tgindex
Zaspoiler

Ushbu kanalda "Efemerida" jamoasi aʼzolari tomonidan biz koʻp duch keladigan asarlar, adiblar haqida qiziqarli faktlar va so'zlarning etimologiyasi haqida qisqacha maʼlumotlar olasiz. Spoiler qilish yaxshimas, lekin hammasi sizlar uchun)

Последний пост
11 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 023
−2 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
3 264
20 постов
Вовлечённость
319,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
242
1/48двое суток
277
1/72трое суток
299

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Adabiyotda shayton obrazi Badiiy adabiyotda shayton obrazi dastavval ham surat, ham siyratda jirkanch, yo‘ldan ozdiruvchi, nafrat uyg‘otuvchi qilib tasvirlangan. Buning ildizlari, albatta, muqaddas diniy kitoblarga, dastlabki mistik qarashlarga borib taqaladi. Lekin davrlar o‘tgani, xilma-xil qarashlar yuzaga chiqqani sayin adabiyot shaytonni "boshidan shoxlarini olib", unga ta'sirchan nutq, zukkolik va xarizma bag‘ishladi. Bu jarayonni adabiyotdagi eng mashhur shayton obrazlari — Dantening Lusiferi, Miltonning Satani, Gyotening Mefistofeli, Bulgakovning Volandi misolida koʻrib chiqamiz. Dantening “Ilohiy komediya”sidagi Lusiferda klassik shayton obrazining atributlari saqlanib qolganini ko‘rishimiz mumkin. Do‘zaxning eng tubida turgan Lusifer ulug‘ hukmdordan ko‘ra koʻproq jazoga mahkum mavjudotga oʻxshaydi. Ya'ni do‘zax uning saltanati emas — uning qamoqxonasi. Demak, Dante tasavvurida yovuzlik insonni ulug‘lashtirmaydi. Aksincha, uni tubanlashtiradi. Ammo oradan uch asrdan ko‘proq vaqt o‘tib, ingliz adabiyotida yangicha qiyofada Miltonning Satani sahnaga chiqadi. 1667-yilda John Miltonning “Paradise Lost” — “Yo‘qotilgan jannat” dostoni nashr qilindi. Miltonning maqsadi Shaytonni qahramonga aylantirish emas edi. Dostonning axloqiy olamida Satan — vasvasachi va insonning qulashiga sabab bo‘luvchi dushman. Hatto asarning keyingi qismlarida uning ichki yemirilishi tobora ochiq ko‘rsatiladi. Ammo Milton Satanni shunday mohir notiq sifatida tasvirlaydiki, natijada mag‘lub bo‘lsa ham taslim bo‘lmaydi, quvilsa ham gapirishdan to‘xtamaydi. “Paradise Lost”ning II kitobida u hatto jahannamdagi taxtda o‘tirgan hukmdordek tasvirlanadi, uning nutqlari esa mag‘lubiyatdan keyin ham izdoshlarini yana kurashga ishontira oladigan siyosiy notiqning nutqlariga o‘xshaydi. Natijada juda qiziq adabiy paradoks tug‘ildi: muallif yovuzlikni tasvirlamoqchi edi, lekin yovuzlikka xarizma ham berib qo‘ydi. Shu yerdan Shaytonning tashqi qiyofasidan ham muhimroq narsa o‘zgardi. U endi faqat qo‘rqitmaydi, o‘zini tushuntira boshlaydi. O‘quvchi esa tushuna boshlagan yovuzligidan avvalgidek oson nafratlana olmaydi. Gyotening “Faust”idagi Mefistofelda bu holat yanada kuchayadi. Shaytonning vaxshiyligiyu yovuzligi qoʻrqinchli qiyofasi orqali emas, ayyorligi, aqli, kuzatuvchanligi vositasida yuzaga chiqadi. U endi insonning zaif jihatlarini juda yaxshi biladi. Va eng xavflisi — uning ayrim gaplarida jon bor. Shuning uchun Mefistofelni o‘qiyotgan odam ba’zan o‘zini g‘alati holatda topadi: yovuz qahramon gapiryapti, ammo u qiziq gapiryapti. Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita”sidagi Volandga kelganda eski “yaxshilik — yovuzlik” chegarasi yanada noaniqlashadi. Moskvaga kelgan Voland u yerdagi odamlarni yo‘ldan ozdirishga, vasvasaga solishga urinmaydi. Chunki ular allaqachon yoʻldan ozib boʻlishgan edi. Ochko‘zlik, yolg‘on, mansabparastlik, xiyonat, ikkiyuzlamachilik... Voland va uning g‘alati hamrohlari go‘yo odamlarning ichida yashirinib yotgan narsalarni yuzaga chiqarib qo‘yadi. O‘quvchini shaytondan emas, balki shaytoniy illatlardan, shaytoniy xulqli kishilardan nafratlanishga undaydi. Endi savolni boshqacha qo‘yishimizga to‘g‘ri keladi. Bu holatlar shayton obraziga nisbatan simpatiya hosil qila boshladimi? Shayton qachondan chiroyli bo‘lib qoldi? Yoki biz qachondan yovuzlik faqat xunuk qiyofada kelmasligini anglab yetdik? @efemerida_adabiyoti

  • Orzular orzuligicha qol(ma)sin! Paulo Koeloning "Alkimyogar" romani orzular sari dadil qadam tashlashga undovchi motivatsion asar sifatida mashhur. Lekin u aslida amalga oshirilmagan orzularning fojiasi haqida bo‘lsa-chi? Asardagi eng ta'sirli qahramon Santyago emas, shisha sotuvchisidir balki. Shisha sotivchisining ham Santyago kabi o‘z orzusi bor. U umr bo'yi Makkaga haj qilishni orzu qiladi. Lekin nega bormaydi. Sababi pulmi yoki vaqt? Ikkisi ham emas, qo‘rquv. Uning eng katta qo'rquvi shundaki, agar orzusi ushalib qolsa, ertangi kunini nima bilan yashaydi? Shu bois u orzusini qalbining eng go'zal burchagiga qo'yadi. Uni asraydi. Uni sevadi. Ammo unga tomon bir qadam ham tashlamaydi. Bu yerda Santyago bilan shisha sotuvchi ikki xil hayot falsafasini ifodalaydi. Santyago yiqiladi, aldanadi, boridan ayriladi. Lekin yo'lini davom ettiradi. Shisha sotuvchi esa o'zini xavfsiz his qiladigan joyni tark etmaydi. Shunda anglaymiz: ba'zan insonni baxtsiz qiladigan narsa orzusiga yetolmagani emas, unga tomon yurishga jur'at qilolmaganidir. Balki yozuvchi inson ruhiyatidagi ushbu qarama-qarshilikni shisha sotuvchi obrazi orqali ifodalagan, shu uchun ham unga ism bermagandir. Shuning uchun bu asar, menimcha, faqat orzular haqida emas. U tanlov haqida. Qulay hayotni tanlashmi? Yoki qo'rquvga qaramay yo'lga chiqishmi? Bu fikrlar shunchaki koʻpchilikka ma'lum asarning koʻpchilik uncha e'tibor qilmaydigan jihatlari haqida edi. Endi oʻzingizga savol berib koʻring: "Men orzularim sari ketyapmanmi yoki ularni shisha sotuvchidek chiroyli xotira sifatida asrab yuribmanmi?" Chunki ba'zan eng og'ir yuk — amalga oshmagan orzu emas, umr bo'yi boshlanmagan yo'ldir. @efemerida_adabiyoti

  • 21 дек.2 4901530

    Yaldo kechasi Unutilgan sevgi, o'ksigan yurak Ortda qoldi g'amning necha-nechasi. Shuncha azob tuni kamlik qilganday Sen ham dilni ezding yaldo kechasi. Buzilgan asablar va to'rtta devor Bo'shamagan qadah darding izhor et. Yuragim siqilar yetmaydi havo Meni aksim erur yongan sigaret. Kerakmasdi asli menga dunyolar Izhor zarur edi, bir go'zal izhor. Behuda so'zlarni aytgan bu tilim Bir so'z aytolmadi, aytolmas zinhor. Kuchli keldimikan la'nati g'urur Endi dilim ezar suluv - yolg'izlik. G'urur kuch bo'lmadi, g'urur - bu dushman Menga olib keldi buyuk ojizlik. Kel birga yashaylik, kechirgin jonim Yolg'izlikda kuyib bo'lmayin ado. Qaro tun jonimni borar simirib Sensiz o'tgan kunlar barchasi Yaldo. Ahad Muhammad. 21.12 2019

  • 25 июл. 2025 г.3 378157из filologiyatalabasi

    Шарқона мумтоз адабиётнинг гегемон жанри - «ғазал» ҳақида. «Ғазал» - арабча атама бўлиб «аёлни севиш» маъносини англатади. Бундан келиб чиқадики, «ғазал» асосан ошиқнинг маъшуқасига бўлган номаларини қофияга тушириб баён этишидир. «Ғазал» жанри дастлаб VI-VII асрларда араб поэтикасида пайдо бўлган. Шарқона, хусусан, Ўрта Осиё шеъриятида XIII-XIV асрларга келиб тўлақонли камол топган. Ғазал ҳажман энг камида уч байтдан, кўпи билан ўн тўққиз байтгача етиши мумкин. Аммо, йигирма етти байтдан ташкил топган ғазаллар ҳам топилади. Ғазалнинг боши «матла», ёинки, «мабда» деб, сўнги эса «мақта» деб аталади. Агарда, иккинчи байтнинг мисралари ҳам ўзаро қофияланса «зеби матла», «ҳусни матла» дейилади. Ғазал «матла»дан то «мақта»гача бир хил вазнда ёзилмоғи зарур. Баъзи ғазалларнинг «мақта»сидан уни ёзган ижодкорнинг тахаллуси ўрин олади. Дастлабки ғазалларда бу одат шаклланмаган, кейинчалик ғазал сўнгида тахаллус ила байт битиш одат тусига кирган. Ғазаллар ўзаро тўрт мустақил турга ажралади: -пароканда ғазаллар; -якпора ғазаллар; -воқеабанд ғазаллар: -мусалсал ғазаллар. Маъно жиҳатидан эса, ошиқона, орифона ҳамда риндона ғазаллар мавжуд. Форс адабиётида ғазал дастлаб Рудакий ижодида учраса-да, Саъдий Шерозий ижодида тўла шаклланиб, Ҳофиз Шерозий ижодида батамом чўққига чиққан. Ўзбек адабиётида дастлабки ғазаллар Носириддин Бурҳониддин ўғли Рабғузийнинг «Қиссаси Рабғузий», Ҳофиз Хоразмийнинг «Муҳаббатнома» асарларида учрайди. Кейинчалик, Саккокий, Сайфи Саройи, Атойи, Юсуф Амирий, Алишер Навоий ва бошқа кўплаб ижодкорлар ғазал жанри ривожига ўз ҳиссаларини қўшишган. Замонавий адабиётимизда Чўлпон, Эркин Воҳидов сингари ижодкорлар ғазал битган. Филология талабаси

  • Bugungi tilimizda “Kimsan” so‘zi ikki xil ma’noda; birinchisi “O‘zing kimsan?” deb so‘rash ma’nosida, ikkinchisi kishining ismi ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘zni ism ma’nosida ishlatganimizda ham, asosan, so‘rash mazmunidagi “kimsan?” ma’nosida tushunamiz. Nahotki, ajdodlarimiz chaqaloqqa “Sen o‘zi kimsan?” deganday Kimsan degan ism qo‘yishgan bo‘lsa deya ajablanamiz. O‘tmishda ham, hozir ham “Kimsan” ismi xalqimiz orasida mavjud. Biroq bu so‘zning kishi ismi sifatida qo‘llanishiga, ehtimol, boshqa narsa sabab bo‘lgandir. So‘rab-so‘rab Makkani topishibdi deganlariday, Kimsanning kimligini “Navoiy asarlari lug‘ati”dan aniqladik. Unda izohlanishicha, “kimsan” (“kimson”) – oltinga o‘xshash sariq yaltiroq modda (bronza), uni maydalab narsalarga oltin tusli bo‘yoq berish uchun ishlatishgan ekan. Ki, kimsandin oltunni farq aylagay, Qizil tobadin kunni farq aylagay. Alisher Navoiy (“Saddi Iskandariy” dostonidan) Shuningdek, tilimiz tarixida “kimsanlig‘” (“kimsonlig‘”) degan so‘z ishlatilib, u kimsan (bronza) bilan hallangan, yaltiroq ma’nosini bildirgan. Demak, “Kimsanboy” shunchaki “kimsan” emas, u oltin bo‘lmaganda ham, oltinga o‘xshash sariq yaltiroq modda. Lazar Budagov lug‘atida “kimsan” so‘zi arab yozuvida “kimson” deb ko‘rsatilib, “kimsen”, “kimsend” shakllarida berilib, u chig‘atoycha bo‘lib, “oltin rangli teri”, “shishani bo‘yaydigan oltin rangli bo‘yoq" deb izohlangan. ●Eshqobil Shukur, "Bobosoʻz izidan" @efemerida_adabiyoti

  • ​​Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli "Oʻtkan kunlar"ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar…

  • 9 янв. 2025 г.3 8142413из salimov_blogi

    ​​Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli "Oʻtkan kunlar"ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar tomonidan xotinlariga past nazar bilan qaraladi, ularning gapi jiddiyga olinmaydi. Oʻzbek oyim, Oftob oyim, Kumush, hech birida zarra qadar intellekt koʻrinmaydi. Oʻsha davrdagi zamona zaylini hisobga olsak, ayollardan buni talab qilish xato oʻzi. Ularning orasida eng yaxshisi Zaynab. Juda yaxshi inson boʻlgani uchun ham unga hamma jabr qildi. Kumush esa ayyor tulki edi. Asar ommalashganidan beri Kumush ismi doim urfda boʻldi, Zaynab ismi esa ancha kam. Oʻquvchilar ham negadir doim Kumushni ulugʻlab, Zaynabni qoralaydi. Holbuki Zaynabning hech kimga qasdi yoʻq edi. Zaynab ota-onasining rizoligi bilan erga tegdi. Toʻydan keyin Otabek unga qaramasa ham, alohida yotsa ham, tuzuk soʻz aytmasa ham sabr qildi. Kumushdan aynitishga harakat qilmadi. Taqdiriga koʻnib, oʻz hayoti bilan yashab yuraverdi. Kumush esa Toshkent kela solib Otabekni Zaynabni taloq qilishga undadi. Xalq soʻzi bilan aytganda, togʻdan kelib bogʻdagini quvdi. Koʻzguga qarab turib, Zaynabni oʻzidan chiroyli deb hisoblagan va hasadiga chidolmay, alamini olish uchun uyda odam yoʻqligidan foydalanib Zaynabning xonasiga kirgan, birinchi boʻlib kundoshlik zahrini sochgan ham Kumush. Ota-onasi, hatto eri ham Margʻilonga qaytib ketishini istab turganda, Zaynabni taloq qildirish uchun atay Toshkentda qolgan ham Kumush. Meni yaxshi koʻradi, shu bois koʻp janjal qoʻzitsam erim aybni Zaynabdan koʻrib uni taloq qiladi deb Zaynabning tinch roʻzgʻorini buzgan ham Kumush. Har doim moʻmin-qobil farzand boʻlgani bois ota-onasi tomonidan siylanmagan, erga tegib eridan mehr koʻrmagan, uni shu uyga olib kelgan qaynonasi Kumush tomonga ogʻishidan jabr koʻrgan, adolatsizlik, tengsizlik qurboni boʻlgan, Kumush tomonidan doimiy provakatsiyaga uchragan esa Zaynab. Xarakter jihatdan Kumush yengiltabiatroq. U ming makr bilan boʻsh-bayov Otabekni ming maqomga oʻynatib keldi. Kumush shaytonning urgʻochisi. Ilk bor bu hovliga adashib kirib qolgan Otabekka koʻz suzishidan boshlab, to oʻlim toʻshagida yotganda ham Otabekning Zaynabni taloq qilganini eshitib koʻzlari ochilishi, yengil tortishigacha shuni koʻrishimiz mumkin. Zaynab esa tabiatan ma'sum, bezarar, sodda, koʻnuvchan. Unga tegishmasa u ham hech kimga tegmasdi. Xulosa qiladigan boʻlsam, Kumush asardagi salbiy qahramon. Zaynab esa uning jabrdiydasi. Qiz koʻrsangiz ismini Zaynab qoʻying. @salimov_blogi

  • #bobosöz_izidan Ayollar bo'yniga taqadigan munchoqni yaxshi bilasiz... "Kitob at-tuhfa"da munchoq so'zi bonchuq shaklida beriladi va ayni shu shaklda munchoq so'zining tub ildizini ko'rish mumkin. Ya'ni bonchuq so'zi bo'yinchiq so'zining o'zgarganidir. Tilimiz tabiatida b tovushi bilan m tovushining almashib turish hodisasi ko'p kuzatiladi. Masalan, buni so'zini goho muni deymiz. Murch so'zi aslida burch bo'lgan. Xuddi shu kabi tilimizda bo'yin so'zi mo'yin deyiladi. Bu hozirgacha ba'zi shevalarimizda bor. Yana bir narsaga e'tibor qilish kerak: hozirgi imlomizga ko'ra biz munchoq deb yozamiz, lekin ko'p hollarda bu so'z mo'nchoq deb talaffuz qilinadi va shu shaklda asliga yaqin bo'ladi. Xullas, munchoq so'zi "mo'yinga – bo'yinga taqiladigan taqinchoq" ma'nosidan kelib chiqqan. @efemerida_adabiyoti

  • Ishtirok va e'tiboringiz uchun rahmat!

  • Lost in Translition

  • видео или голосовое, без подписи

  • Oz mamlakati sehirgari

  • видео или голосовое, без подписи

  • Americanpsycho

  • видео или голосовое, без подписи

  • Wall e

  • видео или голосовое, без подписи

  • Benjamin button

  • видео или голосовое, без подписи

  • Good bad ugly

Zaspoiler — tgindex