tgindex
Kitobxon qizlar klubi

Kitobxon qizlar klubi

Статистика
@Kitobxonqizlar_klubiузбекский

Kitobxon qizlar klubi Loyiha asoschisi: @Isroilqizi_blog Instagram: instagram.com/kitobxonqizlar_klubi Murojaatlar uchun: @kitobxonqizlar_admin @kitobxonqizlar_admin2 taklif va shikoyatlar uchun: @kitobxonqizlar_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
24
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
273
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
794
23 постов
Вовлечённость
290,8%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 24
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
39
1/48двое суток
44
1/72трое суток
48

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 13 июл.4672из HilolNashr

    🎉 15 июль куни Бухорода «Китобхонлик мактаби» ўтказилади Эндиликда Бухородаги филиалимизда ҳам «Китобхонлик мактаби» ўтказилади. ✔️ Илк суҳбат 15 июль куни 10:00 да бўлиб ўтади. Суҳбатга устоз Эркин Малик, Азизхўжа домла Хайруллоҳ ўғли, Ёрқин Халил, Қамариддин Бекмуҳаммад ва бошқа меҳмонлар ташриф буюришади. ✨ Тадбирда сизни устозлар билан самимий суҳбат, нашриёт томонидан эсдалик ҳадялар ва бошқа хотиралар кутяпти. Марҳамат, Бухородаги дўконимизнинг тарихидаги эсда қоларли кунларидан бирида бирга бўлинг! 😊 📍 Манзил: Бухоро шаҳри, Академик Иброҳим Мўминов кўчаси, 16/11 📍 Xарита @hilolnashr

  • Kitobxon qizlar klubi pinned «KUCHLI SHAXSIYAT Hayotingizni butunlay oʻzgartiradigan 21 kunlik intizom #marafoni! Ertalab turishga qiynalyapsizmi? Kun davomida rejalaringiz qolib ketyaptimi? Sogʻlom hayot tarzi, til oʻrganish va darslarni tizimga solish vaqti keldi. Biz bir guruh…»

  • KUCHLI SHAXSIYAT Hayotingizni butunlay oʻzgartiradigan 21 kunlik intizom #marafoni! Ertalab turishga qiynalyapsizmi? Kun davomida rejalaringiz qolib ketyaptimi? Sogʻlom hayot tarzi, til oʻrganish va darslarni tizimga solish vaqti keldi. Biz bir guruh qatʼiyatli insonlar bilan birgalikda "KUCHLI SHAXSIYAT" nomli 21 kunlik jamoaviy marafonni boshlayapmiz! ⚡️ Marafonning qatʼiy shartlari: 1. 🌅 Uygʻonish — Bomdoddan oldin. 2. 📿 Ruhiy quvvat — Bomdoddan keyin 30 daqiqa zikr. 3. 📚 Intellekt — Kuniga 1 soat til darsi va 2-5 soatgacha chalgʻimasdan asosiy darslarni qilish. 4. 🍏 Sogʻlom tana — Shirinlik va gazli ichimliklarni butunlay cheklash 5.💪🏻 Sport- 2 kunda 1 marta jismoniy mashq bajarish. 5. 📖 Kun yakuni — Kechasi uyqudan oldin 10 sahifa kitob mutolaasi. Marafonda har bir ishtirokchida faqat 3 ta "hayot" (yashash huquqi) boʻladi. Sababsiz kunlik hisobot topshirmagan odam guruhdan chiqarib yuboriladi. Bizga shunchaki kuzatuvchilar emas, natija xohlaydiganlar kerak! Jamoa juda kichik va sifatli boʻladi (Soni cheklangan) Agar oʻzingizga ishonsangiz va 21 kun ichida yangi odatlarni shakllantirmoqchi boʻlsangiz, vaqtni boy bermasdan @israilkizi ga "TAYYORMAN" deb yozing. QABUL 17-maydan 20-maygacha! Haya marafonda ishtirok etish tekin. | Isroilqizi blog |

  • 14 апр.1 00321

    Ziyolilik nimadan darak beradi? Maktab davrlarida adabiyot darslarida adiblarning tarjimai holini o‘qiganimda, “ziyoli oilada tug‘ilgan” degan jumla ko‘zimga tez-tez tashlanardi. Buni o‘qiganimda, adibning ota-onasi oliy ma’lumotli bo‘lsa kerak deb o‘ylardim. Go‘yoki diplomli bo‘lish – ziyolilikning belgisi kabi tuyulardi. Ammo vaqt o‘tib, hayot tajribasi ortgani sayin tushundimki, “ziyoli” so‘zi bundan ancha keng, chuqur va ma’naviy ma’noga ega. Ziyolilik – bu faqat oliy ma’lumot emas, balki fikrlash tarzi, hayotga mas’uliyat bilan qarash, ma’naviy boylik, odob, madaniyat, kitobsevarlik, jamiyat oldidagi burchni his etishdir. Ziyoli oila degani qanday muhit? Ziyoli oila – bu farzandga faqat bilim emas, balki tarbiya, qadriyat, erkin fikrlash, axloq, haqiqatni anglash kabi tuyg‘ularni beradigan muhitdir. Bunday oilada ota-onaning diplomli bo‘lishi shart emas. Muhimi – ularning dunyoqarashi, hayotga va farzandga bo‘lgan munosabati. Ziyoli oila – bu kitob bor joy, bu mehr bor joy, bu suhbat, tinglash va eshitishga o‘rgatilgan, axloqiy me’yorlar ustuvor bo‘lgan joydir. Bugungi kunda ziyoli oila bo‘lish zarurmi? Ha, bugungi kunda ziyoli oila bo‘lish har qachongidan ham muhim. Chunki bugungi yosh avlod turli axborotlar iskanjasida o‘sayapti – yaxshi-yomonni ajratish, to‘g‘rini tanlash uchun yo‘l ko‘rsatuvchi, madaniyatli, ma’naviyatli muhit zarur. Ziyoli oilada ulg‘aygan bola mustaqil fikrlashni, jamiyatda o‘z o‘rnini topishni, haqiqatni aytishni, boshqalarga foydali bo‘lishni o‘rganadi. Bunday farzandlar kelajakning poydevorini mustahkamlovchi, el-yurtga xizmat qiluvchi insonlar bo‘lib voyaga yetadi. Ziyoli oilalar kamayganmi? Afsuski, bugun ziyoli oilalar soni kamaygandek tuyuladi. Buning asosiy sabablari bir nechta: – Moddiy hayotning murakkablashuvi – ko‘pchilikning e’tiborini ro‘zg‘or tashvishlariga qaratib qo‘ydi. – Ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar ko‘plab oilalarda kitob, suhbat va tarbiyani chetga surib qo‘ydi. – Ba’zi ziyoli ota-onalar bu ruhni farzandiga yetkazishga e’tibor bermay qo‘ydi. Shunga qaramay, ziyolilar yo‘q emas – ular bor, faqat ko‘zga kamroq ko‘rinayapti. Ammo ular jamiyatni yoritib turuvchi nurdek – sukunatda, lekin ta’sirli yashayapti. Xulosa: Ziyolilikni qanday saqlab qolamiz? Ziyolilikni saqlab qolish va ko‘paytirish har birimizning qo‘limizda. O‘z oilamizda kitobxonlikni, suhbat madaniyatini, ma’naviy tarbiyani kuchaytirish orqali biz kelajak avlodga eng katta boylikni – ziyolilik ruhini meros qoldiramiz. ✍ Isroilqizi #yoziqlari | Isroilqizi_blog |

  • Isroilqizi yana sizlar bilan 🤍 Avvalgi kanal o‘chirilgani sabab ko‘pchilik yo‘qotib qo‘ydi. Yaqinda esa yangi kanal ochdim va havolasini shu yerda qoldiraman 👇 Yangi sahifamiz — yangicha kontent, yangicha yo‘nalish, inshaAlloh ✨ Bu yerda sizni: -Dars va mutolaa jarayonlarim -Talaba ona sifatida farzandim bilan o‘tkazgan eng quvnoq lahzalar -Foydali deb bilgan yoziqlar kutmoqda 🌿 Albatta qo‘llab-quvvatlaysiz degan umiddaman 🤍 Kanal havolasi:https://t.me/+JS98brgInmo1MGNi

  • 3 мар.1 0322

    #Samadova Malika Xulosalarim Kitob nomiga mos yozilgan ekan haqiqatdan ro‘zani mo‘min insonning qalqoni deb hisoblasa bo‘ladi ekan. Negaki ro‘za dunyo va oxirat uchun ko‘p foydalari bor deyilgan. Hattoki ilmiy tomondan ham dunyo olimlari ochlikni ko‘p xastalikka daʼvo ekanligini isbotlashgan ekan. Kitobdan ko‘pgina bilimlarni oldim. Audio kitobni boshlab oxirigacha tinglagan kitobimni ikkinchisi bo‘ldi. Kitobdan olganlarim esa: Ramazon oyida o‘lgan inson jannatga kiradi. Chunki bu oyda do‘zax eshigi yopiladi. Shaytonlar kishanlanadi. Ro‘zador insonga shayton zarar yetkaza olmaydi Ro‘zador insonning og‘zidan keladigan hid Alloh taologa yoqadigan hidlardan ekan Ro‘za tutishga sog‘lig‘i ko‘tarmaydigan, ro‘za tutolmaydigan insonlarga Alloh yengilliklar yaratib bergan. Ro‘za tuta olmaydigan insonlar: - juda qari insonlar, - xomilador, emizikli ayollar, -safardagi insonlar - biror dardga chalingan insonlar Ikkinchi va uchinchi qatorda aytilgan insonlar ro‘za qazosini tutib berishi farzdir. Ro‘za tutishga haqiqatdan layoqati yetmaydigan insonlar bir misvokka saharlik va iftorlik qilishi uchun maʼlum miqdorda pul yoki ovqat berishi farzdir deyilgan. Tugatdim man kitobni Alloh barchamizni ilmimizni ziyoda qilsin. Ramazon ro‘zasini tutishning baʼzi foydalari: _Ro‘za tutgan kishining taqvodorligi oshadi. _Ro‘za tufayli ro‘zador o‘z sog‘lig‘ini tiklab oladi. _Havoyi nafsni sindirish. _Shaytonga qahr ko‘rsatish. _Ro‘zadorning qalbi musaffo bo‘ladi. _Gunohlar tutgan ro‘zasi sababli mag‘firat qilinadi. _Ro‘za tufayli farishtalar sifati ila sifatlanadi. _Ro‘zador sabr-bardoshli kishi sifatiga ega bo‘ladi. _Rahm-shafqat sifatini shakllantirib, mustahkamlaydi.

  • Assalomu alaykum❤️ Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tomonidan yozilgan "Hadis va Hayot" 9-juz(ro'za) kitobini o'qib tugatdim.Alhamdulillah. Kitobda Ro'za haqida ko'plab hadislar keltirilgan va har bir hadisdan keyin unga sharh ham keltirilganligi kitobni o'quvchiga juda katta yengillikdir. Masalan,men ba'zi hadislarni 2 marta o'qiganimda ham tushunmay qolgan paytlarim ham bo'ldi,berilgan sharhlar esa juda sodda va aniq yozilgani uchun hadisning ma'nosini to'liq tushunishni osonlashtirdi. Ramazonda ushbu marafonni tashkil qilib kitobxonlarni birga jamlagani uchun❤️ @Israilkizi ga kattakon rahmat.Allohim shunday hayrli ishlarda bardavom qilsin,ajr-u savoblarini o'zining karami qadar ko'paytirib bersin🤲 Shunday marafonlarni tashkil qilishga meni ham ilhomlantirdingiz...❤️ Kitobxonimizning shaxsiy sahifasi https://t.me/Ruxshona_tavsiya_qiladi

  • Taqriz 📚 Kitob : Xadis va Hayot 9-juz Ro'za kitobi 🔖 Muallif : Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh 📖 Sahifa : 232 sahifa • Ushbu kitobda Ramazon odoblari hamda ro'za ahkomlari o'quvchiga tushunarli tarzda sodda qilb bayon qilingan • Kitobni o'qib nafaqat Ramazon , ro'za haqida ma'lumot olasiz balki boshqa oylarda tutiladigan nafl ro'zalar haqida ham batafsil hamda Rosuli akram sallollahu alayhi vassallamni hadislaridan dalillar keltirib keng ochiqlab berilgan. • Kitobni o'qib Ramazon, ro'za va uning fazilatlari haqida ulkan ilmga ega bo'lasiz desam mubolag'a bomiydi . • Ushbu cheksiz fazilatlar bilan bahramand bolish ila cheklanib qolmaysiz Xabibimiz sallollahu alayhi vassallam har bir vaziyatta qanday yo'l tutganlari hamda ushbu vaziyatta hayotlaridan parchalarni o'qib yanada ko'proq ilmga ega bolasiz biiznillah • Qanday kishilarga ro'za tutish mumkin emas ? Qanday kishilarga ro'za tutish farz ? Ahkomlari qanaqa ? Yuqoridagi hamda undan ham kop bolgan savollarga javoblarni ushbu kitobdan olishingiz shak - shubhasiz ! 💫 Kitobdan iqtiboslar : • Alloh taolo : "Ey iymon keltirganlar, sizlarga ham huddi sizlardan oldin o'tganlarga farz qilinganidek, ro'za farz qilindi , shoyadki , taqvo qilsanigiz " digan • Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat : " Men : " Ey Allohning Rosuli , menga Alloh manfaat beradigan ishni amr qiling " dedim . U zot sallollahu alayhi vassallam : " Ro'zani lozim tut , uning o'xshashi yo'qdur " , dedilar " • Ummu Immora al-Ansoriyya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sallollahu alayhi vassallam uning oldiga kirdilar . Ul zotga taom taqdim qilindi . U zot sallollahu alayhi vassallam : " Sen ham yegin " dedilar . " Men ro'zadorman " , dedi . Shunda Rosululloh sallollahu alayhi vassallam : " Qachon ro'zadorning oldida taom yeyilsa , to yeb bo'lgunlaricha ( yoki to'ygunlaricha) farishtalar ro'zadorga salovat aytib turadi " , dedilar. • Payg'ambarimiz s.a.v dan rivoyat qilinadi. U zotga o'zlaridan oldingi odamlarning umrlari ko'rsatildi yoki shunga o'xshash Alloh xoxlagan narsalarni. Bas , u zot huddi ummatlarning umrlarini qisqa , boshqalar umrlari uzunligi ila yetgan amallariga yeta olmaydigan deb bilganga o'xshadilar. Shunda Alloh u zotga Laylatul-Qadrni ming oydan yaxshi qilib berdi . • Rosuli Akram sallollahu alayhi vassallam Sha' bon oyi haqida : "Bu bir oyki , odamlar undan g'ofil qolurlar. U Rajab bilan Ramazonning orasida. Bu bir oyki , unda amallar Robbil a'lamiynga ko'tarilur . Mening amalim ko'tarilayotganda ro'zador bo'lishni yaxshi ko'raman " , dedilar • Allog taolo shayhimizdan rozi bolsin , oxiratlarini obod , makonlarini firdavs jannatlaridan qilsin amiiyn ! #Mubina_bintu_Hasan

  • без подписи

  • Yilning 7-kitobi Bu oyning 3-kitobi bitdi.. Hadis va hayot 9-juz "Ro‘za" kitobi tugatildi. So'nggi sahifalarni o'qiyotganingda uni yaxshi kitob ekanini his qilasan, demak yana bir yangi do'st bilan xayrlashishga to'g'ri keladi #theend💔 Start: 14.02.2026. Finish: 24.02.2026. #tavsiya qilinadi albatta. Ushbu kitob bn ro‘za mavzusida xoxlagan savolilarga javob topishilar mumkin. Ramazon oyidagi ro‘za va namoz, nafl namozlar, yillik ro‘za, e‘tiqof va ro‘zaga oid barcha informationlar bor. Kitobxonimizning shaxsiy sahifalari: https://t.me/booktrovert18

  • Alhamdulillah yana bir yaxshi kitobni tugatdim😍 Bu kitobda shayhimiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Ro'za ibodatini va uning ahkomlari, ro'zaning fazilatlari, ro'zada man qilinuvchi ishlar. Qay hollarda ro'za buzilishi yoki buzilmasligini sodda uslubda hadislar yordamida oddiy xalq tushunadigan tarzda judda chiroyli ta'riflab berganlar. Bu kitobdan Ro'za haqida judda ko'p ma'lumotlarga ega bo'ldim. 📖 Kitobxonimizning shaxsiy sahifalari: https://t.me/+aqyDH4kfJmQzNjcy

  • Assalomu alaykum. Alhamdulillah, ushbu muborak kitobni oʻqib tugatdim. Bu juzda nafaqat Ramazon roʻzasining fazilatlari, balki nafl roʻzalar, ularning hikmat va foydalari haqida ham keng va tushunarli maʼlumotlar berilgan. Kitobni mutolaa qilish jarayonida roʻza shunchaki och va chanqoq yurish emas, balki insonni ruhiy poklanishga, sabr-qanoatga va taqvoga yetaklovchi ulugʻ ibodat ekanini yanada chuqur his qilasiz. Asar 50 ga yaqin manbalarga tayanib yozilgani bois, undagi har bir hadis sahih dalillar bilan keltirilgan va batafsil sharhlangan. Hadislarning izohi shunchalik aniq va ravshanki, oʻqir ekansiz, deyarli savol tugʻilmaydi — hammasi sodda va hayotiy misollar bilan tushuntirib berilgan.Ramazon oyida bu kitobni oʻqish qalbga alohida taskin beradi. Shu marafonni tashkillashtirgan insonlarga tashakkur bildiraman🕊 #SharipovaShahzoda

  • Sufizoda Shahnoza Kitob yakunlandi Alhamdulillah anchadan buyon uqish niyyatida bo’lib boshlay olmayotgan kitobimni ayni Ramazonda ushbu marafonda qatnashib judayam tez fursatda tugatib oldim,ko’pchilikda baraka borda baribr🤗 Barcha qatnashgan guruhdoshlarimga raxmat aytaman sizlar mani dangasalik qilishimga yo’l qo’ymadilar😚 Kitobni barchaga uqishlarini tavsiya qilaman Ro’zaga oid fiqhiy masalalar,barcha hadislar roviylari bilan to’liq bayon qilingan ushbu kitobni uqib ibodatingizni yanaham mukammal qilishingizni bundan tashqari boshqa vaqtlardaham tutiladigan nafl ro’zalari,e’tikof masalalari haqidaham ma’lumotlarga ega bo’lasiz man Hadis va hayot kitobi bilan birgalikda Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamlariga mansub yana bir ro’zaga oid bo’lgan mufassal “Mo’minning meroji “ kitobiniham birgalikda mutola qildim Ikmon topsangiz ikkisiniham uqib chiqishingizni tavsiya qilardim Har yili so’raladigan takroriy savollar va ularning javoblariham keltirilgan

  • 📌 20–20–20 MUTOLAA MARAFONI TARTIBI Marafonda har bir ishtirokchi mustaqil tarzda o‘zi mutolaa qiladi ▫️ O‘qiladigan kitob: Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Hadis va Hayot” to‘plami, 9-juz — “Ro‘za” bobi 📅 Boshlanish sanasi: 🗓 15-fevral ⚠️ Marafon…

  • #тавсия ЭНГ ЯХШИ ҲАДЯ Бугун қандайдир севишганлар куни эмас, буюк бобокалоримиз атоқли давлат арбоби, шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун. Шунингдек, "Халқаро китоб ҳадя қилиш куни". Яъни бу кунда оммани кўпроқ китоб ўқишга, ўзаро китоб ҳадя қилишга тарғиб қилинади. ​📚 ​Китоб совға қилиш — шунчаки буюм топшириш эмас, балки илм, фикр, ғояни ҳадя этишдир. Танланган асар баъзан ҳадя олувчига кучли таъсир қилиб, унинг ҳаёти ўзгаришига сабаб бўлиши мумкин. Демак, совғангиз манзилга аниқ етиб боришида қуйидаги тавсияларга амал қилинг: 1. ​Имкон бўлса, аввал сиз бермоқчи бўлган китоб олувчида борми ёки йўқми текшириб олинг. 2. Совға олувчининг ҳолатини билинг. Ҳар ҳолатнинг ўз китоби бор: қийин пайтда — далда берувчи, янги босқичда — йўл кўрсатувчи, байрамларда эса илҳомлантирувчи асарлар мос келади. Кўпчилик ўзига ёққан китобни совға қилади. Аслида эса китоб совға олувчининг ҳолати, савияси, қизиқишларига мос бўлиши керак. Сиз унинг касби, ёши ва ҳаётий қарашларини ҳам инобатга олинг. Масалан: Болалар учун суратли, йирик шрифтли, одоб ахлоққа чорловчи бадиий китоблар бериш маъқулроқ. Хафа кишига тасалли берувчи, ўз ишида сустлашган кишига руҳлантирувчи, шахсий ривожланиш ҳақидаги кибобларни беринг. Сиз бермоқчи бўлган китоб "сочи йўққа тароқ" совға қилгандек бўлмасин. Шунингдек, одатда китоб ўқимайдиган, яқинда мутолаага киришган кишиларга кичик ҳажмли, тушуниш осон бўлган енгил китобни беринг. Уларга бирданига бир нечта китоб ҳадя қилманг, балки биттасини тугатса, кейин бошқа беринг. ​3. Мақсадни белгилаб олинг. Ўзингизга савол беринг: бу китоб билан нимани истаяпман? Илм беришми, руҳлантиришми ёки шунчаки тасаллими? Ният аниқ бўлса, танловда адашмайсиз. ​4. Тил ва услуб равонлиги. Совға учун ўқишга енгил, тили тушунарли асарларни танланг. Оғир ва ҳаддан ташқари мураккаб китоблар ҳар доим, ҳамма учун ҳам фойда келтирмаслиги мумкин. ​5. Ишончли манба ва муаллифи. Айниқса диний, тарбиявий ва психологик мавзуларда муаллифнинг илми ва холислигига эътибор беринг. Чунки муаллиф китоб ичида бир дона жумла билан ҳам ўқувчи фикрини бузиши мумкин. Айниқса, хорижий адабиётларнинг ҳаммаси ҳам бизнинг қадриятламимизга мос келавермайди. ​ 6. Сифат ва дизайнига эътибор беринг. Чиройли муқова, сифатли қоғоз ва қулай шрифт — бу сизнинг бефарқ эмаслигингиз белгиси. Эстетик завқ берадиган китоб жавоннинг кўркига айланади. Қаттиқ муқова — узоқроқ муддат сақланади. Сариқ вароқли — ўқиш учун қулай, кўзни тиндирмайди. ​7. Бағишлов ёзуви ёзиб беринг. Китобнинг биринчи бетига қисқа тилак ёки дуо ёзиб, санани қайд этинг. Бу ёзувлар ҳадя қадрини янада ошириб, олувчининг қалбида ўша китобга янада кўпроқ меҳр уйғотади. Орадан йиллар ўтса ҳам, бу самимий сатрлар сизни эслатиб туради. 8. Китобни безакли қоғозга ўратинг ёки чиройли қохоз халтага солиб беринг. Имкон бўлса, китоб ёнига ўқиган жойини белгилаш учун рангли қалам, ёпиштириладиган стикерлар қўшиб қўйинг. Хуллас китоб совға қилишга эътиборли бўлинг, кўпроқ китоб совға қилинг — эҳтимол, сиз кимнингдир ҳаётида янги саҳифа очилишига сабабчи бўларсиз. Сиз туфайли биров китоб ўқишни бошласа, сиз берган китобни ўқиса, унинг ҳар бир ҳарфига ажр оласиз. Бу сиздан энг яхши садақаи жория бўлади. ​ Каналга уланиш https://t.me/Komillikuz

  • 10 февр.1 1872114

    📌 20–20–20 MUTOLAA MARAFONI TARTIBI Marafonda har bir ishtirokchi mustaqil tarzda o‘zi mutolaa qiladi ▫️ O‘qiladigan kitob: Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Hadis va Hayot” to‘plami, 9-juz — “Ro‘za” bobi 📅 Boshlanish sanasi: 🗓 15-fevral ⚠️ Marafon boshlanguniga qadar kitobingizni tayyorlab olishingiz yoki elektron varianti Hilol eBook ilovasidan yuklab olishingiz kerak Kitobsiz marafonda ishtirok eta olmaysiz. 🕗 Kunlik vaqt rejasi: ▫️ Mutolaa: har kuni 20 daqiqa ▫️ Hisobot topshirish vaqti: 🕘 21:00 – 00:00 oralig‘ida 📌 Belgilangan vaqtdan tashqari hisobotlar qabul qilinmaydi. 🎯 Yakuniy baholash tartibi: ▫️ Marafon so‘ngida 10 ta savol beriladi ▫️ G‘oliblar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: ✅ Eng tez va to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar ✅ Marafon davomida eng faol bo‘lganlar 🎁 HADIYALAR: ▫️ Mukammal saodat yo‘li ▫️ Ijtimoiy odoblar ▫️ Iymon KITOBLARI SIZNI KUTYAPTI. 🌱 Maqsadimiz — Ramazonga ilm, anglash va amal bilan tayyorlanish. @Kitobxonqizlar_klubi

  • 9 февр.3 8121280

    🌙 20–20–20 MARAFONI 📚 Ramazonni sog‘indingizmi? Ramazon sog‘inchi bor qalbga ega bo‘lish — aslida katta ne’mat. Ammo nega ba’zan Ramazonni yaxshi ko‘rsak ham, uni qalban intiqib sog‘inolmaymiz? Sababi oddiy: biz Ramazonni yetarlicha tanimasligimizdir. Ramazonni tanib kirish esa undan ko‘proq manfaat olishning kalitidir. 📖 Yechim: Ramazonni sizga tanitadigan kitoblarni o‘qing. Jumladan: ▫️ Hazrat Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Hadis va Hayot” to‘plami, 9-juz — “Ro‘za” bobi Shu maqsadda sizni 20–20–20 mutolaa marafoniga taklif qilamiz 👇 🕗 Har kuni soat 20:00 da ⏱ 20 daqiqa mutolaa 💸Jarima: 20 000 so‘m(oʻziz ehson qilasiz 📌 ishtirok etish shartlari: 🌱@Isroilqizi_blog va @kitobxonqizlar_klubi kanaliga a’zo bo‘lish 🌱Marafon postini 2 nafar yaqin insoningizga yuborish Skrenshotlarni @Israilkizi ga yuboring va guruh linkini oling. 🎁 Eng faol ishtirokchilar kitob sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🌱 Keling, Ramazonga qalb bilan tayyorlanaylik, uni tanib, anglab, barakali o‘tkazaylik. @kitobxonqizlar_klubi