JIDU Yoshlar ittifoqi
СтатистикаWelcome to the official channel of the UWED Youth Union! ➡️To listen to students @UWEDanonim1bot • 🔈 The latest news about students' lives; • 🗓 Event schedules; • 💡 Helpful tips and recommendations; • ℹ️ Information about students' organizations.
- Последний пост
- 11:16
- Последнее чтение
- 23:46
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 134
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- Категория
- Новости и СМИ
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 806
- 1/48двое суток
- 2 069
- 1/72трое суток
- 2 232
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🟦🟦🟦 🟦🟦 ⚡️1-KURS TALABALARI UCHUN: TTJGA ARIZA TOPSHIRISH BOSHLANDI! ❗️JIDUning 1-kurs talabalari uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha ariza topshirish boshlandi. 🗣Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. TTJga joylashishni istagan talabalar belgilangan tartibda elektron ariza yuborishlari mumkin. ⏺Ariza topshirishdan oldin barcha ma’lumotlarni diqqat bilan o‘qib chiqish va belgilangan muddatlarga amal qilishni unutmang. 💬💬💬💬 ⚡️ДЛЯ ПЕРВОКУРСНИКОВ: НАЧАЛСЯ ПРИЁМ ЗАЯВЛЕНИЙ В СТУДЕНЧЕСКОЕ ОБЩЕЖИТИЕ! ❗️Для первокурсников УМЭД начался приём заявлений на размещение в студенческом общежитии. 🗣Заявления принимаются онлайн через портал my.gov.uz. Студенты, желающие проживать в общежитии, могут подать электронное заявление в установленном порядке. ⏺Перед подачей заявления внимательно ознакомьтесь со всей информацией и не забудьте соблюдать установленные сроки. 💬💬💬💬 ⚡️FOR FIRST-YEAR STUDENTS: APPLICATIONS FOR STUDENT DORMITORY ACCOMMODATION ARE NOW OPEN! ❗️Applications for student dormitory accommodation are now open for first-year students of UWED. 🗣Applications are accepted online through the my.gov.uz portal. Students who wish to stay in the dormitory can submit an electronic application in accordance with the established procedure. ⏺Before submitting your application, carefully review all the information and make sure to meet the specified deadlines. 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
🏠JIDU TALABALARI UCHUN VOLONTYORLAR QABULI ⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun ijara xonadon topishda ko‘maklashish maqsadida volontyorlar jamoasiga qabul e’lon qilinadi. 📌Volontyorlarning asosiy vazifalari: ☑️Toshkent shahri bo‘ylab mavjud bo‘sh ijara xonadonlari haqidagi ma’lumotlarni talabalarga yetkazish; ☑️Kvartira izlab kelgan talabalarga mavjud variantlarni ko‘rsatish; ☑️Ijara xonadonini tanlash bo‘yicha zarur maslahat va yo‘nalish berish. 📅Volontyorlik muddati: 18-avgustdan 15-sentyabrgacha ⏰Boshlanish vaqti: 18-avgust, soat 09:00 👥Qabul qilinadigan volontyorlar soni: 15 nafar ❗️Talab: haftasiga kamida 2 kun volontyorlik faoliyatida ishtirok eta olish. 🎓Volontyorlik faoliyatida ishtirok etgan barcha volontyorlar sertifikat bilan taqdirlanadi. Shuningdek, faol va tashabbuskor volontyorlar rag‘batlantiriladi. ✉️Murojaat uchun: @aabdulhakimov @mnbyva 💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |✅Instagram |🎰LinkedIn
🟦🟦🟦 ⚡️JIDU TALABASI BILISHI KERAK BO‘LGAN 10 TA XALQARO TASHKILOT Xalqaro munosabatlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va xalqaro huquq yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun xalqaro tashkilotlarning faoliyati va vakolatlarini tushunish muhim. Xalqaro yangiliklar, diplomatik muzokaralar, xalqaro huquqiy jarayonlar va global iqtisodiy munosabatlarda ushbu tashkilotlarning nomlariga tez-tez duch kelasiz. 🗣1. BMT (UN) ⏺Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va global muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi. 🗣2. Xalqaro sud (ICJ) ⏺Davlatlar o‘rtasidagi xalqaro huquqiy nizolarni ko‘rib chiqadi va xalqaro huquq masalalari bo‘yicha maslahat xulosalarini beradi. 🗣3. Xalqaro jinoiy sud (ICC) ⏺Genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va agressiya jinoyati kabi eng og‘ir xalqaro jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqadi. 🗣4. NATO ⏺A’zo davlatlarning siyosiy va xavfsizlik sohasidagi hamkorligini ta’minlaydi hamda kollektiv mudofaa tamoyiliga asoslanadi. 🗣5. Yevropa Ittifoqi (EU) ⏺A’zo davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va huquqiy integratsiyani rivojlantiruvchi mintaqaviy birlashma. 🗣6. Jahon savdo tashkiloti (WTO) ⏺Xalqaro savdo qoidalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, savdo muzokaralari hamda davlatlar o‘rtasidagi savdo nizolarini hal etish mexanizmlarini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. 🗣7. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF) ⏺Xalqaro valyuta va moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi hamda mamlakatlarga iqtisodiy siyosat va moliyaviy masalalarda ko‘maklashadi. 🗣8. Jahon banki (World Bank) ⏺Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, turli rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish va texnik ko‘mak ko‘rsatishga xizmat qiladi. 🗣9. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) ⏺A’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik va boshqa yo‘nalishlarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiradi. 🗣10. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ⏺Iqtisodiy siyosat, ta’lim, savdo, barqaror rivojlanish va boshqa yo‘nalishlarda tahliliy tadqiqotlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi. ❓JIDU talabasi uchun nima uchun muhim? 💬XM talabalari — xalqaro tashkilotlarning diplomatik, siyosiy va xavfsizlik sohasidagi faoliyatini; 💬XIM talabalari — xalqaro savdo, moliya va iqtisodiy hamkorlikdagi rolini; 💬XH talabalari — xalqaro tashkilotlarning huquqiy maqomi, vakolatlari va xalqaro huquqdagi o‘rnini tushunishi muhim. ⚡️Tashkilot nomini bilishning o‘zi yetarli emas. Uning maqsadi, vakolati, faoliyat sohasi va xalqaro munosabatlardagi o‘rnini tushunish JIDU talabasi uchun muhim bilimlardan biridir. #Talabalarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
📣1-KURSDAN BOSHLAB STARTAP USTIDA ISHLASHNI XOHLAYSIZMI? Universitetdagi talabalik davri — nafaqat akademik bilim olish, balki o‘z g‘oyalaringizni amaliy loyihalarga aylantirish uchun ham muhim bosqich. ✅2026-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturini amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. 📌Dastur doirasida talabalar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: ⏺Talabalar akseleratorlari joriy etiladi; ⏺xalqaro akseleratorlar va xorijiy universitetlar bilan stajirovka hamda almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi; ⏺IT Park va venchur jamg‘armalar bilan hamkorlik rivojlantiriladi; ⏺oliy ta’lim tashkilotlarida startap loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi inkubatsiya markazlari tashkil etiladi; ⏺istiqbolli talabalar startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyiha uchun 20 000 AQSH dollarigacha ekvivalentda mablag‘ investitsiya qilish imkoniyati yaratiladi. ⏺Shuningdek, 2026-yildan boshlab har yili “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tanlov g‘oliblariga 100 million so‘mgacha grant ajratilishi belgilangan. 💡1-kurs talabasi sifatida bu imkoniyatlardan foydalanish uchun hali erta deb o‘ylayapsizmi? Aksincha, startap ustida ishlashni aynan hozirdan boshlash mumkin: ✅Kundalik hayot va ta’lim jarayonidagi muammolarni kuzating; ✅ularning yechimiga qaratilgan g‘oyalarni qayd etib boring; ✅g‘oyangizning kimga va qanday foyda keltirishini aniqlang; ✅qiziqishlari o‘xshash talabalar bilan jamoa shakllantiring; ✅g‘oyani bosqichma-bosqich loyiha shakliga keltiring; ✅mavjud tanlov, akselerator va inkubatsiya dasturlarini kuzatib boring. 📌Muhimi, startapni boshlash uchun katta mablag‘ yoki tayyor kompaniya kerak emas. Eng avvalo, aniq muammo, uning innovatsion yechimi va uni amalga oshirishga tayyor jamoa kerak. ⚡️Bugun shakllantirilgan g‘oya kelajakda yirik loyihaga aylanishi mumkin. Talabalik davri esa uni sinab ko‘rish va rivojlantirish uchun eng yaxshi imkoniyatlardan biridir. Batafsil ma’lumot uchun: “Oliygohlar — startaplar generatori” dasturi haqida #Talabalarga_tavsiya #startup #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
⚡️TALABALAR IJARAGA UY TANLASHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISHI KERAK? — FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO’LING! Toshkentga o‘qish uchun kelayotgan talabalar uchun yashash joyini tanlashda nafaqat qulaylik, balki xavfsizlik va huquqiy masalalarga ham e’tibor berish muhim. Xonadon tanlashda: ⏺Uyni albatta shaxsan borib ko‘ring va uning holati hamda joylashuvini tekshiring. ⏺Uy egasining hujjatlarini ko‘rib chiqing. Xonadonni ko‘rmasdan yoki ma’lumotlarni tekshirmasdan turib oldindan pul o‘tkazmang. ⏺Ijara shartnomasini rasmiylashtiring. Ijara haqi, depozit va kommunal to‘lovlar bo‘yicha shartlarni oldindan kelishib oling. ⏺Yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish masalasini ham uy egasi bilan oldindan aniqlashtiring. ⚠️Juda arzon narx, xonadonni ko‘rsatmasdan pul talab qilish yoki hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortish kabi holatlarda ehtiyotkor bo‘ling. 🗣Shubhali vaziyatlarga duch kelsangiz, zarur hollarda profilaktika inspektoriga murojaat qiling. 💬💬💬💬 ⚡️НА ЧТО СТУДЕНТАМ СЛЕДУЕТ ОБРАТИТЬ ВНИМАНИЕ ПРИ ВЫБОРЕ АРЕНДОВАННОГО ЖИЛЬЯ? — ОСТЕРЕГАЙТЕСЬ МОШЕННИКОВ! Если вы приезжаете в Ташкент на учёбу и ищете жильё в аренду, не спешите с выбором. Помимо удобства проживания, важно обратить внимание на безопасность и юридические аспекты аренды. При выборе жилья обратите внимание на следующее: ⏺Обязательно осмотрите жильё лично и проверьте его состояние и местоположение. ⏺Проверьте документы владельца. Не переводите деньги заранее, не осмотрев жильё и не проверив предоставленную информацию. ⏺Оформите договор аренды. Заранее уточните условия оплаты аренды, депозита и коммунальных услуг. ⏺Заранее уточните с владельцем вопрос временной регистрации по месту проживания. ⚠️Будьте особенно осторожны, если жильё предлагается по подозрительно низкой цене, от вас требуют оплату до просмотра квартиры или отказываются предоставить необходимые документы. 🗣При возникновении подозрительных ситуаций при необходимости обратитесь к инспектору профилактики. 💬💬💬💬 ⚡️WHAT SHOULD STUDENTS CONSIDER WHEN CHOOSING RENTAL ACCOMMODATION? — BEWARE OF SCAMS! If you are coming to Tashkent for your studies and looking for rental accommodation, do not rush into a decision. Along with convenience, it is important to consider the safety and legal aspects of renting a property.When choosing accommodation, pay attention to the following: ⏺Visit the property in person and check its condition and location. ⏺Check the landlord’s documents. Do not make any advance payments without viewing the property and verifying the information provided. ⏺Formalize a rental agreement. Clarify the terms regarding rent, deposit and utility payments in advance. ⏺Discuss the matter of temporary registration at the place of residence with the landlord beforehand. ⚠️Be especially cautious if the property is offered at a suspiciously low price, you are asked to pay before viewing it, or the landlord refuses to provide the necessary documents. 🗣If you encounter any suspicious circumstances, contact the local prevention inspector when necessary. #Talabalarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
📢JIDU QABUL KOMISSIYASI FAOLIYATIGA VOLONTYORLAR JALB ETILADI Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Qabul komissiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida talabalar orasidan volontyorlar jalb etilmoqda. 📌Volontyorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: ⏺mas’uliyatlilik va intizom; ⏺muloqot qilish ko‘nikmasi; ⏺jamoa bilan ishlay olish; ⏺topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish; ⏺qabul jarayonida belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish. ✅Volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi hamda o‘z faolligi uchun munosib rag‘batlantiriladi. 💡Mazkur volontyorlik faoliyati talabaning ijtimoiy faolligi sifatida e’tirof etilib, universitetdagi faol ishtirokini namoyon etishga xizmat qiladi. ⬇️Ro’yxatdan o’tish uchun: @makhamasaliyev @irodalr 💬💬💬💬 📢ВОЛОНТЁРЫ ПРИГЛАШАЮТСЯ К УЧАСТИЮ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРИЁМНОЙ КОМИССИИ УМЭД В целях содействия эффективной организации приёмной кампании Университета мировой экономики и дипломатии на 2026/2027 учебный год среди студентов проводится набор волонтёров. 📌Основные требования к волонтёрам: ⏺ответственность и дисциплинированность; ⏺навыки коммуникации; ⏺умение работать в команде; ⏺своевременное и качественное выполнение поручений; ⏺соблюдение установленных правил и порядка в ходе приёмной кампании ✅Студенты, активно участвующие в волонтёрской деятельности, будут награждены сертификатами и получат соответствующее поощрение за свою активность. 💡Данная волонтёрская деятельность признаётся формой социальной активности студента и позволяет продемонстрировать его активное участие в жизни университета. ⬇️Для участия: @makhamasaliyev @irodalr 💬💬💬💬 📢VOLUNTEERS ARE INVITED TO JOIN THE UWED ADMISSIONS COMMITTEE Students are invited to volunteer in supporting the effective organization of the 2026/2027 admission process at the University of World Economy and Diplomacy. 📌Main requirements for volunteers: ⏺responsibility and discipline; ⏺good communication skills; ⏺ability to work in a team; ⏺timely and quality completion of assigned tasks; ⏺compliance with established rules and procedures during the admission process. ✅Students who actively participate in volunteer activities will receive certificates and be appropriately recognized for their active involvement. 💡This volunteer activity is recognized as a form of students’ social engagement and demonstrates their active participation in university life. ⬇️To participate: @makhamasaliyev @irodalr 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
⚡️1-KURSDAN DAVLAT STIPENDIYALARIGA TAYYORLANISH MUMKINMI? Ha! Davlat stipendiyalariga tanlovda ishtirok etish hali oldinda bo‘lsa-da, unga kerak bo‘ladigan akademik va ilmiy natijalarni shakllantirishni 1-kursdan boshlash mumkin. ❓Qachondan boshlab ishtirok etish mumkin? ⏺Prezident davlat stipendiyasi — bakalavriatning bitiruvchi kurs talabalariga; ⏺Nomli davlat stipendiyalari — bakalavriatning oxirgi ikki kursi talabalariga mo‘ljallangan. Shu sababli 1-kurs — stipendiyaga topshirish vaqti emas, balki kelajakdagi tanlov uchun akademik va ilmiy portfolio yig‘ishni boshlash davri. ❓1-kursdan nimalarga e’tibor berish kerak? ⏺fanlarni yuqori natijalar bilan o‘zlashtirish va GPAni nazorat qilish; ⏺ilmiy maqola, tezis va tadqiqot ishlarida qatnashish; ⏺ilmiy konferensiyalar va tanlovlarda ishtirok etish; ⏺fan olimpiadalari va intellektual tanlovlarda o‘zini sinab ko‘rish; ⏺universitet va talabalar tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda faol bo‘lish; ⏺xalqaro forum, konferensiya va boshqa akademik tadbirlarda ishtirok etish; ⏺diplom, sertifikat, maqola, konferensiya va boshqa yutuqlarni muntazam saqlab borish. 🗣JIDUda tahsil olayotgan talabalar uchun, avvalo, Prezident davlat stipendiyasi va ta’lim yo‘nalishiga mos keladigan nomli davlat stipendiyalari imkoniyatlarini kuzatib borish muhim. ❗Bunda har bir stipendiyaning o‘z talablari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari mavjud. Shuning uchun tanlovda ishtirok etishdan oldin amaldagi nizom va talablarni tekshirish muhim. Stipendiya tanlovida akademik natijalar bilan bir qatorda talabgorning ilmiy va boshqa yutuqlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun 1-kursdan: ⏺GPA va baholaringizni nazorat qiling; ⏺ilmiy faoliyatni boshlang; ⏺konferensiya va tanlovlarda qatnashing; ⏺sertifikat va diplomlaringizni saqlang; ⏺amalga oshirgan loyihalaringizni qayd qilib boring ❗️Eng muhimi — barcha yutuqlaringizni oxirgi kursga kelib yig‘ishga urinmang. Kuchli portfolio bir necha yil davomida shakllanadi. ⚡️1-kursda qilgan kichik qadamingiz kelajakda katta akademik imkoniyatga aylanishi mumkin. #Abituriyentlarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
📣IJARADA YASHAYDIGAN TALABALAR DIQQATIGA! Talabalar turar joyidan joy ololmagan va ijara asosida yashayotgan talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish imkoniyati mavjud. 📌Ushbu imkoniyatdan kimlar foydalanishi mumkin? ⏺davlat OTMlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan; ⏺davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan; ⏺talabalar turar joyi bilan ta’minlanmagan; ⏺o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakili)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara asosida yashayotgan talabalar uchun nazarda tutilgan. 🗣Muhim: ushbu tartib bo‘yicha davlat budjetidan to‘lov davlat OTMlarida kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan talabalarning 60 foizigacha qamrab oladi. 📥Qancha miqdorda qoplab beriladi? 🟢Toshkent shahrida — BHMning 1 baravarigacha; 🟢Boshqa hududlarda — BHMning 0,5 baravarigacha. 🔍Qanday murojaat qilinadi? ⏺my.gov.uz shaxsiy kabinetingizga kiring; ⏺“Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang; ⏺So‘rovnomani to‘ldirib, arizani yuboring. ⏰Arizalar har oyning 7-sanasigacha topshiriladi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. 🔍To‘lov qanday amalga oshiriladi? Arizasi ijobiy hal qilingan talabaga ijara to‘lovining bir qismi ariza berilgan sanadan boshlab qoplab beriladi. Mablag‘lar talabaning plastik kartasiga har oyning 15-sanasiga qadar o‘tkaziladi. 🔍Qaysi holatlarda rad etilishi mumkin? Ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, talaba shartnomada ko‘rsatilgan manzilda yashamasa, ijaradagi uy ota-onasiga tegishli bo‘lsa yoki hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlansa, kompensatsiya berish rad etilishi mumkin. 💡Universitetning ilk kunlaridanoq o‘zingiz uchun mavjud bo‘lgan ijtimoiy imkoniyatlar va ularning tartibini bilib qo‘yish muhim. 📌Ijarada yashayotgan bo‘lsangiz, hujjatlaringizni oldindan tayyorlab, murojaat qilish muddatlarini o‘tkazib yubormang! #Abituriyentlarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
🎓1-KURS TALABALARI BILIB QO‘YING! ❓Akademik ta’til nima va uni qaysi holatlarda olish mumkin? Talabaning o‘qishini ma’lum muddatga vaqtincha to‘xtatib turishi akademik ta’til deb ataladi. Akademik ta’til o‘qishdan chetlatilish hisoblanmaydi va tegishli holatlar mavjud bo‘lganda rasmiy tartibda beriladi. 📌Akademik ta’til quyidagi holatlarda berilishi mumkin: ⏺muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun; ⏺salomatligini tiklash uchun; ⏺homiladorlik va tug‘ish uchun; ⏺bolalarni parvarish qilish uchun; ⏺oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun. 📝Akademik ta’til olish uchun talaba tegishli asoslarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan universitet rahbariyatiga murojaat qiladi. Ariza belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgach, akademik ta’til berish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. ⏳Akademik ta’tilning davomiyligi uning berilish sababiga qarab belgilanadi. Shu sababli har bir holatda ta’til muddati va o‘qishga qaytish tartibiga alohida e’tibor berish lozim. 🔄Akademik ta’til muddati tugagach, talaba belgilangan tartibda o‘qishni davom ettirish uchun universitetga qaytadi. Ya’ni akademik ta’til talabaning talabalik maqomini bekor qilmaydi. ❗️Muhim: akademik ta’til davrida talaba uchun stipendiya to‘lanmaydi. ❗️Akademik ta’til olishni rejalashtirayotgan talabalar tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishi va universitetda belgilangan tartib bilan tanishib chiqishi muhim. 💡O‘z huquq va imkoniyatlaringizni bilish — universitet hayotida muhim qadamlardan biridir. Zarur holatda qayerga va qanday tartibda murojaat qilishni oldindan bilib qo‘yish esa ortiqcha muammolarning oldini oladi. 📌Saqlab qo‘ying — ushbu ma’lumot talabalik davrida sizga yoki yaqinlaringizga kerak bo‘lishi mumkin! #Abituriyentlarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
📢SIZNING FIKRINGIZ — BIZ UCHUN MUHIM! Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasining barcha a’zolari! ❓Sizda universitet faoliyati, ta’lim jarayoni, mavjud muammolar yoki boshqa masalalar yuzasidan taklif, murojaat yoki shikoyat bormi? ➡️Endi o‘z fikr va murojaatlaringizni anonim tarzda yuborishingiz mumkin. 💬Kelib tushgan murojaatlar tegishli mas’ul idoralar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va zarur hollarda muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. ✅Sizning har bir fikringiz — muammolarni aniqlash, ularni hal etish va universitet muhitini yanada yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam. Murojaat qiling. Fikringiz e’tiborda! ⬇️Anonim murojaat yuborish: @diplomatuz_bot 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
⛈1-KURS TALABALARI UCHUN FOYDALI: BILIB QO‘YING! Universitetga qadam qo‘yganingizda ko‘plab yangi atamalar va jarayonlarga duch kelasiz. Quyidagi ma’lumotlar esa talabalik hayotini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. ❓1. GPA nima? 🗣GPA — Grade Point Average, ya’ni talabaning o‘qish davridagi o‘rtacha akademik ko‘rsatkichini ifodalovchi tizim. Ko‘plab universitet va xalqaro dasturlarda GPA akademik natijani baholash mezonlaridan biri sifatida qo‘llanadi. ❓2. Kredit nima? 🗣Kredit — talabaning ma’lum bir fan bo‘yicha o‘quv yuklamasini ifodalovchi birlik. Fanlar turli miqdordagi kreditlarga ega bo‘lishi mumkin. ❓3. Syllabus nima? 🗣Syllabus — fan bo‘yicha semestr davomida o‘tiladigan mavzular, topshiriqlar, baholash mezonlari va boshqa muhim ma’lumotlar keltirilgan hujjat. ❓4. Academic transcript nima? 🗣Academic transcript — talabaning o‘qigan fanlari, olgan baholari va kreditlari ko‘rsatiladigan rasmiy akademik hujjat. U ayrim grant, exchange va boshqa dasturlarga ariza topshirishda talab qilinishi mumkin. ❓5. Plagiat nima? 🗣Plagiat — boshqa shaxsning g‘oyasi, matni yoki ishidan tegishli manbani ko‘rsatmasdan foydalanish. Akademik muhitda plagiat jiddiy akademik halollik buzilishi hisoblanadi. ❓6. Citation nima uchun kerak? 🗣Citation — foydalanilgan manbaga havola berish usuli. Ilmiy ishda boshqa muallifning fikri yoki ma’lumotidan foydalanganda manbani ko‘rsatish akademik yozuvning muhim qismidir. ❓7. DOI nima? 🗣DOI — Digital Object Identifier. Ilmiy maqola yoki boshqa raqamli ilmiy materialga beriladigan doimiy identifikator bo‘lib, kerakli ilmiy manbani topishni osonlashtiradi. ❓8. Peer-reviewed maqola nima? 🗣Peer review — ilmiy ishning shu sohadagi boshqa mutaxassislar tomonidan baholanish jarayoni. Peer-reviewed maqolalar ilmiy tadqiqotlarda muhim manbalardan biri hisoblanadi. ❓9. Plagiarism checker nima? 🗣Bu matndagi boshqa manbalar bilan o‘xshashliklarni aniqlashga yordam beradigan dastur yoki tizim. Bunday vositalar akademik ishlarni tekshirish jarayonida qo‘llanadi. ❓10. Erasmus+ nima? 🗣Erasmus+ — Yevropa Ittifoqining ta’lim, yoshlar va sport sohalaridagi dasturi. U talabalar uchun xalqaro akademik mobillik va boshqa ta’lim imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi. Universitetdagi atamalarni erta tushunib olish — akademik jarayonlarga tezroq moslashish va mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga yordam beradi. 📌Saqlab qo‘ying — bu atamalar sizga universitet davomida ko‘p marta uchrashi mumkin! #Abituriyentlarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
🇺🇿JIDUning faol va tashabbuskor yoshlari, siz uchun ajoyib imkoniyat! ✅O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi. Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasida yurtimiz rivojiga xizmat qiladigan g‘oya va tashabbuslaringizni taqdim etishingiz mumkin. ⏺Ta’lim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yo‘nalishlardagi tashabbuslar qabul qilinadi. 📌Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz 📥Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustga qadar qabul qilinadi. ✏️Sizning g‘oyangiz — katta o‘zgarishlar sari tashlangan muhim qadam! 💬💬💬💬 🇺🇿Активные и инициативные студенты УМЭД, эта возможность для вас! ✅В честь 35-летия независимости Республики Узбекистан стартовал общенациональный проект «35 000 инициатив». В рамках проекта, запущенного Офисом поддержки инновационных инициатив молодёжи, вы можете представить свои идеи и инициативы, направленные на развитие нашей страны. ⏺Принимаются инициативы в сфере образования, науки, технологий, экологии, предпринимательства, культуры и других направлениях. 📌Отправить свою инициативу: tashabbus.yito.uz 📥Инициативы принимаются с 1 по 31 августа. ✏️Ваша идея может стать важным шагом к большим изменениям! 💬💬💬💬 🇺🇿Active and initiative-driven UWED students, this opportunity is for you! ✅The nationwide “35,000 Initiatives” project has been launched in celebration of the 35th anniversary of the Independence of the Republic of Uzbekistan. As part of the project launched by the Office for Supporting Youth Innovation Initiatives, you can submit your ideas and initiatives aimed at contributing to the development of our country. ⏺Initiatives in education, science, technology, ecology, entrepreneurship, culture, and other fields are welcome. 📌Submit your initiative: tashabbus.yito.uz 📥Initiatives are accepted from August 1 to August 31. ✏️Your idea can become an important step towards meaningful change! 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
🎓Talabalik — yangi bilim va tajriba orttirish bilan birga, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun ham katta imkoniyatdir. JIDU Yoshlar Ittifoqi talabalarning tashabbuslarini keng jamoatchilikka tanishtirish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida yangi loyihalarni e’tiboringizga havola etib boradi. ➡️ Lotus with Swan — zamonaviy bijuteriya, soch aksessuarlari, kanselyariya mahsulotlari hamda sovg‘a buyumlarini taklif qiluvchi talaba loyihalaridan biri. 📌Nafis dizayn, hamyonbop narxlar va turli xil mahsulotlar — Lotus with Swanning asosiy yo‘nalishlari. ✅Mahsulotlarni yetkazib berish muddati: 10–15 kun. 🔗Buyurtma va batafsil ma’lumot uchun: @Lotus_with_swan 💡Yangi g‘oyalar — yangi imkoniyatlar sari ilk qadam. JIDU Yoshlar Ittifoqi talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi. 💬💬💬💬 🎓Студенческие годы — это не только время для получения новых знаний и опыта, но и отличная возможность реализовать собственные идеи. Союз молодёжи УМЭД представляет новые проекты студентов, знакомя с ними широкую аудиторию и содействуя их развитию. ➡️ Lotus with Swan — один из студенческих проектов, предлагающий современную бижутерию, аксессуары для волос, канцелярские товары и подарки. 📌Изящный дизайн, доступные цены и разнообразие продукции — основные направления Lotus with Swan. ✅Срок доставки: 10–15 дней. 🔗Для заказа и получения дополнительной информации: @Lotus_with_swan 💡Новые идеи — первый шаг к новым возможностям. Союз молодёжи УМЭД поддерживает подобные перспективные предпринимательские проекты, реализуемые студентами. 💬💬💬💬 🎓Student life is not only a time to gain new knowledge and experience, but also a great opportunity to turn your ideas into reality. UWED Youth Union presents new student-led projects, introducing them to a wider audience and contributing to their development. ➡️ Lotus with Swan is one of the student-led projects offering modern costume jewelry, hair accessories, stationery, and gift items. 📌Elegant designs, affordable prices, and a variety of products are the main features of Lotus with Swan. ✅Delivery period: 10–15 days. 🔗For orders and further information: @Lotus_with_swan 💡New ideas — the first step towards new opportunities. UWED Youth Union supports promising entrepreneurial projects initiated and developed by students. #Tadbirkorlik #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
⚡️1-KURS TALABALARI UCHUN FOYDALI MA’LUMOTLAR Universitetdagi ilk yilingiz — yangi muhitga moslashish bilan birga, kelajakdagi akademik va professional faoliyatingiz uchun mustahkam poydevor yaratish imkoniyatidir. 🗣1. Akademik natijalaringizga e’tibor bering. ⏺GPA ko‘rsatkichi, fanlardan o‘zlashtirish va akademik faollik kelajakdagi ko‘plab imkoniyatlar uchun muhim. Shu sababli o‘qishni birinchi kursdanoq jiddiy yo‘lga qo‘yish foydali. 🗣 2. Universitetdagi imkoniyatlardan foydalaning. ⏺JIDUda tashkil etiladigan konferensiyalar, seminarlar, tanlovlar, loyihalar va turli tadbirlarda faol ishtirok etishga harakat qiling. Bu orqali yangi bilim va tajriba orttirishingiz mumkin. 🗣3. Xorijiy tillarni rivojlantiring. ⏺Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida xorijiy tillarni bilish muhim ko‘nikmalardan biridir. Ingliz tilidan tashqari boshqa xorijiy tillarni o‘rganish ham kelajakdagi akademik va professional imkoniyatlaringizni kengaytirishi mumkin. 🗣4. Volontyorlik va jamoat faoliyatida ishtirok eting. ⏺Volontyorlik yangi tajriba orttirish, jamoada ishlash, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va yangi tanishlar orttirish uchun yaxshi imkoniyatdir. 🗣5. Xalqaro imkoniyatlarni kuzatib boring. ⏺Exchange dasturlari, xalqaro konferensiyalar, forumlar, yozgi maktablar, grant va scholarship dasturlari haqida muntazam ma’lumot izlab boring. Ko‘plab imkoniyatlarga tayyorgarlikni aynan 1-kursdan boshlash mumkin. 🗣6. Shaxsiy portfoliongizni shakllantiring. ⏺Sertifikatlar, konferensiyalar, treninglar, volontyorlik faoliyati, tanlovlar va loyihalardagi ishtirokingizni saqlab boring. Keyinchalik scholarship, grant, internship yoki exchange dasturlariga ariza topshirishda bu ma’lumotlar sizga asqotadi. 🗣7. Rasmiy manbalarni kuzatib boring. ⏺Universitetning rasmiy sahifalari, fakultet va talabalar tashkilotlari kanallari hamda tegishli davlat tashkilotlarining rasmiy sahifalarini muntazam kuzatib boring. Muhim e’lon va imkoniyatlarni o‘z vaqtida bilib olish shundan boshlanadi. ⚡️1-kurs — shunchaki universitetga moslashish davri emas. Bu kelajakdagi imkoniyatlaringiz uchun poydevor yaratadigan davrdir. #Abituriyentlarga_tavsiya #JIDU #Yoshlarittifoqi 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
📣Hurmatli abituriyentlar! ✅Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun bugun so‘nggi kun. Tanlov jarayoni soat 23:59 da yakunlanadi. 🗣Abituriyentlardan bugun soat 23:59 ga qadar: ⏺ta’lim yo‘nalishlari; ⏺oliy ta’lim muassasalari; ⏺ta’lim shakllari; ⏺tanlov ustuvorliklarini tanlash so‘raladi. 💡Shuningdek, abituriyentlar “Kengaytirilgan qidiruv” orqali o‘zlarining to‘liq ro‘yxatdagi o‘rni va boshqa tegishli ma’lumotlarni ko‘rishlari mumkin. 🔍Tanlovning 2-bosqichini amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma bilan ham tanishishingiz mumkin. 📌Eslatma: Tanlovni belgilangan muddat — bugun soat 23:59 gacha yakunlashni unutmang. 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
🎓Maqsadli qabul bo‘yicha nimalarni bilish kerak? 2026/2027-o‘quv yili uchun maqsadli qabul tartibi bo‘yicha abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz. ❓Maqsadli qabul nima? ⏺Ayrim sohalarda oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun maktab ta’limi va sog‘liqni saqlash sohalariga tumanlar kesimida, san’at sohasiga esa teatrlar kesimida maqsadli kvotalar ajratilgan 📌Maqsadli kvota bo‘yicha tanlovda faqat tegishli hududda doimiy yashaydigan va doimiy ro‘yxatda turgan abituriyentlar ishtirok etishi mumkin. 🎓Maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentga davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. ❗️Bunda bitiruvchiga tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi. ❓Maqsadli qabul qanday amalga oshiriladi? ⏺Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent ham maqsadli, ham umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Avvalo maqsadli kvota bo‘yicha tanlov amalga oshiriladi. Agar abituriyentning bali maqsadli kvotaga yetarli bo‘lmasa, u umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. Agar abituriyent maqsadli kvota asosida talabalikka tavsiya etilsa, umumiy kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmaydi. ❓Maqsadli qabulda ishtirok etish uchun qaysi tanlov ustuvorligini belgilash kerak? ⏺Maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun tanlov ustuvorligining ahamiyati yo‘q. Abituriyent “Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorligini tanlagan bo‘lsa ham, maqsadli qabul bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin. ❓5 ta ta’lim yo‘nalishining barchasini maqsadli qabul asosida tanlash mumkinmi? ⏺Ha. Agar abituriyentning doimiy yashash hududi uchun tegishli yo‘nalishlarga maqsadli kvota ajratilgan bo‘lsa, 5 ta ta’lim yo‘nalishining barchasini maqsadli kvota asosida tanlash mumkin. 📌Eslatma: Har bir tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha avval maqsadli, so‘ngra umumiy kvota doirasida tanlov amalga oshiriladi. 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
⚡️Birinchi kurs talabalarini Talabalar turar joyiga joylashtirish jarayoni qanday amalga oshiriladi? JIDUning yangi talabalari uchun Talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etamiz. 🗣1-kurs talabalari TTJga joylashish uchun arizalarni mandat natijalari e’lon qilingandan so‘ng topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ⏺Arizalar my.gov.uz portali orqali elektron shaklda yuboriladi; ⏺“Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlash; ⏺Kerakli ma’lumotlarni kiritib, arizani yuborish lozim. ✅Arizalar belgilangan tartib asosida ko‘rib chiqiladi. Talabalarni TTJga joylashtirishda ijtimoiy holati va belgilangan imtiyozlari ham inobatga olinadi. ❓Kimlarga imtiyoz beriladi? ⏺yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; ⏺I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; ⏺Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari; ⏺“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari; ⏺boshqa qonunchilikda belgilangan ijtimoiy toifadagi talabalar kiradi. ❓Imtiyoz nima beradi? Imtiyozga ega talabalar TTJga joylashtirish jarayonida ustuvorlikka ega bo‘ladi, ya’ni ularning arizalari navbat shakllantirilishida alohida tartibda ko‘rib chiqiladi. ❗️Eslatma: TTJga joylashish uchun arizalarni belgilangan muddatlarda yuborish va arizada kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga e’tibor berish lozim. 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
❗️Qabul muddati uzaytirildi! 🇺🇿President AI Award — Sun’iy intellekt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining startaplar tanlovi. Sun’iy intellekt yo‘nalishida innovatsion loyihangiz bo‘lsa, ushbu tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 👥Ishtirokchilar uchun talablar: ⏺O‘zbekiston fuqarolari va doimiy rezidentlari; ⏺3–8 kishidan iborat multidissiplinar jamoa; ⏺Loyiha sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. 💡Tanlov imkoniyatlari: ✅Ishtirok etish bepul; ✅15 ta g‘olib jamoa uchun investitsiya fondi ajratiladi; ✅1-o‘rin — $100 000; ✅2-o‘rin — $60 000; ✅3-o‘rin — $40 000 miqdorida investitsiya. 📌Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — sun’iy intellekt asosidagi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish. ❗️Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. 🔗Batafsil ma’lumot: grantgo.uz/go/fphooq 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn
🎓 Dunyoning nufuzli universitetlarida o’qishni rejalashtiryapsizmi? North Star Education & Consulting sizga hujjat topshirishdan tortib viza jarayonigacha professional yordam ko’rsatadi. ✅ Top 100 va Top 300 universitetlar ✅ 30+ davlat ✅ Individual konsultatsiya ✅ Birinchi konsultatsiya — bepul 📩Bog’lanish uchun: 📱 @northstaredu 🔗Batafsil: northstar 💬💬💬💬 🌎Yangiliklarni kuzatib boring: 🚀Telegram |🔸Instagram |🎰LinkedIn