tgindex

JavaHere's Blogs 🚀

описание

Youtube: youtube.com/@JavaIsHere Linkedin: linkedin.com/in/javokhirakramjonov Bored? @javohirakramblog Contact: @javahere_admin

2 323
подписчиков
Охват к подписчикам
327,6%
ERR
Реакции к просмотрам
0,99%
1 359 на 18 постов
Пересылки к просмотрам
0,49%
678
Постов в день
0,0
всего 20

Где отзываются чаще

доля реакций к просмотрам
  • 14 янв.Doim tayyor turing Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi. Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!) Kod yozish intervyusi (Coding Interview) Men ishim bor payti ham, yo'q…2,60%
  • 23 июл.Join task (updated) Endigi qilishim kerak bo’lgan ish: Table A va B. A table da 50 million atrofida row. B table da 26 milliard atrofida row. A tabledagi X columnni B tabledagi X column yordamida to’ldirishim kerak. A - aID B - bID Menda C mapping table bor, yani (aID, bID). Qiziq task. Tugatsam qanday qilganimni aytaman. #tajriba JavaHere 23.07.2026 Ishxona, Polsha2,48%
  • 8 окт. 2025 г.Duo qilib turasizlar 🙃2,33%
  • 10 окт. 2025 г.Duo qilib turasizlar 🙃 Software Engineer II at Google2,23%
  • 30 окт.Duo qilib turasizlar 🙃 Software Engineer II at Google2,17%
  • 18 апр.Zo’r bo’p ketganda… Odam puli ko’payib, mansabi oshganda, qilgan ishlaridan faxrlanib o’zim erishdim deydi. To’g’ri harakat qilgan, ter to’kkan… Lekin boshqa tomondan ham bir o’ylab ko’rish kerak. Hamma hayotini yashashni bir xil sharoitda boshlamagan. Sizni yoshligizda kompyuteriz bor bo’lgan bo’lsa, kimdirni yoshligi molni tagida o’tgan. Yomonroq sharoitda boshlab, sizdek natija qila olmaganlarga past nazar bilan qaramang. Alloh beradi, Alloh oladi. Hammasi imtihon. O’rniga, bizda yo’q sharoitlilarga qo’ldan kelgancha yordam berishimiz kerak. Bilim ulashish, yo’l ko’rsatish, pul bilan ta’minlash … Hamma yaxshi sharoitda yashashga haqli. Boshqalarniyam hayotini yaxshilashga hissa qo’shing. Hayotda ma’no topasiz, iz qoldirasiz, savob olasiz… Omad! Ps: Men hali zo’r bo’p ketmadim deb o’ylamang, millionlab odamlardan yaxshi yashaybsiz, allaqachon kimdirlar uchun zo’rsiz. Javohir Akram 18.04.2026 Polsha2,01%
  • 17 июн.Optimizatsiya 2 (72h -> 1h) Pipeline bor. Bu pipeline har kuni bir kunlik ma'lumotlarni process qilib turishi kerak edi. Har safar 8 soat run bo'lardi. U bir databasedan bir nechta table larni olib, birlashtirib, filterlab, boshqa bir databasedagi bir table ga yozadi. Menga yangi bir column qo'shib uni kerakli ma'lumot bilan to'ldirishimni so'radi. Shunday qildim, code ham review va approve bo'ldi. Lekin kod pre-prod environmentga yetganda, naqd 72 soatdan ko'proq ishlab, time out bo'ldi. Sababi, menga kerakli ma'lumotni query qilish uslubim xato bo'lgan ekan. Qanday xato? Agar kerakli ma'lumot juda katta bo'lsa uni bir dona query orqali olib kelmasdan, alohida kichik pipeline bilan olib kelinadi. Menga kerakli ma'lumot kichik (bir necha yuz megabayt) bo'lgani uchun uni batch emas streaming orqali, ya'ni, bitta queryda olib kelinadigan qildik. Shunda 72h -> 25h bo'ldi. Lekin bu ham yaxshi natija emasdi. Hammani o'zini ishi bor, buniyam kimdir to'g'irlash kerak. 2 ta yo'limiz bor edi, 1. Kompyuterlarni kuchaytirish (cpu, ram) 2. Kodni optimizatsiya qilish Mendan kodni optimizatsiya qilishimni so'radi. Muammo - menga kerakli bir necha yuz megabaytli data bilan bir necha terabayatli datani join qilishda edi. Shu qismini o'zi 17soat olayotgandi. Men qilgan yechim: Join qilish o'rniga, haligi kichik datani hashmapga soldim. Terabayt datani parallel yurib chiqib, har bir row uchun o'ziga mos datani hashmapdan olib to'ldirib chiqdim. Qarasam huddi shunday ishni qilishim mumkin bo'lgan yana bir joy bor ekan. Uniyam shunday qildim. Natija: Endi pipeline ~1soat da ishni tugatyabdi, hamma xursand. Olovni yondirgan menman. Lekin ayb menga yuklanmaydi, sababi jamoam bu kodni review qilib tasdiqlagan. Endi ayb hammaniki. Optimizatsiyani men qildim, bu jamoaniki emas. Qiziq vaziyat. Bu ishni qilish davomida Partitioning, Shuffling degan tushunchalar bilan tanishdim. Balkim bular haqida alohida post yozarman. Shunday qilib: 72h -> 1h. Zo'r natija. #tajriba JavaHere 17.06.2026 Ishxona, Polsha1,66%
  • 10 нояб.Missiya a'lo darajada bajarildi. 1-intervyu: Strong hire (DSA) 2-intervyu: Hire (DSA) 3-intervyu: Hire (Googleyness) 4-intervyu: Strong hire (DSA) Keyingi qadam team-matching. Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida…1,37%
  • 9 апр.Uyga borasiz 🏡 Ishlar yurishmasa Kimdir xafa qilsa Hammasi barbod bo’lib ketsa Qarzga kirib ketsangiz …. Qayaqqa borasiz? Kimga dardingizni aytasiz? Uyingizga borasiz, ota-onangizni oldiga borasiz. (Albatta uy va ota-ona muammoni yechib bermasligi mumkin, Allohdan yordam so’raysiz) Nega? Yashash tekin, mehr to’la, ertalab birga nonushta, kechga esa kechki ovqat. Yana nima kerak ?! Men har doim oilam borligi uchun hech nimadan qo’rqmayman. Nima bo’lsa bo’lsin, eng yomon xohlatda, hech nima o’xshamasa, shartta uyimga ketvoraman, degan fikr bor. Hammasini boshqatdan va boshqachasiga boshlayman. Oilangizni qadriga yeting. Uyingizni yaxshi ko’ring. Nima bo’lgandayam sizni katta qilgan, o’ynatgan, boqqan uy shu. Yangi narsalar (sayohatlar, bizneslar, ideyalar, …) sinab ko’rishdan esa qo’rqmang, judaa o’xshamasa uyga qaytasiz. Boshidan boshlaysiz. Qaytganingizda hech kim ustingizdan kulib kutib olmaydi. Samalyotda uchish qanday ekan? Boshqa davlat va shaharlar, uyerdagi odamlar bilan gaplashish zo’r bo’lsa kerak-a? Biznes qilyabdi degandi, sen ham kuchayib ketding) Nima gaplar endi… … Deb havas bilan gaplashishadi. Qiladigan ish, ko’radigan joy ko’p, birinchi qadamni qo’yish kerak. Dunyo siz o’ylaganingizchalik xavfli emas. Javohir Akram 09.04.2026 Ishxona, Polsha1,26%
  • 13 маяOptimizatsiya Google da milliardlab qator kod bor. Biror ish qilinganda uni testlash shart. Testlar esa kompyuterda emas cloud'da run bo'ladi. Biroz kod yozsangiz va uni merge qilmoqchi bo'lsangiz, sizni kodingiz yozilgan fayl ishlatilgan boshqa fayllarni testlari ham avtomatik ishga tushadi. Bu juda ko'p testlar run bo'ladi degani. Bir kuni 20 minut kutdim va testlardan bir nechtasi fail bo'ldi (muvafaqqiyatsiz bo'ldi). To'g'irlab, yana run qildim va bu safar boshqa birlari fail bo'ldi. Har safar 20 minut kutish (bazan 30) jonga tegdi. Nega? degan savol berdim. Birinchi martasida nima xato ketti ekan deb qaragan bo'lsam, ikkinchi safar nega buncha uzoq vaqt run bo'lyabdi deb qaradim. AI bilan birga kodni titib, 2-3 ta yaxshilasa bo'ladigan joylar topdim. 1. Juda ko'p query'lar for loop da ketma-ket run bo'layotgan edi. 2. Setup qismida 30 ta table ni test qilish uchun 200 ta table yaratilayotgan edi (30 va 200 nisbatni ifodalash uchun, haqiqiy sonlar emas). Yechimlar: 1. Parallel testlash 2. Setupni faqat kerakli table'larni yaratadigan qilib o'zgartirish. Va nihoyat 20-30 minutdan -> 4-5 minutga tushdi. #tajriba JavaHere0,85%
  • 5 апр.Shogird tayyor bo'lganda ustoz topiladi (mi ?) Shu gapni juda ko'p marta eshitganman, lekin hech tushunmasdim. Shogird tayyor bo'lsa, ustozni nima keragi bor? - derdim. Keyin ustoz topish haqida har xil videolar va ulardan parchalar ko'rdim. Baribir tushunmadim... ***** Odatda ustozlar (yaxshi, professional) aqlan va moddiy juda yaxshi holatda bo'lishadi. Tashqaridan puli kamdek tuyilgani bilan, ular o'zlarida bori bilan qanday qilib baxtli va sokin yashashni bilishadi. Bekorga ustozmi?! Ular uchun sizning guruhning bir qismi sifatida beradigan oylik 1mln so'm yoki 5mln so'm ularni boyroq qilib qo'ymaydi. Sababi boy bo'lish qancha puli borligi bilan hisoblanmaydi. Demak bir narsa oydinlashdi, zo'r ustozli bo'lish uchun ko'p pulli bo'lish shart (prioritet) emas. ***** Bir qiziqib izlanib ko'ring. Siz taniydigan eng zo'r ustoz (o'rganmoqchi bo'lgan sohangizdagi biror professional ustoz) ning yonidagi shogirdlari haqida izlanib ko'ring. Ularda nimasi borki shunday yaxshi ustozi bor? Ko'rasizki shu ustoz bergan vazifalarni hurmat qilib, qadrlab, mas'uliyat bilan bajarib keladigan kuchi bor. Ustozi ham ularga ilm berganda, vazifa berganda maza qiladi. Ularning o'sishini ko'rganda maza qiladi. Bu mazani nafaqat 1mln yoki 5mln balki 50mln ga ham almashmaydi. ***** Shunday ekan: 1. shunday ustozlar beradigan ilm va vazifalarga o'zingizni tayyor deb hisoblasangiz 2. bergan vazifalariga past nazar bilan qaramasdan, bir nimasi bo'lsa kerakki shunday vazifa berdi deb pozitivlik bilan qarasangiz 3. 1 oy, 2 oy emas imkon qadar ko'proq birga bo'lishni reja qilsangiz (oldin shogird, keyin sherik, keyin do'st, ...) 4. faqat vazifalarini qilibgina qolmay o'zini hurmat qilib, sha'nini himoya qilsangiz Shu insonlar nega sizni tekinga shogirdlikka olib, kerak bo'lsa o'zining yonidan siz uchun pul sarflamasin? ***** Zo'r ustozni tanlang. Yoniga boring (borishga hecham imkoningiz yo'q bo'lsa [masalan siz O'zbekistonda, u kishi Amerikada, ...], xabar yozing). Shogird tushmoqchiman, aytganlaringizni qilaman, manashu-manashu narsalarga tayyorman, maqsadim bunday. Aynan sizga shogird tushmoqchiman, nega chunki ...(bu qismini o'zingiz o'ylab topishingiz kerak). 1. Pulingiz bor Agar pullik bo'lsa to'lashga ham roziman. 2. Pulingiz bo'lmasa. Mayli desangiz pulini sekin-sekinlik bilan manashuncha vaqtda uzsam. desangiz. Imkon qadar pul oraga aralashishini oldini oling. Biror muammosini yechib berish, takroran qiladigan ishlarini yengillatib berish va hokazolarni taklif qiling... Juda-juda katta ehtimol bilan shu odam sizga ustoz bo'lishga rozi bo'ladi. ***** Aytaylik rozi bo'lmadi. Bu bo'ldi, hammasi tugadi degani emas. Balkim yana nimadir xohlayotgandir. Shuni so'rang. Sababini bilsam bo'ladimi? Shu qismlarini to'g'irlab kelaman deng. Yoki shogird bo'la olishim uchun shartlaringizni aytsangiz albatta bajaraman deng. Bu sizni shu ustozga rostdan ham shogird bo'lmoqchi ekanligingizni ko'rsatadi. ***** Xullas nima demoqchi ekanligimni tushundingiz deb umid qilaman. Shulardan kelib chiqsak asosiy ish shogirdda. Ichida olovi bor. Katta maqsadlari bor. Juratli va shijoatli. Shuning uchun ham shogird tayyor bo'lganda, ustoz topiladi deyilsa kerak. ***** Endi navbat sizniki. Siz hurmat qiladigan, shogird tushmoqchi bo'lgan odamni yoniga boringda, shogird bo'ling. Ertaga o'lib qolsa, zo'r odam edi, ko'rishish orzuyim edi emas, ustozim yaxshi odam edi, ko'p narsa o'rgatgan edi deysiz. ***** 01:44 tun yarim 05.04.2026 Varshava, Polsha0,62%
  • 20 нояб.Dasturlash olamida havas qilinadigan juda ko'p odamlar boryabdi. Tavsiya qilaman...0,40%