tgindex

Muallim Muhammad

описание

“Zamonaviy pedagog” kursi hammuassisi Uralov Muhammad • Qanday qilib o’rgatishni o’rgataman. • Ta’lim, tarbiya va biz ta’sir o’tkaza oladigan omillar haqida gaplashamiz. • Kurslarimizda 1000+ ustozlar o’qib foyda olishdi. Admin: @MuhammadUralovv

8 963
подписчиков

Лучшие посты

за три месяца
  • 16 июл.11,4 тыс просмотров68 реакций25 пересылок

    Birga ishlashimiz mumkin Oxirgi 6 yilda faoliyatim prezident maktabida boshlanib, Merit va Rahimov schoolga ulanib ketdi. Bu orada katta tajriba yig’dim, yangi loyihalar tashkil qildik. Tarix, shaxsiy rivojlanish, bu yildan AP darslarini rejalashtirib turibman. Oxirgi 2-3 yilda ustozlarni ham o’qitishni yo’lgan qo’yganmiz, bilasiz. Minglab ustozlarni o’qitdik. Endi yangi chaqiriqlarni qabul qilish vaqti keldi degan fikrdaman. Bu yil Rahimov schooldan ketyapman. Ustoz Aziz aka Rahimovdan o’rganganlarimni yangi joyda, mustaqil qo’llab ko’rish vaqti keldi, manimcha. O’zimni yangi maktab va ta’lim loyihalarida ta’lim menejeri va tarix ustozi sifatida sinab ko’rmoqchiman. Agar sizning maktabingizga ta’limni rivojlantirish bo’yicha yordam kerak bo’lsa aloqaga chiqing. Suhbatlashamiz, kelishib ko’ramiz, nasib qilgan bo’lsa birga yaxshi ishlar qilamiz. Aloqa uchun: @MuhammadUralovv ga yozing.

  • 9 июл.6 521 просмотров189 реакций10 пересылок

    Men aslida katta lavozimlarda ishlaganman, kibrimni sindirish uchun vaqtincha o’qituvchi bo’lib ishlab turibman degandi bir ustoz)

  • 7 июл.6 504 просмотров102 реакций7 пересылок

    Yaxshi o’qituvchi bo’lishim kerak, deb harakat qilayotganingizning siz aslida ham yaxshi o’qituvchi ekanligingizni anglatadi. Bugungi mahoratli ustoz kursimiz darsidan olingan eng kuchli iqtiboslardan biri. Bu iqtibosni qanday sharhlagan bo’lardingiz?

  • 6 июл.6 353 просмотров175 реакций9 пересылок

    Yoz o’tmoqda soz) Bilasiz xususiy maktablarda iyul-avgust dam bo’ladi. Bizda esa ish qaynayapti . 1. Tarixdan milliy sertifikatga tayyorlayapman va tayyorlanyapman. A+ ni qisqa muddatda olishni challenge qilib qo’ydim o’zimga. 2. 6,5 ieltsimni 7,5 ga ko’tarmoqchiman unga individual ustoz gaplashdim. 3. AP History o’tmoqchiman sentabrdan uni tugatishni reja qildim. 4. Mahoratli ustoz kursini tashkil etish bilan shug’ullanyapman. 2 ta dars ham o’tib berishim kerak. 5. Zamonaviy pedagog kursimizni yangilashga yangi darslar yozishni boshlayman. Yangi kitoblar o’qilishi kerak. 6. Oyiga 2-3 ta podcast tashkillashtiryapman. Pedagog podcastni jonlantirishimiz kerak. 7. Shohruxbek Olimovning Ustozlar ligasi offline kursiga qo’shildik. Yangi ilmlar olishimiz kerak media borasida. Bir qaraganda dam boshlangandek, lekin sentabrdagi asosiy jangga tayyorgarlik boshlangan. Ommadan o’zgacha natija xohlarkanmiz, omma qilmayotgan ishlarni qilishimiz kerak. Kamiga orada qiz topib, to’y qilib ham olishim kerak) Sizlardachi yoz qanday o’tyapti?)

  • 9 июл.6 316 просмотров30 реакций

    Mohir juda yaxshi insonlar bilan podcast bo’lganini aytyapti, kutinglar)

  • 11 июл.5 919 просмотров25 реакций

    @MuallimMuhammad kanalini nega kuzatasiz? Xolis fikringizni yozib ketsangiz xursand bo’laman, albatta hammasini o’qiyman) Hech so’rab ko’rmagan ekanman)

  • 9 июл.5 915 просмотров19 реакций

    без подписи

  • 18 июл.5 455 просмотров101 реакций17 пересылок

    Muloyimlik qalblarning kalitidir. Va albatta, har bir ustozda shakllanishi kerak bo’lgan ko’nikmadir. @MuallimMuhammad

  • 15 июл.5 360 просмотров20 реакций22 пересылок

    Vanihoyat! Podkast chiqdi. 👇 https://youtu.be/Nk7X4Cn4aMQ?si=maembDc-zo-XNY-2

  • 5 июл.5 273 просмотров139 реакций38 пересылок

    Moxito yutolmaymiz! Iyunning oxirida dars o‘tadigan sinflarim bilan bir o‘yin tashkil qildim. Maqsad — yil davomida o‘tilgan mavzularni takrorlash. Sharti oddiy: men ma’lumot aytaman. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa, bolalar o‘tiradi, noto‘g‘ri bo‘lsa, turadi. O‘yin xotirani ham, mantiqni ham ishlatishga majbur qiladi. Oxirigacha qolgan bitta o‘quvchiga moxito olib berishni va’da qildim. Natijada 30–40 ta moxitoga tushdim, chog‘i) Eng qiziq joyi esa oxirida bo‘ldi. Deyarli barcha sinflarim bilan o‘tkazib bo‘lganimdan keyin tarixni eng yaxshi o‘qiydigan sinfimga navbat keldi. Tarixni o‘rtacha o‘qiydigan ayrim sinflarda bitta darsning o‘zida 6–7 nafar g‘olib chiqdi. Lekin eng kuchli sinfimda darsning yarmidan ham ko‘pi o‘tib ketgan bo‘lsa-da, haligacha birorta ham g‘olib yo‘q. Musobaqa uzoq davom etar, eng oxiriga yaqinlashganda chalg‘ituvchi ma’lumot aytsam, barcha bolalar birdan yiqila boshlashardi. O‘ylanib qoldim. Nega tarixni o‘rtacha biladigan o‘quvchilar orasidan bir nechta g‘olib chiqdi-yu, eng murakkab savollarga ham javob topadigan bu sinfdan hali birorta ham g‘olib chiqmadi? Shunda yutgan va yutolmagan o‘quvchilarimni miyamda solishtira boshladim. Asosiy farq bilimda emas, tavakkalda edi. Tarixni o‘rtacha biladigan bola bilimi yetgan joyigacha bilimiga tayanardi. Bilmay qolganida esa, “Tavakkal qilib ko‘ray, ustoz”, deb qaror qilardi. Hamma o‘tirgan bo‘lsa ham, turib olardi. Albatta, bu har doim ham ishlamasdi. Lekin aynan shu fazilat unga boshqalardan ko‘proq sovrin yutishga yordam berdi. Eng kuchli o‘quvchilarim esa faqat bilim va mantiqqa suyanishardi. Aniq ishonchi bo‘lmasa, tavakkal qilishmasdi. Shunda bir narsani angladim. Hayotda faqat bilimning o‘zi hamisha yetarli emas. Ba’zan tavakkal qilish ham kerak. Omma ortidan ergashish xavfsiz. Ammo eng yaxshi natijalar ko‘pincha o‘sha xavfsiz yo‘lning narigi tomonida bo‘ladi. Ba’zan biz ustozlar ham shu a’lochi o‘quvchilarga o‘xshaymiz. O‘qishimiz kerak bo‘lgan kurslar, boshlashimiz kerak bo‘lgan loyihalar, tashkil qilishimiz mumkin bo‘lgan online darslar bor. Lekin ko‘pincha xavfsiz yo‘lni tanlaymiz. Maktabda ma’lum soat dars olamiz, oy oxirida esa maoshimiz kamligidan nolib ham qo‘yamiz. Shu holatda esa bitta haqiqat o‘zgarmaydi. Ustozlar, bu ketishda hech qachon “moxito” yutolmaymiz) @MuallimMuhammad

  • 24 июл.5 041 просмотров80 реакций164 пересылок

    Ustozlarga qanday kitoblar maslahat berasiz? Ta’lim va tarbiya Tarbiyaning oltin kaliti Yosh bola demang ularni Self driven child Landovurlar va zukkolar Raqamlar uchun yaratilgan ong O’quvchilarni tushunish va ularni boshqarish Influence Hokimiyatning 48 qonuni Do’st orttirish va odamlarga ta’sir o’tkazish Manipulyativ diktatorlar Yuqumlilik Shaxs sifatida o’sish Atom odatlari Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi The art of thinking clearly Qora oqqush Ma’lum metodlar va o’yinlar darsturxon ustidagi desert va salatlar. Ustozning va ota-onaning shaxsiyati va xarakteri bu asosiy taom! O’qituvchi o’qitish va bola tarbiyalash uzoq muddatli loyiha. Bu muddatda siz yaqinlashib ketasiz, asl yuzlarimiz ochiladi. Maqsadni boladan kamchiliklarni yashirish emas shu kamchiliklarni yo’qotishga harakat qilishga sarflasak loyiha muvaffaqiyatli bo’ladi. Ustozimiz aytganlaridek tarbiyachi bolaga o’zida yo’q narsani o’rgatolmaydi. Kitob o’qiyotganingizda ta’limni mohiyatini ochadigan, sizni shaxs sifatida rivojlantiradigan kitob o’qing. Rivojlanib olganingizdan keyin metodlarni o’zingiz ham kashf etib olaverasiz! @MuallimMuhammad

  • 26 июл.4 929 просмотров90 реакций5 пересылок

    Yozda o’quvchilarimni sertifikatga tayyorlayapman. Ustoz o’qiiidimmm, esimda qolmayaptida deyishadi. Nechi marta o’qidingiz desan 1 marta deydi😁(O’qilganmi? O’qilgan) Rosa o’qiyapman deganlariniyam kitobini olib tekshiraman, yangi turadi. Ba’zi betlarni ochishga qiynalaman, birinchi marta ochilgandek) Rasmdagi kitob esa mening abituriyentligimdagi kitoblar qanday bo’lardi degan savolga javob. Ichi to’la qaydlar va tagiga chizilgan faktlar bo’lardi. Hozir unday kitoblar yo’qdek) Sizchi, qanday o’qirdingiz kitoblarni? @MuallimMuhammad

  • 23 июл.4 704 просмотров124 реакций34 пересылок

    Lalmikor yerlar! Tarix kitoblarini o‘qiyotib, shu so‘zga ko‘p ko‘zim tushardi. Kecha yaxshilab izlanib chiqdim. Suv chiqmaydigan, sun’iy sug‘orib bo‘lmaydigan tog‘li, adirli yerlarni lalmikor deyisharkan. U yerda o‘sgan qovun va tarvuzlar eng shirini bo‘ladi, deyilyapti. Sababi — suv kamligi! Teskari tuyuladi ba’zan. Suv kam joyda o‘sadigan qovunlar o‘z tanasidagi suvni ushlab qolishga harakat qilar, buning uchun o‘z tanasida ko‘proq shakar ishlab chiqaradi. Maqsad — o‘z tanasidagi zichlik tuproq zichligidan baland bo‘lsin va mavjud suv saqlanib qolsin. Suv ko‘p bo‘lsa nima bo‘ladi? Ko‘p suv qovun hujayralarining tez kattalashishiga olib keladi. Qovun suv bilan kattalashadi, lekin tana shakar yetkazib berishga qiynaladi. Oqibatda hajmi kattaaa, lekin ta’msiz qovun paydo bo‘ladi. Doimiy oz-ozdan suv yetishmaslik stressi qovunni mazali va qadrli qiladi. Xulosa 1. Doimiy hayotimiz va ishimizdagi qiyinchiliklar bizni kuchliroq, qadrliroq qiladi. Kichik stresslar doim kerak. Hammasi yaxshi bo‘lsa, demak, hammasi yaxshi emas. 2. Suv ko‘p bo‘lib kattalashib ketgan, lekin yesangiz be’maza qovunlarni ijtimoiy tarmoqda obunachi yoki obro‘ yig‘ib olgan, suhbatlashib ko‘rsangiz foyda keltirmaydigan insonlarga o‘xshatdim. Hammasi tabiiy, organik bo‘lgani ma’qul ekan. @MuallimMuhammad

  • 2 авг.4 336 просмотров90 реакций16 пересылок

    Podkastimiz tayyor! 🤩 Ustozlar uchun shaxsiy brend: 0 dan boshlab qanday rivojlanish kerak? mavzusida online ta‘lim ustoz shifusi Humoyun Sobirov bilan suhbatlashdik. https://youtu.be/6TkTTdFzoTw?si=YQ6hzA-JBTYzPJAY

  • 1 авг.4 068 просмотров27 реакций76 пересылок

    Podkastimiz tayyor! 🤩 Ustozlar uchun shaxsiy brend: 0 dan boshlab qanday rivojlanish kerak? mavzusida online ta‘lim ustoz shifusi Humoyun Sobirov bilan suhbatlashdik. https://youtu.be/6TkTTdFzoTw?si=YQ6hzA-JBTYzPJAY

  • 4 июл.4 014 просмотров32 реакций1 пересылок

    Biz yoz uchun mo’ljallangan “mahoratli ustoz” kursimizni boshladik. O’z ustida ishlaydigan ustozlar ta’tilda ilm olishda davom etishyapti. Siz kursimizga qo’shildingizmi? Yozda nimalar bilan bandsiz?

  • 6 авг.3 835 просмотров30 реакций3 пересылок

    Endi instagramda ham bormiz. Agar instagramingiz bo’lsa ulanib oling. Foydali contentlar chiqarishni boshladik bugundan. Obuna bo’ling va qo’llab-quvvatlang. Evaziga yaxshi contentlar bilan javob beramiz nasib) https://www.instagram.com/muallim_muhammad_?igsh=cXRldzhyenNiZWh1&utm_source=qr

  • 23 июл.3 686 просмотров62 реакций16 пересылок

    Endi men rasman erkinman! End of the era. 5 yillik davr tugadi. Tez orada yangisini boshlaymiz nasib.

  • 8 авг.3 367 просмотров133 реакций7 пересылок

    Bir orzuyim bor. Yoz oyidagi damning 1 haftasini tog’da, cho’ponlar bilan o’tkazsam, telefonim ishlamasa, atrof yam-yashil va suvlar bo’lsa. Qo’y-qo’zi, otlar, cho’pon itlar bilan 1 hafta sodda hayot o’tkazsam. Hech amalga oshmayapti. O’zi umuman orzuyimdagi hayot ham shunga yaqin. Bir hovlim, 2 ta sigirim, 4 ta qo’yim va 10 ta tovug’im bo’lishini xohlayman. Barcha iste’mol mahsulotimiz o’zimizdan chiqsin, tabiiy bo’lsin. Men qishloq tabiatli yigitman, shundan dam olsam kerak. Sizchi? Qanday hayot xohlaysiz? Yozdagi qanday dam olyapsiz o’zi?

  • 12 авг.2 128 просмотров203 реакций46 пересылок

    Qo‘lingda ehson qilishga puling bor. Kimga bergan bo‘larding? Faqat boylargami? — Yo‘geee, jinnimasman! Unda nega bor bilimingni faqat yaxshi o‘qiydigan a’lochilarga berasan? O’zlashtirishga qiynaladigan, haq egalariga berishga sabring yetmayaptimi? @MuallimMuhammad