tgindex
"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI

"HUDUDGAZ QASHQADARYO" GAZ TA'MINOTI FILIALI

Статистика

Kanal "Hududgaz Qashqadaryo" GTF faoliyatiga oid xabar va lavhalarni o'z ichiga oladi. Tizimdagi yangiliklarni bizda kuzatib boring

Последний пост
18:11
Последнее чтение
22:29
Постов за неделю
51
Всего постов
268
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 566
+1 за 6 дн.
Сутки
+1
+0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
551
40 постов
Вовлечённость
21,5%
к подписчикам
Постов в день
7,3
всего 268
Упоминаний
9
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
440
1/48двое суток
504
1/72трое суток
543

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ❗️Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. “Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi Aloqa kanallari orqali bog‘lanishingiz mumkin: ☎️ Ishonch telefoni: +(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali) 📧 Elektron pochta manzili: info@hududgaz.uz 📧 Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili: antikorruptsiya@hududgaz.uz 📱Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti: t.me/hgt_antikor_bot 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 15:112 120

    ⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi! BUGUN QARSHI TUMANIDAGI AYRIM MAHALLALARDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI! Gaz tarmog‘ida aniqlangan avariyani bartaraf qilish maqsadida bugun soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, tumanning "Batosh"…

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvdagi nutqi 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 13:34349из uzkomnazoratuz

    #brifing 📊 Brifing: “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 2026-yil I yarim yillik faoliyati natijalari ✔️Hisobot davrida 124 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Ularning 20 foizi davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda, 80 foizi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tashkil etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 99 ta tashkilotga ko‘rsatma berildi, 59 nafar mansabdor shaxsga ma’muriy, 11 nafar mas’ul xodimga intizomiy choralar qo‘llanildi. 🔵213 ta axborot tizimi monitoringdan o‘tkazildi va 20 ta kamchilik bartaraf etildi. Shuningdek, 44 ta vazirlik va idoraning 411 ta axborot tizimi qonunchilik talablariga muvofiq ekspertizadan o‘tkazilishi nazorat qilindi. 🔵 Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali ko‘rsatilayotgan 422 ta elektron davlat xizmati va 337 ta qo‘shimcha elektron xizmat bo‘yicha aniqlangan 30 ta kamchilik bartaraf etildi. 🔵 Internet tarmog‘ida mualliflik va turdosh huquqlar buzilgani aniqlangan 225 ta veb-resurs yuzasidan choralar ko‘rildi. Shundan 31 tasidagi qonunbuzilishlar bartaraf etildi, 194 ta veb-resurs faoliyati cheklandi. 🔵 Hududlarda 93 ta sayyor qabul o‘tkazildi. Ularda 2 568 nafar fuqaro ishtirok etdi va 372 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 91 foizi qanoatlantirildi. 🔵 Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 403 ta ariza ko‘rib chiqildi. Natijada 104 ta OAV davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Shuningdek, 78 ta noshirlik va 244 ta matbaa korxonasi faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risidagi xabarnomalar ko‘rib chiqildi. 🔵 OAVda taqiqlangan axborotlarni nazorat qilish yo‘nalishida 768 ta noqonuniy kontent aniqlandi. 77 ta subyektga 105 ta ko‘rsatma va taqdimnoma kiritildi. 🔵 "UZ" domenidagi veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda aniqlangan 2 518 ta qonunbuzilish holati yuzasidan 37 ta ko‘rsatma yuborildi. 🔵 Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish yo‘nalishida yosh tasnifi belgilarisiz joylashtirilgan 636 ta noqonuniy kontent yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. 🔵 Mobil aloqa xizmatlari sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan 971 ta noqonuniy radioelektron qurilma va repiter faoliyatiga chek qo‘yildi. 🔵 Turizm maskanlari, aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, avtovokzallar va boshqa jamoat joylaridagi 2 mingdan ortiq Wi-Fi hududi monitoring qilinib, 126 ta kamchilik bartaraf etildi. 🔵 Pochta aloqasi yo‘nalishida aniqlangan 672 ta kamchilik yuzasidan ogohlantirishlar berildi. Shuningdek, 31 nafar mas’ul shaxsga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. ➡️Batafsil: UZKOMNAZORAT.UZ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube|LinkedIn

  • #mustaqillik_35 #nocomment 🇺🇿 Obod va fayzli manzil ✍️ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

  • 11:25325из ao_hududgaztaminot

    Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi. – Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda. Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor! – dedi davlatimiz rahbari yakunda. Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 10:39303из ao_hududgaztaminot

    Hozir 51 ta idora moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. Ayrim idoralarda jarimadan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘zida qolishi “tekshirsa – qo‘rqadi, qo‘rqsa – to‘laydi” degan noto‘g‘ri yondashuvni keltirib chiqarayotgani tanqid qilindi. – Jarima mablag‘ yig‘ish uchun emas, sohada tartib-intizom va profilaktika uchun xizmat qilishi kerak, – dedi Prezidentimiz. Shu bois, barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi. Davlat korxonalari xarid qilgan tovarlar bo‘yicha tadbirkorning zakalat pulini qaytarish avtomatlashtiriladi. Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi. Tadbirkorning aybi sudda isbotlanmaguncha u aybsiz hisoblanadi va unga jarima yoki boshqa taʼsir chorasi qo‘llanmaydi. Shuningdek, “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi. Birinchi bor qoida buzgan va odamlar hayoti, sog‘lig‘i yoki mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun beriladi. Nazorat organlari birinchi instansiyadan keyingi har bir sud bosqichida davlat bojini to‘laydi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengashiga bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya sohalaridagi nizolarni ham ko‘rib chiqish vakolati beriladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 10:31282из ao_hududgaztaminot

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 10:01279из shmirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 09:12301из ao_hududgaztaminot

    Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 09:07261из ao_hududgaztaminot

    Kichik tadbirkorlar uchun eng katta masalalardan biri – garov taʼminoti. Shu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredit berish imkonini yaratadigan “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorning o‘ziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi. “Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sunʼiy intellekt portali ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi. Ikkinchi yo‘nalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish. Davlatimiz rahbari minglab gektar bo‘sh yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, ish o‘rni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratishini taʼkidladi. Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 08:49259из ao_hududgaztaminot

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotdagi nutqidan eng muhim fikr va tashabbuslar 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 14 авг.264из AO_Hududgaztaminot

    Quva tumanida 832 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holat aniqlandi “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. “Hududgaz Fargʻona” GTF komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd jarayonida Quva tumani “Rasta” MFY A.Yassaviy koʻchasida joylashgan “O.” xususiy korxonasiga qarashli ovqatlanish maskanida xatlov oʻtkazilganda, tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulanib olgan holda “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob kitob qilindi va yetkazilgan zarar 832 million 550 ming soʻm miqdorida hisoblandi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • https://uza.uz/posts/894921

  • Президент Шавкат Мирзиёев подписал Конституционный Закон «Об Администрации Президента Республики Узбекистан». Хотя Администрация является единственным конституционным институтом, обеспечивающим деятельность Президента и реализацию его конституционных полномочий в организационном, правовом и аналитическом плане, в законодательном регулировании ее взаимодействия с государственными органами существовал правовой пробел. Теперь эти вопросы урегулированы новым законом. Законодательное регулирование деятельности Администрации в пределах ее действующих полномочий по организации исполнения указов, постановлений, распоряжений и поручений главы государства укрепляет правовые основы института президентства. В международной практике закрепление правового статуса института, обеспечивающего деятельность Президента, на уровне закона является институциональным стандартом президентского управления. Закон состоит из 4 глав и 34 статей. В нем получили законодательное оформление конституционные механизмы обеспечения деятельности Президента в рамках действующих полномочий Администрации. В частности: – Администрация определена как государственный орган, обеспечивающий реализацию полномочий Президента Республики Узбекистан в организационном, правовом и аналитическом плане; – Администрация формируется Президентом, осуществляет деятельность по определенным им основным направлениям, непосредственно подчиняется и подотчетна Президенту. Законом определены основные задачи Администрации: – организационное, правовое и аналитическое обеспечение реализации конституционных полномочий Президента Республики Узбекистан; – подготовка проектов указов, постановлений и распоряжений Президента, а также его поручений, организация и контроль их исполнения, содействие их реализации; – разработка новых инициатив Президента по вопросам социально-экономического и общественно-политического развития страны; – организация открытого и прямого диалога с населением и предпринимателями, выработка решений по волнующим их вопросам; – подготовка законов для подписания или возвращения; – организация подготовки Послания Президента Олий Мажлису; – координация деятельности государственных органов и организаций, непосредственно подчиненных и подотчетных Президенту, и другие. Кроме того, законом определены правовой статус и задачи Руководителя Администрации, нормы, касающиеся назначения на должность и освобождения от должности руководящих работников и должностных лиц Администрации, созданы правовые основы организации деятельности Совета безопасности при Президенте. В рамках обеспечения деятельности Президента Администрация взаимодействует с парламентом, Правительством, министерствами и ведомствами, местными хокимиятами, органами судебной власти и судейского сообщества. Администрация координирует деятельность государственных органов, непосредственно подчиненных Президенту, готовит предложения по их совершенствованию и вносит их Президенту. Также предусмотрены меры социальной, экономической и правовой защиты сотрудников Администрации при выполнении ими служебных обязанностей. Принятие Конституционного закона об Администрации Президента послужит выведению на новый этап проводимых в Новом Узбекистане реформ, направленных на утверждение ценности и достоинства человека, повышение благосостояния народа, преобразование государственных органов в открытую и подотчетную систему, служащую народу, а также укрепление авторитета нашей страны на международной арене. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • 14 авг.373из AO_Hududgaztaminot

    Hududlarda yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qoʻyilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va manzilli choralar koʻrish yoʻlga qoʻyildi. Bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Har bir mahalla boʻyicha energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi shakllantirildi. Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat oʻrtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi. Jumladan, 265 ta mahallada 60 megavatt elektr quvvati, 42 ta mahallada esa yiliga 47 million kub metr tabiiy gaz taqchilligi borligi aniqlandi. Ayni paytda 207 ta mahallada quvvat zaxirasi mavjud. Bunday yondashuv kelgusida energiya resurslariga boʻlgan talabni oldindan hisoblash va zarur infratuzilmani oʻz vaqtida tayyorlash imkonini beradi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

  • без подписи

  • без подписи