tgindex
Hasanxon Nazirov

Hasanxon Nazirov

Статистика

Siz, o'ylagan narsalaringizni his etasiz ! Takliflar uchun @Iron_Man_NH

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
28
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
162
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
323
28 постов
Вовлечённость
199,4%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 28
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
41
1/48двое суток
46
1/72трое суток
50

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Gapning foydasi yo’q bo’lgan odamlarga, gapirib o’tirishning foydasi yo’q Atrofimizda noto’g’ri bo’lsa ham o’zini fikrini ma’qullaydigan qaysar odamlar juda ko’p. Bular o’zining qarashlarini, fikrlarini yoki maqsadlarini xato ekanligini qachonki boshi devorga tekkandan keyin tushunib yetadilar. Ungacha esa ota onasini, ustozlarini gaplariga quloq solishmaydi. Bu o’spirin bo’lgan 11-22 yosh orasida kuzatiladigan jarayon. Huddiki ularning bu vaqtda quloqlari teshikligi uchun eshitadi ammo miya yarimsharlarining analiz sintez qismi ularga javob bermaydi. Bizni o’rtacha umrimizni 70 yil deb oladigan bo’lsak, shu hayotimizni asosini ya’ni qanday yashab, ishlab o’tkazishimizni aynan mana shu 11-22 yosh oralig’idagi holatimiz belgilab beradi. Bu yoshda bizning tanamizda biologik va fiziologik jarayonlarni kuchli almashinishi sodir bo’ladi. Gormonlar kuchli faollashgan bo’ladi. Biz shunda ikki xil kuch tomonidan boshqarilamiz. Birinchisi aqlimiz tomonidan, ikkinchisi gormonlarimiz tomonidan. Gormonlariga taslim bo’lganlar keyinchalik hayotida juda ko’p inqirozga uchraganlar bo’ladi. Shu vaqtda shimining belbog’ini tortib yuganini qo’lga olganlar ya’ni aqliga taslim bo’lganlar katta yutuqlarga erishganlar. @Hasanxon_Nazirov

  • 2 авг.199111

    Xohish bo’lsa, imkon topiladi. Asrimizning chorak qismi ortda qolganiga bir yil ham o’tdi. Yildan-yilga imkoniyatlar ko’payib boryapti. Vaqtni qisqartiruvchi qurilmalar esa ishimizni yanada osonlashtirmoqda. Biroq hamma narsa yetarli joyda 2 narsa bo’lmasa, qolgan barcha imkoniyatlar nolga teng bo’ladi. Bu ikki narsa xohish va diqqat sanaladi. Diqqatniku bir amallab jamlasa bo’ladi. Ammo xohishni uyg’otish bu juda qiyin ish sanaladi. Xohishsizlik bu bekorchilikka, bekorchilik esa g’aflatga olib keladi. @Hasanxon_Nazirov

  • Juda ko’p marttalab biologiya kitoblarini o’qiymiz. Ammo test ishlayotgan vaqtimizda bu o’qiganlarimiz esimizdan chiqib qoladi. Aslida miya po’stlog’ida qolgan ta’sir izlari natijasida esdan chiqish degan tushuncha yo’qoladi. Hamma narsa xotiraga mixlanadi. Ammo mixlangan ta’sirni yuzaga doimiy chiqib turishi ya’ni esimizda turishi uchun, o’qigan matnimizi boshqa vaqtlarda ham o’ylab ichimizda takrorlab yurishimiz kerak. Har bir o’qigan ma’lumotimizga esa nega? nima uchun? deb o’zimizga savol berib javob berishimiz kerak. Faqat nazariya holatida emas uni amaliyga aylantirib yodlasak uzoq vaqt esimizda doimiy turadi. @Hasanxon_Nazirov

  • O’lchovlar boshqa. Bizni natijalarimiz, orzularimizdan kamroqdir. @Hasanxon_Nazirov

  • Odam tanasidagi jigar yagona o’zini tiklashi mumkin bo’lgan parenximatoz organ hisoblanadi. U kerakligi jihatidan yurakdan ham muhimroqdir. Sababi jigar qondagi 70% yot zarralarni ushlab qoladi ya’ni filtrlab beradi. Tanamizdagi jamiki qonlardan tashqari yana 60% qonni jigar o’zida zahira sifatida ushlab tura oladi. Ovqatimizdagi yog’larni parchalab beruvchi o’t suyuqligini ishlab chiqaradi. Qizig’i o’t suyuqligi qondagi qoldiq qattiq billirubin moddasidan hosil bo’ladi. Jigar o’z hajmini 2/3 qismini yo’qotsa ham qayta o’sib tiklay oladi. Faqat bir marttagina holos. Jigar zararlansa og’rimasdan ishdan chiqadi. Eng ko’p unga tarkibida karbonat gazi va spirti bor mahsulotlar zarba beradi. Qizig’i cho’chqa, maymun kabi hayvonlarni jigarini donor sifatida odamga mosliligi juda yuqori. Jigarning ko’p vazifalarini qolgan hich bir organ bajara olmaydi. Shuning uchun odamlar orasida ham juda yaqin bo’lgan, ko’p ishlarni hal qilib beruvchi shaxsga ham jigar deyishadi. @Hasanxon_Nazirov

  • 4 июл.350142

    Kitobdagi ma’lumotlarni 100% xotiraga mixlash bosqichlari. Ustoz yangi mavzuni dars qilib o’tib berganda, diqqat qilib o’tirgan o’quvchida 40% i xotirada qoladi. O’quvchi uyiga borib o’tilgan mavzuni mustaqil qayta o’qib qo’ysa yana 10% qo’shiladi. O’qigan mavzusi yuzasidan test ishlab qo’ysa yana 10% qo’shiladi. O’tilgan mavzu yuzasidan o’zi mustaqil savollar tuzib chiqsa yana 10% ga oshadi. Shu mavzuni boshqa kimgadur kitobga qaramay gapirib bersa yana 10% qo’shiladi. Ertasi kuni kelib ustoz bilan savol-javob o’tkazsa yana 10% ga ortadi. Yuqoridagi bosqichlarni har kuni takrorlab yursa yana 10% qo’shiladi. Shunda esda saqlab qolish 100% ga yetadi. Faqat bu ishlar uchun bizga kuchli sabr, iroda, ishonch, qat’iyat va davomiylik kerak bo’ladi. @Hasanxon_Nazirov

  • Odam tanasida keraksiz organning o’zi yo’q. Fanda rudiment degan tushuncha bor. Bu ish bajarmaydigan tana a’zosi degani. Ammo bu tushuncha yaqinda olimlar tomonidan bekor qilindi. Negaki rudiment deyilgan a’zo ham qandaydir funksiyani bajaradi ekan deyishti. Misol uchun ichaklarimiz orasida ko’richak(apendiks) joylashgan. Uni fan rudiment deya asoslagandi. Biroq buni qarangki bu ichak bizni tanamizdagi 70% gacha immun hujayralarini ishlab chiqaradi. Mikroblarni oqizib tashlaydigan limfa suyuqligini ishlab chiqaradi. Ovqatlarimizni ichaklarda so’rilishini ta’minlab beradigan bakteriyalarni saqlab turadi. Ammo bu degani bu ichak juda foydali degani ham emas. Mabodo qattiq ovqat qoldig’i adashib bu ichak yo’liga tushib qolsa, sizda juda kuchli og’riq yuzaga keladi(apenditsit). Hatto ishib ketib yorilsa, odamni o’limgacha olib keladi. @Hasanxon_Nazirov

  • Ishtiyoq ajoyib hislatda. Agar u kelib qolsa bormi, befoyda ishlarga ham o’zingni baxshida qilib yuborasan. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringni tartiblash ishtiyoqi. Galereyadagi rasmlaringni tartiblab chiqish ishtiyoqi. Bularning barchasi ishtiyoq tufayli tuni bilan qilinadigan befoyda ishlardir. @Hasanxon_Nazirov

  • Bugungi kunda o’zini turli xil ishlarda sinab ko’rayotgan, oqibatda hich birini ustasi bo’lolmaydi. Umrini behuda sarflagani qoladi. Hamma sohadan zo’ri bo’lish imkonsiz. Haqiqiy ustasi bo’lish uchun esa bitta sohani mukammal o’rganib oxiriga yetib borish kerak. Buni dunyo tan olgan formulasi quyidagidir: Sabr, intizom, takrorlash va qo’llash @Hasanxon_Nazirov

  • Oddiy suv ichib orqasidan coca-cola ichsangiz uning naqadar shirin ta'mga ega ekanlgini bilasiz. Coca-colani muzqaymoq yeb keyin ichsangiz, uning hich qanday shirin ta'mga ega ekanligi sezilmay qoladi. Asalni yeb ortidan muzqaymoq yeb ko'rsangiz, uning ham ta'mi bilinmay qoladi. Avvaliga xushbo'y atirdan mast bo'lasiz, biroz o'tib uning ifori sizga bilinmay ketadi. Bularning barchasi bir tarafdan adaptatsiya tufayli bo'ladi. Ikkinchi tarafdan noto'g'ri vaqtda noto'g'ri qo'llash bo'ladi. Muhit esa bunga katta ta'sir qiladi. Siz avval colani ichib so'ng muzqaymoq yesangiz, suvning ham ta'mini tuyasiz, muzqaymoqning ham ta'mini retseptorlar orqali yaxshiroq sezasiz. @Hasanxon_Nazirov

  • Har bir ishda o’lchov kerak. O’lchov bo’lmasa aniqlik buziladi. Shuning uchun meyor degan termin bizda eng ma’quli. Misol uchun kitob o’qimoqchimiz, ma’lum bir betni belgilab olib, har kuni shuncha betdan o’qish kerak. Aks holda o’lchov yo’qolsa, birdaniga ko’p o’qib qo’yib to’yib qolamiz va o’qishni tashlab qo’yamiz. Agar miqdor belgilab qilinsa davomiylik kuzatiladi. Davomiy narsalar esa rivojlanishning poydevoridir. @Hasanxon_Nazirov

  • Qorning och, ammo hich narsa yegin kelmaydi. Hayolingda dunyoni ovqatini yiyshni reja qilasan, biroq 3-4 qoshiqdan so’ng to’yasan. O’ylab qolaman, balki shudir rizqim. Ko'p yiysh va semirmaslik, kam yiysh va ozimaslik. Balki bu ham rizqdir. Bitta fil millionlab chumolini ovqatini yiydi. Bitta kit esa o’nlab filni ovqatini yiydi. Va albatta bu hammasi rizqdir. @Hasanxon_Nazirov

  • Bu dunyoda hamma narsaga erishishga harakat qilamiz. Tinimsiz yuguramiz . Hamma narsaga erishganimizdan so'ng esa, yana oddiylikni, sakinatni istab qolamiz. Va hayot aslida ham mana shu, o'zligimizni qidirsh bilan o'tadi. Aslida oddiy bir haqiqatni anglab yetsak bo'ldi edi. Shukronalik hissini... @Hasanxon_Nazirov

  • 26 мая339181

    Arafa - bu arabchadan kirib kelgan so'z bo'lib, ma'nosi bilmoq degani. Ya'ni Ibrohim alayhissalom 8-zulxijja kuni tush ko'radi va tushida o'g'li Ismoil alayhissalomni qurbonlik qilishini ko'radi. Ibrohim alayhissalom bu tush Allohdanmi yoki shaytoniymi bilish uchun bir kun tafakkurga cho'madi. So'ng 9-zulxijja kuni tushida bu ishni Alloh tomonidan ekanligini vahiy sifatida biladi va shu kundan beri arafa ya’ni tafakkur qilmoq yoki bilmoq sifatida hayirli amallar ila ibodatlar bilan o'tkazilib kelinadi. @Hasanxon_Nazirov

  • 23 мая341181

    Bu Allohning taqdiri. Albatta U o’zi hohlaganini qildi. Va shu jumlalardan so’ng qalbimiz hotirjam bo’ladi. Bas biz uchun hayirlisi kelib, hayirsizi ketdi. @Hasanxon_Nazirov

  • Yoshlar nega kitob o'qimaydi? Chunki kattalar kitob o'qimaydi... @Hasanxon_Nazirov

  • Cheksiz hayotimizni yaxshi o’tishi uchun, cheklangan hayotimizdagi amallarimizni go’zal qilaylik. @Hasanxon_Nazirov

  • 6 мая555151

    Aqlimiz yo'q edi, Uning o'zi aql berdi. Nutqimiz yo'q edi, Uning o'zi nutq ato etdi. Qalbimiz parcha go'sht edi, Uning o'zi poklashni o'rgatti. Endi shularni barchasidan qanday foydalanishni o'zimizga qo'yib berdi. Bas, aqlimizni ishlatib nutqimizni go'zal qilaylik. Zero qalbimiz hidoyatga to'lsa. @Hasanxon_Nazirov

  • Hayotda shunday holatlar borki, uni yashab ko'ribgina anglash mumkin. O'sha vaziyatda yashab ko'rmagan odam buni tushunmaydi. Bekorga aytilmagan: «Tanasi boshqa odam - dard bilmas» @Hasanxon_Nazirov

  • Qaysidur baytdan edi eslolmadim Yurak - ikkimizdan boshqa hech kimga, Sezilmas yetmishta tomir titrogʻi. @Hasanxon_Nazirov