INTERPRETATSIYA
СтатистикаAdabiyot - bu dunyoga e'tibor bermaslikning eng yoqimli usuli. F. Pessoa
- Последний пост
- 25 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 125
- 1/48двое суток
- 143
- 1/72трое суток
- 154
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Johatsu (蒸発) — yapon tilidan tarjima qilinganda “bug‘lanib ketish” degan ma’noni beradi. Bu atama Yaponiyada jamiyatdan ataylab “yo‘qolib qolgan” odamlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Johatsu qilish — bu insonning: ishini tashlab ketishi, oilasi va yaqinlari bilan aloqani uzishi, yangi joyga borib, yangi hayot boshlashi, ya’ni o‘zini go‘yo “yo‘qolgan” qilib qo‘yishidir. Ba’zi tadqiqotchilar fikricha, haqiqiy johatsu qiluvchilar soni yiliga o‘n minglab bo‘lishi mumkin. 📕 INTERPRETATSIYA
#nazm Muhit sabog‘i Judayam toliqdim...hammasi chirkin, Dunyoga aytgulik so‘zim qolmadi. Bo‘ldi, bas, yo‘qolsin barcha gina, kin, Yuzsizlik qilishga yuzim qolmadi! Har lahza kurashib egilmaslikka, Har onda o‘rgandi qullikka ruhim. Osmonni quchishga shay edi, lekin, Yer bag‘irlab qoldi sha’nu shukuhim. Kel endi, sen o‘zing qutqargil, Tangrim, Ruhimni uyg‘un qil kamalaklarga. Hech hafa bo‘lmasdan rozi bo‘laman, Umrimni ulashsang kapalaklarga. Ko‘z ochgan bo‘lsam ham dunyoga kelib, Dunyoni ko‘rishga ko‘zim qolmadi. Yashagim kelyapti, bas, o‘zim bo‘lib, Afsuski, o‘zimda o‘zim qolmadi! Judayam toliqdim... © Guljamol Asqarova 📕 INTERPRETATSIYA
#asardan_iqtiboslar Bemulohaza o‘jarlik — shunday bir tentaklikki, u ahmoqlik bilan o‘pishib ko‘rishadi va bora-bora, muqarrar, shu ahmoqlik maqomiga yetishadi. Har bir odamning ko‘zida doim uning tafakkuri aks etib turadi. Mabodo mutafakkir odam fikrlay olmaydigan omi kishilar davrasiga kirib qolsa, oradan birmuncha vaqt o‘tishi bilan barcha aqli noqis odamlar tiniq aql sohibi istiqboli sari astoydil va izzat-ehtirom ila intila boshlaydilar. Shunday odamlar borki, ular o‘zga kishilar qalbini xuddi temirni o‘ziga tortgan magnit kabi jazb etadilar. Shon-shuhrat va nafrat hamisha yelkama-yelka yuradi. Qullar mehri xojalar nafratini ikki hissa oshiradi. Irodasi baquvvat odamlarning o‘lim oldidan aytgan so‘zlari benihoya ulkan salobat kasb etadi. “Klod Gyo” Viktor Gyugo 📕 INTERPRETATSIYA
Pichoqlar urishdi, o‘lmadim, Dorlarga osishdi, o‘lmadim, Olovda yoqishdi, o‘lmadim, Ammo... O‘ldirisholmadi boltada chopib, Hatto, Ko‘mib tashlab ham yerga, Arralashsa hamki, tirikman, Yem qilsalar hamki, Yirtqich bir sherga... Ammo... Chidadim, Quyishsa ishqorlar Boshimdan xuddiki suvdayin. Muzlatsa, tosh qilsa ham qorlar, Yashadim, Yashadim o‘lmayin. Ammo... Ko‘zlarimga mix qoqsalar ham, Yuragimni sug‘ursalar ham, Terimni shilsa ham jallodlar, Baribir o‘lmadim, Tirikman, Ammo... Ammo Begonaga bir boqib kulding, Yiqildim, kifoya qildi menga shu Hatto o‘ylamadim, Doʻstdir senga u... Rashk qilib o‘ldim-u, Sen sezmay qolding... ©️Bobirjon Boymatov 📕 INTERPRETATSIYA
видео или голосовое, без подписи
Ertaga KitUp doʻkoniga 100 turdagi yangi kitoblar kelarkan. 📖 INTERPRETATSIYA
Ertaga KitUp doʻkoniga 100 turdagi yangi kitoblar kelarkan. 📖 INTERPRETATSIYA
Xayr archa ko'cha... 📖 INTERPRETATSIYA
📖 INTERPRETATSIYA
#nazm Shahar. Uy. Ishxona. Egizak kunlar, Nuqul vaqt o'ynatar boshimda qamchi. Umidim Sizifning toshidek qular, Tag'in chorlayverar dunyo –aldamchi. Yashayman–ongimda bodraydi savol, Isyonim yoyilar ko'zimdan sizib. To'satdan umrimda ro'y berib bahor, To'satdan borliging qolgandek sezib. G’irrom o’yinlarni tark etolsaydim, O’zimni asrashga jur’atim yetsa. Borim ehson qilib, so’ramay qaytim, Ketish kerak paytda mardona ketsam. Ammo bir vatansan nochor va abgor, Yoding qumsayurman olamlar kezib. Bir kuni umringda ro’y berar bahor, Bir kuni borligim qolasan sezib. Xudo rahmat qilsin meni o’shanda… © Mehrinoz Abbosova 📖 INTERPRETATSIYA
#asardan_iqtiboslar Jonivorlar bilan ishlashning mushkuli yo'q, ularning egalariga gap uqtirish qiyin. Tovushlar chindan bo'lishi mumkin, lekin biz hammamiz ham ularni eshitavermaymiz. O'zingizniku ikki dunyoda majburlab sevdira olmaysiz. Agar sen topmasang seni topadilar. Muattar atir hidi masrurlik hidiga o'xshaydi. Ko'nglingda ishq bilan bu dunyoda yashab o'tish ancha oson. Ishq degani xavfli bir tuzoq. Bu dunyoda muhabbatsiz yashab o'tish mumkin. Jonivorlar chuvvosida hayvonotning insonga muhabbatini ifodalovchi hamma tovushlar muhayyo. Qamchi bilan muhabbat qozona olmaysan. Faqat vrachgina xonaning havosiga qarab unda o'limga olib boradigan og'ir hastalik borligini topadi. Bizning mushkul hayot yo'llarimizda sevish bag'oyatda og'ir ish. Muhabbat xotirasidan shifo topmaydigan jarohat bo'lmaydi. G'ussa bo'lmaydi. G'am bo'lmaydi. Tibbiyot ojiz qolgan chog'da Xudoga tavallo qilmoq kerak. Qanday qilib Xudoni yaxshi ko'rmay turib bu yorug' dunyoda biror narsani yaxshi ko'rib bo'larkan? Vrachlar ko'pincha o'z xonadonidagi hastalikni sezmay qolishadi. Ozg'in ayollar g'am chekkanida juda ayanchli bo'ladilar, lekin dunyoda g'ussaga botgan semiz ayoldan ko'ra ayanchlirog'i bo'lmaydi. Kimda-kim boshqa mahluq uchun ma'suliyatni bo'yniga olishga jazm qilsa, dunyo unga nisbatan dushman bo'larkan qolarkan. Agar bu dunyoda haqiqat, shavqat, ma'no borligini bilganimda men uning huzuriga to'rt oyoqlab emaklab borgan bo'lardim. Dengizni yaxshi ko'rib, tog'larni yoqtirmaslik mumkin emas. Yoz kunlarini yaxshi ko'rib, yomg'irni yomon ko'rib bo'lmaydi. Qushlarni jondan ortiq ko'rib, baliqlardan nafratlanishning imkoni yo'q. Axir ateizm deganining jazosi o'zi bilan birga bo'ladi. Xudoga ishonmaydigan odam o'zini o'zi qamchilaydi va hech narsa bilan yordam berib bo'lmaydi. Xotinlarning muhabbati tamom boshqada, ayol kishi sevsa dag'dag'a qilmaydi, bardoshli bo'ladi, gunohlaringni kechiradi, avaylab asraydi, ehtiyot qiladi. Ayni boshga kulfat tushganda ikkovlari - ota ham, ona ham kerak bo'ladi. Har qaysisining o'rni boshqa. Ota kuch bag'ishlaydi, ona dardini tushinib, taftini oladi. Mehrni esa sira ayamaslikni tavsiya qilaman. Bu bolalar uchun ham, ayollar uchun ham, biz erkaklar uchun ham, hayvonlar uchun ham eng yaxshi dori. Gap felu atvordagi tafovutda emas. Bu dunyo o'zi shunaqa, u ma'noyu mazmundan mahrum, uni boshqarib bo'lmaydi, shundoq bo'lgach odamlarni g tabiatlari, felu atvorlari o'rtasida muqarrar tarzda o'tib bo'mas jarliklar hosil bo'ladi. Hidlar tovushlardan ham ko'proq yaxshi yomon xotiralarni qo'zg'aydi. Bir zamonlar nimadan xursand bo'lganing yoki nimaga achchig'ing kelganini esingda bo'maydi, ammo bir hidni tuyasanu yana nimadandir xursand bo'lasan yohud bir nimalarga achchig'ing keladi. Sen agar xotin kishini yaxshi ko'rsang, tunni ham, yulduzlarni ham, shu ayol nafas oladigan havoni ham, uning sochlarini nurlantirib turgan quyoshni ham yaxshi ko'rishing kerak. Bo'lmasa yaxshi ko'rganda ko'tarib keladigan dala gullarini sevmaslik, shu qiz sudrab yuradigan ko'ppakni yuhud qo'kidan qo'ymay ko'tarib yuradigan mushukni yaxshi ko'rmaslik mumkin emas. Uni sevsang hatto uning oddiy chitdan tikilgan fartugini ham sevasan. Qiz bola bilan mushuk bir birga o'xshab ketadi. Qiz bolalarning ham o'z sirlari bo'ladi, go'yo ular bir narsalarni bilardiyu aytmaydilar, ular hayol surishga moyi. Nihoyat ular ham kattalarga sinchiklab, tushinib bo'maydigan tarzda qarashadi. Agar siz qiz bola bilan birga yashagan bo'sangiz ularning ne chog'li o'jar ekanini, o'lguday erksevarligini, bo'lar bo'lmas ta'qiqlar ularga kor qilmasligini, ularga qarab turib alla qayerga o'z dunyolariga sho'ng'ib ketishlarini yaxshi bilasiz. "Tomasina" Pol Gelliko 📖 INTERPRETATSIYA
видео или голосовое, без подписи
O’zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim, tarjimon Ibrohim G‘afurov 89 yoshida vafot etdi. Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. Janoza namozi ertaga, 2026-yil 7-iyun kuni bomdod namozidan so‘ng Hazrati imom (Hastimom) jome masjidida o‘qiladi. Marhum Teshik qopqoq qabristoniga qo‘yiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan Yoqubov Odil - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi «El-yurt hurmati» ordeni bilan Hoshimov O‘tkir - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan Zunnunova Saida - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan Salimova Sharipa - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan Mirzayeva Zebo Boymanovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Ergashev Botirjon Yuldashevich - Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori, shoir «El-yurt hurmati» ordeni bilan A’zamov Erkin Normamatovich - «Tafakkur» jurnali bosh muharriri, yozuvchi Umarova Salima Baxronovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira, Navoiy viloyati «Mehnat shuhrati» ordeni bilan Norkobilov Normurat - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Yuldashev Abdikayum Turgunbayevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi «Shuhrat» medali bilan Xolov Zoxidjon Ashirmat o‘g‘li - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, shoir
☕ “Espresso rejimiga o‘tildi” Bu nimani anglatadi? Psixologik jihatdan bu ibora insonning ichki energiya holatidagi o‘zgarishni ifodalaydi. U doim boshqalar uchun yaxshi bo‘lishdan, o‘zini bosishdan charchaganida, ichki “uyg‘onish” jarayoni boshlanadi. Bu — psixologik himoya va o‘zini qadrlash mexanizmining faollashuvidir. Boshqacha aytganda, “espresso rejimi” — bu shaxsning ruhiy jihatdan hushyorlashuvi, o‘z chegaralarini tiklash va hissiy mustaqillikka qaytish davridir. U endi boshqalarning fikri yoki munosabati bilan emas, o‘z qadriyati bilan yashay boshlaydi. Bu holat ko‘pincha uzoq muddatli hissiy charchoq (emotional burnout), ortiqcha sabr yoki “hamma uchun yaxshi bo‘lish” holatlaridan keyin yuz beradi. Inson o‘z ichidagi “energiya tugmasi”ni bosadi — bu esa ongli ravishda hayotga qaytish, o‘zini anglash va ruhiy tiklanish belgisidir. ☕️ 📖 INTERPRETATSIYA
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa. Arastu 📖 INTERPRETATSIYA
Agar yolg’iz esang, hamdam kitobdur, Bilim subhidagi nur ham kitobdir. Abduraxmon Jomiy 📖 INTERPRETATSIYA
📖 INTERPRETATSIYA
Ramazon hayiti va Navro‘zi ayyom muborak bo‘lsin!
Bir kuni Moskvada Rasul Hamzatovga xushomad qilishmoqchi bo‘lishdi: — Qanday his qilyapsiz: kichkina Tsada qishlog‘idan poytaxtimizning porloq cho‘qqilarigacha ko‘tarilish qanday ekan? Shoir haqiqiy tog‘lik donoligi bilan javob berdi: “Adashyapsizlar. Moskvaga kelish uchun men o‘z tog‘larimning cho‘qqilaridan pastlikka tushishga majbur bo‘ldim”. Hamzatov uchun Dog‘iston osmonlari orasida yo‘qolib ketgandek tuyuladigan Tsada qishlog‘i har doim dunyoning eng baland nuqtasi bo‘lib qolgan. 📖 INTERPRETATSIYA