tgindex
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari

Статистика
@Jizzax_soliquzВидеоузбекский

📌 Jizzax viloyati soliq boshqarmasining rasmiy kanali websayt:https://gov.uz/oz/soliq Facebook:https://www.facebook.com/groups/153179905391220 Instagram: https://www.instagram.com/jizzaxsoliq/ Youtube:https://www.youtube.com/@jizzax_soliq

Последний пост
13:01
Последнее чтение
17 авг.
Постов за неделю
125
Всего постов
764
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
2 154
−22 за 6 дн.
Сутки
−19
−0,87%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
809
40 постов
Вовлечённость
37,6%
к подписчикам
Постов в день
17,9
всего 764
Упоминаний
15
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
381
1/48двое суток
436
1/72трое суток
470

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • O‘zbekiston Respublikasining nechta davlat bilan soliqqa doir munosabatlar bo‘yicha xalqaro shartnomalari mavjud?

  • Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzaydi. Davlatimiz rahbari turizm islohotlari aholi daromadida yanada ko‘proq sezilishi kerakligini taʼkidladi. Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi. Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uchun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi. 50 tadan ko‘p joylashtiruv o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning o‘zi o‘rnatib beradi. Turoperatorlarning xorijlik turistlarga ko‘rsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Facebook|Instagram|X

  • Joriy yil ilk bor 13 ta strategik kompaniya aktiviga ega Milliy investitsiya jamg‘armasining 30 foiz ulushi Toshkent va London fond birjalariga chiqarildi. Mazkur tajriba xususiy sektor uchun ham tashqi kapital bozorlarga yo‘l ochdi. Endi mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqish uchun nufuzli investitsiya banklari bilan akseleratsiya dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Har yili daromadi 1 trillion so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 ta korxona tanlab olinadi. Ularni IPOga tayyorlash, hisobotlarini xalqaro standartlarga moslashtirish xarajatining yarmi qoplanadi. Bu xususiy korxonalarga chetdan yiliga kamida 1 milliard dollar jalb qilish imkonini beradi. Prezidentimiz har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlash komponenti bo‘lishi shartligini taʼkidladi. – Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni ishlata oladigan malakali kadrlarga bog‘liq, – dedi davlatimiz rahbari. Urganchda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida o‘quvchilarni “yashil” energetika, qurilish, hamshiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yo‘naltirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajriba respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi. Texnikum tashkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari solig‘idan chegirib beriladi. Shu tizim orqali 1 million yoshni zamonaviy kasblarga o‘rgatib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsad qilingan. Facebook|Instagram|X

  • Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi. “10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham budjetdan qoplanadi. Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi. To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X

  • 09:242161

    Ko‘p tadbirkorlar elektr energiyasi va gaz uchun 100 foiz oldindan to‘lov qilish aylanma mablag‘ni qisqartirayotganini bildirgan. Endi ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi. – Umuman, energetika bo‘yicha boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartiryapmiz. Barcha tumanlarda tadbirkorlarning hozirgi ehtiyoji va ertangi rejasiga qarab ishlaydigan yangi tizim bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz. Kelasi yildan qurilish sohasida pudratchi va loyihachilar o‘sishini rag‘batlantiradigan yangi yondashuv joriy etiladi. Qurilish qayerda bo‘lishidan qatʼi nazar, har bir ishchi-soat uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida mablag‘ rejalashtiriladi. Davlat obyektlari smetasida pudrat korxonalari uchun 7 foiz foyda ko‘zda tutiladi. Qurilish murakkabligiga qarab loyihalash ishlariga obyekt qiymatining 4-7 foizigacha mablag‘ ajratiladi. Davlatimiz rahbari uchinchi yo‘nalish sifatida “sunʼiy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish vazifasini belgiladi. – Bugun qaysi tadbirkor qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirsa, sunʼiy intellekt yordamida unumdorlikni oshirsa, tannarx bo‘yicha izlansa, ertangi bozor uniki, – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

  • Auksionda yer sotib olgan tadbirkor qurilishni boshlash uchun 6 oydan 1 yilgacha hujjat yig‘ib yurishiga barham beriladi. Endi hokimlar yerni qurilish ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqaradi. Bunday yerni olgan tadbirkor qurilishni darhol boshlashi mumkin bo‘ladi. Infratuzilma yig‘imi bo‘yicha avans ham 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Banklar balansidagi 9 trillion so‘mlik 2,5 mingta mulkni chegirmali narxda, boshlang‘ich to‘lovsiz va foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat beriladi. Uni sotib olgan tadbirkor bir yil yer va mulk solig‘ini to‘lamaydi. Birinchi navbatda mahalliylashtiriladigan 50 ta mahsulot ro‘yxati shakllantirildi. Ularni o‘zlashtirish uchun Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalarining bir qismida “Bond sanoat zonalari” tashkil etiladi. Bu zonalarga xomashyo va butlovchi qismlarni olib kirishda barcha soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mahalliylashtirish darajasi 30-40 foizdan oshsa, mahsulotni ichki bozorga chiqarishda ham imtiyozli shartlar qo‘llanadi. “Bond sanoat zonalari”da zamonaviy R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlar yagona zanjirda ishlaydi. Tadbirkorlarga infratuzilmali tayyor binolar taqdim etish uchun 50 million dollar ajratiladi. Facebook|Instagram|X

  • Kichik tadbirkorlar uchun eng katta masalalardan biri – garov taʼminoti. Shu bois, biznesning haqiqiy qiymatini baholab kredit berish imkonini yaratadigan “kontr-kafolat” tizimi joriy etiladi. 10 milliard so‘mgacha kreditda garovning 30 foizini davlat, 30 foizini Biznesni kafolatlash kompaniyasi, 15 foizini banklar o‘z zimmasiga oladi. Tadbirkorning o‘ziga 25 foiz garov topish kifoya qiladi. “Virtual soliq maslahatchisi” orqali tadbirkorga xarajat va xatolarni kamaytirishga yordam beradigan sunʼiy intellekt portali ishga tushirildi. Kelasi yildan bunday “sunʼiy intellekt yordamchilari” qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlarida ham joriy etiladi. Ikkinchi yo‘nalish – hududlarda “biznes imkoniyatlari”ni oshirish. Davlatimiz rahbari minglab gektar bo‘sh yer va samarasiz foydalanilayotgan davlat aktivlari faqat loyihaga aylanib, ish o‘rni va eksportga xizmat qilganda haqiqiy qiymat yaratishini taʼkidladi. Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi. Summaning yarmini to‘lagan tadbirkor qolganini 7 yilda foizsiz bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Uch oyda sotilmagan davlat mulkining boshlang‘ich narxi bosqichma-bosqich 10 foizgacha kamaytiriladi. Auksion muddati ham ikki barobar qisqartiriladi. Facebook|Instagram|X

  • 09:032071

    Xodimning o‘qishi uchun korxona pul to‘ladi: Bu daromad hisoblanadimi va soliq solinadimi? Korxona o‘z xodimining o‘qishi yoki malaka oshirishi uchun mablag‘ ajratganda, ko‘pchilik buxgalter va tadbirkorlarda bir xil savol tug‘iladi: Bu xodimning daromadimi? Bundan JShDS va ijtimoiy soliq to‘lanishi kerakmi? Soliq kodeksi normalari asosida ushbu masalani aniq va lyo‘nda tahlil qilamiz. 1. Qaysi holatlarda bu xodimning DAROMADI HISOBANMAYDI? (Soliq solinmaydi) Agar o‘qitish korxona manfaatlari va faoliyat zarurati uchun tashkil etilgan bo‘lsa, bu xodimning daromadi (naf ko‘rinishidagi daromad) hisoblanmaydi. Korxona ehtiyoji uchun malaka oshirish: Xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi uchun zarur bo‘lgan kurs, seminar va treninglar. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish: Korxona o‘z xodimining O‘zbekiston OTMlarida o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘ini o‘tkazib berganda (Soliq kodeksining 369, 378-moddalariga asosan imtiyoz mavjud). Natija: Bunday xarajatlardan JShDS (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i) va ijtimoiy soliq ushlanmaydi. 2. Qaysi holatlarda bu DAROMAD HISOBANADI? (Soliq solinadi) Agar o‘qish xodimning bevosita xizmat vazifasiga aloqador bo‘lmasa yoki shartnoma talablari noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa: O‘qish korxona faoliyat yo‘nalishiga umuman mos kelmasa va xodimning shaxsiy mehnati/manfaati uchun bo‘lsa; Xodimning oila a’zolari yoki uchunchi shaxslar o‘qishi uchun to‘lov qilinganda (ayrim maqsadli imtiyozlardan tashqari). Natija: Bu to‘lov xodimning naf ko‘rinishidagi daromadi (SK 376-modda) deb tan olinadi va belgilangan tartibda JShDSga tortiladi. 📋 Amaliyotda xato qilmaslik uchun 3 ta muhim qadam: Buyruq asoslanishi kerak: Rahbarning buyrug‘ida o‘qitish korxona faoliyati va xodimning lavozim yo‘riqnomasi uchun zarurligi aniq ko‘rsatilishi shart. Shartnoma va aktlar: To‘lov o‘quv markazi va korxona o‘rtasidagi uch tomonlama/ikki tomonlama shartnoma va bajarilgan ishlar dalolatnomasi (akt) bilan tasdiqlanishi lozim. Ichki lokal hujjat: Korxonaning "Xizmat safarlari va xodimlarni o‘qitish to‘g‘risida"gi ichki nizomida ushbu xarajatlar ko‘zda tutilgani maqsadga muvofiq. Xulosa: Xodimni o‘qitishga kiritilgan sarmoya — korxonaning oqilona xarajatidir. Hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish esa ortiqcha soliq xavflarining oldini oladi! 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini taʼminlash. Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi. Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi. “Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni o‘rganadi. Bu maqsadga 100 milliard so‘m ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. – Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz, – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

  • Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi. Facebook|Instagram|X

  • Tadbirkorlarning yer va suvdan foydalanish huquqlari, xususiylashtirish natijalari qat’iy himoya qilinadi! Qonunning 24-moddasi yangi tahrirda bayon etilib, bir qator muhim kafolatlar kiritildi: 🌍 Yer masalalarida: Tadbirkorlarning yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilganda, ular quyidagilar bo’yicha to’liq kompensatsiya olish huquqiga ega: -ko’chmas mulk va yer huquqining bozor qiymati -ko’p yillik daraxtlarning qiymati ko’chish xarajatlari -bоy berilgan foyda (faoliyat tiklanguncha, lekin 1 yildan ortiq bo’lmagan davr uchun). Bunda barcha zararlar to’liq qoplangandan keyingina yer olib qo’yilishi mumkin. 🔒 Xususiylashtirish natijalari himoyasi: Xususiylashtirish natijalarini, obyektlar qiymatini baholashni davlat organlari, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sudlar tashabbusi bilan qayta ko’rib chiqish endi xususiy mulkning daxlsizligini buzish deb baholanadi va bunday ishlar ko’rib chiqishga qabul qilinmaydi. 🌾 Qishloq xo’jaligi yerini ijaraga olgan tadbirkor o’z faoliyati yo’nalishi va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi (shartnoma ixtisoslashuviga mos holda). 💧 Suvdan foydalanish: Tadbirkorlarning suvdan foydalanish huquqi ajratilgan kvota va limit doirasida amalga oshiriladi. Cheklashlar faqat aholi sog’lig’i, atrof-muhit, milliy xavfsizlik yoki suv tanqisligi/favqulodda vaziyatlarda qo’llanilishi mumkin. Bu normalar tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini davlat va sud tizimi tomonidan asossiz aralashuvdan ishonchli himoya qiladi. 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • Tadbirkorlar endi qonun loyihalarini muhokama qilishda bevosita ishtirok etadi! Qonunga yangi 18²-modda qo’shildi — bu tadbirkorlarning huquq ijodkorlik jarayoniga ta’sir o’tkazish imkoniyatini kengaytiradi: 📋 Tadbirkorlar zimmasiga yangi majburiyat, taqiq yoki javobgarlik yuklaydigan har qanday normativ-huquqiy hujjat loyihasi endi bevosita tadbirkorlar va ularning birlashmalari ishtirokida muhokama qilinishi shart. 📋 Bunday loyihalar albatta tartibga solish ta’sirini baholashdan o’tkaziladi — tegishli xulosa bo’lmasa, hujjat qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. 📋 Loyihalar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilishi majburiy (davlat siri bundan mustasno). 📋 Huquqiy ekspertizadan oldin loyihalar Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan o’tishi kerak. ⚡️ Yana bir muhim yangilik — energiya manbalariga ulanish kafolatlari (23¹-modda): Tadbirkorlar energiya manbalariga ulanish va ulardan foydalanish huquqiga ega bo’lib, energetika korxonalari ularni xavfsiz, ishonchli va uzluksiz ta’minlashi shart. Ta’minotni to’xtatish faqat jamoat manfaatlarini himoya qilish, avariya holatlari yoki texnik xizmat ko’rsatish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Bu o’zgartirishlar tadbirkorlik muhitini qonun ijodkorligi bosqichidayoq shaffofroq va bashorat qilinadigan qilishga xizmat qiladi. 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • Tadbirkorlik subyektlari yangi tartibda toifalanadi va hisobot yuritish soddalashtiriladi! Qonunning 5-moddasi yangi tahrirda bayon etilib, tadbirkorlik subyektlari endi yillik jami daromad hajmiga qarab quyidagi toifalarga bo’linadi: 🔹 Kichik tadbirkorlik subyektlari: -yakka tartibdagi tadbirkorlar -mikrofirmalar — daromadi 1 mlrd so’mgacha -kichik korxonalar — daromadi 1–10 mlrd so’m 🔹 O’rta tadbirkorlik subyektlari — daromadi 10–100 mlrd so’m 🔹 Yirik tadbirkorlik subyektlari — daromadi 100 mlrd so’m va undan yuqori. Bu toifalash davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash choralarini va rasmiy statistikani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. 📊 Hisobot borasidagi muhim yangiliklar: ✅ Hisobotlar endi faqat elektron shaklda, axborot tizimlari orqali, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib taqdim etiladi. ✅ Davlat elektron hisob yuritish uchun zarur dasturiy ta’minotni imtiyozli yoki bepul taqdim etadi. ✅ Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat statistika va soliq organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa faqat soliq organlariga hisobot topshiradi. ✅ Hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro’yxati Prezident tomonidan tasdiqlanadi — bu ro’yxatga kirmagan hisobotlarni talab qilish taqiqlanadi. ✅ Davlat organlari bir marta taqdim etilgan hisobotni qayta talab qilishga haqli emas — organlar o’rtasida ma’lumotlar elektron tizim orqali almashinadi. Bu o’zgartirishlar tadbirkorlar zimmasidagi hisobot yukini kamaytirish va byurokratik to’siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • Italiya tarixidan 3 ta eng ajabtovur soliq! Soliqlar tarixiga nazar tashlasak, Italiyada o‘ylab topilgan ayrim to‘lovlar kishini ham ajablantiradi, ham jilmaytiradi: "Pulning hidi bo‘lmaydi" (Rim imperiyasi): Imperator Vespasian jamoat hojatxonalariga soliq soladi (u yerdagi mahsulot to‘qimachilikda ishlatilardi). Buni tanqid qilgan o‘g‘liga tangani hidlatib, mashhur "Pecunia non olet" — "Pulning hidi bo‘lmaydi" iborasini aytgan. Soya solig‘i (Venetsiya): XVII asrda Venetsiyada do‘kon yoki qahvaxona tomi va soyaboni shahar ko‘chasiga soya tashlab tursa, egalari "jamoat hududidan foydalangani uchun" soliq to‘lagan. Bir zumda buziladigan uylar (Alberobello): Mahalliy aholi uy solig‘idan qochish uchun binolarni tsement-soz, quruq Toshdan tiklagan. Soliqchilar kelishi bilan bitta asosiy Toshni sug‘urib, uyni Tosh uyumiga aylantirib qo‘yishgan! Zamonlar o‘zgardi: Bugungi kunda murakkabliklarsiz, shaffof va adolatli soliq tizimi — biznes va davlat rivojining eng mustahkam poydevoridir. 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • без подписи

  • Tadbirkorlik erkinligi kafolatlari kengaytirilmoqda O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonuniga muhim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Qonunga yangi 3¹–3⁸-moddalar qo’shilib, tadbirkorlik erkinligi kafolatlarining 7 ta asosiy prinsipi belgilandi: ⚖️ Qonuniylik — davlat organlari va mansabdor shaxslar Konstitutsiya, mazkur qonun va boshqa qonunchilikka qat’iy rioya etishi shart. 🔓 Tadbirkorlikning erkinligi — har kim mamlakat ichida va tashqarisida erkin tadbirkorlik qilish, mol-mulkidan istagancha foydalanish huquqiga ega. ⚖️ Subyektlar tengligi — mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik subyektlari qonun va sud oldida teng. 🤝 Ishonchning himoya qilinishi — davlat organlari tadbirkorlarning qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi, amaliyot o’zgarishi asossiz bo’lmasligi kerak. 🚫 Korrupsiyadan xolilik — tartibga solish jarayoni manfaatlar to’qnashuvi va korrupsiyaning har qanday ko’rinishidan holi bo’lishi lozim. 🏠 Xususiy mulkning daxlsizligi — mol-mulk faqat sud qarori asosida va qonunda belgilangan tartibda olib qo’yilishi mumkin. 📜 Qonunchilikning barqarorligi va aniqligi — yangi normalar asossiz tez-tez o’zgartirilmasligi, huquqiy muhit izchil va bashorat qilinadigan bo’lishi ta’minlanadi. Bu o’zgartirishlar tadbirkorlar uchun huquqiy kafolatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan. 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • "KO'Z O'NGIMIZDA" 20-avgust - Tadbirkorlar kuni munosabati bilan taqdirlangan Baxmal tumanidagi "Qo'shchinor mevasi" fermer xo'jaligi rahbari Baxtiyor Ahmedov Bizni kuzatib boring: 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. — Скоро начнется VI открытый диалог Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями. В мероприятии непосредственно принимают участие около 500 предпринимателей, а также впервые – еще порядка 25 тысяч представителей бизнеса из студий в районах. Ожидается, что глава нашего государства выдвинет важные инициативы по таким направлениям, как: – обеспечение устойчивой траектории роста предпринимательства; – расширение возможностей для бизнеса в регионах; – создание экосистемы «искусственный интеллект – эффективность управления – новые инвестиции»; – наращивание экспортного потенциала, продвижение национальных брендов на внешние рынки; – резкое сокращение административного давления на бизнес. Facebook|Instagram|X

  • 07:012471

    2026-yil 1-sentabrdan yangi miqdorlar: MHEKM va BHM oshadi! Hurmatli soliq to‘lovchilar va tadbirkorlar! 2026-yilning 1-sentabridan boshlab mamlakatimizda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM) hamda bazaviy hisoblash miqdori (BHM) yangilanadi. 📊 Yangi ko‘rsatkichlar bilan tanishing: MHEKM: 1 360 000 so‘m (ilgari 1 270 000 so‘m edi) BHM: 440 000 so‘m (ilgari 412 000 so‘m edi) 💡 Bu nimaga ta’sir qiladi? Ish haqi va maoshlar: Ishchi-xizmatchilarning eng kam oladigan ish haqi miqdori MHEKMdan kam bo‘lishi mumkin emas. Ustama va kompensatsiyalar: Mehnat sharoiti uchun to‘lanadigan ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar ushbu yangi MHEKM asosida qayta hisoblanadi. Soliqlar va jarimalar: BHM oshishi bilan ayrim davlat bojlar, jarimalar hamda imtiyozli chegirmalarning chegaraviy miqdorlari ham o‘zgaradi. 📋 Tadbirkorlar va buxgalterlar nima qilishi kerak? Shtat jadvalini ko‘rib chiqing: 1-sentabrdan boshlab xodimlarning maoshi yangi MHEKM ko‘rsatkichidan kam bo‘lmasligini ta’minlang. Mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiriting: Zarurat bo‘lsa, shtat jadvali va maoshlar bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtiring. Hisob-kitoblarni yangilang: Sentabr oyi uchun ish haqi va ustamalarni yangi standartlar asosida hisoblang. Batafsil amaliy tavsiyalar va buxgalteriya bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan buxgalter.uz portalida to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin. Soliq xizmati — faoliyatingizda ishonchli hamkoringiz! 📱Telegram |📱 Facebook  |📱 Instagram | 📱YouTube

  • Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to‘lovini to‘lash uchun qancha subsidiya beriladi?