tgindex
Shamsuddin Sadruddin

Shamsuddin Sadruddin

Статистика

She’rlarim: https://t.me/Vahmiy da. @Muhammadoshiq_bot

Последний пост
30 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 272
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 743
20 постов
Вовлечённость
215,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
980
1/48двое суток
1 123
1/72трое суток
1 211

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 30 июл.35930из Vahmiy

    Demak, mana shu xabarga qo‘yilgan «yopishmalar» (stickers) soni 200 tadan oshsa, she’riy «davra»mizni ochamiz. (😉)

  • 24 июл.4 0592517

    Sun’iy shuhrat 1955-yilda amerikalik radio boshlovchisi Jean Shepherd eng ko‘p sotilgan kitoblar ro‘yxatini tuzish noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganini, bestseller ro‘yxatlari faqat sotilgan nusxalar soniga emas, balki kitob do‘konlariga xaridorlar qaysi kitobni qanchalik ko‘p so‘rab kelayotganiga ham asoslanishini, bu esa bestseller ro‘yxatlarni ishonchsiz qilishini ko‘rsatish uchun bir ishga qo‘l uradi. Gap shundaki, u asli yo‘q Frederick Ewing degan «shaxs» qalamiga «mansub» - «I, Libertine» nomli mavjud bo‘lmagan kitobni o‘ylab topadi. U tinglovchilaridan kitob do‘konlariga kirib, shu kitobni so‘rashni iltimos qiladi. Natijada kitob do‘konlari xaridorlarning tinimsiz so‘rovlaridan hayratga tushadi. Odamlar kitobni o‘qimagani holda u haqida gapira boshlaydi. Hatto ayrim tanqidchilar va ziyolilar kitobni o‘qigandek taassurot qoldirishga urinadi. Yo‘q odamning yo‘q kitobi haqida mish-mishlar tarqaladi: kitob o‘ta siyosiy bo‘lgani uchun muallif o‘zini ommaga olib chiqmagani aytiladi. Hatto ba’zi «kitobxonlar» muallifning ayoli bilan ko‘rishganini iddao qila boshlaydi. Ushbu hazil kutilmagan darajada ommalashgach, nashriyotchi Ian Ballantine fantast yozuvchi Theodore Sturgeonni Jean Shepherd tuzgan syujet asosida haqiqiy roman yozishga yollaydi. Nihoyat avval faqat tasavvurda mavjud bo‘lgan «I, Libertine» kitobi haqiqiy asarga aylanadi. U 1956-yil 13-sentabrda ilk marta nashr etiladi. Qizig‘i, yozuvchi Theodore Sturgeon kitobda o‘z ismini emas, balki to‘qima shaxs - Frederick Ewing nomini muallif sifatida qoldirgan ekan... Demak, shon-shuhrat haqiqatning emas, omma e’tiborining mahsuli bo‘lishi mumkin. Odamlar ko‘pincha biror narsani uning mazmuni uchun emas, balki boshqalar ham uni muhim deb bilgani uchun qabul qiladilar. @Shamsuddin_Sadruddin

  • 24 июл.9875516

    Kecha Islom svilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga a’zo bo‘ldim. Sharoitlar zo‘r. Arabcha kitoblar ko‘p (tabiiyki, bundan boshqa muqobil arabcha kitoblar kutubxonasi yo‘q). Qur’on o‘qib o‘tirganlarni ham ko‘rdim. Ko‘zni quvontiradigan manzara. Toshkentda bo‘lsangiz, boring. A’zo bo‘ling. Maza qilib kitob o‘qing! ) A’zo bo‘lish bepul ekan.

  • 20 июл.1 223236

    Amir Temur o‘g‘li Shohrux Mirzo Ka’baga kisva yuboraman deb nazr qilganidan o‘sha davrning eng katta hanafiy olimi Badriddin Ayniy rohimahulloh Misr rioyasini o‘ylab: «Bu nazr bog‘lanmagan. Uni amalga oshirish vojib emas», deb fatvo bergan ekanlar. @Shamsuddin_Sadruddin

  • 10 июл.1 297245из Bayanul_lisan

    #Tavsiya Ba’zan aqlni arab tilini o‘rganish va o‘rgatishdek jiddiy mashg‘ulotdan chalg‘itib turish kerak bo‘ladi (كما قال ابن الجوزي). Bu borada yaxshi she’r va to‘g‘ri qo‘shiq eshitish ayni muddao. Demak, quyidagi 2 ta sahifaga marhamat: 1. 👉 @Vahmiy 👈. 1 yildan beri shu nom ostida she’rlarimni e’lon qilib boraman. 2.👉 @Vahmiymusic 👈. Bugun ochildi. Vahmiy (Shamsuddin Sadruddin) she’rlari bilan Suno AI ijrosi uygu‘nligida yaratilgan qo‘shiqlar (cholg‘u asboblarisiz) joylab boriladi. Dam olib-dam olib ilm olavering! @Bayanul_lisan

  • 8 июн.1 764176из Vahmiy

    A’ROF Instagramdagi sahifa: https://www.instagram.com/vahm_olami

  • 23 мар.2 742438из Vahmiy

    Labsiz inson komil nutqdan mosuvodir. Biroq shunda ham u tavhid kalimasi - «la ilaha illalloh»ni ayta oladi. Chunki bu buyuk iborada lablar bir-biriga tegmaydi. Uni aytishda lablarni qimirlatishga hojat yo‘q, tilning harakatlanishi kifoya. Labsizlik - nuqson, lekin u eng buyuk saodatga xalal bera olmaydi. Itoatsizlik ham shunday. U ayb bo‘lsada, jannatga kirish baxtidan umid uzishga sabab emas. Banda mo‘min ekan, «labsizlik» nuqsoni o‘rnini, albatta, nimadir qoplaydi. Shunga ishora o‘laroq she’rda lab undoshlari (b-p-m-f-v) qatnashmagan.

  • 20 мар.2 8633812

    «Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayit kuni bo‘lsa, (namozgohga borish-kelish) yo‘lini ayro qilar edilar». (Sahihi Buxoriy)

  • 20 мар.3 1414810

    Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Haqiqiy muammo aytishga botinilmayotgan muammodir. Muhtojga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, gapirishini kutmang. Sezing, his qiling. Va unutmang, muhtojning yaxshi va yomoni bo‘lmaydi. Bu yomon odam, deb muhtoj payti…

  • 18 мар.1 840132

    Manfaatli sahifa, inshaalloh!

  • 18 мар.1 75493из uz_lexi_mood

    TAAQQUL #arabcha – “aql bilan tushunish”, “mantiqan idrok etish” 📌 Taaqqul — biror narsani aql, tafakkur va mantiq orqali anglash jarayoni.

  • 28 янв.2 8006720из Vahmiy

    Sen ketma Sen ketma, ketmasang, dushman tugaydi, Yolg‘izlik to‘ldirgan maxzan tugaydi, Sen borsan, aminman - Ibrohim uchun tashilgan o‘tinlar, gulxan tugaydi. Sen ketma, qiynoqlar, kishan tugaydi, Bog‘larda gul qolib, tikan tugaydi, Bo‘ronlar, to‘fonlar tingay sen bilan - nuhiy kemalarda yelkan tugaydi. Sen ketma, yo‘qsa, sha’n, gulshan tugaydi, Ma’volar to‘rida suxan tugaydi, Kim ketsa, ketsin, sen ketma, Ona, Sen yo‘q o‘lkalarda vatan tugaydi... ✍️Shamsuddin Sadruddin (28.01.2026) @Vahm_olami

  • 9 янв.3 3146717

    «Asal tanaga qanday ta’sir ko‘rsatsa, Qur’on tilovati ham qalbga shunday ta’sir qiladi. Qur’ondagi pand-nasihatlar qalb dardlariga shifodir. Qur’on dalillari hidoyat topishga kifoyadir. Salomat va ofiyat yo‘lini izlab yurganlar qani?!» (Abul Faroj Ibn Javziy, «Tabsira») @Shamsuddin_Sadruddin

  • 5 янв.3 1654139из Bayanul_lisan

    #Taqdim #Tanituv Bismillah... O‘tgan yillarda «Ajurrumiyya»ning eng mashhur sharhlaridan biri - «Mutammima»dan bir necha marta dars berdim. Darslar to‘liq shaklda Youtube sahifasiga ham joylangan. Dars berish asnosida «Mutammima»ga qisqa izohlar yozib borgan edim. Saralab chiqsam, 143 ta izoh bo‘libdi. Shuni siz aziz tolibi ilmlarga ulashishdan xursandman! Tabiiyki, bu izohlar nahv kitoblaridan o‘qib, zamondosh nohiy shayxlardan eshitib chiqargan xulosalarim mahsuli. Barcha fazl Allohga, xato-kamchiliklar menga oid! _________________________________ 📗 Kitob nomi: «Izohlar (Mutammimatul ajurrumiyyaga)» (التعليقات على متممة الآجرومية) 🌍 Tili: arabcha ✍️ Muallifi: Shamsuddin Sadruddin 📄 Risola hajmi: 36 sahifa 📝 Mavzusi: nahv @Bayanul_lisan

  • 29 дек.2 74233

    2 hafta damdaman. Uchbu hafta uchun rejalar tuzib qo‘ydim. Biri - yoshligimda qila olmagan ishimni bajarish. )) Ilk rasm yomon chiqmagan, menimcha...

  • 29 дек.2 910939

    2 hafta damdaman. Uchbu hafta uchun rejalar tuzib qo‘ydim. Biri - yoshligimda qila olmagan ishimni bajarish. )) Ilk rasm yomon chiqmagan, menimcha...

  • 25 дек.6 8032933

    «This show was made by humans» - «Bu serial insonlar tomonidan ishlangan».

  • 25 дек.5 6151118

    «This show was made by humans» - «Bu serial insonlar tomonidan ishlangan».

  • 19 дек.2 6104310из Vahmiy

    Do'stim, qaydan sizga she’rga buncha qarshilik!? She’r ham bir gap, yaxshisi yaxshi, yomoni yomon (Marfu’ hadis). Musulmon bo‘lgandan keyin ham sahobalar she’r yozgan. Tobe’inlar she’r yozgan. Abu Hanifa she’r yozgan. Shogirdlari she’r yozgan. Shofe’iyning katta she’riy devoni bor. Hazrati Aliy ko‘p hollarda murassa (she’rga o‘xshatib) gapirar edilar. She’r yozmagan kim bor o‘zi - joni yo‘q tosh, aqli yo‘q eshakdan boshqa!? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam masjidda Hasson aytgan she’rlarni tinglar edilar. Zuhayr ibn Ka’b Islomga kirish uchun Rasululloh huzurlariga kelib qasida aytganda unga choponlarini hadya qilganlar. Qasidasining yarmi arab odatiga ko‘ra ishq haqida bo‘lgan: «Suad mendan ayrildi, qalbim bugun xastadir, Xun puli to‘lanmagan zanjirband asiradir». Olimlar doim jiddiy bo‘lmaganlar. Doim kitob o‘qimaganlar. Doim dars qilmaganlar. Ular shariatga amal qilganlar, ruxsatlardan foydalanganlar. Katta tobe’in imom Shu’ba odamlarga dars o‘tayotib goho nahv olimi Abu Zaydni ko‘rib qolar, dars asnosida u bilan Nobig‘a Zubyoniyning she’rlarini aytishar edi. Dars o‘rtasida mushoira... She’r yozishni qo‘ying, sahobalar bo‘sh vaqtlarida bir-birlariga tarvuz po‘choqlarini otishar edi. Ammo jiddiy ishlar qarshida ulardan jiddiylari bo‘lmas edi (Imom Buxoriy Sahihida aytilganidek). Tashqaridan xunuk ko‘ringan manzara, lekin barcha Bani Odamning tabiati shu. Inson g‘o‘la emas-ki, bir oqimda ixtiyorsiz, hissiz suzsa. Zavqi bor, shavqi bor, fe’l-atvori, turfa afkori bor. Ko‘radi, o‘rganadi, sevadi, yo‘qotadi, yig‘laydi, kuladi, she’r yozadi, aytadi... Ibn Javziy «Axbaruz zirof» kitobining ilk sahifalarida Sufyon ibn Uyayna tilidan bunday hikoya qiladilar: «Bir kuni Mis’ar ibn Kidomning huzurlariga bordik (bu kishi ishonchli hadis roviysi bo‘lganlar). Rosa uzun namoz o‘qidilar. Keyin bizga qarab kuldilarda mana bu she’rni xirgoyi qildilar: «Hoy, qarang anov Azza, Men tomon kelayotir, Ko‘zin yerga qaratgan Shamoldek yelayotir: «Betob bo‘ldik, ko‘rgali kelmadingiz-ku, hazrat» Dedim: «Kasal kasalni etarmi hech ziyorat!?» Men (Sufyon so‘zi): «Shunday namozdan keyin shu ishmi!?» deb ajablansam, u kishi: «Ha! Goh undoq, goh bundoq», deb javob berdilar... Goh undoq, goh bundoq, do‘stim! @Vahm_olami

  • 27 нояб.2 870458

    «Mo‘min - xurmo daraxti ekib, tikani chiqib qolishidan qo‘rqadi. Munofiq - tikan ekib, xurmo unishini kutadi». Shaqiq Balxiy

Shamsuddin Sadruddin — tgindex