tgindex
𝑴𝒂𝒗𝒊 𝒉𝒊𝒌𝒐𝒚𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊

𝑴𝒂𝒗𝒊 𝒉𝒊𝒌𝒐𝒚𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊

Статистика
@Mavi_fantasticузбекский

#Mavining moviy sahifasi #Fantastik va hayotiy hikoyalar olami. 🩵🩵🩵 🦋

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
98
+1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
277
25 постов
Вовлечённость
282,7%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 25
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
20
1/48двое суток
22
1/72трое суток
24

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hech o‘ylab ko‘rganmisiz — balki biznikidan boshqa minglab zamon va makonlarda ham xuddi biz kabi hayot davom etayotgandir? Aynan shunday. Siz o‘lsangiz, boshqa zamondagi “siz” ham o‘ladi. Barchasi xuddi zanjir kabi. Men esa shu zanjirni buzib, qadimgi olamga o‘tdim. Faqat o‘zimni emas, yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi butun bir dunyoni qutqarish uchun. Agar meni qanday sinov, kulfat, sir va sarguzashtlar kutayotganini bilganimda edi... tinchgina o‘z olamimda o‘lib ketishga rozi bo‘lar edim. O‘zlik — bu eng katta sarguzasht. O‘tmish sirlari — uning kalitidir. #Mila #Õzlik_yoxud_Õtmish_sirlari

  • Ketrinning yoshligi🌌

  • Ketrinning yoshligi🌌

  • Инсон табиати шундайки, у ўзи яхши кўрган киши билан учрашишдан севинади. Ҳатто, у билан учрашишни сабрсизлик билан кутади. Учра шиш вақти яқинлашганда бу инсоннинг соат миллари тезроқ ҳаракатланишини хоҳлаёт ганини кўрасиз. Кутаётган инсони билан уч рашганда эса, у томон бутун вужуди билан талпинади. Учрашув қанчалик узоқ давом этса-да, унинг тугашини ҳеч истамайди. Ак- синча, вақтнинг тўхтаб туришини орзу қилади. Урашув якунида у билан бошқа вақт яна учрашишга интилади.

  • Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin azizlarim✨. Hayit munosabati bilan vaqtida tashlay olmadim, biroq bu qism ko'pgina :) Maroqli mutolaa tilayman🌸

  • 27 мая247101

    KETRİN WOLF VA SO'NGGİ OLİSHUV ​266-qism. ​YANGI OLAM — "UNUTILGAN YO'LAK". ​Alek aytgan yerosti yo'lagining zax va badbo'y havosi nafas olishni qiyinlashtirardi. Qorong'ulik shu qadar quyuq ediki, hatto vampirlarning ko'zlari ham atrofni ilg'ashga qiynalardi. Olov unsuri vampiri Filipp o'zining sehrli alangasi bilan atrofni yoritib borardi. Ularning qadam tovushlari kimsasiz yo'lakda vahimali aks sado berardi. ​Kutilmaganda havo keskin muzlab ketdi. Diego to'xtash ishorasini qildi: — Ular shu yerda! — dedi u, atrofda o'zgargan havo oqimini his qilib. ​Devordagi qop-qora soyalar birdan uzayib, inson shakliga kira boshladi. Ular devordan ayrilib oldinga chiqishdi. Bular afsonaviy "Ko'lanka soqchilari" edi! Ularning yuzi yo'q, qo'llarida qorong'ulikning o'zidan yasalgan o'tkir nayzalar bor edi. Ular tomondan esayotgan sovuq havo kishining suyak-suyagigacha o'tib ketardi. ​— Vaqtni yo'qota omaymiz! Qizimga yetishishimga hech bir iblis to'sqinlik qila olmaydi! – dedi Robert va qo'lidagi qilichini yalang'ochlab, soqchilar ustiga birinchi bo'lib otildi. Ota qalbida yonayotgan farzandiga yetishish olovi har qanday qorong'ulikni yengishga qodirdek ko'rinardi. Aylin qo'llarini yerga urdi. Gumburlagan ovoz bilan yer yorilib, tosh devorlar ko'tarildi va ikkita soqchining yo'lini to'sdi. Bell esa o'zini havodagi namlikka ulab, o'nlab muz nayzalarini hosil qildi va dushmanga qarata otdi. — Qani, ko'rsatib qo'yamiz ularga! — deb hayqirdi Filipp va qo'lidan ulkan olov sharlarini soqchilar tomon uloqtirdi. Jang boshlanib ketdi... Har biri kelgan soqchini o'z qobiliyatiga ko'ra yo'q qilar ama hamon yo'llari ıchilmagan edi. Bu holatdan charchagan Diego: "–Ular tugamayapti! — baqirdi oldiga chiqqan ikkita soqchini kuchli havo girdobi bilan devorga gumburlatib urarkan. — Qancha yo'q qilsak, o'rniga shuncha yangisi paydo bo'lyapti! ​Direktor Alek vaziyatning asl mohiyatini anglab yetdi va vahima bilan hayqirdi: — Olovni o'chir, Filipp! Tezroq o'chir! Ular bizning o'z soyamizdan ko'payyapti! Qancha kuchli yorug'lik ishlatsak, orqamizdagi soyamiz ham shuncha quyuq bo'ladi. Bu maxluqlar yorug'lik tushgan insonning o'z soyasini o'g'irlab, o'z qo'shinini yaratyapti! ​Buni eshitgan Filipp darhol olovni so'ndirdi. Yo'lakni yana qop-qora zulmat qopladi. Dushman endi ko'payishdan to'xtagan bo'lsa-da, qorong'ulikda jang qilish deyarli imkonsiz bo'lib qolgandi. Soqchilar qorong'ulikda umuman ko'rinmas, faqat ularning sovuq sharpasi va nayzalarining ovozigina sezilardi. Robert bor diqqatini jamlab, o'zining oltinchi saviyali afsungarlik kuchini ishga soldi. U atrofga olov yoki oddiy chiroqdek yorug'lik sochmadi, balki butun vujudidan soya tashlamaydigan, sof oppoq va sehrli aura (ichki yorug'lik) tarqata boshladi. Bu yorug'lik shu qadar yorqin va toza ediki, uning nurida devorlarda hech qanday soya hosil bo'la olmadi. — Men bilan birga harakat qiling! Men atrofni yoritib boraman! — buyruq berdi Robert. ​Aura yorug'ligida Afsonaviy beshlik yana ruhlanib jangga kirdi. Ota mehrining sof nuri oldida qorong'ulik maxluqlari ortiq ko'paya olmas, ojiz qolgan edilar. Tez orada so'nggi soqchi ham parchalanib, havoga singib ketdi. ZINDONDA... Vampirlar otasi shaytondek og'liga vasvasa berardi. Bunga javoban ​Jastin sekin boshini ko'tardi. Uning qip-qizil yonib turgan ko'zlarida shunday bir o'lim vahshati bor ediki, Vampirlar otasining ortidagi eng jasur qo'riqchilar ham beixtiyor orqaga tisarilishdi. – Men sening o'yinchoq quling emasman... – Jastinning ovozi butunlay o'zgargan, go'yo o'nlab maxluqlar bir vaqtda gapirayotgandek vahimali va gumburlovchi edi. – Bugun bu yerda qon daryo bo'lib oqadi... Lekin u uning emas, sizlarning qoningiz bo'ladi! – dedi. Shu payt orqasiga o'tkir tig'li nayza sanchildi. Jastin esa og'riqdan yerga tizzalab cho'kib qoldi... 266 – qism tugadi. Davomi bor...

  • Hammaga salom azizlarim. Asar yakunlanishiga sanoqli qismlar qoldi...

  • ​KETRİN WOLF VA SO'NGGİ OLİSHUV ​265-qism. ​Qora tutun va qizil chaqmoqlar zindonni larzaga keltirdi. Jastinning tanasidan otilib chiqayotgan bu dahshatli kuch oddiy vampirning emas, balki qafasda saqlangan va mudhish ehtiyojdan yonayotgan yirtqichning isyoni edi. Bilaklarini qisib turgan qadimiy zanjirlar bu haroratga dosh bera olmay parcha-parcha bo'lib ketdi. Jastin qip-qizil yonayotgan ko'zlari bilan oldidagi qalin shaffof devorga qarab kuchli musht tushirdi. Yengilmas deb hisoblangan sehrli to'siq gumburlab, minglab shisha parchalariga aylanib atrofga sochildi. ​U zudlik bilan hushsiz yotgan Ketrinning yoniga o'zini otdi. Qizning dokadek oqarib ketgan yuzi va yaralangan bilagidan sizib chiqayotgan qon hidi Jastinning qaqrab yotgan tomog'ini bo'g'ib qo'ydi. Uning vujudidagi ehtiyoj endi oddiy qonga bo'lgan chanqoq emasdi... Bu o'zini idora qila olmaydigan, kuchli narkotik modda xumoriga tushib qolgan bemorning daxshatli ehtiyoji edi! Agar shu qonni hozir tatib ko'rmasa, go'yo tomirlari yorilib, joni uziladigandek talvasaga tushardi. ​Ayni shu lahzalarni yuqorida, o'zining xos xonasidagi sehrli ko'zgudan kuzatib turgan Vampirlar otasining lablarida makkorona va zaharxanda tabassum yugurdi. Zindonda o'tgan so'nggi kunlar uning dahoona rejasining bir qismi edi: ​"Ahmoq o'g'lim," — o'ylardi Vampirlar otasi ich-ichidan zavqlanib, ko'zgudagi qonli manzaradan ko'z uzmay. "Men senga zindonda shunchaki qon ichirib xor qildim deb o'yladingmi? Yo'q... Men senga yuborgan o'sha qadahlardagi oddiy qon emas, Ketrinning gibridliktan so'ngra plazma tarkibi o'zgargan kuchli qonining qorishtirilgani edi. Men sening vujudingni shu qonga, aynan Ketrinning qoniga xuddi og'uga qaram bo'lgandek muhtoj qilib qo'ydim! Endi uni ichmasang, aqldan ozasan, xumordan yashay olmaysan! ​ Vampirlar otasining qorachiqlarida cheksiz hokimiyat hirsi yonardi. İchida xuddi Ketrin bilan gaplashayotgandek o'ziga–o'zi: "Jastinning tomirida mening oliynanob vampir qonim oqadi. Endi esa u xumor tutib, to'g'ridan-to'g'ri sening bilagingdan qon ichsa, toza vampir qoni sening gibrid qoning bilan butunlay chatishadi. Natijada yorug'lik ham, zulmat ham to'xtata olmaydigan eng qudratli maxluq dunyoga keladi va u mening itoatkor qulim bo'ladi!" – dedi. Zindonda esa Jastinning qorachiqlari butunlay alvon rangga kirgan, Ketrinning qoniga bo'lgan tashnalijja dosh bera olmayotgan lablari ixtiyorsiz ravishda Ketrinning yarador bo'yniga yaqinlashib borardi. ​Kutilmaganda Jastinning orqasida Vampirlar otasi paydo bo'ldi. — Tishla uni, Jastin! — deb bo'kirdi u g'olibona ohangda. — Qonini ich! Axir uni qanday xohlayotganingni ko'rib turibman! Bu qonning ta'mini bilasan, u senga havo kabi zarur! Ich uning qonini va azobdan qutul!!! ​ 265–qism tugadi Davomi bor...

  • Agatha Kristi

  • Ramazonni birinchi kuni munosabati bilan bugun, hikoyaning davomini tashlayman inshaAlloh

  • Azizlarimm🥰 Hammelani Ramazon oyi bilan tabrikliman. Alloh ro'zalarimizni qabul qisn✨🤍

  • 𝑴𝒂𝒗𝒊 𝒉𝒊𝒌𝒐𝒚𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊 pinned «​— Qanday yo‘l? — so‘radi Robert umid bilan. — "Unutilgan yo‘lak", — dedi Aylin ekin. — Qadimgi yozuvlarda aytilishicha, saroyning ostida eski yerosti yo‘li bor. Lekin u yerda "Ko‘lanka soqchilari" yashaydi. ​— Menga farqi yo‘q, — dedi Robert qat'iy. — Qizim…»

  • Hozir ta'tildaman tez-tez tashlab turaman asarni davomini🥰

  • Salom azizlarim. Hammangiz yaxshisiz deb umid qilaman. Uzoq vaqt asar ham men ham yo'q edim orangizda. Bugun esa qolgan joyimizdan yangi qismni yozdim. O'qib baho bering🌸 Hurmat bilan #Mavi

  • ​— Qanday yo‘l? — so‘radi Robert umid bilan. — "Unutilgan yo‘lak", — dedi Aylin ekin. — Qadimgi yozuvlarda aytilishicha, saroyning ostida eski yerosti yo‘li bor. Lekin u yerda "Ko‘lanka soqchilari" yashaydi. ​— Menga farqi yo‘q, — dedi Robert qat'iy. — Qizim u yerda o‘lim bilan olishmoqda. Do‘zaxning o‘zidan o‘tishga to‘g‘ri kelsa ham, men boraman. ZULMAT QASRİ –​ZINDON. ​Vampirlar otasi chiqib ketgach, Jastin shaffof devorga suyanib o‘tirib qoldi. Ketrin ham narigi tomondan devorga yaqinlashib, qo‘lini shishaga qo‘ydi. Ular bir-birlarining haroratini his qila olmasalar-da, kaftlari bir-biriga tegib turardi. ​— Kechir meni, Ketrin, — dedi Jastin bo‘g‘iq ovozda, ko‘zlaridan qon aralash yosh oqib. — Men seni himoya qila olmadim. — Sen... kuchli bo‘lishing kerak, — dedi Ketrin hansirab. — U seni sindirmoqchi. Agar sen yirtqichga aylansang... men o‘zimni kechirmayman. — Men chiday olmayapman, Ketrin. Ichimda olov yonyapti. Qon... faqat qonni xohlayapman. ​Shu payt Ketrinning boshi aylanib, ko‘z oldi qorong‘ulashdi. U hushini yo‘qotib, yerga yiqildi. — Ketrin! KETRIN! — Jastin bor ovozi bilan baqirdi. Uning ichidagi g‘azab va qo‘rquv shu darajaga yetdiki, birdan uning tanasidan qora tutun va qizil chaqmoqlar chiqa boshladi. Vampirlar otasi kutgan o‘sha "uyg‘onish" jarayoni boshlangan edi, ammo u kutganidan ko‘ra ancha dahshatliroq tus olardi... ​264-qism tugadi. Davomi bor...

  • KETRİN WOLF VA SO'NGGİ OLİSHUV 264-qism. ​Zindonning zax havosi Jastinning o‘pkasini kuydirayotgandek edi. Ammo uning azobi jismoniy og‘riqdan emas, balki qalbini kemirayotgan noma’lumlikdan edi. Uning ko‘zlari... avvalgi moviy rangini yo‘qotib, endi qip-qizil qon rangiga kirib borardi. Bu o‘zgarish uning ichidagi yirtqich uyg‘onayotganidan darak berardi. ​— Zerikib qolmadingmi, shaxzodam? — degan ovoz eshitildi va temir eshik g‘ichirlab ochildi. Ostonada Vampirlar otasi viqor bilan turardi. Uning qo‘lida yana o‘sha la’nati qadah bor edi. ​— Yo‘qol ko‘zimdan! — o‘kirardi Jastin. U zanjirlarini uzishga harakat qilar, ammo bu zanjirlar oddiy temirdan emas, qadimiy afsun bilan yasalgan edi. ​— Bunchalar qo‘pol bo‘lma. Men senga sovg‘a olib keldim, — dedi Vampirlar otasi istehzo bilan kulib. U qo‘lidagi aso bilan devorning bir qismiga ishora qildi. Tosh devor xuddi erib ketgandek g‘oyib bo‘ldi va o‘rnida qalin, shaffof to‘siq paydo bo‘ldi. ​Jastin ko‘rgan manzarasidan nafasi ichiga tiqilib qoldi. — KETRIN! ​Narigi xonada, sovuq tosh ustida Ketrin yotardi. Uning rangi dokadek oqarib ketgan, lablari yorilgan, har doim hayotbaxsh porlab turadigan ko‘zlari yarim yumuq edi. Qizdan yaqinda qon olingani bilinib turar, yara joyidan hali ham qon sizib turardi. ​— Uni nima qilding, iflos?! — Jastin bor kuchi bilan shaffof devorga o‘zini urdi. Mushtlari bilan devorni urarkan, ko‘zlaridagi qizillik yanada alanga oldi. ​— Hozircha tirik, — xotirjam javob berdi Vampirlar otasi, qadag‘idagi suyuqlikni chayqatib. — Lekin bu uzoqqa cho‘zilmasligi mumkin. Uning qoni... mmm, juda mazali va kuchli. Lekin u ovqat yemayapti, suv ichmayapti. U sekin-asta so‘nib boryapti, Jastin. Xuddi sham kabi. Ammo buni sen tuzatishing mumkin - deya Vampirlar otasi qo'lidagi qon qadahini Jastinga uzatdi. ​Ketrin Jastinning ovozini eshitdi chog‘i, zo‘rg‘a boshini ko‘tardi. Uning nigohlari Jastinning qizarib ketgan ko‘zlariga tushdi. U Jastinning holatini ko‘rib, o‘z og‘rig‘ini unutdi. — Jastin... — pichirladi u, ovozi zo‘rg‘a eshitilarli darajada. — Ichma... Menga qara... O‘zingni yo‘qotma... ​— Ko‘ryapsanmi? U senga qayg‘uryapti, — dedi Vampirlar otasi Jastinning qulog‘iga egilib. — Agar sen menga bo‘ysunsang, mening aytganimni qilsang, men unga shafqat qilishim mumkin. Unga ovqat beraman, davolayman. Hamma narsa sening qo‘lingda. Yoki o‘z g‘ururingni deb uning o‘limini tomosha qilasanmi? ​Jastin ikkilamchi holatda qoldi. Bir tomonda o‘z erkiga bo‘lgan nafrat, ikkinchi tomonda jonidan ortiq sevgan insonining hayoti. U Ketrining ko‘zlariga qaradi. Qiz boshini ohista chayqab, "Yo‘q" ishorasini qilardi. Ammo Jastin uning qiynalishiga chiday olmasdi. ​ROBERTNING UYI. ​Elion yana bezovta bo‘lib uyg‘ondi. Tushida o‘sha mashum qasr, onasining qichqirig‘i va Ketrinning so‘nggi nigohi namoyon bo‘lgandi. — Elion, tinchlan, — Albert uning peshonasidagi sovuq terni artdi. ​Xonaga Robert kirib keldi. Uning yuzida charchoq va chuqur qayg‘u aks etgandi. Robertni ko'rgan Elion yig'lab yubordi. — Men sababchi bo‘ldim. Ketrin meni deb u yerda qoldi. Men... men qanday yashayman endi? - qiz yig'lashda davom etardi. ​Robert kelib, Elionning boshini siladi. — O‘zingni ayblama, qizim. Ketrin o‘z tanlovini qildi. U har doim boshqalarni o‘zidan ustun qo‘ygan. Lekin biz taslim bo‘lmaymiz. ​Shu payt pastdan, mehmonxonadan shovqin eshitildi. Kimdir kelgandi. Robert va Albert pastga tushishdi. Eshik oldida Akademiya direktori Alek va yana ikki kishi turardi. Bular – afsonaviy beshlikning qolgan a'zolari: Suv unsuri vakilasi Bell Blueston, havo unsuri vampiri Diego Oliviera, yer unsuri vakilasi Aylin Radriges va olov unsuri vampiri Filipp Westy edi. ​— Biz xabarni eshitdik, Robert, — dedi Filipp, mushtini tugib. — Ketrinni u yirtqichning qo‘lida qoldirmaymiz. — Ammo vaziyat og‘ir, — dedi Alek jiddiy ohangda. — Vampirlar otasi juda kuchli qadimiy himoya afsunini ishga tushirgan. Saroyga kirishning deyarli imkoni yo‘q. Faqat bitta yo‘l bor, lekin u juda xavfli.

  • Ko'nglim shu qadar ko'p ranjiganki,xatto mehrni ham sinov deb o'ylay boshladim.

  • Hammaga salom azizlar. Hamma yaxshimi? Bilaman hikoyada uzoq muddatli to'xtash bo'ldi. Bunga juda köp sabablar bor öziga yarasha. Lekin nima bo'lsa ham bu asar mening mehnatim. Mehnattan köproq mening borlig'im desam ham böladi. Shuning uchum davom ettirishga qaror berdim. Ammo ilhom kelganda va bösh vaqtim bo'lgamda köproq yozaman. Kanaldagi asarimni sevgan 103 kishi ham menga ilhom beradi🥰 Hammaga hayrli tong #Hurmat_bilan_Mavi

  • I sleep so I can see you and i hate to wait so long~

  • Mening qoidalarim boshqacha , tarbiyam boshqacha , fikrlarim boshqacha , tajribalarim esa butunlay boshqa... Va o'sha tajribalarimning badalini ham o'zim to'ladim. Shuning uchun na o'zimni birov bilan solishtirib sevaman, Na boshqalarning hayotiga e'tibor qarataman...