tgindex
MINGBULOQ№1️⃣

MINGBULOQ№1️⃣

Статистика
@MINGBULOQ1узбекский

admin: tel: +998993921490 📜E'lon yoki reklama uchun: 👉 @Akbarov_Shukurullo ✅✅✅ Yoshlar ishlari agentligi Mingbuloq tuman boʻlimi homiyligida yaratildi

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
63
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
394
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
79
40 постов
Вовлечённость
20,1%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 63
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
36
1/48двое суток
41
1/72трое суток
44

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.40из YIANamangan

    🇺🇿 Mustaqillik — meros emas, mas’uliyat! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodga munosib yetkazish — barchamizning sharafli burchimiz. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan Yoshlar markazida bayramona kayfiyatni aks ettiruvchi targ‘ibot bannerlari o‘rnatildi. #Mustaqillik35 #Uzb35 Bizning sahifalarimiz: ✅Telegram | ✅Instagram | ✅Facebook

  • 14 авг.46из alisher_sadullaev

    @ibratfarzandlari ilovasidagi yangiliklarini ko’rdingizmi? Tez orada yoshlar uchun yana bir mega tanlov o’tkazmoqchimiz. Tanlov g’oliblariga qanday sovrin bersak ekan? Pul mukofoti, sayohat yoki kitoblar? Izoh qoldiring.

  • #Mustaqillik35 #Namangan 🇺🇿 “Mustaqillik to‘yi” festivali - GALA KONsert! 🎤 Bugun, 13-avgust kuni soat 19:30 da Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida katta GALA konsert bo‘lib o‘tadi. ✨ Taniqli adabiyot va san’at namoyandalari ishtirokidagi bayram dasturiga barchangizni taklif etamiz! 📍 Manzil: “Uch favvora” xiyoboni ⏰ Vaqt: 19:30 ✅Rasmiy sahifalarimiz: 🌐 Telegram | 📱 Facebook 📱 Instagram | 🖥 YouTube

  • #Ogohlik 💊 Namanganda 577 mln so‘mlik hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi 📌 Aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Namangan shahridagi uylardan biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda 1996 y.t. fuqaro tomonidan kelgusida sotish maqsadida sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlab kelinayotgan dori vositalari borligi aniqlandi. Xususan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan hamda sifati kafolatlanmagan 56 turdagi jami 13184 dona dori vositalari, jumladan, “Sefotaksim”, “Bifidumbakterin”, “Atropin”, “Tidomet forte” va boshqa turdagi preparatlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Aniqlanishicha, ushbu “yashirin ombor”da saqlanayotgan dori vositalari qo‘shni respublika hududidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan. Baholash xulosasiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati 577 mln 381 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔥 Hurmatli fuqarolar, kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi. Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

  • 10 авг.96из smmsavodxon

    🎓 Talabalik — faqat dars va imtihonlardan iborat emas. O‘qish bilan birga daromad topishni xohlaysiz, lekin oddiy ishga vaqtingiz yetmayaptimi? Siz sun'iy intellekt yordamida: • rasm va video yaratish; • prompt yozish; • professional kontent tayyorlash • SMM asoslarini o‘rganishingiz mumkin. 🚀 Prezident Administratsiyasi huzuridagi Kontent markazi va AloqaBank tomonidan tashkil etilgan “SMM AI Savodxon” kursida bularning barchasi bosqichma-bosqich, online va mutlaqo bepul o‘rgatiladi. Bu ko‘nikmalar orqali bizneslarga xizmat taklif qilib, ilk buyurtmalaringizni olish uchun imkoniyat yaratasiz. 🔥 Darslarni o‘zingizga qulay vaqtda o‘rganing. 👉 Ro’yxatdan o’tish uchun havola👈 📱 Telegram | 📱 Instagram

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • "Маърифат  -  экстремизмга қарши қуролимиздир" шиори остида. Мингбулоқ туманидаги 49-умумтаълим мактабининг педагог ходимлари иштирокида ижтимоий-маънавий муҳитни соғломлаштириш, ўсиб келаётган авлодни ватанга садоқат руҳида тарбиялаш ҳамда ёшларни терроризм, радикализм каби салбий иллатлардан асраш мавзуларида мулоқот ўтказилди. Мулоқот давомида дунёда дин ниқоби остида содир этилаётган хунрезликлар муҳокама қилиниб, юртимизда ҳукм сураётган тинчлик ва осойишталикни қадрига етиш, лоқайд ва бепарволикка берилмаслик бўйича тушунчалар бериб ўтилди.

  • 10 авг.87из alisher_sadullaev

    Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring!

  • 10 авг.92из yoshlaragentligi

    ✅ Yoshlar hayotidagi muhim voqealar dayjesti O‘tgan hafta yoshlarimizning xalqaro yutuqlari, ta’lim, tadbirkorlik, kasbiy rivojlanish va yangi imkoniyatlar yo‘nalishida qator muhim voqealar amalga oshirildi. Hafta davomida ro‘y bergan asosiy voqealarni qisqacha yodga olamiz: • Yoshlar ishlari agentligi va AQShning O’zbekistondagi elchixonasi hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi; • O‘zbekistonlik yosh robototexniklar Xitoy, AQSh va Ozarbayjonda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro musobaqalarda qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi; • “Yoshlar Tinchlik Uchun” BMT Modeli 2026 uchun arizalar qabul qilinmoqda; • 100 nafar yosh tadbirkor “Yale School of Management” intensiv ta’lim dasturini tamomladi; • Dunyoning yana bir nufuzli Cornell universiteti O‘zbekistonda; • “Humo Arena”da “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi; • Yoshlarning ekologik loyihalariga 1 milliard 140 million so‘m grant ajratildi; • O‘zbekistonning “Ibrat Debate” jamoasi ilk bor WSDC jahon chempionatida ishtirok etib, 8 ta bahsning 4 tasida g‘alaba qozondi. • “Xorijdagi vatandoshlar” moduli ishga tushirilib, xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklarga kasbiy ingliz tilini bepul o‘rganish imkoniyati yaratildi; • “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi O‘zbekiston bo‘ylab agro yo‘nalishidagi startaplarni qabul qilishni boshladi; • “Yosh fermerlar chempionati”ga start berildi; • TechnoCamp 2026 yozgi oromgohiga qabul boshlandi; • “StartupFest” yangi mavsumining “Catalyst” dasturiga qabul ochildi; • Yoshlar ijod saroyida Favqulodda vaziyatlar vaziri hamda Yoshlar ishlari Agentligi direktori yoshlar bilan uchrashdi; • Haftaning muhim yangiliklari jamlangan navbatdagi “Yoshlar ovozi” gazetasi soni e’lon qilindi. #Dayjest #YoshlarYangiliklari 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt

  • 9 авг.89из YIANamangan

    🏆 CHUSTLIK YOSH — MILLIY TANLOV SOVRINDORI! “Humo Arena”da “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. 🎉 “Quruq qurilish va suvoq ishlari” yo‘nalishida Chustlik yoshimiz Komilov Sardorbek Ibrohimjon o‘g‘li faxrli 3-o‘rinni egallab, 24 720 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. 👏 Sardorbekni ushbu munosib yutuq bilan viloyatimiz yoshlari nomidan samimiy tabriklaymiz! Bizning sahifalarimiz: ✅Telegram | ✅Instagram | ✅Facebook

  • 6 авг.421из alisher_sadullaev

    Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.

  • 6 авг.93из alisher_sadullaev

    Yosh fermerlar chempionatiga start berildi Qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun 12 ta nominatsiya bo‘yicha respublika chempionati boshlandi. G‘oliblar 50 mln so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi va loyihalar kengayishida Agentlikdan ko‘mak olishadi. Hoziroq yoshfermer.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 31-avgustgacha qabul qilinadi.

  • 5 авг.134из yoshlaragentligi

    🌿“Yashil tashabbuslar” forumi: 100 million so‘mlik grant va innovatsion g‘oyalar maydoni Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yashil innovatsiyalar” tanlovining hal qiluvchi bosqichiga yetib keldik. Dastlabki 443 ta eko-startap orasidan saralab olingan eng istiqbolli 87 ta loyiha endi finalda o‘z salohiyatini namoyish etadi. Forum doirasida ishtirokchilarni nimalar kutmoqda? Ekologik va texnologik yechimlarning amaliy namoyishi, davlat idoralari, biznes vakillari, investorlar hamda soha ekspertlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda 100 million so‘mgacha bo‘lgan grantlarni qo‘lga kiritish mexanizmlari va yaratilgan imkoniyatlar bo‘yicha batafsil ma’lumot. O‘tkazilish vaqti va joyi: 7-avgust, soat 10:00da, poytaxtimizdagi “Zakovat Arena” binosida. Ekologiya va zamonaviy innovatsiyalar birlashgan ushbu yirik platformaning bir qismiga aylaning. Balki keyingi yirik grant sohibi aynan sizning jamoangizdir! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt