tgindex
Arab tilimsan
@arab_tilimsanузбекский

🔥 Biz bilan arab tili saboqlari yanada oson! 🚀 Har kuni 1 qadam oldinga! 📬 Aloqa uchun: @arabtilimsan_admin ©️ Iltimos mualliflik huquqiga rioya qiling! ❗️Kanal diniy materiallardan mutlaqo holi!

Последний пост
10 сент. 2025 г.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
721
−4 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 551
21 постов
Вовлечённость
215,1%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #8-dars_1-qism Fe'lning jazm o'rinlari 📖 Fe'l quyidagi 16 kalimalarning biridan keyin kelsa sukun qilinadi. Ular: لَم ، لَمَّا ، لَامُ الأَمر ، لاَ نَهِيَة ، إن ، إذْمَا ، مَن ، مَا ، مَهمَا ، مَتَى ، أَيَّانَ ، أَينَمَا ، أَنَّى ، حَيثُمَا ، كَيفَمَا ، أَيُّ . Bularning dastlabki 4 tasi bitta fe'lni jazm qila oladi. 🔹 لَم يَذهَب أَحَدٌ 🔸 Biror kishi kelmadi 🔹 تَعَلَّمَ القِرَأةَ وَ لَمَّا يَكتُب 🔸 Yozmasa ham o'qishni o'rgandi 🔹 مُر إبنَكَ فَليَحتَرِم مَعَلِّمَهُ 🔸 O'g'lingga buyurgin o'qituvchisini hurmat qilsin 🔹 لاَ تَيأَس مِن رَحمَةِ اللّٰه! 🔸 Allohning rahmatidan noumid bo'lma! Davomi bor... 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #mabda_un_nahv

  • #7-dars Fe'lning nasb o'rinlari 📖 Fe'l ushbu to'rt harfning biridan keyin keyin kelsa, mansub (fatxali) bo'ladi : أن ، لَن ، إذَن ، كَي Keling ularni misollar yordamida ko'rib chiqamiz: 🔹 أُرِيدُ أن أَتعَلَّمَ النًّحوَ 🔸 Nahvni o'rganishni hohlayman 🔹 لَن يَفُوزَ الكَسلَانُ 🔸 Dangasa hech muvaffaqiyat qozonmaydi 🔹 إسمَع كَي تَفهَمَ 🔸 Tushunish uchun quloq sol 🔹 سَأَجتَهِدُ ، إذَن تَنَال الجَائِزَةً 🔸 Faol bo'laman, unday bo'lsa mukofotga erishasan 🔎 Ko'rib turganingizdek, ushbu to'rta nasb qiluvchi harflardan keyin kelgan muzoriy fe'li nasb o'qilmoqda, ya'ni oxirgi harakati fatxaga aylanayapdi. Ushbu harflarning ma'nolariga to'xtalsak : 🔹 -moq, -ish, -sh, - أَنْ 🔹 hech, emas - لَنْ 🔹 unday bo'lsa - إِذَنْ 🔹 uchun - كَيْ 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #mabda_un_nahv

  • #9-dars_2-qism Amri hozir va Nahiy fe'llari Davomi... 📖 Amri g'oib 3- shaxsga nisbatan buyuruq fe'li hisoblanadi. M: yozsiz, o'qisin, yugursin 🔹 Amri g'oib muzoriy fe'lining oldiga kasrali ل keltirish bilan yasaladi. Bu ل fe'lning vohidlaridagi harakatni va tasniya hamda nunlarini tushirib yuboradi. Jam muannas nuni esa, muannaslik alomati bo'lgani uchun o'z o'rnida qoladi. Amri g'oib 8 ta siyg'ada tuslanadi. 🔹 Amri hozir va amri g'oibning majhul siyg'alari birgalikda tuslanadi. Bunda tuslash, muxotobning siyg'alaridan boshlanadi. Nahiy fe'li [amr fe'lining inkori] 🔹 Nahiy fe'li amr fe'lining oldiga لا keltirish bilan yasaladi. Bu لا ham birliklarning harakatini, ikkiliklarning alifi va ko'plikning nunlarini tushirib yuboradi. Jam muannas nuni esa o'rnida qoladi. Nahiy fe'li 14 siyg'adan iborat. Tuslash muxotobdan boshlanadi. 📸 Yuqoridagi darsga doir tasvirlarda, tuslanishlarni ko'rishingiz mumkin. 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #taysirus_sarf

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 📸 9-darsning 2-qismiga doir tasvirlar

  • #6-dars Mabniy ismlar 📖 Mabniy ismlar mo'roblariga qaraganda ancha ozdir. Bularning bizga ma'lumlari quyidagilardir : 🔹 Ismi ishoralar : هَذَا ، هَذِهِ ، ذَالِكَ ، تِلكَ ، هَؤُلَاءِ ، أُولئِكَ 🔹 Ismi mavsulalar : الَّذِي ، الَّتِي ، الَّذَانِ ، الَّتَانِ ، الَّذِينَ ، الَّاتِي 🔹 Zamirlar : هُوَ ، هُم ، هِيَ ، هُنَّ ، أنتَ ، أنتُم ، أنتِ ، أنتُنَّ ، أنا ، نَحنُ 🔹 Ismi shartlar : إن ، إذمَا ، مَن ، مَا ، مَهمَا ، أيَّانَ ، أينَمَا ، حَيثُمَا ، كَيفَمَا ، أيُّ 🔹 Ismi istifhomlar : مَن ، مَا ، مَاذَا ، هَل ، مَتَى ، أينَ ، أنَّى ، كَيفَ ، كَم 🔎 Mabniy ismlarni bilishda ma'lum bir qoida yo'q. Ularni eshitib, ko'p o'qigandan so'nggina bilish mumkin. 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #mabda_un_nahv

  • #9-dars_1-qism Amr fe'li [buyruq fe'li] 📖 Amr fe'li 2 xil : amri hozir va amri g'oib bo'ladi. Amri hozir ma'lum muzoriy fe'lining muxotob siyg'alaridan olinadi. 👉 Ya'ni oldingizdagi odamga buyruq bermoqchi bo'lsangiz amri hozirdan foydalanasiz. 🔹 Endi qanday olinishiga yuzlansak. Birinchi bo'lib, fe'lning oxirini sukunlanadi. Tasniya va jamlarda esa nunlar tushirib yuboriladi. Faqatgina muannas nuni muannaslik alomati bo'lgani uchun o'z joyida qoladi. 🔹 Ikkinchi, barcha siyg'alardagi muzoriy harflarni olib tashlanadi. So'ngra undan keyingi harfga qaraladi. Agar harakatli bo'lsa, amr fe'li tayyor. 🔹 Agar harakatsiz bo'lsa, kalimaning ع barobarida turgan harfga qaraysiz va kasra yoki fatxali bo'lsa kasra, zammali bo'lsa zammali hamzani so'zning boshiga keltirib qo'yasiz. Shu bilan amr yasash nihoyasiga yetadi. Faqatgina إِفعَالٌ bobidagi amrlarga fatxali hamza keladi. Davomi bor... 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #taysirus_sarf

  • 📸 9-darsga doir tasvir

  • #5-dars Mabniy fe'llar 📖 Mabniy fe'llar moziy bilan amr fe'llaridir. Muzoriy fe'lining oxirida muannas nuni yoki takid nuni kelsa, muzoriy ham mabniyga aylanadi. 🔹 Moziyning birlikdagi binosi فَتَحَ فَتَحَتْ dagi kabi fatxadir. 🔹 "Vov" harfiga tugaganda esa فَتَحُوا dagi kabi zamma bo'ladi. Bu asosan g'oyibning muzakkar jamida bo'ladi. 🔹 Agar تُِ ، نَ ga tutashgan bo'lsa, sukunga mabniy bo'ladi : شَرِبتُ ، شَرِبنَ ، شَرِبتَ ، شَرِبتِ ، شَرِبتُمَا ، شَرِبتُم ، شَرِبتُنَّ. 🔹 Amrning birlikdagi binosi إِفتَحْ، إِفتَحْنَ dagi kabi sukundir. 🔹 Oxirgi harfi illatli bo'lgan amrlarning binosi [hazfi oxir] oxiridagi harfi illatni tushirish bilandir. 🔹 Muzoaf amrlarning oxiri fatxali bo'lsa-da, sukunga mabniy deymiz. Chunki bu fatxa bir harfni ikkinchisiga idg'om qilganimizda hosil bo'lgan.U dastlab sukun bo'lgan bo'ladi. M: فِرَّ ➖ إِفرِرْ ، رُدَّ ➖ أُردُدْ 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #mabda_un_nahv

  • #8-dars Ismi maf'ul, Jahd va Nafiy fe'llari 📖 Ismi maf'ul sulosiy mujarradda doimo مَفْعُولٌ vaznida keladi va oltita siyg'ada tuslanadi. 🔹 Ismi maf'ul sulosiy mujarraddan boshqa boblarda muzoriy fe'lining majhuli vaznidan olinadi. Bunda muzoriy harfi o'rniga zammali م keltirib, oxiridan oldingi harfni fatxali qilinadi. M: يُكرَمُ ➖ مُكرَمٌ 🔹 Jahd fe'li [ o'tgan zamonni inkor fe'li] 🔸 Jahd fe'li muzoriy fe'lining oldiga لَم keltirish bilan yasaladi. Bu لَم mufrad fe'llarning oxiridagi hararakatini, tasniya va jamlardagi ن larni tushirib yuboradi. Faqatgina muannas ن ni muannaslik alomati bo'lgani uchun o'z o'rnida qoladi. 🔹 Nafiy fe'li [ hozirgi-kelasi zamon inkor fe'li] 🔸 Muzoriy fe'lining oldiga لا keltirish bilan nafiy fe'li yasaladi. Fe'lda hech qanday o'zgarish kuzatilmaydi. 🔍 Jahd va Nafiy fe'llari 14 xil siyg'ada tuslanadi. Yuqoridagi tasvirlardan islatgan bugungi mavzuga oid siyg'alarni topishingiz mumkin. 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #taysirus_sarf

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 📸 #8-darsga_doir_tasvirlar

  • #4-dars_2-qism Mo'rob ismlarda nasb va jarning alomatlari Davomi... 🔹 Nasbning mufraddagi haqiqiy alomati fatxadir. 🔸 Nasbning tasniya ismlardagi alomati رَأَيتُ مُعَلِّمَينِ dagi kabi oldi fatxali ي dir. 🔸 Nasbning jam muzakkar solimdagi alomati رَأَيتُ معَلِّمِينَ dagi kabi oldi kasrali ي dir. 🔸 Nasbing asmoi xomsagi alomati ا dir : أَبَاكَ ، أَخَاكَ ، حَمَاكَ ، فَاكَ ، ذَا مَالٍ. 🔸 Nasbning jam muannas solimdagi alomati رَأَيتُ مُعَلِّمَاتٍ dagi kabi kasradir. 🔸 Nasbning g'oyri munsarif ismlardagi alomati رَأَيتُ فَتِمَةَ dagi kabi fatxadir. 🔹 Jarning mufrad ismdagi haqiqiy alomati kasradir. 🔸 Jarning tasniya ismlardagi alomati مَرَرتُ بِمُعَلِّمَينِ dagi kabi oldi fatxali ي dir. 🔸 Jarning jam muzakkar solimdagi alomati مَرَرتُ بِمُعَلِّمِينَ dagi kabi oldi kasrali ي dir. 🔸 Jarning asmoi xomsadagi alomati ي dir : . أَبِيكَ ، أَخِيكَ ، حَمِيكَ ، فِيكَ ، ذِي مَلٍ 🔸 Jarning jam muannas solimdagi alomati مَرَرتُ بِمُعَلِّمَاتٍ dagi kabi kasradir. 🔸 Jarning g'oyri munsorif ismlardagi alomati أَخَذتُ مِن فَاطِمَةَ dagi kabi fatxadir. 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #mabda_un_nahv

  • #7-dars Sifati mushabbaha 📖 Lozim [ o'timsiz ] fe'llarning ba'zisida ismi foil o'rnida sifati mushabbaha ishlatiladi. Sifati mushabbahaning ma'nosi foilniki kabi bo'ladi. Ammo ular o'rtasida farq bor. 🔹 Farq shundaki, ismi foil inson o'z hohishi bilan bajaradigan fe'llardan olinadi. 🔸 M: ضَرَبَ- urdi. Ya'ni u o'z hohishi urdi agar hohlamasa urmasligi ham mumkin edi. 🔹 Sifati mushabbaha bo'lsa inson irodasidan tashqarida vujudga keladi. 🔸 M: حَسَنٌ- "chiroyli kishi" dagi go'zallik uning hohishi bilan yuzaga kelmagan, uning irodasidan tashqarida hosil bo'lgan. 🔍 Sifati mushabbaha 18 vaznda keladi. Yuqoridagi suratda barcha vaznlarni ko'rishingiz mumkin. 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #taysirus_sarf

  • #4-dars_1-qism Mo'rob ismlar 📖 Mo'rob ismlar juda ko'p bo'lib ularning e'robi [ harakati ] 3 turlidir : Raf : مُعَلِّمٌ - o'qituvchi Nasb : مُعَلِّمًا - o'qituvchini Jar : مُعَلِّمٍ - o'qituvchining 🔹 Rafning mufraddagi haqiqiy alomati مُعَلِّمٌ dagi kabi zammadir. 🔹 Rafning tasniya [ ikkilik] dagi alomati مُعَلِّمَانِ dagi kabi ا dir. 🔹 Rafning jam muzakkar solim [ sog'lom muzakkar jam ] dagi alomati مُعَلِّمُونَ dagi kabi و dir. 📖 Ushbu 5 ta so'z : أَبٌ ، أَخٌ ، حَمٌ ، فَمٌ ، ذُو arab tilida asmoi xomsa deb ataladi. 🔹 Rafning Asmoi xomsadagi alomati, zamirga izofa bo'lganda [ olmoshga qo'shilib kelganda ] zamma o'riga و raflik alomati bo'lib keladi. M: أَبُوكَ ، أَخُوكَ ، حَمُوكَ ، فُوكَ ، ذُو مَالٍ 🔹 Rafning jam muannas solim [ muannas sog'lom jam] dagi alomati ٌمُعَلِّمات dagi kabi zammadir. 🔹 Rafning G'oyri munsorif [ kasra va tanvinni qabul qilmaydigan ] ismlardagi alomati فَاطِمَةُ kabi zammadir. Davomi bor... 💡 Berib borilayotgan ma'lumotlarni tushunib, yodlab, yozib olsangiz, bular sizga hali ko'p kerak bo'ladi! 🔗 @arabiy_saboq | #mabda_un_nahv

Arab tilimsan — tgindex