tgindex
Muhammad_Ali | TM C2

Muhammad_Ali | TM C2

Статистика

حاصل على الشهادة الدولية《التنال العربي C2 》 المحاورة اليومية🟢 نصائح لمن يرغب ان يحصل على الشهادة اللغوية 🔴 ترجمة مقالات باللغة العربية و عكسها 🟡 دروس في بث مباشرة-LIVE 🎦 المصادر غالية ℹ️ ©️ kanalimiz manbasi ko'rsatilsin

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
17
Всего постов
43
Тип
открытый
Язык
арабский
Категория
Книги (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 524
+10 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
410
40 постов
Вовлечённость
11,6%
к подписчикам
Постов в день
2,4
всего 43
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
366
1/48двое суток
419
1/72трое суток
452

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihonidagi eng muhim bo'lgan xat haqida ma'lumot! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. ⚠️ Ta’ziya xati(Shaxsiy) — yaqin insonidan ayrilgan kishiga hamdardlik bildirish, tasalli berish va marhum uchun duo qilish maqsadida yoziladigan xat 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Joy va sana Xat yozilgan joy va sana ko‘rsatiladi. الرياض في 2019/09/15 2️⃣. Murojaat Marhumning yaqiniga hurmat bilan murojaat qilinadi: أخي الفاضل حسن — Hurmatli akam Hasan. 3️⃣. Salomlashish السلام عليكم ورحمة الله وبركاته — Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. 4️⃣. Ta’ziya va hamdardlik Vafot xabaridan qayg‘u va ta’sirlanganlik bildiriladi: بالغ الأسى والحزن وبقلوب مؤمنة بقضاء الله وقدره، تلقيت خبر وفاة جدكم — Chuqur qayg‘u va Allohning qazo-qadariga ishongan holda bobongizning vafoti haqidagi xabarni oldim. 5️⃣. Tasalli va hamdardlik Marhumning yaqinlariga sabr tilanadi va samimiy hamdardlik bildiriladi. 6️⃣. Marhum uchun duo Masalan: سائلًا الله تعالى أن يتغمد الفقيد العزيز بواسع رحمته ويسكنه فسيح جناته — Alloh taolodan marhumni o‘zining keng rahmatiga olishini va jannatlariga joylashini so‘rayman. 7️⃣. Yakuniy ibora إنا لله وإنا إليه راجعون — Albatta, biz Allohnikimiz va Unga qaytuvchimiz. 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • без подписи

  • 📚 YANGI O'QIB TUSHUNISH TESTI 📝 "CEFR MULTILEVEL" imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun navbatdagi o'qib tushunish testi tayyor! ✅ Imtihon formatiga mos ✅ Lug'at va matnni tushunish ko'nikmasini rivojlantiradi ✅ O'zingizni sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat 📌 Testni yechib bo'lgach, javoblaringizni izohlarda yozishingiz yoki biz bilan tekshirishingiz mumkin. 🔜 Natijalar ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi. 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. ⚠️ Iste’fo xati(Rasmiy) — xodimning o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan yoki ishidan ketishini rasmiy ravishda bildirish uchun yoziladigan xat. 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Sana Xat yozilgan sana ko‘rsatiladi. 2️⃣. Qabul qiluvchi Rahbar yoki tashkilot mas’uliga murojaat qilinadi: السادة المحترمون — Hurmatli janoblar. 3️⃣. Rasmiy salomlashish السلام عليكم ورحمة الله وبركاته 4️⃣. Minnatdorchilik Ish davomida ko‘rsatilgan yordam, yaxshi munosabat va hamkasblarga minnatdorchilik bildiriladi. 5️⃣. Iste’fo sababini aytish Shaxsiy sabablar yoki boshqa sabab tufayli ishdan ketish istagi bildiriladi: نظرًا لظروف شخصية فإني ... أتقدم لسعادتكم باستقالتي من العمل — Shaxsiy sharoitlarim sababli Sizga ishdan iste’fo berishimni ma’lum qilaman. 6️⃣. Iste’fo sanasi Iste’fo qaysi sanadan kuchga kirishi aniq ko‘rsatiladi. 7️⃣. Yakuniy minnatdorchilik va tilaklar Tashkilot va rahbarga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilanadi. 8️⃣. Ism va imzo مقدم الطلب — Ariza beruvchi التوقيع — Imzo 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • без подписи

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. ❤️ Sevgi xati — sevgan insoningizga muhabbat, sog‘inch, mehr va his-tuyg‘ularni ifodalash uchun yoziladigan shaxsiy xat 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Joy va sana Xat yozilgan joy va sana ko‘rsatiladi. ليدز في 16 فبراير 2020 2️⃣. Murojaat Sevgan insonga samimiy murojaat qilinadi: زوجتي العزيزة نادية — Aziz rafiqam Nadia. 3️⃣. Salomlashish Samimiy va mehrli salom bilan boshlanadi. 4️⃣. Asosiy qism Bu qismda: 〰️ sevgi va mehr; 〰️ sog‘inch; 〰️ birga o‘tkazilgan vaqtlar; 〰️ xotiralar; 〰️ uzoqda bo‘lish hissi ifodalanadi. 👆 Masalan: لقد رجعت إلى أوروبا ومعي تلك الذكريات الغالية التي جعلتني أفكر فيك كل لحظة وكل ثانية. — Men o‘sha qadrli xotiralar bilan Yevropaga qaytdim. Ular meni har lahza va har soniyada seni o‘ylashga majbur qiladi. 5️⃣. Sog‘inch va his-tuyg‘u رغم انشغالي الدائم إلا أني لم أستطع أن أنساك رمشة عين. — Doim band bo‘lishimga qaramay, seni bir lahzaga ham unuta olmadim. 6️⃣. Kelajak haqidagi tilak Uchrashish, birga bo‘lish yoki baxtli kunlarni kutish haqida yoziladi. 7️⃣. Yakun Mehrli tilak yoki sevgi izhori bilan tugatiladi. 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • CEFR MULTILEVEL O'QIB TUSHUNISH.pdf

  • 📚 YANGI O'QIB TUSHUNISH TESTI 📝 "CEFR MULTILEVEL" imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun navbatdagi o'qib tushunish testi tayyor! ✅ Imtihon formatiga mos ✅ Lug'at va matnni tushunish ko'nikmasini rivojlantiradi ✅ O'zingizni sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat 📌 Testni yechib bo'lgach, javoblaringizni izohlarda yozishingiz yoki biz bilan tekshirishingiz mumkin. 🔜 Natijalar ertaga soat 22:00 da e'lon qilinadi. 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • без подписи

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. 🔼 Ishga kirish uchun xat(Rasmiy) — muayyan tashkilot yoki korxonadagi bo‘sh ish o‘rniga murojaat qilish, o‘z malaka va tajribasini tanishtirish hamda ishga qabul qilinish istagini bildirish uchun yoziladigan rasmiy xat. 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Sana va joy Xat yozilgan sana va joy ko‘rsatiladi. 2️⃣. Qabul qiluvchi Tashkilot rahbari yoki mas’ul shaxsning lavozimi yoziladi. Masalan: سعادة مدير الشركة المحترم — Hurmatli kompaniya direktori janoblari. 3️⃣. Rasmiy salomlashish السلام عليكم ورحمة الله وبركاته، وبعد: 4️⃣. Murojaat sababi Qaysi lavozim uchun murojaat qilayotganingiz aniq aytiladi. 5️⃣. Ta’lim va malaka Diplom, mutaxassislik, kurslar va boshqa tegishli malakalar haqida ma’lumot beriladi. 6️⃣. Ish tajribasi Avvalgi ish joylari va tajriba qisqacha bayon qilinadi. 7️⃣. Ishlash istagi Tashkilotda ishlash istagi va o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkinligi bildiriladi. 8️⃣. Ilovalar CV, diplom nusxasi yoki sertifikatlar ilova qilinganini ko‘rsatish mumkin. 9️⃣. Yakun va imzo Hurmat bilan yakunlanadi va ism, imzo hamda kerakli aloqa ma’lumotlari yoziladi. 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • без подписи

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. 💬 Tabrik xatiga javob(Shaxsiy) — sizni biror muvaffaqiyat, lavozim, imtihon, yutuq yoki boshqa quvonchli voqea bilan tabriklagan kishiga minnatdorchilik bildirish uchun yoziladigan xat. 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Joy va sana Xat yozilgan joy va sana ko‘rsatiladi. بيروت، 15 أبريل 2019 2️⃣. Murojaat Tabrik yuborgan kishiga murojaat qilinadi: صديقي الفاضل جعفر — Aziz / hurmatli do‘stim Ja’far. 3️⃣. Salomlashish تحية طيبة وبعد — Samimiy salomlardan so‘ng... 4️⃣. Minnatdorchilik Tabrik uchun rahmat aytiladi: أود أن أشكركم جزيلًا على رسالتكم — Xatingiz uchun sizga chin dildan katta rahmat aytmoqchiman. 5️⃣. Yangilikni aytish Tabrik sabab bo‘lgan voqea haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Masalan, yangi lavozimga kirishgani: يسرني أن أخبركم أنني قد باشرت عملي في المنصب الجديد. — Sizga yangi lavozimimda ish boshlaganimni mamnuniyat bilan ma’lum qilaman. 6️⃣. Yaxshi tilak / duo Kelajak uchun yaxshi tilak bildiriladi: فأرجو من الله العلي القدير أن يوفقني — Alloh taolodan menga muvaffaqiyat berishini so‘rayman. 7️⃣. Yakuniy minnatdorchilik مرة أخرى تقبلوا شكري وامتناني — Yana bir bor minnatdorchiligimni qabul qiling. 8️⃣. Imzo أخوكم حليم — Birodaringiz Halim. 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • CEFR MULTILEVEL C1.pdf

  • 📚 YANGI O'QIB TUSHUNISH TESTI 📝 "CEFR MULTILEVEL" imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun navbatdagi o'qib tushunish testi tayyor! ✅ Imtihon formatiga mos ✅ Lug'at va matnni tushunish ko'nikmasini rivojlantiradi ✅ O'zingizni sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat 📌 Testni yechib bo'lgach, javoblaringizni izohlarda yozishingiz yoki biz bilan tekshirishingiz mumkin. 🔜 Natijalar ertaga soat 20:00 da e'lon qilinadi. 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. ⛔ Shikoyat xati(Rasmiy) — biror tashkilot, xizmat, mahsulot yoki xodimning noto‘g‘ri harakati, sifatsiz xizmat yoki muammo yuzasidan mas’ul shaxsga yoziladigan rasmiy xat. 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Joy va sana Xat yozilgan joy va sana ko‘rsatiladi. القاهرة في: 2019/08/07 2️⃣. Qabul qiluvchi Shikoyat yuborilayotgan rahbar yoki tashkilot: سعادة مدير البنك المركزي المحترم — Hurmatli Markaziy bank direktori janoblari. 3️⃣. Rasmiy salomlashish السلام عليكم ورحمة الله وبركاته، وبعد: 4️⃣. Shikoyat sababini bayon qilish Muammo aniq va tushunarli tarzda yoziladi. Masalan: 〰️ xodimning noto‘g‘ri muomalasi; 〰️ sifatsiz xizmat; 〰️ xizmat ko‘rsatishdagi muammo; 〰️ mahsulotdagi kamchilik. 5️⃣. Muammoni batafsil tushuntirish Nima bo‘lgani, qachon va qanday holatda yuz bergani bayon qilinadi. 6️⃣. Talab yoki yechim Muammoni hal qilish so‘raladi: أرجوكم التدخل لحل مشكلتي وأخذ الإجراءات اللازمة — Muammomni hal qilish uchun aralashishingizni va zarur choralarni ko‘rishingizni so‘rayman. 7️⃣. Rasmiy yakun مع فائق الاحترام — Chuqur hurmat bilan. 8️⃣. Ism va imzo خالد المرجاوي التوقيع 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • без подписи

  • 📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. ✨ Tabrik xati(Shaxsiy) — biror kishini yutuq, muvaffaqiyat, bayram, tug‘ilgan kun, o‘qishga kirish, imtihondan o‘tish yoki boshqa quvonchli voqea bilan tabriklash uchun yoziladigan xat. 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Joy va sana Xat yozilgan joy va sana ko‘rsatiladi. الكويت في 2019/09/10 2️⃣. Murojaat Kimga yozilayotganiga qarab: عزيزي سعيد — Aziz Said 3️⃣. Salomlashish تحية طيبة مفعمة بالحب والإخلاص — Mehr va samimiyatga to‘la ezgu salomlar. 4️⃣. Tabrik va sabab Avval tabriklanayotgan voqea aytiladi: أجمل تحياتي وتهاني الخالصة... بمناسبة نجاحكم — Muvaffaqiyatingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llayman. 5️⃣. Tilaklar Kelajak uchun yaxshi tilaklar bildiriladi: 〰️ muvaffaqiyat; 〰️ omad; 〰️ yaxshi ish; 〰️ sog‘lik; 〰️ farovonlik. 6️⃣. Yakun Duo yoki yaxshi tilak bilan tugatiladi. 7️⃣. Imzo أخوكم حليم — Birodaringiz Halim. 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • 9 авг.580725

    O'QIB TUSHUNISH TESTI MULTILEVEL.pdf

  • 9 авг.590722

    ❕ SHAXSIY VA RASMIY XATLARNI ADASHTIRMANG! ✍ Xat yozishda eng muhim jihatlardan biri — xatning turini to‘g‘ri aniqlash. Chunki shaxsiy va rasmiy xatlarning maqsadi, uslubi va tili bir-biridan farq qiladi. 👤 SHAXSIY XATLAR: 〰️ Shaxsiy xat 〰️ Tabrik xati 〰️ Tabrik xatiga javob 〰️ Muhabbat xati 〰️ Ta’ziya xati 〰️ Uzr so‘rash xati 〰️ Uzr so‘rash xatiga javob 💼 RASMIY XATLAR: 〰️ Shikoyat xati 〰️ Shikoyat xatiga javob 〰️ Ishga ariza / ishga kirish uchun xat 〰️ Iste’fo xati / ishdan bo‘shash xati 〰️ Ta’til olish uchun xat 📌 Ayniqsa, imtihonlarda xat turini to‘g‘ri aniqlash va mos uslubda yozish yuqori natija uchun juda muhim. 📚 Saqlab qo‘ying va kerakli paytda foydalaning! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram

  • 9 авг.568723

    📝 CEFR MULTILEVEL imtihoniga tayyorgarlikni davom ettiramiz! ✍️ Xat (الرّسالة) yozishda oddiy fikr emas, kuchli strukturadan foydalanish xatingizni yanada kuchli va ta'sirli qiladi. 👤 Rasmiy xat — davlat tashkiloti, muassasa, universitet, kompaniya, rahbar yoki sizga rasmiy munosabatdagi shaxsga yoziladigan xat. Unda rasmiy va hurmatli uslub qo‘llanadi. 🔗 Tuzilishi: 1️⃣. Sana va joy التاريخ: 2019/08/21 2️⃣. Qabul qiluvchining lavozimi va tashkiloti سعادة مدير التعليم بالمنطقة الداخلية Ichki hudud ta’lim direktori janoblariga 3️⃣. Tashkilot nomi va manzil وزارة التربية والتعليم Ta’lim va tarbiya vazirligi 4️⃣. Rasmiy salomlashish السلام عليكم ورحمة الله وبركاته Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. 5️⃣. Kirish أما بعد: Shundan so‘ng: 6️⃣. Asosiy qism Xat yozishdan maqsad aniq va rasmiy tarzda bayon qilinadi. Masalan: 〰️ ishga ariza berish; 〰️ ma’lumot so‘rash; 〰️ shikoyat qilish; 〰️ taklif bildirish; 〰️ murojaat qilish. 7️⃣. Yakuniy qism Hurmat, minnatdorchilik yoki yaxshi tilak bildiriladi. 8️⃣. Imzo va aloqa ma’lumotlari Ism, manzil, telefon raqami yoki boshqa kerakli ma’lumotlar yozilishi mumkin. 💡 Imtihonda ushbu strukturadan o'rinli foydalansangiz, xatingizning mazmuni va saviyasi yanada yuqori baholanadi. 📚 Saqlab qo'ying va do'stlaringiz bilan ulashing! 📱 Muhammad Ali | Telegram 📱 Muhammad Ali | Instagram