THE FAWAID
СтатистикаIlmiy-ommabop sahifa Ustozlardan | Kitoblardan | Hayotdan Olgan foyda va xulosalarimizni ulashib boramiz. Qisqacha: https://t.me/the_fawaid/9 Alloh taolo barchamizga manfaatli qilsin! Murojaat uchun: @the_fawaidbot
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 24
- 1/48двое суток
- 27
- 1/72трое суток
- 29
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
━━━━❯ #nasihat 🔖❮━━━━ مما ينسب إلى أحد معاصر الشافعي رحمه الله: يا يونس، تجمعنا مئاتُ المسائل وتُفرِّقنا مسألةٌ! يا يونس، لا تحاول الانتصار في كل الاختلافات، فأحيانًا كسب القلوب أَولى من كسب المواقف. Imom Shofe’iy rohimahulloh zamondoshlaridan biriga nisbat berilgan jumlalar: “Ey Yunus, bizni yuzlab masalalar birlashtiradi(birlashtirsa-yu), bittagina masala esa ajratadi(mi?)! Ey Yunus, har doim har bir nizo bo'yicha g'alaba qozonishga harakat qilma, zero ba'zida qalblarni egallash oʻrinlarni egallashdan ustundir”. @the_fawaid
━━❯ #darsdan_lavha 📚❮━━ Bir kuni Muhammad ibn Hanafiyya bilan Hasan ibn Aliy (rodiyallohu anhum) tortishib qolishdi va ajralib ketishdi. Muhammad ibn Hanafiyya Hasanning ota tarafdan ukasi (rodiyallohu anhuma). So'ng Muhammad Hasanga ushbu maktubni yozdi: "Agar maktubim sizga yetib borsa, oldimga kelib, menga salom bering". Xatni oʻqigan Hasan roziyallohu anhu ajablandi: "Vo ajab, Muhammad mendan kichkina boʻlsa, ayb unda boʻlsa, martabam undan katta boʻlsa, nega endi men uni oldiga borar ekanman?" Lekin Hasan roziyallohu anhu Muhammad sollallohu alayhi vasallamning madrasalarida tarbiyalangan edi. Xatni yopdi va Muhammadning oldiga bordi. Unga salom bergach, soʻradi: – Bu qilgan ishingga seni nima undadi? Muhammad: – Chunki sizning bobongiz aytadilarki: “Ikkovidan yaxshisi birinchi salom berganidir”.* Fotimai Zahroning oʻg’lidan koʻra yaxshiroq boʻlishga Hanafiyyaning oʻg’liga yoʻl boʻlsin! *Ushbu hadisga ishora qilingan: وعَنْ أَبِي أَيُّوبَ: أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ ﷺ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِمُسْلِمٍ أَنْ يَهْجُرَ أَخَاهُ فَوْقَ ثَلَاثِ لَيَالٍ، يَلْتَقِيَانِ, فَيُعْرِضُ هَذَا، ويُعْرِضُ هَذَا، وخَيْرُهُمَا الَّذِي يَبْدَأُ بِالسَّلَامِ. مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ. “Biror musulmonga o‘z birodari bilan uch kechadan ortiq arazlashish halol emas. Ikkovlari uchrashib qolsa, biri u yoqqa, biri bu yoqqa qarab, teskari bo‘lmasin. Ikkovidan yaxshisi birinchi salom berganidir”. 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ Do'stlaringiz ko'p bo'lsa kerag-a? Eng ko'p so'raladigan savollarimdan. Tanishlar, ulfatlar ko'p: yuzlab, minglab bo'laveradi. Lekin yillar sinovidan o'tgan yaqin do'st bitta yoki ikki-uchta bo'ladi faqat va shular kifoya qiladi. Ziyodasi – ortiqcha yuk. Amr ibn Os roziyallohu anhu aytadilar-ku: من كثر أصدقاؤه، كثر غرماؤه. "Kimning doʻstlari koʻp boʻlsa, qarzdorlari ham ko‘p bo‘ladi." أي: وجب عليه قضاء حقوقهم، والحقوق ديون. "Ya'ni: ularni haqlarini ado qilish kishiga vojib bo'ladi, haqlar esa qarzlardir" deya sharhlanadi "E'joz va iyjoz" kitobida. Do‘stlar ko‘paygani sayin, ularning ehtiyojlari yoki talablariga javob berishga to‘g‘ri keladi — bu esa ba’zida og‘irlik yoki ortiqcha mas'uliyatga aylanishi mumkin. Ilm talabidagi insonlar, ayqnisa, bu masalaga e'tibor berib, hikmat bilan tasarruf qilishlari lozim. 🦅@the_fawaid
يا يونس، لا تحاول الانتصار في كل الاختلافات، فأحيانًا كسب القلوب أَولى من كسب المواقف. Ey Yunus, har doim hamma nizoda g'alaba qozonishga harakat qilma, zero ba'zida qalblarni qozonish oʻrinlarni qozonishdan ustundir”. Shu gapning oʻzi qalblarni fath qiladi-ya! 🦅@the_fawaid
Xodimiy aytadilar: “Ilmning inqirozga yuz tutishi sabablaridan biri muallimning haqqini rioya qilmaslikdir, o‘tgan azizlarimiz: “Kimdan ustozi ozor ko‘rsa, ilmning barakasidan mahrum bo‘ladi, undan ozgina foyda ololadi xolos”, deganlar” . Bu kabi odobsizlikka ayrim misollar keltirsak: - Olim bor davrada ilmsiz kishilarning so‘z boshlashi, ustozning oldida talabaning so‘zamonlik qilishi, ilmda ustun bo‘lmasa-da, parhezkorligi yoki zuhdi yoki yoshi kattaligi sababli martabasi yuqoriroq kishining oldida gapdonlik qilish. - Ustozning gapiga e’tiroz bildirish. Garchi xato bo‘lsa-da, ustozning so‘ziga (keskin) e’tiroz bildirmaslik darkor. Ustozini noshar’iy ish ustida ko‘rib qolganda “Nega unday qilyapsiz?” degan shogird muvaffaqqiyat qozona olmaydi, deyishgan ulamolarimiz. Agar e’tiroz bildirish kerak bo‘lsa, uni ochiqchasiga, keskin ohangda emas, ishora orqali bildirish kerak . Imom Gʻazzoliy aytadilar: “Ustozini zohiri nomaqbul bo‘lgan ish ustida ko‘rib qolsa, gumonini yomon qilmasin, ustozi buning sir-asrorini undan ko‘ra yaxshiroq bilishi mumkin. Shu paytda Muso alayhissalom Hizr alayhissalomga: “Buni uning ahlini g‘arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g‘alati narsa qilding-ku” , deb aytganlarini eslasin. Muso alayhissalom ishning zohiriga asoslangan holda e’tiroz bildirgandilar” . Prof. Dr. Saloh Abul Hojning «Til sayqali» kitobidan Manba @arabictadriys
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ Kontent tuzuvchilar, katta-kichik minbar (auditoriya) egalari, har bir postingiz, ulashadigan narsangizdan avval niyatni yangilab, Allohdan manfaatli qilishini, foydangizga hujjat boʻlishini soʻrab, “Bismillah” deb yuboring. Tahorat olib, 2 rakat namoz oʻqivorsangiz, nur ustiga nur, ota-bobongiz qilgan ishni qilsangiz, kam boʻlmaysiz.) 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #iqtibos ✍❮━━━━ ليس كل ما يُعْرَف يُقال، وليس كل ما يُقال حَضَرَ أهلُه، وليس كل ما حَضَرَ أهلُهُ حان وقته، وليس كل ما حان وقته صَحَّ قوله. "Har qanday ma’lumot aytilavermaydi, aytiladigan gapning har doim ham munosib tinglovchisi hozir bo‘lmaydi, munosib tinglovchisi hozir bo‘lsa ham, har doim vaqti emas, vaqti kelgan bo‘lsa ham, har doim to‘g‘ri gap aytilavermaydi." Muyassar sharh: 1. "ليس كل ما يُعْرَف يُقال" Har qanday bilingan narsa aytilavermaydi. Bu yerda hikmat shundan iboratki, har kimning bilimi bor, ammo uni har joyda, har kimga oshkor qilish to‘g‘ri emas. Bilim, ayniqsa nozik yoki og‘ir haqiqatlar, joyi va holatiga qarab aytiladi. Ba'zida sukut – eng dono javob. 2. "وليس كل ما يُقال حَضَرَ أهلُه" Aytiladigan gapning har doim ham munosib tinglovchisi hozir bo‘lmaydi. Agar kimdir gapirsa ham, bu gapni tushunadigan, qadrlaydigan odam bo‘lishi kerak. Aql egalari uchun mo‘ljallangan gapni noto‘g‘ri muhitda aytish foydasiz yoki hatto zararli bo‘lishi mumkin. Masalan: Donishmand bir odam faqat tushunadigan odamlarga maslahat beradi. Aks holda, so‘z isrof bo‘ladi. 3. "وليس كل ما حَضَرَ أهلُهُ حان وقته" Munosib tinglovchisi hozir bo‘lsa ham, har doim vaqti emas. Haq gap aytilayotgan bo‘lishi mumkin, tinglovchilar ham tayyor, lekin vaqt noto‘g’ri bo‘lsa – gap samarali chiqmaydi. Har bir haqiqatning o‘z "mavsum"i bor. Bu hikmat vaqtni his qilish, sabr qilish va strategik gapirish muhimligini ko‘rsatadi. 4. "وليس كل ما حان وقته صَحَّ قوله" Vaqti kelgan bo‘lsa ham, har doim to‘g‘ri gap aytilavermaydi. Hatto eng to‘g‘ri, eng zarur pallada ham aytilgan gap ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki niyat yaxshi bo‘lsa ham, so‘zlash ohangi, uslubi yoki tanlangan so‘zlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Misol: Haqiqatni aytish – san’at. Shu bilan birgalikda, uni qanday aytilgani ham oʻzichalik muhim. 🦅@the_fawaid
تصحيح نطق أسماء الشعراء | عبد الرحمن السعيد ✅
تصحيح نطق أسماء الشعراء | عبد الرحمن السعيد ✅
━━❯#tebran_qalamim🪶❮━━ Tebran qalamim, tebran.. Tebranki, ruhim titrashi biroz tinsin. Ustozlardan ayrilib (Emas oson bu maydon ichra turmoq, Ustozlar panjasig’a panja urmoq.) (Bormi ekin hech nima olamda hijrondin yamon, Har nekim ondin yamonroqdur, budur ondin yamon. Bobur) Tashlab ketyapsizlar birma-bir Bola shoʻrlikni. Topib boʻzlayapti xilma-xil Karaxt, koʻrlikni. Firoqdan ich-etin kemirar Yetim, bechora. Kemtiklik jigarin yemirar Koshki bir chora… Tasalli beryapti sallalar Yupanar zora. Yolg’onchi dunyo ham allalar Uxlar bir bora. Bola injiq, ortdan ergashar Qonli koʻzi bor. “Qaytgil, qaysar” deya tergashar Maxfiy soʻzi bor. Chindan sevib qolgan dard uni Qalbiga zuluk. Tilida sukutdir dard uni Koʻksida choʻg’ yuk. Hijron ham rost oshig’i emish Soyadan battar. “To oʻlguncha birgamiz” demish Yerda darbadar. Yusufidan ayro Ya’qubdek Sal qolsa a’mo. Ajaliga tashna ta’qibdek Devonanamo. Kit qorniga borgan Yunusdek Juda dahshatda. Quduqlarda qolgan Yusufdek Ajib vahshatda. Ayab oʻtirmadi judolik Yoshgina boshin. Hisob ham qilmadi gadolik Kichkina yoshin. Qaqshab qolaverdi zulmatda Joni achishib. Biror kimsa topmas xilvatda Koʻzlari ishib. Oʻlimni suydirib yubordi Taxir ayriliq. Olovdek kuydirib yubordi Ortiq jon iliq. Bola injiq, xarxasha qilar Kelar ketgisi. Lek gʻoyaga sizlardan bilar – Shartdir yetgusi. 18-Ramazon, 1446 | 18.03.25. Madinai Munavvara 🦅@the_fawaid
#taziya Soʻylar tarix bayoti: “Bir qoida xushlanar – Buyuklarning hayoti Oʻlgandan soʻng boshlanar!” Xayrulla Hamidov خلت الديار فسدت غير مُسَوَّدِ ومن الشقاء تفَرُّدي بالسودَدِ Huzuringizda ta’lim olish endi armon bo‘lib qoldi.. Alloh sizni rahmati bilan qurshab olsin, nabiylar, siddiqlar, shahidlar bilan birga qilsin, barcha taqsirotlaringizni afv aylasin, ortingizdan qoldirgan merosingiz Qiyomatgacha manfaatli bo‘lib, haqingizga sadaqai joriya o‘laroq yozilib tursin, ustoz, amiyn! {إنا لله وإنا إليه راجعون} إنّ العين لتدمع، وإنّ القلب ليحزن، وإنا على فراقك يا أبا إسحاق لمحزونون، ولا نقول إلا ما يرضي ربنا. Albatta, biz Allohnikimiz va U Zotga qaytuvchimiz. Albatta, ko‘z yosh to‘kadi, qalb mahzun bo‘ladi. Albatta, biz firoqingizdan mahzunmiz, Abu Is’hoq. Robbimiz rozi bo‘ladigan gapdan boshqasini aytmaymiz.. 🦅@the_fawaid
Amr Shavqiy: Kecha tushimda butun Misrda elektr uzilganini va odamlar qorong‘i zulmatda qolganini ko‘rdim. Ramazonning yarmida yoki shunga yaqin kunlarda ekanmiz. Osmonga qarasam, oy yo‘q ekan. 5-mart Adham Sharqoviy: Tush o‘ngidan keldi, Amr. Elektr uzildi. Oy ketdi! Alloh sizga rahm qilsin, Abu Is’hoq Huvayniy! 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ Haq ahli "hammasi tamom, pishdik" deb umid uzay deganda Alloh taoloning nusrati keladi. 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ Makka, Madinada yashash karomatmi? Madina, Makkada yashash yo oʻlish karomat emas, oʻlchov emas. Abu Jahl Ka’baning biqinida, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning yonlarida yashagan va Makkada oʻlgan. Foyda berdimi? Ahamiyati qoldimi? Munofiqlar boshligʻi Ibn Salul Madinada oʻlib, buyuk sahobalar dafn qilingan Baqe’ga koʻmilgan. Foyda berdimi? Ahamiyati qoldimi? Borar manzilingiz jannat boʻlsa, borsa kelmas choʻllarda, it topmas qishloqlarda, jin koʻchalarda oʻlib ketsangiz ham farqi yoʻq, zarracha zarari yoʻq. Ammo manzil doʻzax boʻlsa, Ka’baning ichida oʻlish ham sizni qutqarib qololmaydi. Kimgadir qarindosh boʻlish, kimningdir suhbatida boʻlish ham karomat, oʻlchov emas. Abu Lahab, Abu Tolib Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari boʻlgan, kerak boʻlsa har kuni koʻrishib, gaplashishgan. Nuh alayhissalomning oʻgʻli paygʻambarning bolasi edi. Ozar paygʻambarning otasi edi. Lut alayhissalomning ayoli paygʻambarning xotini edi. Fir’avn kamolotga yetgan sanoqli ayollardan biri Asiya onamizning eri edi. Baraka topgur, ayting, birortasiga shu qarindoshliklar foyda berdimi, doʻzaxdan qutqarib qoldimi? Makka/Madinada yashaydigan Qutbiddin yo Qutbinisa dunyoning bir burchagidagi qishloqda, kulbada yashaydigan Salimjon yo Salimaxondan yaxshi, Alloh Qutbiddin yo Qutbinisadan rozi, ularni koʻproq yaxshi koʻradi, deb kim aytoladi? Nimaga koʻra? Makka/Madinada yashash/yashamaslikka koʻrami?! Masala qayerdamas, qanday yashashda. Alloh taoloning tavfiqi bilan haq uzra ekansiz, quduq tubida boʻlsangiz ham yutuqdasiz. Alloh haq uzra yashashni va oʻlishni nasib qilsin, amiyn! 15.03.25 Madinai Munavvara 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ 🅰🅰🅰 Haq inson bilan emas, inson haq bilan sharafli boʻladi. Kim haqni tark qilsa, oʻzini xor qilgani shu, haqqa esa zarracha ham zarar bera olmaydi. Haq insonsiz qolmaydi, inson haqsiz qoladi. Mingta botil bitta haqiqatning changiga ham yeta olmaydi. Haq naqadar achchiq boʻlmasin, millionta shirin botildan yaxshidir. Haqning yuzaga chiqishi kechikishi mumkin, ammo hargiz yoʻq boʻlib ketmaydi. Botil esa odamlarning nazdida qanchalar uzoq hukmron boʻlmasin, kun kelib albatta daf boʻlib ketadi, xuddi qirgʻoqdagi suv koʻpigidek. Zero, koʻza kunda emas, kunida sinadi. “Haqiqat egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi” deganlari ham haqdir. Haq doimo kuchli, botil doimo zaif, faqat Alloh taoloning hikmati bilan oʻrtada vaqtinchalik parda bor. Botil bilan uzoqroq yashashdan koʻra haq ustida oʻlib ketish ming chandon yaxshiroq. Allohim, bizni doimo haq ahlidan ayla! 🦅@the_fawaid
#pdf 📿Farz namozlaridan keyin aytiladigan zikrlar. 🪶Shayx Abdulaziz Turayfiy. 📖"Azkor" kitobidan qisqartma. 💎Maza qilib foydalaninglar. 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ فإنّ الذهب يجرب بالنار. Bir insonning eng kuchli versiyasi qachon namoyon bo’ladi? Eng ogʻir sinovlar bilan yuzlashganda. Darhaqiqat, oltin o’tda bilinadi. 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ Alloh sen bilan boʻlishini istasang, sen Alloh bilan boʻlishing kerak. 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #eslatma📌❮━━━━ Eng zaif holdagi dushmanini yengolmagan jangchi... Bir so'z bilan aytganda, Ramazon — isloh oyi. Har birimiz oʻlgunimizcha islohga muhtojmiz. Isloh uchun eng munosib va qulay fursat — Ramazon. Nega? Chunki biz hayot ekanmiz, doim kurashdamiz. Kim bilan? Azaliy dushmanlarimiz — shayton va yomonlikka chaqiruvchi nafs bilan. Shu dushmanlarimizning eng zaif, eng kuchsiz payti bu — Ramazon. Dushmanini eng zaif holatida yenga olmagan, ustidan gʻalaba qozonolmagan odam boshqa paytlarda qanday gʻalaba qilsin?! Shuning uchun Ramazonda gunohlari poklanib chiqmagan kishining burni yerga ishqalansin, deyiladi hadisda. Raqibini eng zaif holatida yer tishlata olmaganning burni yerga ishqalansin-da! Shayton va nafs nega aynan Ramazonda zaiflashadi? Chunki ikkisi ham to'qlikdan quvvat oladi, ochlik esa ularning tinkasini quritadi. إِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنْ ابْنِ آدَمَ مَجْرَى الدَّمِ، فَضَيِّقُوا مَجَارِيهِ بِالْجُوعِ وَالصَّوْمِ. “Shayton odam bolasining qon tomirida oqadi, bas, uning yoʻlini ochlik va roʻza bilan toʻsib qoʻying”. (Hadis) Eng zaif holdagi dushmani ustidan gʻalaba qilolmagan jangchi — o'limga mahkum. Alloh barchamizni Oʻzi rozi boʻladigan ishlarga muvaffaq aylasin, gʻoliblardan qilsin! 🦅@the_fawaid
━━━━❯ #nasihat 🔖❮━━━━ مما ينسب إلى أحد معاصر الشافعي رحمه الله: يا يونس، تجمعنا مئاتُ المسائل وتُفرِّقنا مسألةٌ! يا يونس، لا تحاول الانتصار في كل الاختلافات، فأحيانًا كسب القلوب أَولى من كسب المواقف. Imom Shofe’iy rohimahulloh zamondoshlaridan biriga nisbat berilgan jumlalar: “Ey Yunus, bizni yuzlab masalalar birlashtiradi, bittagina masala esa ajratadi! Ey Yunus, har doim har bir nizo bo'yicha g'alaba qozonishga harakat qilma, zero ba'zida qalblarni qozonish oʻrinlarni qozonishdan ustundir”. @the_fawaid