tgindex
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa

Статистика

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
213
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
985
−20 за 3 дн.
Сутки
−2
−0,20%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 108
40 постов
Вовлечённость
112,5%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 213
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
383
1/48двое суток
438
1/72трое суток
473

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz

  • 12 авг.8132425

    #Ibrat_maktabi #YagonaVatan35      Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Kumush Mamadaliyevaning Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenjiga Vatan haqidagi fikrlari, she’rlari va ezgu tilaklari ___ Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram

  • #Ibrat_maktabi #UstozAI #Uchrashuv 🌍 «DUNYOGA YUZLAN» — ILHOM VA IMKONIYATLAR SARI! 🌎 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida maktabimiz bitiruvchisi, yoshlar yetakchisi va ta’lim sohasida kontent yaratuvchi Alisherova Dilshoda bilan «DUNYOGA YUZLAN» masterklass bo‘lib o‘tdi. 🎓 Uchrashuv davomida o‘quvchilar xalqaro dasturlar, grantlar, ta’lim imkoniyatlari, liderlik va shaxsiy rivojlanish borasida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xalqaro imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar. 🎁 Faol ishtirokchilar uchun «Qizlar akademiyasi» tomonidan maxsus sovg‘alar hamda UstozAI, Ibrat Farzandlari, Mutolaa platformalarining promo-kodlari taqdim etildi. ✨ Maqsad — yoshlarni global darajaga olib chiqish va ularning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish! ___ Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook | Instagram

  • 👍IT sohasiga qiziquvchi yoshlar, siz kutgan kun keldi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli Avlod” Online IT Oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀 Endi zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat sizni kutmoqda. 📚IT olamining zamonaviy yo‘nalishlarini o‘rganing! 💻 Vibe Coding 🤖 Prompt (AI) 🧠 Sun’iy intellekt 💻Data Science 🔐 Cyber Security 🎨UI/UX 🤖 AI Agent 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun rasmiy havola :[Online.raqamliavlod.uz ] 🌐Taklif va murojatlar uchun. ⏳ Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tishni o‘tkazib yubormang! __ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

  • 📕 Bolalarda kitob o'qish ko'nikmasini hosil qilish mumkinmi? ℹ️Ushbu masalaning yechimini topishda quyidagi tavsiyalar yordam beradi: ➡️ Farzandingizga tug'ilishidan boshlab kitob o'qib berishga harakat qiling; ➡️O'qish jarayonini o'yin tarziga aylantiring; ➡️ Farzandingiz kitobni qayta o'qib berishni so'rasa rad etmang; ➡️ Bolalaringizga tanlash erkinligini bering; ➡️ Farzandingiz yoshi va qiziqishlari bo'yicha kitob tanlang; 👍 Va albatta, farzandlaringizga yaxshi misol ko'rsating. ⏸Shu kabi mavzular ota-onalarga va bolalarga qiziqarli ravishda "Edu Kids" YouTube kanalidagi qisqa videoroliklarda taqdim etilgan!

  • 7 авг.71562из piimauz

    🖌 “IB tizimida o‘qish osonmi?” Ko‘pchilik IB ta’lim tizimini murakkab imtihonlar va yuqori o‘quv yuklamasi bilan bog‘laydi. Aslida esa IB — o‘quvchining nafaqat akademik bilimlarini, balki mustaqil fikrlashi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xalqaro ta’lim dasturidir. IB ta’lim dasturi orqali o‘quvchilarda: - tanqidiy fikrlash; - mustaqil tadqiqot olib borish; - vaqtni samarali boshqarish; - samarali muloqot qilish; - real hayotdagi muammolarga yechim topish kabi ko‘nikmalar shakllantiriladi. Albatta, IB tizimida ta’lim olish muayyan darajada murakkab va yuqori mas’uliyatni talab qiladi. Biroq aynan shu jarayon o‘quvchilarni mustaqil qaror qabul qilishga, o‘z fikrini asoslashga va xalqaro oliy ta’lim muhitiga tayyorlanishga xizmat qiladi. 🎓 Al-Beruniy xalqaro maktab-internatida ham o‘quvchilarning akademik bilimlari bilan bir qatorda ularning shaxsiy rivojlanishi, mustaqil fikrlashi va kelajakdagi ta’lim yo‘lini belgilashiga alohida e’tibor qaratiladi. Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.7443914

    #IbratMaktabi #Jugendkurse #Germany 🇩🇪 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Germaniyada yozgi ta'lim dasturida! Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining iqtidorli o‘quvchisi Mohinur Ahmedova Germaniyada tashkil etilgan Jugendkurse (Yoshlar kurslari) yozgi ta'lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli dastur yoshlar uchun nemis tilini chuqur o‘rganish bilan bir qatorda, Germaniya madaniyati, urf-odatlari va zamonaviy hayot tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratadi. Mohinurning mazkur dasturdagi ishtiroki uning nemis tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, mustaqil fikrlash, muloqot madaniyati hamda global dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz Mohinurga ushbu xalqaro ta'lim dasturida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz va u orttirayotgan bilim hamda tajribalar kelgusida yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishiga ishonamiz. 👏 Mohinurga omad va zafarlar yor bo‘lsin! Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

  • 4 авг.2 3352157

    🚀 KATTA IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG! 🌟 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi — Alisherova Dilshoda bilan eksklyuziv BEPUL "DUNYOGA YUZLAN" nomli MASTERKLASS bo‘lib o‘tadi! Bugun Alisherova Dilshoda O‘zbekistonning faol yoshlar yetakchilaridan biri, spiker va ta’lim sohasida kontent yaratuvchi sifatida minglab yoshlarga ilhom ulashib kelmoqda. U grantlar, xalqaro ta’lim, liderlik va shaxsiy rivojlanish yo‘lida o‘z tajribalarini ulashib, 10 000 dan ortiq yoshlar bilan ishlagan. 🏆 Yutuqlari: 🎓 UzSWLU (Jahon tillari universiteti) bitiruvchisi; 🌍 Global Youth Parliament koordinatori; 🏛 Harvard (HPAIR) konferensiyasi ishtirokchisi; 📜 50 dan ortiq xalqaro sertifikat va ilmiy ishlar muallifi; 🤝 100 dan ortiq xalqaro loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etgan. 💬 Asosiy missiyasi: "Yoshlarni global darajaga olib chiqish va ularning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish." 🎁 Masterklass ishtirokchilari uchun maxsus sovg‘alar ham tayyor! ✨ Faol qatnashgan ishtirokchilar orasidan: 🎀 "Qizlar akademiyasi" tomonidan maxsus sovg‘alar topshiriladi. 💻 5 nafar ishtirokchiga UstozAI platformasining maxsus PROMOKODlari taqdim etiladi. 📢 Eng muhimi — masterklassda qatnashish mutlaqo BEPUL! 📍 Manzil: Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 📅 Sana: 7 avgust 🕘 Vaqt: 09:00 🔥 Xalqaro imkoniyatlar, grantlar, muvaffaqiyat sari yo‘l va shaxsiy rivojlanish haqida foydali bilimlarga ega bo‘ling, ilhom oling hamda qimmatli sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyatini boy bermang! 📝Masterklassda ishtirok etish uchun quyidagi so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz. Alisherova Dilshoda: YouTube 👇SO‘ROVNOMANI OCHISH

  • 4 авг.1 529612

    видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.1 15448из piimauz

    📢 DIQQAT, E'LON! Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi. 🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi. Suhbat davomida nomzodlarning: ✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari; ✅ pedagogik mahorati; ✅ muloqot madaniyati; ✅ psixologik tayyorgarligi; ✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi. Baholash tartibi: ✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat; ✅ maksimal ball — 100; ✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin. Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi. ⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi. Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi. ✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 29 июл.1 3827321

    #IbratMaktabi #ElYurtUmidi #UniversityOfSydney #UniversityOfSheffield #StudyAbroad #ProudAlumni 🎉 Yana bir ulkan yutuq! Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari xalqaro maydonda yana bir katta muvaffaqiyatga erishishdi! 🏆 "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiyasi sovrindorlari: 🇦🇺 Vaxobjonov Ismoil — University of Sydney (Avstraliya) universitetida tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritdi. 🇬🇧 Saminjonova Feruza — University of Sheffield (Buyuk Britaniya) universitetida ta'lim oladigan bo'ldi. Ushbu yutuq ustozlarimizning yillar davomida qilgan mehnati, qat'iyati va o'quvchilarimizning bilimga bo'lgan intilishining yorqin natijasidir. Biz bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularga kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shishlarini tilab qolamiz. 👏 Samimiy tabriklaymiz va omad doimo hamrohingiz bo'lishini tilaymiz! Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

  • 28 июл.1 21836из mudofaavazirligi

    🔉 ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥🧡🧡🧡❤️❤️❤️ ⭐️"Vatanparvar yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" respublika ko‘rik-tanloviga start berildi! O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zolari hamda 15–18 yosh toifasidagi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. ➡️Tanlovning maqsadi: Yoshlarda Vatanga sadoqat, jasorat, fidoyilik va bunyodkorlik fazilatlarini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyati hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. ✔️ Tanlov yo‘nalishlari: 🗣 "Vatanimga bag‘ishlov" – mualliflik she’ri 🗣 "Istiqlol qahramonlari va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" – insho (2–4 bet) 🗣 "Vatan ravnaqiga mening hissam" – maxsus nominatsiya 📅 Ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi: 💻 Tanlovga topshiriladigan hujjatlar: 🗃Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 🗃 Bog‘lanish uchun telefon raqami va o‘qish/yashash manzili; 🗃 Tanlangan yo‘nalish ko‘rsatilgan ariza; 🗃 Ijodiy ish (PDF yoki Word formatida); 🗃 100–150 so‘zdan iborat annotatsiya. ✍️ Hujjatlar rasmiy elektron pochta manzili👨‍💻 vatantayanchi@gmail.com hamda 🛫 @vatan_tayanchi_tanlov telegram orqali qabul qilinadi. 🏆 Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha 1 nafardan g‘olib ishtirokchi aniqlanadi. Shuningdek, ijodiy yondashuvini namoyon qilgan eng yaxshi ijodiy ish egalari 2 ta rag‘batlantiruvchi nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi. 🎁 G‘oliblar Mustaqillik bayrami arafasida diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 🔗 Ko‘rik tanlov Nizomi 👈 😎 Aziz "Vatan tayanchi" harakati a’zolari! Ijodingiz, bilim va iste’dodingizni namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok eting va Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safidan munosib o‘rin egallang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  • 27 июл.878511из piimauz

    #imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 23 июл.1 469325из Ezozagafurjanovna

    Tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin, hurmatli Prezident! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

  • 23 июл.1 2623335из piimauz

    #imtihon_natijalari_2026 🖌 IJOD MAKTABLARINING KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🖱️ https://my.gov.uz/uz/service/1095 🖱️ https://ariza.piima.uz Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

  • 20 июл.1 795365

    #IbratIjodMaktabi #JUKU #DeutschBeruf #Germany #InternationalEducation 🇩🇪✈️ Yana bir xalqaro yutuq! Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Abduqodirova Parizoda JUKU tashkilotining "Deutsch+Beruf" dasturi doirasida Germaniyaga jo‘nab ketdi. 🇩🇪 "Deutsch+Beruf" — bu nemis tilini amaliy muhitda o‘rganish, Germaniya madaniyati bilan yaqindan tanishish hamda turli kasblar va ta'lim yo‘nalishlari haqida amaliy tasavvur hosil qilishga qaratilgan xalqaro dasturdir. Dastur ishtirokchilarga til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga xalqaro tajriba orttirish va dunyoqarashini kengaytirish imkonini beradi. Parizodaga ushbu nufuzli dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashini, unutilmas taassurotlar, samimiy do‘stlar hamda yorqin yutuqlar bilan Vatanga qaytishini tilaymiz. Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari bardavom bo‘lsin! 🌍✨ Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram

  • 18 июл.1 584из Fan_olimpiadalari_M

    #IChO_2026 #Fotoreportaj ⚡️IChO 2026: Apellyatsiya jarayoni rasman yakunlandi! 📚 Xalqaro kimyo olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan 2 turdagi sinovlaridan so‘ng apellyatsiya jarayoni tashkil etildi. Batafsil videolavhada. Bizni kuzatib boring: ✈️ Telegram 📷 Instagram 🔵 Facebook ▶️ YouTube 🌐Linkedin

  • видео или голосовое, без подписи

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa — tgindex