Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
СтатистикаIMA Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab rasmiy Telegram sahifasi. 👉https://www.facebook.com/groups/633683455117440/?ref=share_group_link 👉https://instagram.com/kogon_shahar_ima?igshid=ZDdkNTZiNTM= 👉https://www.youtube.com/@Kogon_shahar_ITMA
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 197
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 382
- 1/48двое суток
- 437
- 1/72трое суток
- 472
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴 DIQQAT, HURMATLI NOMZODLAR! 🎓 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 8-iyuldagi 245-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida hududlar kesimida pedagog xodimlar tanlovining ikkinchi bosqichi – test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🖱️ Test sinovlari: 🖱️ 21–22-iyul, 2026-yil 🖱️ Reja-grafikda belgilangan sana va soatlarda 🖱️ Test sinovlari quyida ilova qilingan reja-grafikda ko‘rsatilgan manzillarda tashkil etiladi. Hurmatli nomzodlar! Test sinoviga kelishda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni o‘zingiz bilan olib kelishingiz so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🔴DIQQAT, E’LON! ✅ RAHBAR VA PEDAGOG KADRLARNI TANLOV ASOSIDA ISHGA QABUL QILISH TARTIBI YANGILANDI 🖌 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 245-son buyrug‘i bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar, mahalliy hamda xorijiy pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishga oid yangi me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi. Mazkur hujjat ta’lim tizimiga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuqori salohiyatli rahbar va pedagog kadrlarni ochiq hamda shaffof tanlov asosida saralashning yangi mexanizmlarini belgilaydi. Buyruq bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi: ✅ Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Xorijiy mutaxassislarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Tayanch, hududiy hamda muhandislik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun rahbar kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish tartibi; ✅ Mazkur maktablar uchun pedagog kadrlarni tanlash, baholash va tavsiya etish tartibi. Yangi nizomning muhim yangiliklaridan biri – tanlov jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va sifatli tashkil etish maqsadida markaziy tanlov komissiyasi bilan bir qatorda hududlarda ham hududiy ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu ishchi guruhlar tanlov bosqichlarini tashkil etish, baholash jarayonlarini sifatli o‘tkazish hamda nomzodlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, buyruqqa muvofiq ishchi guruhlar va tanlov komissiyalari tarkibi tasdiqlanishi belgilangan. 🖌 Pedagog kadrlar tanlovi 3 bosqichda, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Hujjatlarni saralash; 2️⃣ Test sinovi; 3️⃣ Sinov (ochiq) darsi (faqat xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar uchun); 4️⃣ Suhbat bosqichi. Tanlovlar adolatlilik, xolislik, oshkoralik va kollegiallik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Barcha nomzodlar uchun teng imkoniyatlar yaratiladi, baholash mezonlari ochiq e’lon qilinadi va yakuniy qarorlar komissiya tomonidan qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini vacancy.piima.uz platformasi orqali onlayn topshiradilar. Arizalar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida qabul qilinadi. ✅ Mazkur nizom ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida rahbar va pedagog kadrlarni tanlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, hududlarda tanlov jarayonlarini yanada samarali tashkil etish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
📢 VAKANSIYA E'LONI 🏫 Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasiga Psixolog lavozimi uchun muayyan muddatga vakant o‘rin mavjud. ✅ Mazkur lavozimda faoliyat yuritish istagida bo‘lgan nomzodlar hujjatlarini 2026-yil 19-iyul sanasiga qadar "vacancy.piima.uz platformasi" orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin. 📅 Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 19-iyul 📞 Qabul bo‘yicha batafsil ma'lumot: +998 93 458 06 07 📍 Manzil: Buxoro viloyati, Kogon shahri, Bunyodkor MFY, Umid ko‘chasi, 17-uy. 🌟 Malakali va mas'uliyatli mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!
#qabul_2026 #diqqat_eʼlon 🔴 DIQQAT, E’LON! RAHBAR VA PEDAGOG XODIMLAR TANLOVI — YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILMOQDA! 🖌 Hurmatli fidoyi ustozlar va kelajak liderlari! Siz ta’lim orqali kelajakni qurishga tayyormisiz? 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari tanlovi boshlanadi! ✅ 2026-yil 3-iyuldan boshlab yangi tashkil etiladigan xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun hujjatlar qabuli (1-bosqich saralash) start oladi! 🖱️ Bu — nafaqat ish, balki kelajak avlod taqdiriga daxldor bo‘lish imkoniyati! 🖌 Pedagog xodimlar tanlovi 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣Saralash bosqichi 2️⃣Test bosqichi 3️⃣ Suhbat bosqichi 4️⃣Dars o'tish bosqichi Tanlovning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqadigan eng salohiyatli, tashabbuskor va tajribali kadrlarni saralash! 💼 Agar siz: 🖱️ O‘z sohangizda lider bo‘lishni istasangiz 🖱️ Zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan bo‘lsangiz 🖱️ O‘z bilim va tajribangiz bilan yoshlar kelajagini shakllantirishga tayyor bo‘lsangiz ✅ Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Hujjat topshirish: 🖱️ vacancy.piima.uz platformasi orqali 2026-yil 3-iyuldan boshlab Orzularingiz sari dadil qadam tashlang — ta’limdagi yangi muvaffaqiyatlar sizni kutmoqda! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🟢“IBRAT FARZANDLARI” OLIMPIADASI: VILOYATNING ENG BILIMDON YOSHLARI SARALANADI! 📌Buxoro viloyatining bilimga chanqoq, intiluvchan va iqtidorli o‘quvchilari diqqatiga! 🔆5–9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tilini puxta o‘zlashtirgan, salohiyati yuqori yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ibrat farzandlari” Viloyat ochiq fan olimpiadasi – Hokim kubogi tashkil etilmoqda. ➡️Ushbu olimpiada nafaqat bilimlar bellashuvi, balki o‘z iste’dodingizni namoyon etish, tengdoshlaringiz orasida yetakchi bo‘lish va munosib e’tirofga sazovor bo‘lish imkoniyatidir. ⚡️ Olimpiada 5-7 va 8-9-sinflar kesimida 3 bosqichda o‘tkaziladi: ✅1-bosqich – Maktab bosqichi O‘quvchilar Ibrat Academy ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, 20- iyulga qadar A2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritishlari talab etiladi. ✅ 2-bosqich – Tuman (shahar) bosqichi 📅 1-avgust Har bir tuman va shaharda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. ✅3-bosqich – Viloyat bosqichi 📅20-avgust Tuman (shahar) bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 💫Viloyat bosqichi g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi: 🔆1-o‘rin — planshet 🔆2-o‘rin — televizor 🔆3-o‘rin — termopot 📌Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havola ustiga bosing: 👉 [HAVOLA] ✨ Bilimingizni sinovdan o‘tkazing, xorijiy tillardagi salohiyatingizni namoyon eting va Hokim kubogi uchun kurashda ishtirok eting! 🟡Kelajagingiz sari dadil qadam tashlang — “Ibrat farzandlari” safida sizni ham kutamiz! ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇 Telegram | Facebook | Instagram
#qabul_2026 🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi! 🎓 Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so‘raymiz. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#QABUL_2026 #Savol_va_javoblar 📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar 🔴 SAVOL: IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI QAYSI FANLARDAN VA QANDAY TARTIBDA O‘TKAZILADI? ✅ JAVOB: Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi. ✅ Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 🎤 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq); 🎤 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi. ✅ Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha: 🎤 7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq); 🎤 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 🔴Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🖌 2026/2027-o‘quv yili uchun: - Prezident maktablari (5-sinf); - Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (5-, 6-, 7-sinflar)ga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar arizachilarning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirildi! 🎓 Prezident maktablari va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga hujjat topshirgan talabgorlardan ruxsatnomani ariza.piima.uz orqali yuklab olishingizni so'raymiz. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026 DIQQAT, E’LON! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarini o‘tkazish GRAFIGI. ✅ 2026-yil 25-iyundan boshlab Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, tayanch, muhandislik va jasorat maktablari, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda“Prezident iqtidorli farzandlari” qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 📨 Imtihon ruxsatnomalari imtihon sanasidan 3 kun oldin talabgorning shaxsiy kabinetiga yuklanadi va bu haqida arizada ko‘rsatilgan telefon raqamga SMS-xabarnoma yuboriladi. Talabgorlar ruxsatnomani ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. 👉 Talabgorlardan imtihon vaqtlarini oldindan diqqat bilan o‘rganib chiqishlari hamda imtihon kuni belgilangan vaqtdan kechikmasdan test sinovi o‘tkaziladigan hududga yetib kelishlari so‘raladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
#Kogon_shahar_IM #bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #SAT_result 🏆Maktabimiz bitiruvchilaridan AJOYIB natija🏆 Soliyev Mirfayz 1⃣4⃣5⃣0⃣ Rashidov Nozim 1⃣3⃣9⃣0⃣ 🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. ✅ SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi. 💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz! 📲Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifamiz orqali kuzatib boring: https://t.me/IMAKogonshahar
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи