Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab | Rasmiy kanal
СтатистикаPeshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Telegram kanali Murojaat uchun: 👉@jahongir997094477
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 103
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 325
- 1/48двое суток
- 372
- 1/72трое суток
- 401
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab | Rasmiy kanal pinned a photo
#YagonaVatan35 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi. Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: ✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari; ✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik; ✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi; ✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i; ✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish; ✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik; ✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video; ✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik; ✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar. Qatnashish uchun: ⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang. ⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang. ⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying. Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang! 🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Peshku_tuman_IM #Zakovat #Shaxmat 🔰“Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” doirasidagi tadbirlar reja-grafigining 11-bandi — “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda Shaxmat musobaqasi tashkil etildi. ❇️ “Zakovat” intellektual o‘yini — o‘quvchi-yoshlarning mantiqiy fikrlashi, bilim doirasi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyish etishiga imkon berdi. O‘yin juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. ❇️ Shaxmat musobaqasi — Yuksak aql egalari o‘yinida o‘quvchilar o‘zlarining strategik fikrlash hamda sabr-toqat mahoratini namoyon etdilar. Har bir yurishda yoshlarning yuksak intellektual salohiyati ko‘zga tashlandi. ❇️ Musobaqa yakunida g‘olib o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlandi. 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook
Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab 6 - "B" sinf õquvchisi Furqatova Madinabonuning Õzbekiston Respublikasi mustaqilliginin 35 yilligi munosabati bilan "Vatanim - faxrim" mavzusida chizgan rasmi.
Peshku tuman Ixtisoslashtirilgan maktab 6 -"B" sinf oʻquvchisi Isroilova Shaxinabonuning Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan "Vatanim-Faxrim" mavzusiga atab chizgan rasmi!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи