Baytul ilm
СтатистикаMaqsadimiz: ✔️Arab tiliga doir darslar ✔️Arab tiliga oid foydali kontentlar va materiallar ✔️Ko'proq arabcha kitob o'qish va unga targ'ib qilish ✔️Shaxsiy fikr va tajribalarni bo'lishish Murojaat uchun: @Mutarjimarabiy Manba ko'rsatilsin!
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 275
- 1/48двое суток
- 1 461
- 1/72трое суток
- 1 575
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Kech kirganda ozgina falsafalashgandek ham boʻlib turaylik: بعض الناس يصبحون في إحدى محطات حياتك ذكرى لا أكثر. Ba'zi odamlar hayotingizning bir bekatida shunchaki xotira bo'lib qoladilar. ليس كل من مر في حياتك يبقى فيها؛ فبعضُهم لا يكون إلا ذكرى عند إحدى محطات العمر. Hayotingizdan o'tgan har bir inson unda qolavermaydi; ba'zilari umrning bir bekatida faqat xotiraga aylanadilar. يمضي الناس، وتبقى الذكريات. Odamlar ketadilar, xotiralar qolur. ليست كل الطرق تؤدّي إلى رفقة دائمة، فبعض الرفاق خلقوا لمرحلة ثم يمضون. Har bir yo'l abadiy hamrohlikka olib bormaydi; ba'zi hamrohlar faqat bir davr uchun yaratilgan boʻladilar, so'ng ketadilar. لكل لقاء موعد، ولكل وداع حكمة. Har bir uchrashuvning o'z vaqti, har bir alvidoning o'z hikmati bor ekanda azizlar. Mayli nima boʻlsa ham, yaxshilikka yondosh qilsin.
Ajoyib hikmat ekan: ما سُمِّيَ الإنسانُ إلا لنسيِهِ ولا القلبُ إلا أنه يتقلَّبُ Insonga inson deyilishi unutuvchanligi, qalb esa doimo oʻzgarib turuvchanligi bilan shunday atalgan ekanda azizlar.
Blogga kam vaqt ajratayotganimiz uchun aybga buyurmay turasizlar endi. Talabachilik buyogʻi.
Ta'lim olishda aksar talabalarning yaxshi oʻrganib ketishini ta'minlovchi omil – aqliy salohiyati qanaqa boʻlishidan qat'iy nazar umid berish. إن الباعث الذي يضمن لمعظم الطلبة تحقيق نجاح من التعلم هو غرس الأمل في نفوسهم، بغض النظر عن مستوى قدراتهم العقلية.
Inson miyasi oʻziga quvonch bergan manbaga qayta-qayta talpinish xususiyatiga ega. P.S. Arab tili quvonch/taskin beradimi?
без подписи
Hoynahoy arab tilini biladigan oila a'zolari oʻrtasida oʻzaro ulashilayotgan boʻlsa kerak))
без подписи
Barchamizga bugungi ulugʻ ayyom muborak boʻlsin.
ربي إني لما أنزلت إلي من خير فقير
ربنا ظلمنا أنفسنا وإن لم تغفر لنا وترحمنا لنكوننا من الخاسرين
Barchamizni yosh bolalik tark etmagan. Bola onasi bilan birga doʻkonga kirgan vaqt shirinlik koʻradi-da, onasi olib bermagach dodlab yigʻlaydi. Xafa boʻladi. Xohishi bajo keltirilmagani uchun onasiga qovoq-tumshuq qilib ranjiydi. Lekin bu holatda bolasining tomogʻi ogʻrishi yoki tishining qurtlashini oʻylab qilgan onaning tasarrufi ayni shavqat demak. Parvardigor, oʻziga nima foydayu, nima zarar, nima keragu-kerakmasligini bilmaydigan biz ojiz bandalaringni Oʻzing kechir! Masal taqriyb (zehnga yaqinlashtirish) uchun.
без подписи
Ushbu kitobni xalqimizga mashaqqatli mehnat ila taqdim etgan muhtaram Ustoz Muhammad Zarif qori akamizdan Alloh rozi boʻlsin. Kitobning ta'lif etilishida beqiyos xizmatlarini ayamagan Shayx Husayn Buxoriy Ustozimizga ajrini ziyoda qilib bersin. Kitobni keng kitobxonlar ommasiga, xususan, tolibi ilmlarga manfaatli qilsin. (Rasm maqtanmasam boʻlmaydi turkumidan)
без подписи
ما فاتك لم يخلق لك، وما خلق لك لن يفوتك. فما فاتك من أقدار أو فرص لم يُكتب لك أصلاً. عش حياتك بيقين تام أن كل ما فاتك لم يُخلق لك، وما هو مكتوب لك وخُلق لأجلك لن يفوتك أبداً، لترتاح من عناء التفكير والتعلق بالماضي. تأملات في هذا اليقين: اطمئن بتدبير الله: إيمانك بأن ما أصابك لم يكن ليخطئك يمنحك السلام الداخلي بأن كل شيء يسير بحكمة إلهية. لا تحزن على الفائت: كل ما فاتك من خير أو فرصة، اعلم أنه لم يكن خيراً لك في باطن الأمر. استعد للمستقبل: ثق بأن القادم في طريقك يحمل لك الخير والأفضل، فما كُتب لك سيصلك في وقته Sizdan o‘tib ketgan narsa aslida siz uchun yaratilmagay. Siz uchun yaratilgan narsa esa sizni hech qachon chetlab o‘tmagay. Demak, siz qo‘ldan boy bergan qadarlar yoki imkoniyatlar avval boshdanoq siz uchun yozilmagay. Ishonch (yaqiyn): • Allohning tadbiriga xotirjam bo‘lingki: Sizga yetgan narsa sizni chetlab o‘tishi mumkin emasligiga bo‘lgan iymon qalbga ichki xotirjamlik berur. Chunki har bir ish ilohiy hikmat ila sodir bo‘lur. • Qo‘ldan ketgan narsaga mahzun boʻlmangki: Siz boy bergan har qanday yaxshilik yoki imkoniyat botinda siz uchun yaxshi bo‘lmaganini biling. • Kelajakka tayyorlaningki: Ishoning, kelmish siz uchun xayriyatlar va undan ham afzalroq narsalarni olib kelur. Siz uchun yozilgan narsa albatta o‘z vaqtida sizga yetib kelgay. ©️Adham Sharqoviy @arabictadriys
Biz gapirishligimizda hadeb "lik" qoʻshimchasini ishlataverishligimiz xato soʻzlashishlikka, gʻaliz gapirishlikka, uslubiy ravonlikni buzulishligiga sabab boʻlishligi mumkin. Shuning uchun bu qoʻshimchaligini ishlatishlikdan tiyilishlikka yoki oʻrnida ishlatishlikka harakat qilishligimiz lozim.
Odam bilmaydigan narsasini bilmayman deyishi kerak. Tushunmaydiganini tushunmayman deyishi kerak. Tan olish ham mardning ishi! Masalan men meteorologiya va geodeziyani bilmayman 🙂↔️🙃.
Odam bilmaydigan narsasini bilmayman deyishi kerak. Tushunmaydiganini tushunmayman deyishi kerak. Tan olish ham mardning ishi! Masalan men meteorologiya va geodeziyani bilmayman 🙂↔️🙃.
كم نرتكب من الذنوب، في السرِّ والعلن، ومع ذلك يستر عيوبنا عن أعين الناس. وكم نقابل نعمَه بالجحود والعصيان، فلا يقطع عنّا رزقَه. ونخطئ مرة بعد مرة، ثم يقول لنا: إن تبتم غفرتُ لكم. فهل بعد هذا يمكن ألا نحب هذا الله، هذا الرحمن، هذا الربَّ الكريم؟ Qancha-qancha gunohlar qilamiz (maxfiyu oshkora). Ayblarimizni odamlardan berkitib qoʻyadi. Qancha-qancha noshukrliklar, osiyliklar qilamiz. Rizq berishdan toʻxtamaydi. Xatolar qilamiz. Tavba qilsang, kechiraman deydi. Bu Allohni, bu Rahmonni, bu Parvardigorni sevmay boʻladimi?