizni kanalga taklif qiling. Umid qilamizki, bu ma’lumotlar siz uchun foydali va manfaatli bo‘ladi.
- Последний пост
- 26 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 95
- 1/48двое суток
- 108
- 1/72трое суток
- 117
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 Oʻzbekiston olgʻa! Bugun ishxonada qiziqarli voqea boʻldi. Bir yosh nemis bemordan anamnez olayotganimda, u talaffuzimdan: — "Siz qayerdansiz?" deb soʻradi. — "Oʻzbekistondan," dedim. Shunda u kulib: — "Men ham Oʻzbekistonda tugʻilganman," dedi. Avvaliga ishonmadim. Keyin qayerda tugʻilganini soʻrasam, Fargʻona viloyatidagi Qirguli ekan. Yoshligida Germaniyaga koʻchib kelganligi sababli oʻzbek tilini bilmas ekan, ammo rus tilida bemalol gaplashadi. Nemis tili esa ona tilidek. Suhbat davomida ma'lum boʻldiki, u Germaniyada chet elliklar idorasida (Ausländerbehörde) mas'ul lavozimda ishlarkan. Darrov oʻzbekchiligimiz tutib, telefon raqamlarimizni almashdik. 😊 Hayotda qachon, qayerda va kim bilan uchrashishingizni hech qachon bilmaysiz. Insonlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatish har doim foyda beradi. Qoyil qolavering, oʻzbeklar dunyoning turli burchaklarida katta yutuqlarga erishmoqda! 🇺🇿 Oʻzbekiston olgʻa!
100 yosh... Tasavvur qila olasizmi? 🎉 Bugun ishdagi bemorimdan 100 yoshga to'lishi munosabati bilan yubileyiga taklif oldim. Afsuski, Datenschutz (maxfiylik qoidalari) sabab u bilan rasmga tusha olmadim. Lekin bugungi uchrashuv menga juda katta taassurot qoldirdi. Eng qizig'i, u kishi qariyb 30 yil Shotlandiya va Angliyada yashagan ekan. Suhbatlashganimizda xotirasi juda yaxshi, fikrlashi tiniq, hazilkash va nihoyatda tetik edi. Lekin meni eng hayratga solgan jihati boshqa bo'ldi... 100 yoshda bo'lishiga qaramay, bemalol yuradi, o'z uyida yolg'iz yashaydi va deyarli barcha ishlarini o'zi bajaradi. Bugun uni uyiga kuzatdik. Xayrlashayotganimizda ismimni yozib oldi va: "Yubileyimga taklifnomani pochta orqali yuboraman," dedi. 😊 Rostini aytsam, bu gap meni juda quvontirdi. Endi esa sizga bir savol: Sizningcha, insonning 100 yoshgacha sog'lom va tetik yashashining siri nimada? Fikringizni izohlarda yozing. Balki uzoq umrning eng katta siri aynan siz aytadigan javobdadir. 🫡
Yangi shifoxona, yangi jamoa va yangi bosqich… Alhamdulillah, bugungi kunimga shukr. Yangi jamoa tomonidan juda yaxshi kutib olindim. Hozirda asosiy e’tiborim — ish jarayonlarini o‘rganish, yangi tizimga moslashish va tajriba orttirish. Bu post orqali sizlar bilan bir narsani bo‘lishmoqchiman. Ba’zida hayotimizda juda katta imkoniyatlar beriladi, lekin biz ularning qadriga o‘z vaqtida yetmaymiz. Keyinchalik esa ortga qarab, “nima uchun o‘sha paytda bu imkoniyatdan foydalanmadim?” deb o‘ylab qolamiz. Men ham shu yo‘lni boshdan kechirdim. Germaniyaga kelganimdan beri til darajasini oshirish men uchun oson bo‘lmadi. Hatto bir marta imtihondan ham o‘ta olmadim. Sababi — o‘sha paytda til darajam hali yetarli emas edi. Vaholanki, O‘zbekistonda bo‘lgan vaqtimda menga katta imkoniyat berilgan edi — yirik Universitätsklinikumdan taklif tushgandi. Ammo qandaydir sabab bilan boshqa yo‘lni tanladim. Keyinchalik yana ushbu shifoxona bilan aloqa qilish imkoniyati bo‘ldi, hatto yana taklif oldim, lekin yana avvalgi joyda qolib ketdim. Vaqt o‘tdi, imtihon keldi va men bir qismidan o‘ta olmadim. Shunda menga kattaroq shifoxonaga o‘tish tavsiya qilindi. Va aynan shu jarayonda men bir narsani tushundim: ba’zan biz izlayotgan imkoniyat aslida oldimizda turgan bo‘ladi, faqat uni ko‘ra bilish kerak ekan. Hozir har kuni 8 soatlik ish jarayonida faqat ish emas, balki til ham rivojlanmoqda. Shifokorlar, hamshiralar, bemorlar va ularning yaqinlari bilan doimiy muloqot — kun davomida faqat nemis tili. Bundan tashqari, tibbiy muolajalar, diagnostika, davolash jarayonlari va har bir amaliyot batafsil tushuntirilmoqda. Ayniqsa, menga biriktirilgan Praxisanleiter bilan har kuni o‘rganish va savol berish imkoniyati juda katta tajriba bermoqda. Bugun tushundim: ba’zi imkoniyatlarning qiymatini faqat vaqt o‘tgandan keyin anglaymiz. Lekin nima bo‘lmasin, Allohdan hammasi yaxshilikka deb so‘rab, yo‘limizda davom etamiz. Xulosa: Har bir inson hayotida imkoniyatlar beriladi. Eng muhimi — ularni o‘z vaqtida ko‘ra bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish. Barchangizga yaxshi kun tilayman. Mukhtorjon Usmanov
Imkoniyatni ko‘ra bilish — hayotdagi eng katta mahoratlardan biri....
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Har bir sinov — yuksalishning yangi bosqichi.
🫀 KÜNSTLICHES HERZ — SUN’IY YURAK NIMA? “Künstliches Herz” nemis tilidan tarjima qilinganda “sun’iy yurak” degani bo‘ladi. Bu yuragi yaxshi ishlamay qolgan bemorlarga yordam beradigan maxsus tibbiy qurilmadir. Sun’iy yurak yurakning qon haydash vazifasini bajarishga yordam beradi. 📌 Qachon qo‘yiladi? • Og‘ir yurak yetishmovchiligida • Yurak transplantatsiyasini kutayotgan bemorlarga • Yurak vaqtincha ishlamay qolganda 📌 Turlari: 🔹 LVAD – yurakning chap qorinchasiga yordam beruvchi qurilma 🔹 To‘liq sun’iy yurak – ba’zi hollarda yurak o‘rnini bosadi 📌 Maqsadi: ✅ Organizmga yetarli qon yetkazish ✅ Nafas qisishini kamaytirish ✅ Hayot sifatini yaxshilash 🩺 Zamonaviy tibbiyot inson hayotini saqlab qolish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Dr.Usmanov
Kichik lahzalar va katta maqsadlar 🌿 Bugun Medizinische Hochschule Hannoverda ish jarayonida hujjatlar bilan band edik. Kollegalar bilan orada qiziq suhbat bo‘lib qoldi 🙂 Kollegalarimdan biri mendan: — “Team senga yoqdimi?” deb so‘radi. Men: — “Menimcha, jamoa yaxshi,” dedim. Hamma kulib yubordi 😄 Keyin suhbat davom etdi va men Germaniyaga yangi kelgan paytimdagi birinchi jamoam haqida ham gapirib berdim. Shunda ulardan biri juda oddiy, lekin o‘ylantiradigan gap aytdi: — “Sen eng yomon muhitdan( ya'ni Germaniyada birinchi ishlagan joyim) o‘rtachasiga kelganing uchun shunday deyapsan.” 😄 Keyin yana qo‘shimcha qildi: — “Muammoli, negativ insonlar hamma joyda bor. Bu faqat bir davlatga yoki bir ish joyiga xos emas. Shunga qaramay, oldinga yurish kerak.” Ochig‘i, bu gap menga chuqur ta’sir qildi. Shuni angladimki: kichik muammolarga yopishib qolmaslik kerak. Agar maqsading katta bo‘lsa — mayda narsalar seni to‘xtatmasin. Maqsadni unutmaslik kerak. Yo‘ldan chalg‘imaslik kerak. Ba’zi insonlar hayotingizga kirib keladi va chiqib ketadi. Eng muhimlari esa yoningizda qoladi 🌿 Bugun sizni ranjitgan vaziyatlar — balki ertangi katta bosqichlar uchun tayyorgarlikdir. Qiyinchiliklar ba’zan sindirmaydi, balki kuchliroq qiladi. Hamma joyda kamchilik bor — Germaniyada ham shunday. Lekin eng muhimi: nima uchun kelganingizni unutmaslik. Aytgancha, ko‘pchilik qiziqib so‘ragani uchun 🙂 Hozircha urologiyada emasman. Hozir Medizinische Hochschule Hannoverning yurak transplantatsiyasi, yurak va ko‘krak qafasi xirurgiyasi hamda qon tomir xirurgiyasi bo‘limida ishlayapman. Yurak transplantatsiya qilingan bemorlar va sun’iy yurak bilan yashayotgan bemorlarga qaraymiz 🙂 (Hazil tariqasida — biroz “maqtanib qo‘ydik” 😄) Hali Germaniyada vrach sifatida to‘liq tan olinmaganman. Inshaalloh, shu yo‘ldamiz 🤲 Hammaga sog‘lik, kuch va baraka tilayman 🌿 Hurmat bilan, Mukhtorjon MHH, Hannover,,Germaniya
Bugungi kun… Hamma narsada hikmat bor ekan!!! Bugun poyezdda yashaydigan shahrimga qaytayotib, tushadigan bekatimga yetay deganda uxlab qolibman… Natijada boshqa shaharga ketib qoldim. Qaytishga to‘g‘ri keldi. Asab buzildi, qorin och, o‘zimni koyidim — “nega…
Video tabiiy chiqishi uchun montajsiz joylandi 🇩🇪
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Bugungi kun… Hamma narsada hikmat bor ekan!!! Bugun poyezdda yashaydigan shahrimga qaytayotib, tushadigan bekatimga yetay deganda uxlab qolibman… Natijada boshqa shaharga ketib qoldim. Qaytishga to‘g‘ri keldi. Asab buzildi, qorin och, o‘zimni koyidim — “nega uxlab qoldim?” deb… Keyin avtobusga o‘tirdim. 50 minutlik yo‘l… faqat qishloqlar oralab yuradi. Ishoning, o‘sha payt uxlab qolganimga shukr qildim. Chunki shu 50 minut ichida haqiqiy charchoqlarim chiqdi… Alloh yaratgan manzaralarga qoyil qoldim. Shunchalik go‘zal edi-ki, tushib qolib tomosha qilgim keldi… Ammo ichimda aniq bir reja tug‘ildi: Men bu joylarga yana qaytaman… Bu safar velosiped bilan. 🚴♂️🌿 15.05.2026 Neustadt am Rübenberge
Channel name was changed to «Dr.Usmanov»
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🇩🇪 Medizinische Hochschule Hannover Birinchi ish kunim Bugun Universitätsklinikumda birinchi ish kunim bo‘ldi. Imtihon arafasida bo‘lganim uchun bu ishni juda katta hayajon bilan kutmagan edim. Bo‘limdagilar meni yaxshi kutib olishdi va menga Leitung (bo‘limdagi mas’ul rahbar) tayinlashdi. U Einarbeitung (yangi ishchini ish jarayoniga o‘rgatish) uchun yordam beradi. 🪪 Multikarte (klinika hududiga kirish uchun maxsus karta) ham berildi. 💉 Ish jarayoni oddiy: • Infuziya qilish • Dori berish • Yaralarni bog‘lash 🔎 Har bir smenada 2 marta Kontrollgang (palatalarni aylanib, bemor holatini tekshirish) qilinadi. Shundan keyin smena keyingi hamkasbga topshiriladi. Men yarim stavkada ishlaganim va uyim uzoq bo‘lgani uchun bugun ertaroq ketishga ruxsat berishdi. 🤝 Bugun yana yangi tanish orttirdim. Kardioxirurgiyada 4-bosqich rezidentura qilayotgan shifokor bilan tanishdim. U imtihonim borligini bilib, bemor bilan muloqot qilish va Oberarzt (bo‘limdagi katta tajribali shifokor) bilan qanday diskussiya qilish haqida maslahatlar berdi va men bilan mashq ham qildi. 🏥 Xullas, yangi sarguzashtlar MHH 25-bo‘limida boshlandi: • Yurak transplantologiyasi • Ko‘krak qafasi xirurgiyasi • Qon tomir xirurgiyasi 📵 Rasm joylay olmayman. Sababi Datenschutz (bemor ma’lumotlarini himoya qilish qoidalari) juda qat’iy. Jarima hatto 1 mln yevrogacha bo‘lishi mumkin ekan. ✍️ Keyingi postda bu bo‘limda qanday operatsiyalar o‘tkazilishi haqida yozaman. Sihat-salomat bo‘ling! 🇩🇪 Germaniyadan alangalik salomlar bilan, Mukhtorjon Usmanov
видео или голосовое, без подписи