tgindex
Ibratli Statuslar🌿

Ibratli Statuslar🌿

Статистика
@Manoli_Ibratli_Statuslarузбекский

🍃 Assalomu alaykum! #Aforizmlar #Ibratlar #Statuslar #Tafakkur CEO: @proud_turkic 25.08.2020-yil

Последний пост
30 июн.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
960
−2 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 072
19 постов
Вовлечённость
215,8%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • “Anavi yerda baxt-saodat sotadigan do’kon bor ekan” deyishsa, odamlar o’sha tomonga yopirilib, uni eng qimmat bahoga ham sotib olishga tayyor. Bilishmaydiki, chinakan baxt-saodat Allohning huzuridagi tekin Sajdadir! Ibratli Statuslar🌿

  • “Gunohlaring seni: ‘Alloh meni endi istamaydi’, degan xulosaga olib bormasin. Uning mag’firatini izlashga bo’lgan intilishingning o’zi ham Alloh seni O’ziga qaytishga chorlayotganining bir belgisi bo’lishi mumkin.” Ibratli Statuslar🌿

  • MAVJUDLIK Universitetda professor o‘z talabalariga shunday savol berdi: - Butun borliqni Xudo yaratdimi? – Ha. - Hamma narsanimi? - Ha ser, - javob berishdi talabalar. Professor so‘radi: - Agar Xudo borliqni, jumladan, yomonliknida yaratgan bo‘lsa, amallar o‘zlikni ayon qiladi, degan qoidaga ko‘ra Xudo yomon bo‘ladi-ku!? Talabalar jim qolishdi. Professor zukkoligidan mamnun edi: Yana bir marta Xudoning xayoliyligini isbotlagan edi-da! Birok bir talaba qo‘lini kutardi va dedi: - Sizga savol berishim mumkinmi? - Albatta, - javob qildi professor. Yigit o‘rnidan turib so‘radi: - Professor, sovuqlik mavjudmi? - Albatta, mavjud. Nima, sen hech qachon sovqotmaganmisan? Yigitning ustidan kulishdi. U esa savoliga izoh berdi: - Haqiqatda, sovuq mavjud emas. Fizika qonunlari buyicha, biz sovuqlik, deb hisoblaganimiz, aslda issiqlikning yo‘qligidir. Inson yoki narsani tarqatayotgan energiyasiga qarab o‘rganish mumkin xolos. Sovuqlik so‘zining issiqlik yo‘qligida nimani sezishimiz uchun yaratganmiz. Endi aytingchi, qorong‘ulik mavjudmi? - Albatta, mavjud. - Siz yana haq emassiz, ser. Qorong‘ulik mavjud emas. U - nur yo‘qligi, xolos. Nurni o‘rganishimiz mumkin, lekin qorong‘ilikni emas Oddiy nur qorong‘ulikka yorib kirib, ko‘rinmay turgan narsalarni yoritadi. Biz yoryg‘likning miqdorini o‘lchaymiz, aslo qorong‘ulikni emas. U yorug‘lik yo‘qligidagi holning nomi, xolos. Oxirgi savolim: Ser, yomonlik mavjudmi? Bu safar professor gumonsirab javob berdi: - Albatta. Hali men bu to‘g‘rida aytdim. Talaba ortga chekinmadi: - Yomonlik o‘zicha mavjud emas, ser. U qorong‘ulik va sovuqlik kabi atama, xolos. Yaxshilik va Xudoning yo‘qligini tasvirlash uchun odamlar yaratishgan. Atrofga suv quygudek jimlik cho‘kdi. Ibratli Statuslar🌿

  • 7 июн.1 09953

    Baxt-saodat o’zimiz ega bo’lmagan narsalarni qo’lga kiritish emas. Haqiqiy baxt ega bo’lganlarimizning qadrini anglab yetishdir! Ibratli Statuslar🌿

  • 7 июн.1 06041

    Mashhur olimlardan biri aytadi: — Har narsani ko‘rishga va so‘rashga qiziqish - yosh bolalarning eng yaxshi xosiyatidir. Bu esa ularning ilmga bo‘lgan havaslari negizidir. Agar yosh bola biror narsa haqida so‘rasa, «jim o‘tir, og‘zingni yum, sen bilmaysan, har narsani so‘rayverma» deb uni so‘rashdan to‘xtatmang, bergan savollaridan kulmang, bolaga ochiq yuz, muloyimlik bilan aniq ravshan javob bering. Agar shunday qilmasangiz, bolaning ilmga bo‘lgan havasini to‘xtatgan bo‘lasiz. Ibratli Statuslar🌿

  • 24 мая1 33732

    Haqiqat ikki kishiga - uni gapiradigan va tushunadigan kishiga muhtojdir. Ibratli Statuslar🌿

  • 24 мая8 04434

    AQSHda yashayman. Ilovadan taksi chaqirdim. Muhojir taksi haydovchisi uyim qayerdaligini so‘radi. G‘alati tuyuldi, chunki manzil allaqachon ilovada bor edi, lekin baribir aytdim. Keyin u: “Yo‘q, aslida qayerliksiz?” dedi. Men aytdim. Shundan keyin u o’z vatanidagi qizi haqida gapira boshladi. Bu yerda kuniga 14 soat mashina haydashini, faqat qizi o‘qisin deb shuncha mehnat qilayotganini aytdi. Uyim oldida mashinada 2 soat gaplashib qoldik. U meni shoshiltirmadi, ilovaga ham qaramadi. Faqat qizi haqida gapirardi… xuddi boshqa boradigan joyi yo‘qdek. Men unga yo‘l haqqidan ikki baravar ko‘p choychaqa qoldirdim. Uzoq masofadan turib ham kimnidir bunchalik sevishga qodir insonni hurmat qilganim uchun. Chunki men esa bunaqa sevgini hatto bir dasturxon qarshisida o‘tirib ham bera olmaganman. Abdulloh Xojimurodov tarjimasi. Ibratli Statuslar🌿

  • 20 мая1 34444

    Baxt-saodatning siri orzu qilgan narsamizda emas, borimizga qanoat qilishdadir. Chunki insonda orzuning nihoyasi yo’q! Ibratli Statuslar🌿

  • 20 мая1 41468

    #Tafakkur ❗️Boshingga har balo kelsa, Xato bosgan izingdan ko’r. ❗️Agar o’g’ling yomon bo’lsa, Xarom bergan tuzingdan ko’r. ❗️Ahlingga kim nazar solsa, Qiyo boqqan ko’zingdan ko’r. ❗️Ko’p musibatlar yozilganda Boshqadanmas o’zingdan ko’r. Ibratli Statuslar🌿

  • 19 мая1 32154

    #Tafakkur Yong‘oq qurti o‘zi sig‘adigan teshik ochib, yong‘oqni ichiga kirib nima bo‘lsa yeydi. Yegan sari semiradi va to‘yadi. Yong‘oq ichida hech narsa qolmagandan so‘ng, tashqariga chiqishga intiladi. Teshik kichik bo‘lgani uchun tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong‘oqning ichi quriy boshlaydi, endi teshikni kengaytirishni imkoni qolmaydi. Birgina chora ozmoq bo‘ladi. Yong‘oq ichida majbur ochlikdan ozib, eski zaif holiga qaytib tashqariga chiqadi. Qarasaki uning uchun mavsum tugab ortda qurigan yong‘oqdan boshqa hech narsa qolmagan bo‘ladi. Ba’zi insonlarning yashash tarzi xuddi yong‘oq qurti kabidir. Mol-dunyo dardida umrini behuda narsalar bilan xabada qilib o‘tkazib yuboradi. Endi bo‘ldi munosib shaklda buyurilaganday yashay deganda umrining so‘nggi damlarini yashayotgan bo‘ladi... Ibratli Statuslar🌿

  • 19 мая1 154411

    Haqiqiy boylik mol-dunyoning ko’pligida emas, nafsning to’qligidadir. Ibratli Statuslar🌿

  • 18 мая3 156619

    Sher afzalmi yoki qarg‘a? Bir kishi o‘g‘lini ishlab tirikchilik uchun pul topib kelishini talab qildi. O‘g‘il otasining talabiga rozi bo‘lib, yo‘lga tushdi. Bir necha soat o‘tmasidan o‘g‘il qaytib keldi. Otasi: "Nima uchun qaytding?" desa, o‘g‘il: "Ey otajon! Men daraxt ostida o‘tirgan edim, bir payt o‘limi yaqinlashib qolgan kasal bir qarg‘ani ko‘rdim. U qanday qilib rizq topadi, deb o‘zimga savol berib turgan edim to‘satdan bir sher katta o‘lja bilan kelib, undan o‘zi tusaganicha tanovul qildi. Qorni to‘ygach qolganini tashlab ketdi. O‘sha zahoti haligi xasta qarg‘a undan tanovul qila boshladi. Rizq kafolatlangan ekan, deb qaytib keldim", dedi. Shunda ota: "Odamlardan ortib qolgan narsa hisobiga kun ko‘radigan qarg‘adan ko‘ra, ortiqcha qoldig‘idan odamlar naflanadigan sher kabi bo‘lishni afzal ko‘rmaysanmi?!" deb aytdi. Ibratli Statuslar🌿

  • 17 мая1 19089

    ​​ Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin, Yaxshilar boshiga yaxshilik solsin. Mol-dunyo barchadin - sendan ham qolur, Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin! © Jomiy Ibratli Statuslar🌿

  • Channel photo updated

  • 14 мая1 47676из IZHORIM

    Hamma o'zida borini beradi, Kimlardir baxt Yana kimlardir dard! @Izhorim

  • 29 мар.2 08032

    Maykl & Apollonia❤️ @status_ibratliy🕊️

  • 25 февр.2 63312

    @status_ibratliy🕊️

  • 5 февр.3 22653

    Haqiqiy hurmat qo’rqmaslikda emas, adolatli bo’lishda! © Tom Hagen “Cho’qintirgan ota” filmidan. @status_ibratliy🕊️

  • 19 янв.3 422158

    Beminnat duogo'y. ​​Bir yigit hikoya qiladi: -Uyda shukrona dasturxoni yozib, qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar chaqirildi. Mehmonlarni kuzatish bahonasi bilan uyda qolib ketdim. Xotinim va farzandlarimga uyga borishlarini ta’yinlab, o‘zim negadir bolalikdan voyaga yetgan hovlimda qolishni istadim. Asli ko‘nglim g‘ash edi. Ishxonamda ko‘ngilsizlik bo‘lib, ich-etimni shu narsa tirnar edi. Onam kelgan onimda-yoq sezdilar. Sir-boy bermasam-da, onam aniq bir narsani his qilib turganlarini bildim. Xotirjam qildim. Hamma ketib bo‘lgach, onam qo‘ymay so‘rab oldilar. Arzimagan ish, onajon! Siz xavotir olmang, o‘zim bitkazib yuboraman deb yupatdim. Ko‘zlarida mayuslik bilan Alloh o‘zi ishlaringni o‘nglasin, bolam! Allohim, yuzingni yorug‘ qilsin!- deb duolar qildilar. Tashqariga chiqib qaytib kelgunlaricha, ko‘zim ilinib, uxlab qolibman. Bir mahal tursam, onam joylarida yo‘qlar. Joynamoz ustida ekanlar. Uxlamabdilar, yostiq kechqurun qanday bo‘lsa, shundayligicha turar edi. Oyoq uchida tashqariga chiqib, tahorat olib kelib, kechqurungi namozlarni o‘qib, duolar qildim. Ammo onam duo qilishga shunday berib ketgan ekanlarki, meni umuman sezmadilar. Bir payt yig‘lab, ko‘z yoshlarini artib, yana duoga sho‘ng‘idilar. Duolarini eshitib qalbim o‘rtanib ketdi. Allohga shukr va hamdu sanolar aytdim. Meni haqqimga tekinga kechasi bilan uxlamay, sidqidildan yig‘lab duo qiladigan bu duogo‘yimning haqqini qanday ado etaman, deb yig‘lab yubordim. Iloho! Ularning umrlarini uzoq qil, salomatliklarini mustahkam qil! Gʻam berma, doim rohat ko‘rsinlar!  @status_ibratliy🕊

  • 19 янв.3 0441117

    Nodonlar davrasida eshitmaslikka, donolar davrasida esa gapirmaslikka harakat qiling! @status_ibratliy🕊️