Jurabek Vision💡
Статистика🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 363
- 1/48двое суток
- 415
- 1/72трое суток
- 448
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
Yaponiyaga kelganim ilk kunlaridanoq, ko'plab vatandoshlarimiz sms orqali, ijtimoiy tarmoqlarda va ko'rishganda "O'zbekistonda oylik ko'tarilgan ekan, O'zbekistonda odamlar ko'p topayotgan ekan" deyishmoqda. Odam nimani qidirsa o'shani topadi, nimani so'rasa o'shani oladi. Siz nimaga qiziqsangiz o'sha ma'lumotlar sizga yig'ilib keladi. Tan olish kerak Yaponiyadagi oxirgi vaqtdagi chet elliklarga bo'lgan davlat va xalqning munosabatini o'zgargani, ko'pchilikda aynan yuqoridagi gaplashni eshitgilari, "Biz qayerda bo'lmasak o'sha yer zo'r" degan maqolni eshittiradi. Bordiyu siz kelajakda O'zbekistonga qaytib Yaponiya tajribasini ishlatmoqchi bo'lsangiz, quyidagilarni esda tutishingiz kerakligini aytmoqchiman: 1) Har yerni qilma orzu har yerda bor tosh tarozu→ batafils ko'rishganda aytib beraman. 2) Yapon tilini JLPT 2 dan past darajada bilsangiz, vatanga qayib men Yaponiyada falon yil o'qiganman (yoki ishlaganman) deb aytib o'tirmang. Yana bir marta aytaman, Yapon tili orqali pul ishlayman degan kishi JLPT 1 olgandan keyin birinchi eshik ochiladi. N1 bo'lmaganlar bilingki siz hali eshikdan tashqarida turibsiz. Aeroprotda men bilan uchib kelgan ukalarimiz, 3-4 yildan beri Yaponiyadamiz, JLPT topshirmaganmiz, darajamiz ham yo'q deb uyalmasdan aytishdi. Bu ketishda kechirasiz-u vaziyatingiz ancha qiyin bo'ladi. N2, N1 bo'lmasdan turib 1000$ oyliklarni orzu qilmang. Sizni ishga olganlarni qiynamang :) 3) Faqatgina til bilish, faqatgina diplom bilan hech narsa qilib bo'lmaydi. Siz qaysidir muammoni hal qilasiz va o'sha muammoni hal qilganingiz uchun sizga haq to'lanadi. Siz yaxshi maoshli ishga kirishingiz uchun qancha qiyin muammolarni hal qilsangiz shuncha sizga imkoniyatlar ochiladi. Qanday qilib muammolarni hal qilishni o'rganamiz? Tajriba bilan. Ish tajribasi, internship, valantyorlik, jamoaviy ishlash, loyiha va idealarni reallashtirish, start-uplar, hammasi aniq mehnat orqali sizga sekin sekin muammoni hal qilish kuchi shakllanib boradi. Aynan shu tajribalar sizni bozor narxingizni ko'taradi. Asosiy savol: Yaponiya chet elliklarni chiqib ketishini xohlayaptimi? Meni javobim aslo yo'q. To'g'ri har xil shu vaqtgacha tartibga solinmagan ishlar tartibga solinyapti. Lekin qaysi rivojlangan davlat o'z eshigini ochiq hamma narsani tayyor qilib qo'yibdi? Hech qayer. Siz va biz Yaponiyada qandaydir maqsad bilan kelganmiz. O'sha maqsad yo'lida har xil qiyinchiliklar bo'ladi va bular hammasi shulardan bittasi. Bugun Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga bordim. Cho'ntagimda naqd pul 500 iyena yetmay turgan edi. Politsiya xodimi, 4 soat kutib turasiz deb qabul qilmayotgan edi, orqada turgan Yapon qarab turaolmasdan o'zi kelib meni to'lovimni to'lab tashladi. To'g'risini aytaman, juda xursand bo'ldim. Ayni shunday xenophobia alomatlari chiqib turgan joyda chet elliklarni qo'llab quvvatlaydigan Yaponlar ham qarab turgani yo'q. Ular ham bu o'zgarishlar o'z davlatining imijini yomonlashishidan xavotirda. Shunday ekan ehtiroslarni chetga surib qo'ygan holda, o'z maqsadimiz sari qadamlarni tashlaymiz. Xulosa, katta oylikni hech kim sizga tayyor qilib kutib turmaydi. Siz muammolarni hal qiladigan kadr bo'lib rivojlanib borasiz, yaxshi daromadli ishlar sizni qidirib topadi. 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
без подписи
Birinchi marta Nukusga borganimda bu hudud Yaponiya masalasida O’zbekistonning boshqa joylaridan katta farqi borligini, u farqni tezda to’ldirish kerakligi haqida o’yladim. Vaqtida qilingan to’g’ri qaror, butun jamiyatni o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Endilikda Qoraqolpog’istondagi barcha vatandoshlarimiz tekin yapon tili va Yapon madaniyatini o’rganish imkoniyati mavjud. 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Men bugun uchrashgan Farhod ukamiz Yaponiyadan sal kam 10 yillik tajriba olib qaytib O’zbekistonda yangi karyerasini boshlab turibdi. Shunday mas’uliyatli ishida Steve Jobs so’zlarini har doim yodda tutishni aytmoqchiman. If you want to make everyone happy don’t be a Leader. Sell ice cream! Hayotda siz o’ylaganingizdan ko’ra yaxshilik ustun chiqadi. Yaxshi niyyat, yaxshi so’z, yaxshi amal! Yaxshi niyyat qilishdan to’xtamaylik! 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
без подписи
1. Sun'iy intellekt dunyoni qanday o‘zgartirmoqda? 2. Ilya Varlamov va Andrey Doronichevning qiziqarli suhbatini tomosha qiling. 3. Kremniy vodiysida texnologik revolyutsiya qanday kechmoqda? 4. AI ish o‘rinlarini yo‘q qiladimi yoki yangi imkoniyatlar yaratadimi? 5. Kelajakdagi xavflar, tibbiyotdagi yutuqlar va haqiqatni ajratish muammosi. 6. Texnologiyalarning inson hayotiga ta'siri haqida chuqur tahlil. 7. Ushbu video kelajakka nazar tashlash uchun ajoyib qo‘llanma! https://youtu.be/hvXOIjjkSHM?si=U7SJGjplG0JFig-w
Yaponiya hukumati doimiy yashash vizasi (Eijuken) ni olishni qiyinlashtirdi. https://www.nikkei.com/article/DGXZQOUA035500T00C26A8000000/ Shu vaqtga qadar, 1) Yomon ish qilmagan bo'lsa, 2) O'zini o'zi ta'minlay olsa 3) Yaponiya davlatiga foydasi tegadigan kishi bo'lsa degan talabalari bor edi. Shu talablar, 1) Daromadi o'rtacha Yaponlardan yuqori bo'lishi kerak 2) Aniq faktlar bilan Yaponiyaga foydasi tegishini isbotlab berish 3) Pensiyaga chiqganda yetarlicha pensiya to'lagan yoki yetarlicha mablag'i bor deb ko'rsatish kerak bo'ladi. Bundan tashqari, Doimiy yashash statusiga ega bo'lgan kishilar, ataylab soliq, sug'urtani to'lamasa ushbu erkinlik olib qo'yiladi. Men bitta xulosa qilmoqchiman, biz shunday zo'r bo'laylikki, Eijuken ga tobe bo'lmaylik. Bir tomondan olib qarasa, o'rtacha Yaponlardan ko'proq daromad olish ham qiyin emas, hozir Yapon oilalarining o'rtacha daromadi, yiliga 5,500,000 yena atrofida. O'rtachadan yuqoriroq bo'lish har kimnining o'zi uchun ham yaxshi. Harakat qilsa yetsa bo'ladigan daraja. Kayfiyatni tushirmaymiz :) 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
без подписи
So’rovnoma havolasi: https://forms.gle/f5Y6xNffgnq1374x6
🇯🇵 Японияда ишлаш ёки таълим олишни режалаштираяпсизми? Ишончли маълумотни расмий манбадан олинг! Japan Career Portal — Миграция агентлигининг Японияда ишлаш, таълим олиш ва яшаш бўйича расмий ахборот платформаси. 📌 Порталда сиз: ✅ Японияда ишлаш ёки ўқиш учун тайёргарлик; ✅ Виза ва ҳужжатларни расмийлаштириш; ✅ Япониядаги ҳаёт ҳақида фойдали маълумотлар; ✅ Ўзбекистонга қайтгач карьера имкониятлари ҳақида ахборот олишингиз мумкин. 🤖 Шунингдек, порталда 24/7 ишлайдиган AI чатбот ҳамда ўзбекистонликларнинг Япониядаги ҳақиқий тажрибалари жойлаштирилган. 🌐 Портал ўзбек, рус ва япон тилларида фаолият юритади. Юклаб олиш👇 📱iOS 👽 Android 🔗 Веб сайт 📱 Telegram 🌐 Instagram 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration
без подписи
Qolmay shaharda tovqatim Qishloq chiqardim odatim Hohi yayov bo’lsin otim Gar sayr ham darkor ekan Muhammad Aminxo’ja Muqumiy sheridan Har safar sayohatga chiqganimda, o’zimga o’zim tez-tez chiqaman deb vada beraman. Lekin afsuski tashvishlar bilan vaqt ajratish imkoni bo’lmaydi. Lekin sayr, sayohat qilish, ishga, o’qishga yanada kuch beradi. Bu safar orasida katta vaqt ochilib qolmasligiga harakat qilamiz. 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
без подписи
без подписи
Har kunlik uzluksiz ertalabki yugurish, badan tarbiya, qatiyat natija berdi. Futbol bo’yicha rahbar kubogida bizning jamoa 1-o’rinni oldi! Kichik qadamlar bizni albatta katta natijalarga olib boradi. Olg’a o’zbegim! 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
2010-yil 2-iyul kuni, bundan roppa-rosa 16 yil oldin, Yaponiyaga talaba sifatida yo‘l oldim. Men bilan birga qishlog‘imizdan yana uch nafar yigit bor edi. Jami to‘rt kishi edik. Men 18 yoshda, do‘stlarim esa 17, 19 va 21 yoshda edi. Hammamiz hayajon va orzularga to‘la edik. Narita aeroportiga qo‘ndik. Bizni Yaponiyadagi akamiz va keyinchalik Yaponiya bo‘yicha ustozimiz bo‘ladigan inson kutib oldilar. Narita aeroportidan to‘g‘ri Tokyoga yo‘l olish uchun poyezdga mindik. Ichimiz quvonchga to‘lib, hayajonimizni zo‘rg‘a bosib turgan paytimizda akamiz bizga Yaponiya qanday davlat ekanligi, yaponlar qanday xalq ekanligi haqida birma-bir gapirib berdilar. Naritadan Tokyogacha poyezdda taxminan bir yarim soat yo‘l yuriladi. Biz esa butun yo‘l davomida qulog‘imizni ding qilib, diqqat bilan tingladik. O‘sha kuni keyinchalik Yaponiyadagi butun hayotim davomida hech qachon unutmaydigan bir gapni eshitdim. "Mana bu bo‘yin, qancha egilsa ham, hech qachon sinmaydi. Agar sizlar Yaponiyada biror narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz, avvalo yapon xalqi bilan mustahkam munosabat o‘rnatishingiz kerak. Mustahkam munosabat esa yapon xalqini hurmat qilishdan boshlanadi. Sizlar hali juda ko‘p xato qilasizlar. Har bir xatongizni to‘g‘rilab, kuchli mutaxassis bo‘lib yetishishingiz uchun bo‘yin egishdan uyalmang." Haqiqatan ham, yapon tili maktabida o‘qiganimda ham, soatbay ishlaganimda ham, universitetda ham, keyinchalik kompaniyaga ishga kirganimda ham bilmagan barcha bilim va ko‘nikmalarni: "Ta'zim qilaman, iltimos, menga o‘rgating," degan munosabat bilan o‘zimga singdirib bordim. Yaponcha ta'zim qilish bizning madaniyatimizda hamma tomonidan birdek qabul qilinmasligi mumkin. Ammo siz chekka bir qishloqdan chiqqan bo‘lsangiz, yuragingizda katta orzular va ulkan maqsadlar bo‘lsa, lekin hali yetarli bilimingiz ham, kuchli tanishlaringiz ham bo‘lmasa, sizning eng katta hamrohingiz kamtarlik va hurmat bo‘ladi. Men uchun bu ta'zimda namoyon bo‘lgan. Gap 15, 45, 90 yoki 180 darajali ta'zimni mukammal bajarishda emas. To'g'risi men ham jaa chiroyli ta'zim qilishni hozir ham bilmayman. Gap yurakda. Gap har bir munosabatingiz chin dildan chiqishida. Men bundan 16 yil oldin hayotimning yangi sahifasini ochgan edim. Bugun siz eshitgan bitta so‘z ham ertaga butun hayotingizni o‘zgartirishi yoki umringiz davomida qalbingizga muhrlanib qolishi mumkin. Men bunga chin dildan ishonaman. 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
без подписи
Yaponiyadan qaytgan va qaytmoqchi bo'lgan aka-ukalarimiz bilan yig'ildik va bu galgi mehmonimiz JETRO-ning Toshkentdagi vakolatxonasi boshlig'i Ichinose Yuta janoblari bo'ldi. Umumiy Yapon kompaniyalarining O'zbekistonga kirib kelishi, nega aynan O'zbekistonni tanlayotganligi, muammolar va imkoniyatlar haqida fikr almashdik. Biznes imkoniyatlar o'zini yo'liga, lekin JETRO ning boshlig'i, Yapon tilini, madaniyatini shunchalik kuchli biladigan klub a'zolarini ko'rib lol qoldi. Chunki ular hammalari Yapon madaniyati, biznesi, urf-odatlariga qo'shimcha ravishda xalqaro tajriba, zamonaviy bilim egalari. 2024-yildagi O'zbekistondagi yapon kompaniyalari soni 54 ta. Hozirgi 2026-yilga kelib balki 80taga yetgan bo'lsa ham ajab emas. Ayni vaqtdagi Vetnamdagi Yapon kompaniyalari soni 3000 dan ortiq. Ja Vietnam kabi o'smasada yaqin yillarda bu raqamlar o'sishi aniq. Sizdan qanday karyera rejasi, hayot rejasi bilmayman. Agar qachondir O'zbekistonga qaytish rejangiz, O'zbekistonda ishlash rejangiz bo'lsa hozirdan mana shunday trendlarga qiziqish, kerakli bilimlarni olishni tavfsiya qilgan bo'lar edim. Biz o'zbeklar reja qilishni yomon ko'ramiz. Har narsani tez bo'lishini xohlaymiz. Lekin afsuski, bu dunyoda juda ko'p ishlar kichik kichik qadamlar, puxta rejalar, fikrlar va amallar asosida ro'yobga chiqadi. Men NEC Corporationga ishlagan vaqtim, qachondir NEC ning O'zbekistondagi vakolatxonasining boshlig'i bo'laman deb o'ylar edim. Lekin ishdan chiqishimdan 2 yil oldin vakolatxona kattarish o'rniga qisqarish tomon ketayotganini ko'rdim. Bu men uchun yangi rejalarni, qadamlarni bosishga turtki bo'lgan. Bugungi ushbu ma'lumot ham sizga qandaydir qaror qabul qilishga turtki bo'ladi deb umid qilaman. 🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook