PESHKU YOSHLARI
СтатистикаYoshlar siyosatiga oid yangiliklar, dolzarb muammolar yuzasidan fikrlar hamda qiziqarli faktlar t.me/peshkuyoshlar
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 98
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 206
- 1/48двое суток
- 236
- 1/72трое суток
- 254
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
🚀 "Zamonaviy kasblar" tanloviga Start beriladi! ✔️ Agar siz: 1. Grafik dizayn 2. Veb-sayt yaratish 3. Mobilografiya bilan shug‘ullansangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🏆 Bosh sovrin — 100 million so‘m! Iste'dodingizni butun O‘zbekiston oldida namoyish eting va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Roʻxatdan oʻtish 20- avgustga qadar davom etadi. Ishtirok etish uchun havolani ustiga bosing! 🤩 Mobil Ilova |
📢Diqqat, e'lon! Viloyat aholisi va mehmonlari diqqatiga! Joriy yilning 14-15-avgust kunlari viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tasdiqlangan reja asosida o'quv-amaliy mashg'ulotlari o'tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan viloyatimizning shahar va tuman hududlaridan o'tuvchi avtomobil yo'llarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanib, ayrim tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, o'quv mashg'ulotlari doirasida Buxoro shahri ko'chalarida maxsus texnikalar jalb etilishini inobatga olib, fuqarolardan vahimaga tushmaslikni hamda asossiz, turli xil noxolis ma'lumotlarni tarqatmaslikni so'raymiz. Hurmatli haydovchilar! Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida, yo'l-patrul xizmati xodimlarining ishoralari hamda yo'l belgilari talablariga qat'iy rioya qilishing. Fuqarolar hamda shahrimiz mehmonlariga o'z manzillariga yetib olishlari uchun muqobil aylanma yo'llardan foydalanishni tavsiya qilamiz.
без подписи
🎉12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni! 🌎 Bugun dunyo bo‘ylab yoshlarning huquqlari, imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladigan kun. O‘zbekiston — yoshlar mamlakati. Bugungi kunda yurtimizda har bir yigit-qizning o‘z salohiyatini namoyon etishi, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallashi hamda o‘z tadbirkorlik va startap loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Sizning bilimga bo‘lgan intilishingiz, tashabbuskorligingiz va g‘ayrat-shijoatingiz Yangi O‘zbekistonning eng katta boyligi hamda harakatlantiruvchi kuchidir. 💐 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha yoshlarni Xalqaro yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Qadrli yoshlar! Doimo izlanishdan, katta maqsadlar sari intilishdan va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz — mamlakatimiz muvaffaqiyatidir! #WorldYouthDay #XalqaroYoshlarKuni @Peshkuyoshlar
❗️Мустақиллик байрамида ўзбекистонликлар неча кун дам олади? Президент фармонига кўра, 31 август – душанба куни иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни деб белгиланган. Шунга мувофиқ, ҳафтасига 5 кун ишловчилар Мустақиллик байрамида кетма-кет тўрт кун (29 август – 1 сентябр), 6 кун ишловчилар эса кетма-кет уч кун (30 август – 1 сентябр) дам олади. 🟡 29 август, шанба – одатий иш ёки дам олиш куни 🟢 30 август, якшанба – одатий дам олиш куни 🟢 31 август, душанба – барча учун қўшимча дам олиш куни 🟢 1 сентябр, сешанба – Мустақиллик байрами куни 2 сентябр, чоршанба – барча учун одатий иш куни.
🎓 100 mln so‘mlik ta’lim grantini qo‘lga kiritgan Navoiylik Zebiniso Jo‘raqulova Ustoz AI rahbari bilan uchrashdi! Uchrashuv davomida uning tashabbuslari jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Ustoz AI jamoasiga qo‘shildi! ✔️Bizning maqsadimiz — ta’limni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni istagan faol yoshlarni birlashtirish. Agar sizda ham ta’limni rivojlantirish bo‘yicha g‘oya yoki loyiha bo‘lsa va uni amalga oshirishga tayyor bo‘lsangiz — Ustoz AI jamoasiga qo‘shiling! ❗️Gʻoyalaringizni izohlarda yozib qoldiring! 🤩 Mobil Ilova |
👀 IELTS imtihonini bepul topshirmoqchi bo‘lsangiz, bu video aynan siz uchun! 🤩 Mobil Ilova |
❓CHEMPIONATDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA QANDAY TOPSHIRILADI? — VIDEO QO'LLANMA Buning uchun Siz Google tizimiga kirib, qidiruv bo‘limiga yoshfermer.uz deb yozasiz. Natijada sayt sahifasi ochiladi... ❓Ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan savollaringiz bo‘lsa mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga yoki quyidagi kontakt orqali aloqaga chiqishingiz mumkin: @yoshfermer_uz 🀄️Ro‘yxatdan o‘tish davomida so‘ralgan ma'lumot va hujjatlarni to‘liq hamda to‘g‘ri taqdim etmagan nomzodlarning arizalari rad etiladi! 📹Batafsil videoda tomosha qiling. Chempionatda ko‘rishguncha! #yoshfermerlar #chempionat #agrovision #ariza 🌐 Bizni kuzatib boring: @Peshkuyoshlar
📣DIQQAT! OʻZBEKISTONDA ILK BOR “YOSH FERMERLAR CHEMPIONATI”GA START BERILDI! Joriy yilning avgust–oktabr oylarida respublikamiz boʻylab qishloq xoʻjaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar oʻrtasida yirik chempionat bo'lib o'tadi. 🧑🏻🌾Nomzodlar 12 ta nominatsiya bo'yicha bellashadi: Yilning yosh agro innovatori Yilning agro startap loyihasi Yilning agro brendi Yilning yosh eksport chempioni Yilning yosh kooperatsiya ustasi Yilning yosh dehqoni Yilning yosh bogʻboni Yilning yosh chorvadori Yilning yosh issiqxonachisi Yilning yosh ayol fermeri Yilning oilaviy fermer xoʻjaligi Yilning yosh agro blogeri Har bir nominatsiya bo‘yicha gʻoliblar: 🥇 1-oʻrin — 50 million soʻm 🥈 2-oʻrin — 30 million soʻm 🥉 3-oʻrin — 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 📲Hoziroq yoshfermer.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting va gʻoliblik sari ilk qadamni tashlang. 📞Murojaat uchun telefon: +99895 754 02 77 📆Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi. Balki Oʻzbekistonning ilk "Yosh fermer chempioni" aynan Siz boʻlishingiz mumkin! Chempionatda koʻrishguncha! 🌐 Bizni kuzatib boring: @yoshfermer
#Яхши_янгилик Энди электромобил олсангиз 2 йил мобайнида кредитнинг 8% гача бўлган қисмини давлат тўлаб бериши мумкин. Ўзбекистонликлар электромобиллар учун кредитлар бўйича йиллик 8% гача тўловдан озод этилиши мумкин. Ўзбекистонда электромобиллар сотиб олиш учун автокредитларни субсидиялаш механизми ишлаб чиқилди. Лойиҳа кредитлашнинг дастлабки икки йилида ставканинг 8 фоизлик бандигача бўлган қисмини қоплашни назарда тутади. @Peshkuyoshlar
Давлат органларида маънавият ва давлат тили бўйича маслаҳатчи лавозими тартиби тасдиқланди Ҳукумат қарори билан давлат органлари, ҳокимликлар ва хўжалик бирлашмаларида маънавият ва давлат тили масалалари бўйича маслаҳатчи фаолиятини ташкил этиш тартиби тасдиқланди. Низомга кўра, маслаҳатчиларнинг фаолияти Вазирлар Маҳкамасининг Давлат тилини ривожлантириш департаменти томонидан мувофиқлаштирилади. Улар давлат тилида иш юритиш, ташқи ёзувлар ва реклама материалларининг қонунчиликка мувофиқлигини назорат қилиш ҳамда давлат тилини ривожлантиришга оид вазифаларни бажаради. Шунингдек, ушбу лавозимни қисқартиришга йўл қўйилмайди.
#Rasmiy_xabar #Kasbiy_taʼlim 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) qabul boshlandi Kasbiy ta’lim tashkilotlariga kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida (11-sinf) boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va dual ta’lim shakllariga abituriyentlarning hujjatlari Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-avgustda 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kechki, dual ta’lim shakllari va xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul jarayonlari ham Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali 2026-yil 10-sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. ▪️Tibbiyot texnikumlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha mahalliy ta’lim dasturlarida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida, tegishli mutaxassislik va ta’lim tilini tanlagan holda tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadilar. ▪️Boshqa texnikumlar (kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida) bo‘yicha kirish sinovlari yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun kamida umumiy o‘rta ma’lumot negizida 641 ta texnikumga jami 134 960 ta (shundan 61 550 ta davlat granti) qabul parametrlari tasdiqlangan. Shundan: ➖kunduzgi ta’limda – 87 700 ta (39 390 ta davlat granti), ➖kechki ta’limda – 4 440 ta, ➖dual ta’lim shaklida – 42 820 ta (22 160 ta davlat granti). 📌Texnikumlar ro‘yxati bilan kasbedu.uz sayti orqali tanishing. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🏆 DXX kubogi respublika bosqichi start olmoqda 🏟 Respublika bosqichi o‘yinlari joriy yilning 17-22-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida har kuni soat 08:00 dan boshlanadi. 🏆 Final uchrashuvi 22-avgust kuni soat 19:00 da “Jar” stadionida bo‘lib o‘tadi. 👏👏Qivonarlisi Peshku tumanidagi ,,Qoraqalpoq MFY" yoshlari ham bor 👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇 @Peshkuyoshlar
#DIQQAT_TANLOV 🇺🇿 IIV qizlarni xizmatga taklif etadi Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagida boʻlgan 18-30 yoshdagi xotin-qizlar 2026-yilning 10-avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amirobod koʻchasi, 1-uy (Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi)ga kelib murojaat qilishlari soʻraladi. Harbiy-kasbiy saralash nomzodni dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik oʻrganish, yakuniy suhbat, tibbiy koʻrik, maxsus tekshiruv bosqichlarida oʻtkaziladi. Harbiy-kasbiy saralashda boʻy parametri 165 santimetrdan past boʻlmagan, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Harbiy-kasbiy saralashda ishtirok etadigan xotin-qizlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, tamomlagan taʼlim muassasasi diplomi (shahodatnomasi) hamda sport kiyimi olib kelishlari lozim
🌿Ekofaollik nima? ✅Ekofaollik — tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan mas’uliyatli faoliyatdir. ♻️ Ekofaol inson: ✔️Tabiatga zarar yetkazmaslikka intiladi ✔️Atrof-muhit tozaligiga befarq bo‘lmaydi ✔️Ekologik muammolarga qarshi faol munosabat bildiradi ✔️Boshqalarni ham ekologik madaniyatga chorlaydi 🌍Tabiatni asrash — kelajak avlod oldidagi muhim mas’uliyatdir. Yangiliklarni kuzatib boring:
2026 yil 5 sentyabrdan 15 oktyabrgacha 1⃣Dxx temurbeklar maktabiga 2️⃣DXX Yosh chegarachilar harbiy akademik litseyiga qabul boshlanadi. Boyi 1.65 smdan, vazni 55 kgdan yuqori 9 sinfda o'qiyotgan o'g'il bollar topshirishlari mumkin. Arizalar onlayn tarzida amalga oshiriladi. ➡️tanishlarga yuborib qo'yinglar. Qabul shartlari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni kanalga joylab boramiz.
⚡️Эртага — "Автомобилсиз кун" 10-август куни республиканинг барча ҳудудларида навбатдаги "Автомобилсиз кун" акцияси ўтказилади. ❗️ Маълумот учун: Президент фармонига кўра, бугун давлат ташкилот ва идоралари ходимларининг хизмат автотранспорт воситаларидан фойдаланиши қатъиян тақиқланади. Ушбу саналар иш кунига тўғри келганда, ҳайдовчиларнинг иш ҳақи сақланиб қолади. Давлат фуқаролик хизматчилари "Автомобилсиз кун" ва "Автомобилсиз ҳафта" акцияси доирасида хизмат автотранспорт воситаларидан фойдаланиши мазкур ходимлар томонидан одоб-ахлоқ (этика) қоидаларининг бузилишига тенглаштирилди.
🏗 Qurilish xodimlari kuni muborak bo‘lsin! Bugun yurtimiz bunyodkorligiga munosib hissa qo‘shayotgan, yangi bino va inshootlarni barpo etayotgan qurilish sohasi vakillarining kasb bayrami. Bunyod etilayotgan har bir inshoot — kelajak uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatdir. Bu jarayonda yoshlar uchun zamonaviy ta’lim, mehnat va rivojlanish muhitini yaratish ham alohida ahamiyatga ega. 💐Barcha qurilish sohasi xodimlarini Peshku Yoshlar ishlari jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 🏗 Mehnatingiz samarali, bunyodkorlik yo‘lidagi ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin! Bizning sahifalarimiz:@Peshkuyoshlar
🟦🟦🟦🟦 O‘zbekiston Respublikasi kuch tuzilmalari tashkil topgan sanalar: 🅰 Ichki ishlar vazirligi 📅 1991-yil 25-avgust. ⚖️ Mudofaa vazirligi 📅 1991-yil 6-sentyabr. 🔰 Davlat xavfsizlik xizmati 📅 1991-yil 26-sentyabr 🔄 Hozirgi nom: 2018-yil 29-mart. 🔰 Bojxona qo‘mitasi 📅 1991-yil 24-oktyabr. 🅰 Prokuratura organlari 📅 1992-yil 8-yanvar. 🔰 Favqulodda vaziyatlar vazirligi 📅1996-yil 4-mart. 😂Milliy gvardiya 📅2017-yil 4 avgust.