Modul 5
описание
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
572
подписчиков
Охват к подписчикам
307,3%
ERR
Реакции к просмотрам
0,29%
101 на 20 постов
Пересылки к просмотрам
0,51%
178
Постов в день
0,0
всего 20
Где отзываются чаще
доля реакций к просмотрам- 14 апр. 2024 г.Jismoniy Mashqlar Sizni Aqlliroq Qiladi — Bu isbotlangan Fakt! So'nggi yillarda keng tarqangan yangi qarash paydo bo'ldi: Aqlli o'yinchi. Ham intellektual, ham jismonan barkamol shaxs. Ular genetik lotereyada yutib olishganmi yoki jismoniy mashqlar sizni ham aqlli qilishi mumkinmi? Xulosa chiqarishdan oldin, avvalo, o'tmishga nazar tashlasak yaxshi bo’ladi deb o’ylayman. Yaqin tarixda bizning miyamizdagi hujayralarning soni o’zgarmas miqdorda deb o’ylanar edi. Siz aqlli, kuchli miya bilan tug'ilgansiz yoki yo’q. Bu fikrga ko’ra biz katta bo'lganimizdan so'ng, qachondir miyamiz yangi neyronlarni yaratishni to'xtatishi kerak edi va qariganimiz sari neyronlarni yo'qotib boramiz. Agar o’sha paytda miya o'sadi, va miya yangi hujayralarini hosil qilishi mumkin, deyish sizni ilmiy jamoatchilik tomonidan ahmoqqa chiqarilishingizga va masxara bo’lishingizga sabab bo’lardi. To’liq video: https://youtu.be/NXZOXhzRV_o1,12%
- 11 мар. 2024 г.Xristofer Kolumb Hammamiz uni Amerika qit'asini ochgan sayyoh sifatida bilamiz. Biroq bu yolg'on fakt ekanligi juda kamchilikka malum. Kolumbgacha Amerika diyoriga vikinglar, normandlar borib bo'lishgan edi, qolaversa Beruniy bobomiz ham dengizning nargi tomonida quruqlik bor deya Amerika haqida birinchi malumotlarni bergan edi. Tarix shunga o'xshash yolg'on faktlarga to'la. Nega yolg'on faktlar yuzaga keladi? Uni kimlar va nima uchun yozadilar? Shu kabi savollarga Modul5ning navbatdagi sonida tarixchi Baxtiyor Alimjanov javob berdilar. Qiziqarli suhbat ertaga 18:30da Modul5ning Youtube sahifasida premyera qilinadi.1,08%
- 26 мар. 2024 г.Qanday qilib istalgan maqsadga erishish mumkin? —Maqsadlarni qo'ying. Boshlanishda maqsad bir dona bo'lmasin —Sizni qiziqtirgan maqsadlarni tanlang. Biznes, ta'lim, sport. —Maqsadlar ichida sizni qiziqtiradigan narsalarni toping. Maqsad bo'lsayu unga qiziqish bo'lmasa unga yetishish imkonsiz yoki kutilgan natijada bo'lmaydi —Maqsadingizni yaqinlaringiz bilan bo'lishing. Kattalar maslahati sizga maqsadga erishishga yanada yordam beradi. —Steriotiplarni buzing. Istalgan yo'lda qiyinchiliklar bo'ladi, to'siqlarni yengib o'tishni o'rganing —Buni yolg'iz qilmang! Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube | TikTok0,81%
- 28 апр. 2024 г.REVMATOLOGIYA VA SARATON | SHAXNOZA ABDUGANIEVNA | MODUL5 INTERVYU Revmatologik kasallik xalq orasida eng ko'p tarqalgan surunkali kasalliklar sirasiga kiradi. So'nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, o'z vaqtida chora ko'rilmagan revmatologik kasalliklar oxir oqibat saratongacha yetib borishi mumkin ekan. O'zbekistonda ham ushbu kasallik erta aniqlash va remmisiya holatida ushlab turish bo'yicha ishlar olib borilmoqda va bugungi intervyu mehmoni ayni shu yo'nalishdagi yosh va jahon tajribasiga ega revmatolog-kardiolog Shaxnoza Abduganievna bo'ldilar. Intervyuda O'zbekistonda bolalar va kattalar revmatologiysining farqlari, davolash usullari va kasallikni kelib chiqishi haqida so'z boradi! To’liq video: https://youtu.be/jiw6TZ7xa1I0,78%
- 24 янв. 2025 г.QARZLARDAN QUTULISHNING AMALIY USULLARI | MOLIYA BO'YICHA MUTAXASSIS Sherzod Saydaliyev#modul5 💸 Qarzlar sizni bosib tashlayaptimi? Moliyaviy bosimdan chiqishning haqiqiy usullari bilan tanishing! Modul5 loyihasi taqdim etgan maxsus videoda, qarzlardan qanday samarali va barqaror qutulishning amaliy usullari haqida so‘z yuritiladi. 🎥 Ushbu videoda: ✅ Qarzdan chiqishning oddiy va amaliy strategiyalari. ✅ Moliyaviy xatolarni oldini olish yo‘llari. ✅ To‘g‘ri moliya boshqaruvi uchun foydali maslahatlar. ✅ Motivatsiya va rejalashtirish texnikalari. To’liq video👉 https://youtu.be/3dQ-bTUT0gw?si=AnujIYT2HWGIPHCl 🔔 YouTube kanalimizga obuna bo‘ling va kelajakdagi foydali videolarni o‘tkazib yubormang! 🎯 Moliyaviy erkinlik sari birinchi qadamingizni bugun tashlang! #QarzlardanQutulish #Modul5 #MoliyaviyMaslahatlar #HayotSifatiniYaxshilash0,68%
- 31 дек. 2023 г.Ortda qolayotgan 2023-yil Modul5 jamoasi uchun sermahsul o'tdi. Yil davomida loyiha uchun o'z sohalarida yuqori natijalarga erishgan ekspertlar o'z tajribalarini bo'lishdilar, ular orasida shef-povar, mohir oshpaz Saidakrom Saidmuhtorov videolari eng ko'p ko'rilgan kontent sifatida esda qoldi. Bundan tashqari Shohida Ibragimova, Nodir Ibatov, Dilnoza Umirzoqova, Diyor Imomxo'jayev, Mo'tabar Xushvaqtova, Muzaffar Jalolov va Bahtiyor Valiyev (Isfandiyor) kabi super shaxslar bizning obunachilarimiz uchun o'zlarining qimmatli va foydali tavsiyalarini berishdi. Hamkorlik uchun ularga katta rahmat aytamiz! Loyihamiz kuzatuvchilar soni 60k davonini bosib o'tdi va yana ko'payishda davom etmoqda! Kirib kelayotgan yangi 2024-yil siz azizlar uchun omadli va mazmunli o'tsin. Modul5 jamoasi siz uchun foydali va qiziqarli kontent yaratishda davom etadi. Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat! Hurmat bilan, Modul5 va MPMG jamoasi!0,47%
- 5 янв. 2025 г.Farzand ko'proq kimdan o'rganadi? | Psixolog Gavxar Baxadirovna Farzandingizning baxtli va muvaffaqiyatli bo‘lib voyaga yetishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ushbu videoda bola tarbiyasining asosiy sirlarini, psixolog tavsiyalarini va ota-onalar uchun amaliy maslahatlarni o‘rganamiz. Bola bilan mustahkam aloqani qanday o‘rnatish va uning xarakterini shakllantirishda qanday xatolardan qochish lozimligini bilib oling. 👶 Farzand tarbiyasida duch keladigan muammolar haqida fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 👍 Videoga like bosing va obuna bo‘lishni unutmang! To'liq video👉 https://youtu.be/QfsX2LRCzHA #BolaTarbiyasi #OilaviyHayot #Psixologiya #OtaOnaMaslahatlari0,46%
- 6 июн. 2024 г.MIKROBLAR VA BAKTERIYALAR | SHAHLO MIRALIMOVA | MODUL5 AKADEMIK Tug'ilganimizdan to o'lgunimizcha bizga hamroh bo'ladigan mikro olam haqida eshitganmisiz? U bizning ichimizda, hajmi miyyamiz bilan teng bo'lishinichi? Ha, bizning organizmimizda shunday olam borki, usiz biz to'laqonli hayot kechirolmasdik. Shahlo Miralimova, biologiya fanlar doktori, mikrobiologiya va farmatsevtika sohalarida yetakchi mutaxassis bugun bizga ana shu mikro mavjudodlar haqida yetarlicha malumot beradilar. Ushbu videoda siz nima uchun ota-bobolarimiz qatiqni ko'p ichishganini, odamlar immuniteti qanday qilib mikrob va bakteriyalarga bog'liqligini va qanday qilib odam mikrob iste'mol qilish orqali semirish yoki ozish mumkinligini bilib olasiz! To'liq video: https://youtu.be/z-PXs5q0aTA0,46%
- 10 дек. 2023 г.33 YOSHIMDA MILLIONER BO'LDIM | SHOHIDA IBRAGIMOVA | MODUL5 USTOZ Shohida Ibragimova–siz bu ismni aniq eshitgansiz, lekin 33 yoshida millioner bo'lgan, 5 farzandning onasi, investor, Moliya.uz asoschisi va hozirgi kunda $5mln turadigan kompaniya boshqaruvchisi, qisqa qilib aytganda, "Ayollardan biznesmen chiqmaydi" degan steriotiplarni buzib tashlagan moliya eksperti bilan yaqindan tanishish uchun ushbu intervyuni oxirigacha tomosha qilishingizni tavsiya etamiz! "Oilasi va erini rozi qilolgan ayol biznesda, albatta, muvaffaqiyatga erisha oladi!"–Shohida Ibragimova To’liq video: https://youtu.be/y7QbVb7C0Gg Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube | TikTok0,45%
- 28 мар. 2024 г.#iqtibos "Siz kimdirga ishonishingiz mumkinligini bilishning eng yaxshi yo'li ularga ishonishdir". - Ernest Xeminguey. Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube | TikTok0,43%
- 21 апр. 2024 г.POMIDOR VAKSINASI | ZABARDAST BO'RIYEV | MODUL5 AKADEMIK O‘zbekistonlik olimlar tomonidan COVID-19 virusiga qarshi pomidor asosidagi vaksina muvaffaqiyatli ishlab chiqildi va shu bilan birga O'zbek olimlari DNKni o'qish bo'yicha dunyodagi 20-davlat sifatida ro'yxatdan o'tishdi. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan pomidorlardan foydalanadigan ushbu innovatsion vaksina global pandemiyaga qarshi kurashda yangi istiqbolli yondashuvni taklif etadi. Bugun biz ushbu ajoyib yutuq ortidagi fanni o‘rganamiz va pomidor vaktsinasining mumkin bo‘lgan foydalari, oqibatlarini, qanday ishlashini, uning klinik sinovlardagi samaradorligini va ommaviy ishlab chiqarish va tarqatish imkoniyatlarini muhokama qilamiz. Bundan tashqari spikerimiz professor Zabardast Bo'riyev ushbu yo'nalishdagi boshqa istiqbolli loyihalar haqida ham gapirib beradilar. Ushbu kontent Fanlar akademiyasi va MPMG hamkorligida tayyorlanmoqda! To'liq video: https://youtu.be/m0MPX3_SrOM0,43%
- 16 мар. 2024 г.Katta tanaffusdan so'ng yana offline uchrashuvlarga qaytmoqdamiz Bu safar Pr bo'yicha ekspert, Ucell, Nestlé, UzAirWays va yana bir qator xorijiy kompaniyalarda Pr bo'limlarni boshqargan Kamola Ikromova "Gapning indallosi" mavzusida mahorat darsini o'tib berdilar. To'liq video ertaga soat 18:30da Youtube kanalimizda e'lon qilinadi. O'tkazib yubormang! Yana kimlar bilan offline uchrashuv tashkil qilishimizni istaysiz? Javoblarni izohlarda yozib qoldiring! Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari👇 Telegram | Instagram | Facebook |YouTube | TikTok0,40%