Catharsis
СтатистикаCatharsis / κάθαρσις / Katarsis Tozarish Ehtiyoji borlar uchun! Muharrir, tarjimon Shahzod Shodmonning u-bu narsa deb o'tiradigan joyi.
- Последний пост
- 5 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tahrir Birovlarning xatosini ko‘rsam, tillo topgan boladay xursand bo‘lib ketishimga bitta misol aytaman: Rahmatli bir ustozimiz, tilshunos olim o‘rischadan bitta kitobni tarjima qildi. Uni biz nashr etadigan bo‘ldik. Kitobni ko‘rayotib, bir joyida "Tmutorakan tovuqlarigacha" degan sarlavhaga duch keldim. Tushunmasdan, o‘rischasiga qaradim: "Do kur’ Tmutorakanya". Hayron bo‘ldim, chunki "tovuq"ning mavzuga umuman aloqasi yo‘q edi. Keyin lug‘at qarashni boshladim. Hozirgilarida emas, eski Chor Rusiyasida chiqqan, hatto Vladimir Dalning lug‘atida ham "kur" so‘zi "tovuq" deb berilgan ekan. So‘ng hamma kitoblarni yopib, o‘ylay boshladim. Matndan uzilib, mavzuga yuqoridan qarab ko‘rdim. To‘xta, mabodo, bu so‘z turkiy emasmi, axir kitob o‘ris tilidagi turkiy so‘zlar haqida-ku, nega uni o‘ris tili lug‘atlaridan izlashimiz kerak, degan fikr keldi. Keyin "kur"ning turkiycha aytilishini izlay ketdim. Va bu so‘z "qo‘ra, qo‘rg‘on" ma’nosida ekanini topib oldim. O‘shandagi quvonchim tillo topgan bolanikidan kam emasdi. Rahmatli ustozimiz ham juda xursand bo‘lgan, hatto "Mana shu bitta so‘z uchun sizni kitobning ikkinchi tarjimoni qilib yozib qo‘yaman", degan edi. Mana, #muharrir nima uchun kerak?! ✏️Abdug‘afur Iskandar 🗄Farrux Jabborbek
Muharrir kerakmi? Kerak! “Yosh kitobxon” tanlovining hakamlaridan biriman. Yaqinda Namangan viloyati bosqichida 1980-yili nashr etilgan kitobdagi shu kunga dovur tuzatilmasdan kelayotgan bir xato zukko bir kitobxon o‘quvchini 1-o‘rindan mahrum etishiga sal qoldi. Batafsil: https://marifat.uz/show-post/muharrir-kerakmi-kerak-1361 ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Шахзод деган бола ким, қани ўша бола, охирги сонда "Заҳрафшон" билан "Эверест"и чиқибдику, деган кекса кишининг овози эшитилди. Қарасак, устоз Иброҳим Ғафуров турибди!
Kitob do'konida nafsi hakalak otib ketgan odamni ko'rmaganlar kaminaga boqsin😂
без подписи
Raqs et, dalli jon, raqs et! @JustCatharsis
Bitta blues eshitib koʻring-chi!
Biz ajdar boʻlolmadik Qoʻrgʻon tepaligining ostida ulkan ajdar moʻl-koʻl tillalarni qoʻriqlab yotadi, degan gaplar ham bor. Dadam bularning barini ertak qilib aytib berardi. Bir gal qoʻrgʻonga katta bosqin boʻlgan, yov devorlar atrofini oʻrab olib, kuchli qamal qilgan. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4353 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
SUHBAT Oqarsuv bo’yida, oqshom chog’ida, Qari tol boshida oy porlagan payt. Ozurda tuyg’ular qo’nalgohida Menga suv tilida sirlaringni ayt. Ilkis tun sayriga shamol chaqirsa, Shovqinli shaharni aylansang sekin. Chor tarafda tinmay sevinch baqirsa, Sen sog’inch tilida bir narsa degin. Ne kechar dunyoning o’ngu so’lida Tuyg’ular ko’zyoshday qalqib turgan payt. Hamma laqqillasa bozor tilida, Sen ko’ngil tilida biror jumla ayt. Qanday tushuntiray holimni senga, Egik boshim uzra oyday yog’du soch… Barini bir chetga qo’ygin-da, menga Sukunat tilida yuragingni och. Eshqobil Shukur
без подписи
O'zini rivojlantirishga urinayotgan har bir ayolning yonida uni qo'llab-quvvatlovchi oilasi bo'lishi katta kuch beradi kishiga. Shanba kuni imtihon topshirdim. Dadamiz Turonga 4 soatga yaqin qarab turdi (butun ishxonasi bilan birgalikda, albatta😁) Bugungi og'zaki imtihonimda ham ota-bola sahna ortida qo'llab turishdi❤ Hech qaysi imtihonimda bunchalik xotirjam bo'lmaganman. Hatto o'tgan yili shu paytlari 7 oylik homilam bilan imtihon topshirib tug'ib qo'yishimga oz qolganida qaytib imtihon topshirmayman degandim🥲. Bir so'mi yo'q boybuchcha xotin xursandligidan "sertifikatim chiqsa haq beraman, dadasi" devordi. Harqalay, yeb-icharni pulini bu OLIYJANOB inson menga to'latmas-a🤣 Yaxshiyam borsizlar, shukr😍 @Saida_Rasulovaa
Ertalabdan yangi choynagimiz oilamiz diqqat markazida boʻldi. Mana, men suvni qaynatib boʻldim, ishni doʻndirib qoʻydim degandek suv qaynashi bilan hushtak chaldi. Qanday alomat narsa ekan-a deb hammamiz qarab turdik. Yangi choynagimiz esa battar avjiga chiqdi. Yanada balandroq shovqin solib choyni qaynatganini bildirishda davom etdi. Ana, moʻjiza! Lekin bunday oʻylab qarasam, eski choynagimiz ham aynan shu vazifani bajarardi. Hech bir kamchiligi yoʻq edi. Ammo bunchalik e’tibor markazida emasdi, hammaning tahsiniga loyiq koʻrilmagandi. Hayotda ham shunday. Ishini qoyilmaqom bajargan, ammo nimalar qilganini koʻrsatib bera olmaganlar e’tibordan chetda. Hech nima qilmagandek nazardan chetda boʻladi. Ammo tayinli ish qilmasa-da shovqin koʻtargan, men suvni qaynatib tashladim, unaqa qilib tashadim, bunaqa qilib tashadim degichlar e’tibor markazida va koʻp e’tirof etiladi. Ayni yangi choynagimiz kabi… Men sizga bunday uslubdan foydalaning demayman. Chin dildan, mehr bilan ishlang. Ammo qilganlaringizni koʻrsatib berishni, buni qolganlarga bildirishni ham unutmang. Ana shunda sizdan kechib hushtak chaladigan “choynak”ni oʻrningizga olib kelib qoʻyishmaydi. Unutmang! ➡️@qora_yigit
"Hurriyat" gazetasining 2021-yil 14-aprel sonidan: Рамазон — гуноҳларни куйдиргувчи ой Тошкент шаҳар бош имом-хатиби ўринбосари, “Катта Қозиработ” жоме масжиди имоми Абдуқаҳҳор қори ЮНУСОВ билан ушбу саодатли ой фазилатлари ҳақида суҳбатлашдик.
#tarjimadan_parcha Port-Etenda o‘n yildan beri o‘zining bir tomchisiga zor qilgan suv Savoyyada xuddi osti teshilib qolgan ulkan samoviy hovuzdan dunyoning bor rizq-ro‘zi to‘kilayotgandek vahima bilan guvillab oqib tushardi. – Ketdik, – derdi ularga yo‘lboshchi.…
Odamzod gʻalati mavjudot. Yer yuzidagi eng paradoksal borliq. Falon metro bekati yonida bir amaki sigaret, nos sotib oʻtiradi. Kecha kechasi oʻtib ketayotsam, ovozini baland qilib YouTubedan Qur'on oyatlarini eshitib oʻtiribdi. Bir tomondan xaridoriga sigaretni uzatib, pulini choʻntakka solyapti. Nima deb oʻylashni bilmaysan kishi. Oʻylamaslikka ham koʻnolmaysan. Bu xuddi “Chekish taqiqlanadi” degan belgiga tamaki choʻgʻini bosishga, astagʻfirulloh, basmalani aytib xamr ichishga oʻxshaydi. Yoʻq, bular oʻta joʻn oʻxshatish... Amaki oddiy misol, xolos. Real hayot manzarasi ham shunday koʻrinish kasb etadi. Nima deyishga hayronman, qisqasi. Koʻnglimdan koʻp tuygʻular oʻtdi-yu, soʻzga aylantirolmadim. https://t.me/JustCatharsis
Mashinaning bahosi qirq sakkiz tanga, uchidan yetti yarim tanga naqd toʻlansa, olti oy muhlat bilan nasiyaga berilar ekan... Bu iqtibos Abdulla Qahhorning “Oʻtmishdan ertaklar”idan olindi. Gap “Zinger” tikish mashinasi haqida bormoqda. Asarda bayon etilgan voqealar XX asr boshlarida kechgan. Ha, XX asr boshlarida ham “boʻlib-boʻlib toʻlash” deganlari yangilik boʻlmagan, demak. Koʻnglimizni choʻktirmaylik, a, labbay? https://t.me/JustCatharsis
“Россиянинг попугини пасайтириб қўйиш керак” - Сенатор Абдусаид Кўчимов Ўзбекистон Сенатида биринчи марта Россиянинг “империалистик иштаҳаси” кескин танқид қилинди. @platformauzb
Bu voqea menga o‘zining boshqalarnikidan farqli yo‘lini tanlagan pingvin voqeasidan ham ta’sirliroqdek tuyuldi.
Педагогик ОТМларда янада қатъийроқ талаблар жорий этилмоқда: агар талабаликка номзод исталган даражадаги зўравонликни содир этган бўлса, у олийгоҳ остонасига ҳам йўлатилмайди.
#mulohaza Ertalab metro tiqilinch boʻladi. Gavjum bekatlarda poyezdlarga chiqayotgan va tushayotgan odamlarni tartibga chaqirib, vagonlarga yaxshiroq joylashib olishga undovchi xodimlar bor. Sariq jelakli xodimlar. Vagondaman, toʻxtagan bekatimizda odam gavjum. Hamma oʻzini ichkariga uryapti. Sariq jelakli xodim vagonning ochiq derazasidan odamlarni oʻrtaroqqa yurishga chaqirdi. Yonimdagi kishi atrofidan tasdiq kutib toʻngʻilladi: “Yana qayoqqa surilaylik? Kallasi joyidami bu odamning?!” Uning gapi menga yoqmadi. “Ishi shu-da, qilishi kerak boʻlgan ishni qilyapti!” dedim sovuqroq ohangda. Haligi kishim indamadi; indamay yaxshi qildi. Bizda xudbinlik va boshqalarni tushunmaslik illati bor. Vagon ichida boʻlsak, tiqilib kirayotganlar yoqmaydi, tashqaridan tiqilib kirmoqchi boʻlsak, oʻtkazib yubormayotganlarni yoqtirmaymiz. Ishini qilayotgan odam haqida “Kallasi joyidami?” deymiz, lekin oʻzimizning kallamiz qayerdaligini oʻylamaymiz. Nafsimizga ma’qul kelmaydigan ishni koʻrsak, darrov boshqalardan ayb qidiramiz, axir oʻzimiz mukammalmiz-da... Sariq jelakli xodimning oʻrniga oʻzimni qoʻyib, tan olamanki, yoʻlovchi sifatida menga mantiqsiz va yoqimsiz tuyulgan oʻsha ish, ya’ni shundogʻam tiqilib turgan odamlarni yana surilishga undash vazifam boʻlganida, uni bajaravergan boʻlardim. Boshqalar ham shunday. Umuman olganda, aksariyatimizning qilib yurgan ishlarimiz mohiyatan aynan oʻsha xodimning ishiga oʻxshasa kerak. Aslida biz boshqalar haqida xulosa chiqarayotganda, oʻzimizga ta’rif toʻqiyotgan boʻlamiz: “Oʻz holidan bexabar nodon” degan sifatni peshonamizga yopishtirayotgan boʻlamiz. Xudbinlikni yigʻishitirib, boshqalarni tushunishni, ularning oʻrniga oʻzimizni qoʻyib koʻrishni oʻrgansak, oʻziga xos xotirjamlikka, bir pogʻona oʻsishga erishamiz, menimcha. Qaydam... Shahzod Shodmon https://t.me/JustCatharsis