Mahammadjanoff(G)🇺🇿
СтатистикаСиёсий таҳлил, аналитика/ Политический анализ, аналитика, чёткие ответы на серьёзные проблемы, продвижение сильных идей и знаний. Youtube: www.youtube.com/@ГалибМахаммаджанов Instagram: https://www.instagram.com/mahammadjanoff.expert?igsh=Y2JtNGI1bnNtYWY
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 37
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 65
- 1/48двое суток
- 74
- 1/72трое суток
- 80
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
Мақсадга етай деганингда, эътиборингни чалғитадиган нарсалар пайдо бўлади. Одатда атайлаб юборилади. Шундай пайтда чалғимаслик муҳим.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: 🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: 29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram; 🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram.
Ноқонуний қурилишларга барҳам берилади — ҳар бир квадрат метр учун йирик жарима солинади Урбанизация миллий қўмитаси томонидан Парламентга шаҳарсозлик ва урбанизация соҳасидаги қонунбузарликларга қарши кескин чораларни назарда тутувчи янги қонун лойиҳаси киритилди. Депутатлар қонунни биринчи ўқишда маъқуллади. Унга кўра, энди тегишли лойиҳасиз, рухсатсиз қурилишни амалга оширган юридик шахсларга нисбатан ҳар бир квадрат метр учун БҲМнинг 5 баравари миқдорида молиявий санкция қўлланилади. Бу ташаббус шаҳарсозликдаги тартибсизликларга чек қўйиш, аҳолининг хавфсиз яшаш муҳитини таъминлашда муҳим аҳамият касб этиши кутилмоқда. Ҳавотирли рақамлар: 2023 йил—8 мингга яқин шаҳарсозлик қонунчилигини бузиш ҳолати аниқланган. 2024 йил—бу кўрсаткич қарийб 9 мингтага етган. Сифатсиз қурилиш: 4 мингдан ортиқ объектда ишлар тўхтатилган. Мажбурий буздириш: 2025 йилда 2 350 та объектдаги қоидабузарлик ноқонуний қурилмани мажбурий буздириш орқали бартараф этилган.
#Yalpi_majlis #Live 🔴 Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisni Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti orqali jonli kuzatishingiz mumkin. Facebook | Youtube | Instagram | X
без подписи
Инсоннинг кучи тоқатда. Сабр бу савоб ҳамдир. Бошимизга кўтара олмайдиган дард бермагин!
без подписи
без подписи
#Munosabat Insonning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizdir So‘nggi kunlarda jamiyatda ayrim mahalliy hokimliklar, mas’ul tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari aholi xonadonlariga borib, uy-joy atrofi hududlarini obodonlashtirish bilan bog‘liq turli talablarni qo‘yayotgani holatlari keng muhokama qilinmoqda. ❗️ Bunday talablar bajarilmagan taqdirda xonadonlarga «Uyatli xonadon» yozuvi tushirilgan lavhalar osib qo‘yilayotgani, ayrim mahallalarga esa «Sharmandali mahalla» kabi kamsituvchi nomlar berilayotgani haqidagi xabarlar alohida norozilik uyg‘otmoqda. Bunday amaliyot fuqarolarning haqli noroziligiga sabab bo‘lmoqda, chunki bu ularning sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish, shaxsiy hayoti va uy-joyi daxlsizligiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlariga daxldor. 🟣 O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aholi punktlarini obodonlashtirish, tozalik va tartibni saqlash — Vatanga muhabbat, fuqarolik mas’uliyati va jamiyatning umumiy madaniyatining namoyon bo‘lishi, deb hisoblaydi. Biroq bunday tashabbuslar faqat qonunga, inson qadr-qimmatiga hurmat, ijtimoiy sheriklik, shaxsiy namuna va fuqarolarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga asoslanishi, majburlash, omma oldida qoralash va shaxsni tahqirlashga emas, balki shu tamoyillarga tayanishi lozim. Obod mahallalar va sarishta xonadonlarni davlat organlari o‘zlarining bevosita vazifalarini sifatli bajarmasdan turib ta’minlab bo‘lmaydi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasi va gazning uzluksiz yetkazib berilishi, yo‘llar va muhandislik infratuzilmasining tegishli holatda bo‘lishi, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish — davlatning mas’uliyatidir. Odamlar bunday ishlarning real natijalarini ko‘rganida, o‘z xonadonlari va atrof-hududni obodonlashtirishga intilishi tabiiy holga aylanadi. «Bugun mamlakatimizdagi barcha islohotlar bosh konstitutsiyaviy tamoyil — “Inson, uning hayoti, huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi”, degan prinsipga asoslanadi. Aynan shu tamoyil “Insonning sha’ni va qadr-qimmati uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosini tashkil etadi. ☝️ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ushbu kafolatlarni aniq belgilab qo‘ygan. 26-moddaga muvofiq, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir va hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. 31-modda har bir insonning shaxsiy hayoti, uy-joyi daxlsizligi va o‘zboshimchalik bilan aralashuvdan himoyalanish huquqini kafolatlaydi. 📌 Shu sababli fuqarolarni omma oldida tahqirlash, xonadonlarga haqoratli mazmundagi lavhalarni osib qo‘yish, ma’naviy bosim o‘tkazish yoki qonunda nazarda tutilmagan choralarni qo‘llash bilan bog‘liq har qanday harakatlar yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holatdir. Ular nafaqat Konstitutsiyaga, balki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mohiyatiga ham ziddir. Shaxsga, uning sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat har bir davlat organi va har bir mansabdor shaxs faoliyatining so‘zsiz tamoyili bo‘lishi kerak. Faqat qonuniylik, o‘zaro hurmat, ishonch va ijtimoiy sheriklik odamlarni birlashtirib, mahallalarimizni haqiqatan ham obod va yashash uchun qulay maskanlarga aylantira oladi». 🟣 O‘zbekiston XDP barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarni fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini kamsituvchi har qanday noqonuniy ta’sir usullaridan voz kechishga hamda qonun ustuvorligi, inson huquqlariga hurmat, ijtimoiy adolat va ijtimoiy sheriklik tamoyillariga qat’iy amal qilishga chaqiradi. Inson, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati demokratik huquqiy davlatning oliy qadriyati bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Aynan shu tamoyil davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan har bir qaror va Yangi O‘zbekistonni yanada rivojlantirish yo‘lidagi har bir qadamning asosida yotishi kerak. Irina Tokareva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi. Facebook | Youtube | Instagram | X
Бир куни Юрий Никулин эрта тонгда ишга кетаётган эди ва даҳшатли фожиага гувоҳ бўлди - пиёдалар ўтиш жойида ёш аёл ва унинг олти ёшли ўғлини машина уриб юборди. Она оламдан ўтди. Бола мўъжизавий тарзда зарар кўрмади. Шунчаки, тўқнашув чоғида унинг қўли онасининг кафтидан тортиб олинган. Юрий Владимировичнинг биринчи қилган иши бола ўзининг майин, қонга ботган онасини кўрмаслиги учун костюмини ечиб, аёлнинг танасини у билан ёпди. Тезда полиция етиб келди, воқеа жойини ўраб олди, тез ёрдам машинаси, ўт ўчирувчилар, томошабинларнинг катта оломони тўпланди. Уларнинг ҳаммаси ҳайратда ва ўкинчда қолишди ва нима бўлганини муҳокама қилишарди. Негадир шундай бўлдики, йўл четида ўтирган йиғлаётган болагина эътиборсиз қолди. "Бу қандай содир бўлди?" - деб ўйлади Никулин, оломонни тарк этди (полиция таниқли актёрни кўриб, уни тўхтатмади, фақат саломлашди) ва боланинг ёнига ўтирди. Қўлидан келганича тасалли бериб, асалари тасвири туширилган қизил галстугини бериб, кейин уйига, бувисиникига ҳам таксида олиб кетди. Шу куни Никулиннинг Япония делегацияси билан юқори даражадаги учрашуви бор эди. Юрий Владимирович табиийки кечикди. У деярли бир ярим соат кечикди ва ҳатто офисга костюмсиз (костюм протокол тадбирлари учун махсус чет элда сотиб олинган), галстуксиз, енглари тирсагигача шимарилган оқ кўйлакда кирди. Токио делегацияси раҳбари Ито Кобаяши ва унинг ҳамкасблари Никулиннинг ташқи кўриниши ва кечикишини ҳақорат, осиёлик меҳмонларнинг дипломатик протоколини бузиш, деб билишди ва циркни қўполлик билан тарк этишди. Фақат беш йил ўтгач, Кобаяши циркнинг директори Никулиннинг кечикишининг ҳақиқий сабабини, яъни ўша ҳалокат содир бўлган булвардаги воқеани билиб қолди. Шунда Кобаяши томонидан Никулин учун компанияга тегишли самолёт жўнатилиб, Япония пойтахтига таклиф қилинди. Юрий Владимирович таклиф қилинган кабинетда етмиш саккиз нафар япон костюмсиз, галстуксиз, оқ кўйлакда енглари тирсагигача шимарилган ҳолда эгилиб, таъзим қилишди.
без подписи
#Rasmiy_bayonot ❗️ Insonning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy hayoti daxlsizdir So‘nggi kunlarda hududlarda ayrim mahalliy hokimliklar, mas’ul tashkilotlar va mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilari tomonidan fuqarolarning uy-joylarini obodonlashtirish yuzasidan xonadonlarga kirib, turli talablar qo‘yilayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. ☝️ Ayniqsa, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy hayoti hamda uy-joy daxlsizligi kabi konstitutsiyaviy huquqlariga raxna solinayotgani, qandaydir talablar bajarilmagan taqdirda xonadonlarga “Uyatli xonadon”, mahallalarga esa “Sharmandali mahalla” kabi tamg‘alar o‘rnatilishi haqidagi xabarlar yurtdoshlarimizda e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda. 🟣 Xalq demokratik partiyasi bunday xatti-harakatlar Konstitutsiyada belgilangan huquqlar va kafolatlarga mos kelmaydi, deb hisoblaydi va quyidagilarni ma’lum qiladi. 🟣 Birinchidan, yurt obodligi – Vatanni asrash, toza tutish va obodonlashtirish demakdir. Albatta, xonadonlarni, ko‘cha va mahallalarni obod qilish ezgu tashabbus, bu har bir fuqaroning ijtimoiy mas’uliyatidir. Biroq, bu ezgu tashabbusni amalga oshirish shaxsiy namuna, ijtimoiy hamkorlik, qonun va inson qadriga hurmat hamda amaliy yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq. 🟣 Ikkinchidan, mahallalar, qolaversa, xonadonlar obodligi yo‘llar, ichimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti, muhandislik kommunikatsiyalari, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish kabi vazifalar samarali bajarilishi bilan bog‘liqdir. Bu borada mahalliy hokimliklar va boshqa mutasaddi tashkilotlar qonuniy majburiyatini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi zarur. O‘z hududida davlat tashkilotlari tomonidan amaliy g‘amxo‘rlik va real o‘zgarishlarni ko‘rgan yurtdoshlarimizda xonadonlar va atrof-muhitni obod qilishga intilish o‘z-o‘zidan kuchayishiga ishonchimiz komil. 🟣 Uchinchidan, insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, qonunlarda nazarda tutilmagan ma’muriy choralar qo‘llashga urinish demokratik huquqiy davlat boshqaruvi tamoyillariga ziddir. 🟣 To‘rtinchidan, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash hamda fuqarolar bilan muloqotda har bir mutasaddi odob-axloq qoidalariga rioya qilishi lozim. 📌 Xalq demokratik partiyasi mutasaddilarni aholi bilan muloqotda shaxsning qadr-qimmati, sha’ni va obro‘sini kamsitish kabi noqonuniy usullardan butunlay voz kechib, qonun ustuvorligi, inson qadri, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy sheriklik tamoyillariga amal qilishga chaqiradi. Facebook | Youtube | Instagram | X
без подписи
Китай ужесточает правила выезда из страны для своих граждан, следует из постановления Госсовета КНР. Власти смогут запрещать поездки за границу на срок до 3 лет при сомнениях в их целях. Документ также позволяет отказывать в выдаче загранпаспортов.
Энг катта бойлик ишонч, уни йўқотсанг ҳамма нарса кетади!
без подписи
Кўринг тафаккур қилинг!