tgindex
UWED Official | JIDU rasmiy

UWED Official | JIDU rasmiy

Статистика
@uwed_officialВидеоанглийский

JIDUning rasmiy kanali | Официальный канал УМЭД. Instagram: https://instagram.com/uwed_official Facebook: https://www.facebook.com/uwed.uzb 🎬YouTube: https://www.youtube.com/c/UWEDOfficial 🌍 https://uwed.uz ✉️ press-service@uwed.uz

Последний пост
14:00
Последнее чтение
07:09
Постов за неделю
15
Всего постов
97
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
16 744
+1 149 за 5 дн.
Сутки
+293
+1,78%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
8 607
40 постов
Вовлечённость
51,4%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 97
Упоминаний
77
каналов
Охват размещения
по 4 постам
1/24сутки в ленте
4 515
1/48двое суток
5 489
1/72трое суток
5 920

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 14:005 193157196

    🟦🟦🟦  #Talabaga_qulaylik #Qabul_2026 ⚡️Joriy yilning 17-avgust kunidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida  A bino 114-xonada Qabul komissiyasiga hujjatlarni topshirish jarayoni boshlandi! ❗️Talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida A bino 111-xonada  hujjatlardan nusxa olish, 3x4 rasmga tushish va hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq boshqa turdagi xizmatlar tashkil etilgan. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 11:555 712434

    без подписи

  • UWED Official | JIDU rasmiy pinned a photo

  • 15 авг.14,3 тыс2422 605

    ⚡️Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga! Quyidagi nomi keltirilgan hujjatlarni joriy yilning 17-avgust kunidan boshlab, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti A bino 114-xonada Qabul komissiyasiga topshirishingiz so‘raladi: 1.     Rektor nomiga ariza; 2.     Pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3.     Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli (agar bo‘lsa); 4.      3 x4 foto 8 ta; 5.      Hujjatlar yig'ma jildi; 6.      Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 7.      Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning asli; 8.      Bilim va malakalarni baholash agentligi ruxsatnomasi va javoblar varaqasi; 9.     Harbiy guvohnoma nusxasi (agar mavjud bo‘lsa). ❗️Eslatib o‘tamiz, tashkiliy jarayonlar bilan bog‘liq barcha ishonchli ma’lumotlar bilan universitetning rasmiy sahifalari orqali tanishishingiz mumkin. 📞Murojaat uchun telefonlar: +998 (71) 268-35-40 +998 (71) 267-08-16 +998 (71) 267-08-52 📬 Murojaat uchun e-pochta: admission@uwed.uz 🔝 Qabul komissiyasi telegram manzili: @UWED_admission2026 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 15 авг.6 81511556

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 14 авг.9 0838085

    ⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari! JIDUning xalqaro akademik hamkorligi doirasida 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy akademik almashinuv dasturlariga arizalar qabuli boshlandi! 🇯🇵 Hitotsubashi University (Yaponiya) 🔗Batafsil ma’lumot: https://t.me/uwedinternationaloffice/459 🇯🇵 Waseda University (Yaponiya) 🔗Batafsil ma’lumot: https://t.me/uwedinternationaloffice/461 🇰🇷 Hankuk University of Foreign Studies – HUFS (Koreya Respublikasi) 🔗 Batafsil ma’lumot: https://t.me/uwedinternationaloffice/462 ❗️Har bir universitet bo‘yicha talablar, ariza topshirish muddati va kerakli hujjatlar bilan yuqoridagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin. Xorijda bir semestr tahsil olish, yangi akademik muhit bilan tanishish va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Batafsil ma’lumot uchun Xalqaro akademik hamkorlik ofisiga murojaat qiling: 📧 international@uwed.uz 📍"B" bino, 502/503-xona 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 13 авг.8 4217819

    🟦🟦 ⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori E'tibor Sultanova Sevimli kanalining “Qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash nega muhim?” mavzusiga bag‘ishlangan “Yangi hayot” ko'rsatuvida ekspert sifatida ishtirok etdi. 🔗 Ushbu ko‘rsatuvni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 12 авг.8 8718

    без подписи

  • 12 авг.9 1178

    без подписи

  • 12 авг.7 811648

    🇺🇿🇵🇰 JIDU rektori Pokiston Islom Respublikasining yangi tayinlangan Elchisi bilan uchrashdi Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Pokiston Islom Respublikasining yangi tayinlangan Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashdi. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 📎Batafsil... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 12 авг.9 0755962

    🟦🟦🟦 🟦🟦 ⚡️Hurmatli JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari! Universitetimiz 1-avgustdan Oxford University Press (OUP) tomonidan taqdim etiladigan Oxford Law Pro huquqiy tadqiqot platformasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oxford Law Pro — huquq sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi talabalar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan zamonaviy akademik platformadir. Platformada xalqaro va tijorat huquqi, arbitraj, sud jarayonlari va nizolarni hal qilish hamda texnologiyalar, intellektual mulk va media huquqi yo'nalishlarida 600 dan ortiq nufuzli, taqrizdan o‘tgan kitoblar va 9 000 dan ortiq ilmiy jurnal maqolalari jamlangan. Shuningdek, foydalanuvchilarga huquqiy masalalarni tadqiq qilishda yordam beruvchi AI Research Assistant ham mavjud. Universitet hududidan tashqarida Oxford Law Pro platformasidan foydalanish uchun zarur login va parolni Kutubxona xizmatlari markazidan olishingiz mumkin. 🔐 Foydalanish muddati — 120 kun. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 11 авг.7 8165414

    #ichki_turizm #BirJamoa_birOila #Dolzarb_90_kun #Mustaqillikning35yilligi 🏔 JIDU jamoasi Zominda ⚡️ Ichki turizmni rivojlantirish doirasida JIDU Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar Jizzax viloyatining betakror tabiati bilan mashhur Zomin davlat qo‘riqxonasiga tashrif buyurdilar. Sayohat davomida JIDU jamoasi Zominning go‘zal tabiiy manzaralari, diqqatga sazovor maskanlari va musaffo tog‘ havosidan bahramand bo‘lib, mazmunli hordiq chiqardi. 🤔 Mazkur tashrif yurtimizning boy tabiiy salohiyati va turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stona muhit va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Zominning betakror tabiati va go‘zal manzaralari JIDU jamoasiga yorqin taassurotlar hamda ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. ✨ Yurtimizning go‘zal maskanlarini kashf etish — ichki turizmni rivojlantirish va Vatanimizga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qiladi. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 11 авг.8 0193356

    ⚡️Hurmatli JIDU talabalari va bitiruvchilari! ❗️2026-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati! 🔗Havola: vakansiyalar ro‘yxati 📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun vakansiya bo‘yicha ko‘rsatilgan aloqa raqamlari orqali ish beruvchilar bilan bevosita bog‘lanib, ishga joylashish imkoniyatidan foydalanishingizni so‘raymiz. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 11 авг.7 5613411

    без подписи

  • 11 авг.6 7814027

    ❗️TALABALAR DIQQATIGA! IJARAGA UY OLISHDA OGOH BO‘LING! Ijaraga uy izlayotganda firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun hushyor bo‘ling! Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang! 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 11 авг.7 4686717

    без подписи

  • 10 авг.8 5943769

    #Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 6 авг.10,5 тыс559

    🇺🇿🇰🇿 JIDUda O‘zbekiston va Qozog‘iston regbi federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 📎Batafsil... 💬💬💬 🇺🇿🇰🇿 Prospects for Cooperation Between the Rugby Federations of Uzbekistan and Kazakhstan Discussed at UWED 📎Read more... 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

  • 6 авг.8 2313215из eduuz

    🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

  • 5 авг.8 4828315

    #MehrUlashing #JonivorlargaMehr #HayvonlarniAsraylik ⚡️Jonivorlarga g‘amxo‘rlik — ezgulik belgisi Atrofimizda inson e’tibori va yordamiga muhtoj bo‘lgan ko‘plab jonivorlar bor. Ba’zan ular uchun qo‘yilgan bir idish suv, berilgan ozgina ozuqa yoki ko‘rsatilgan oddiy g‘amxo‘rlik katta ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarga nisbatan mehribon bo‘lish insonning yuksak madaniyati va mas’uliyatini namoyon etadi. Ularni himoya qilish, qiynamaslik va ehtiyojlariga befarq bo‘lmaslik har birimiz amal qilishimiz lozim bo‘lgan muhim qadriyatlardandir. Har bir yaxshi amal atrofimizdagi hayotni yanada go‘zal qiladi. Jonivorlarga ham mehr bilan munosabatda bo‘laylik. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube