tgindex
𝙼𝚞𝚔𝚑𝚒𝚍𝚍𝚒𝚗 𝚊𝚕 𝙼𝚊𝚡𝚍𝚞𝚖𝚒𝚢'𝚜 𝚋𝚕𝚘𝚐

𝙼𝚞𝚔𝚑𝚒𝚍𝚍𝚒𝚗 𝚊𝚕 𝙼𝚊𝚡𝚍𝚞𝚖𝚒𝚢'𝚜 𝚋𝚕𝚘𝚐

Статистика
@Learning_The_Arabicузбекский

Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani... Murojaat uchun: Telegram: @Mukhiddin_al_Maxdumiy_bot Instagram: Instagram.com/Mukhiddin_al_Maxdumiy

Последний пост
13 дек.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
58
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
8
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
213
40 постов
Вовлечённость
2662,5%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 58
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ҳаётингга кириб-чиқиб кетувчи ҳар бир инсонга нисбатан дўст сўзини ишлатаверма! Токи бир кун келиб «дўстлар ҳам ўзгарар экан» демаслигинг учун!

  • Энг бахтсиз инсон Ҳозирги айтадиган инсонимиз "Муҳадром"лардан саналади. Маълумки, исломда "муҳадром"ларнинг ўрни саҳобалардан пастроқ, аммо тобеъинлардан улуғроқ саналади. Уларнинг адади борасида иҳтилоф бор. Имом Муслим улардан йигирма нафарини санаган. Ҳофиз Абу Амр ибн Салоҳ мухадромларга яна икки кишини қўшган. Кейин Ҳофиз Ироқий “Ат-тақйид ва ийзоҳ” китобида яна йигирма кишини қўшган. Биз айтмоқчи бўлган инсон ҳам шу кам сонли муҳадромлардан бири саналади. Бу кишининг асл исмлари Золим бўлган. Аммо кейинчалик исмлари Амрга ўзгартирилган. У киши Набий соллалоҳу алайҳи васаллам билан кўришишни роса орзу қилар эди. Аммо Мадина билан Амр яшайдиган манзил орасида катта масофа бор эди. Ниҳоят орзулар ушаладиган кун келди. Карвон Мадинага қараб йўл олади... Росулуллоҳ соллалоҳу алайҳи васалламни кўриш баҳтига мушарраф бўлиши мумкин. Аммо, карвон йўлда бир неча кун қолиб кетди. Карвон Мадинага кириб келганларида маълум бўлдики, Росулуллоҳ соллалоҳу алайҳи васалламнинг дафн қилинганига атига 1 кун бўлган экан. Бу улуғ тобеъиннинг юраги ёрлиб кетмаганига ҳам қойил...

  • Энг баҳтли инсон Табук ғазотидан қайтишда Абдуллоҳ Зулбижодайн розияллоҳу анҳу вафот этди. Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. У зот шундай дейди: «Росулуллоҳни излаб ул Зотнинг чодирлари олдига бордим. Аммо, бориб қарасам Росулуллоҳ соллалоҳу алайҳи васаллам чодирда йўқ эканлар. Сўнгра Абубакр ва Умар розияллоҳу анҳумоларнинг чодирларига бордим, иккиси ҳам йўқ экан. Қўшин тўҳтаган жойнинг яқинида бир бурчакроқ ҳудудда кавланаётган нарсанинг овози эшитиляпти. Бориб қарасам, Абу Бакр ва Умар розияллоҳу анҳумо қабр кавлаётган эканлар. Қабр кавланиб бўлгач, Росулуллоҳ соллалоҳу алайҳи васаллам қабрга тушдилар ва ўзларининг муборак қўллари билан Абдуллоҳ Зулбижодайн розияллоҳу анҳуни қабрга дафн қилдилар. Сўнгра қуйидагича дуо қилдилар: «Аллоҳумма инний амсайту ъанҳу розиян, фарзо ъанҳу» (Парвардигор, мен шу бандангдан рози бўлиб кеч киргаздим, Сен ҳам ундан рози бўлгин). Ибн Масъуд ва Абубакр розияллоҳу анҳумолар орзу қилиб қолдилар шу саҳоба эришган баҳтга эришишни... Аллоҳ ҳаммага шундай ҳотимани насиб этсин.

  • #Dolzarb_hadislar #Hadis_saboqlari Реанимацион ҳадислар (3) Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Albatta din qattiqdir, unga muloyimlik bilan kiringlar". Manba: Imom Darulqutniy rivoyati.…

  • #Dolzarb_hadislar #Hadis_saboqlari Реанимацион ҳадислар (3) Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Albatta din qattiqdir, unga muloyimlik bilan kiringlar". Manba: Imom Darulqutniy rivoyati. "Maqosidul hasana" kitobi, 458-hadis.

  • Ilm dengizida cho'kib ketishni istamasangiz... Alloma Anvarshoh Kashmiriy rahmatullohi alayh shunday deganlar: «Hadoiqu zotul bahja» degan tafsir yozilgan, bu tafsir ming jilddan iborat. Fotiha surasining o'zi yigirma besh jild. «Bismillah» oyati sharhining o'zi besh jild. Bundan maʼlum boʻladiki, inson butun umr ilm olsa ham, ilmi mukammal bo'lmaydi. Ilm degan ulkan daryoga qadam qo'ymoqchi ekansiz, albatta amal kemasiga mining. Ey tolibi ilmlar, amal kemasiga minmay ilm dengiziga chiqsangiz, albatta unga g'arq bo'lasiz. Shunday ekan, sizni ilm dengizida faqat amal kemasigina maqsadingizga eson-omon, muvaffaqiyat ila yetkaza oladi». Manba: Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahullohning «Talabalik davrini qanday o'tkazmoq kerak» asarlari.

  • Bugungi jum'a tilovatlaridan...

  • #Ulamolar_haqida #Ilm_sohiblari — Umar roziyallohu anhu: “Uchta narsa bilan dunyo vayron bo'ladi, ularning biri olimning adashishidir”, deganlar. — Molik ibn Dinor rohimahulloh: “Olim ilmiga amal qilmasa, yomg'ir silliq toshga singmaganidek uning ham pand…

  • Bugun In shaa Alloh jum'a mav'izasi: «Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay!» mavzusida bo'ladi. Mavzu haqida ortiqcha izoh shartmas...

  • Bugun In shaa Alloh jum'a mav'izasi: "Folbinlik va sehr – katta gunohlardan" mavzusida bo'ladi. Fikrimcha bugun Baqara surasi 102-oyatni tafsiri haqida gaplashilinsa kerak.

  • #Dolzarb_hadislar #Hadis_saboqlari Реанимацион ҳадислар (2) Sahobalarning orasida eng ko'p hadis rivoyat qilish bilan mashhur bo'lgan Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo'min bo'lmaguningizcha jannatga…

  • #Intishaarus_salam #Assalamu_alaykum Biz bir - birimizga "Assalamu alaykum! - sizga tinchlik bo'lsin!" dedik, Alloh bizga tinchlikni berdi. Alhamdullilah! Endi "va rohmatullohi va barokatuhu! - Uning rahmati va barakoti bo'lsin!" so'zini ham qo'shib qo'yaylik.…

  • #Intishaarus_salam #Assalamu_alaykum Biz bir - birimizga "Assalamu alaykum! - sizga tinchlik bo'lsin!" dedik, Alloh bizga tinchlikni berdi. Alhamdullilah! Endi "va rohmatullohi va barokatuhu! - Uning rahmati va barakoti bo'lsin!" so'zini ham qo'shib qo'yaylik. Shoyadki, Allohning rahmati va barakotiga nasibador bo'lsak! 😊 - Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!

  • 28 авг. 2024 г.14141из Learning_The_Arabic

    #Soyyib #Hubbun_Nabiy Yomg'ir yog'ayotgani uchun bir hadis yodimga keldi. Bu hadisni avval ham tashlagan edim. Shoyadki, takror bilan qalblarimizga o'rnashsa.... Allohning Habibi sollallohu alayhi vasallam "Ummatim misoli yomg'ir kabidir. Avvalgilari yaxshimi yoki oxirgilari bilib bo'lmaydi¹ (لا يدرى deyilgan hadisda)" deb marhamat qilib, sahoba-yu tobe'inlargina emas, zamonning eng oxirida keladigan ummatlar ham bu ummatning eng yaxshilari bo'lishi mumkinligi aytilgandagi oxirgi ummat. Ha, unday ummat biz edik, lekin biz unday ummatga xos ish qilyapmizmi o'zi? Ey voh, afsus...! Bizlarga nadomat bo'lsin. Nega, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam biz ummatlariga shunday "huzurbaxsh tasallilar" berganlarini bilib turib ham Rosulimiz alayhissalomni tanimayapmiz? ¹ - Imom ibn Hibbon rohimahullohning "صحيح ابن حبان" kitobi 7226-hadis. Muhaddislar "Ikki Shayx"ning shartlariga ko'ra hadisni "sahih" deb hukm qilishgan. © Mukhiddin al Maxdumiy

  • #Dolzarb_hadislar #Hadis_saboqlari Реанимацион ҳадислар (1) «Ilm dengizi» hamda «Qur'on mufassiri» laqablari bilan sharaflangan Abdulloh Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ortlarida (mingashib ketayotgan) edim. U zot: «Ey bola, men senga men senga kalimalarni o'rgataman. Allohni(ng buyruqlari va qaytariqlarini) muhofaza qilgin, shunda U Zotni ro'parangda topasan. Kengchilik vaqtida Allohni(ng haqlarini) tanisang, U seni qiyinchilikda taniydi. Bilib qo'yki, seni chetlab o'tgan narsa senga yetishi uchun emas edi. Bilib qo'yki, albatta, nusrat sabr bilan, g'am-g'ussa arishi esa aziyat bilan bo'ladi. Va, albatta, qiyinchilik ortidan yengilchilik bordir». Manba: Imom Termiziy rohimahullohning "Sunani Termiziy" kitobi. Muhaddis ushbu hadisni hasan sahih hadis, deganlar.

  • #Davomi #Sahobalar #Xalifalar Hijriy 40-yil Ramazon oyining 17-kuni tongda Ibn Muljim u kishiga suiqasd qildi. Holbuki, o'shanda yer yuzida u kishidan afzalroq odam yo'q edi. Ko'pchilikning qavli va sahihi shuki, u kishi oltmish uch yoshda edilar. Alloh…

  • #Bilmayman_ilmi #Sahobalar #Muhojirlar #Ansorlar ALI IBN ABU TOLIB roziyallohu anhu. Ali ibn Abu Tolib Abdumanof ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay Qurashiy Hoshimiy. Hasan va Husan (roziyallohu anhumo) larning otasi. Rosululloh sollallohu…

  • #Bilmayman_ilmi #Sahobalar #Xalifalar UMAR IBN XATTOB roziyallohu anhu. • Sadaqa ibn Abu Abdullohdan rivoyat qilinadi: "Umar ibn Xattob shunday der edi: "(O'zlaricha) fikr egalari sunnat dushmanlaridir. Sunnatni muhofaza qilish ularni charchatdi, sunnatni…

  • Bu qanaqangi muhabbat ekan-a?! Ba'zida so'z topilmay qoladi...💯

  • Do'stlar, kitob o'qiyotganinglarda oyatlarga, hadislarga, manbalarga diqqat bilan e'tibor berib o'qinglar. To'g'risi, shu paytga qadar o'zim o'qigan kitoblarning 30ga yaqinida oyatlar xato yozilgani, ma'lumotlar umuman xato berilayotganini guvohi bo'lganman. To'g'ri, hamma ham xato qiladi. Ammo oyatlar, hadislar borasida juda qattiq turish lozim bo'ladi. Shar'iy masalalarda qilingan xato juda yomon ta'siri bor axir! Bizlar nuqsonli ekanimiz haqida Alloh taolo o'zining muborak kalomida marhamat qilib aytadi: يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُخَفِّفَ عَنكُمْ وَخُلِقَ ٱلْإِنسَٰنُ ضَعِيفًا ﴿٢٨﴾ «Alloh sizdan yengillatmoqni xohlaydir. Va inson zaif (nuqsonli qilib) yaratilgandir» (Niso surasi 28-oyat) Modomiki zaif ekanmiz, xato-kamchiliklar bo'ladi. Baribir diqqatliroq, ehtiyotkorroq bo'lish kerakda. Chunki: ...أَن تُصِيبُوا۟ قَوْمًۢا بِجَهَٰلَةٍ فَتُصْبِحُوا۟ عَلَىٰ مَا فَعَلْتُمْ نَٰدِمِينَ ﴿٥﴾ «...Bir qavmga bilmasdan musiybat yetkazib qo'yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo'lmanglar» (Hujurot surasi 5-oyat)

𝙼𝚞𝚔𝚑𝚒𝚍𝚍𝚒𝚗 𝚊𝚕 𝙼𝚊𝚡𝚍𝚞𝚖𝚒𝚢'𝚜 𝚋𝚕𝚘𝚐 — tgindex