Muhammad Uralov
Статистика- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Маркетинг (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 297
- 1/48двое суток
- 340
- 1/72трое суток
- 367
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Baxtli bo’lish uchun-do’stingdan ko’proq oylik, qo’shningnikidan balandroq uy va atrofingdagilardan balandroq obro’ bo’lsa yetadi.
Kitob o’qigim kelmasa, o’zimni aldab pedagogik kino ko’raman. Hech bo’lmasa sohamga foyda deymanda)
Sivilizatsiyalar hech qachon avom tomonidan vujudga keltirilgan emas, u doimo kichik intelektual qatlam tarafidan yaratib kelingan, boshqarilgan. Omma faqatgina vayronkor kuchga ega, uning qonun-qoidalari yovvoyilikka hos deyapti shu kitob.
Olgani ham, bergani ham hikmat.
Endi instagramda ham bormiz. Agar instagramingiz bo’lsa ulanib oling. Foydali contentlar chiqarishni boshladik bugundan. Obuna bo’ling va qo’llab-quvvatlang. Evaziga yaxshi contentlar bilan javob beramiz nasib) https://www.instagram.com/muallim_muhammad_?igsh=cXRldzhyenNiZWh1&utm_source=qr
Men uchun yozgi ta’til boshlandi) Bugun “Mahoratli ustoz” kursining oxirgi darsini o’tib tugatdim. Shu bilan yozga mo’ljallagan darslarim tugadi. Endi dam olsam bo’ladi. 5-6 kundan keyin dam olib zeriksam yana darslar boshlab yuboraman) 11 oylik qattiq mehnat uchun o’zimga Iphone 17 sovg’a qilib yubordim kecha. Endi u bilan content qilmasam vijdon qiynaladi. Ertadan instagramda ham paydo bo’lib qolsam kerak.
Bunday muvaffaqiyatga qanday erishgansiz? Majbur bo’lganimdan, eng qiyin vaziyatda har doim yolg’iz qoldirib ketishgan. Majburlik-qiyinchilik❌ Majburlik-eng katta kuch ✅
Bir xususiy maktabda ishlaganimiz uchun pulimizni berishmagan. Mohirga nima qilamiz desam, kutubxonasidagi kitoblari borku bitta qop oborib shularni berasan deb hammasini opketmiz degani esimga tushib ketdi. Oxiri baribir pulimizni ololmaganmiz, chunki rahbarini gapiga ishonib og’zaki kelishuv qilgandik. Esingizda bo’lsin, biror joyda ishlarkansiz, har doim kelishuvni hujjatlashtirib qo’ying. Odamlarga ishonmang!
Loyiqligingiz uchun emas, hozircha bor variantlarning ichida eng yaxshisi ekanligingiz uchun shu yerda bo’lishingiz mumkin. Endi loyiqlik uchun harakat qilmasangiz, sizdan yaxshiroq nomzod kelishi bilan sizga chiqish eshiklari ko’rsatiladi.
Tanish-bilish yangi joyga borsam qo'llab-quvvatlaydi, yordam beradi❌ Seni undan o’tib ketish ehtimolligingni sezsa, sekin chopadi✅ Ba’zan tanish emas, xolis begona yaxshiroq.
Do’konga kirdim, xohlagan narsamni sotib olishga pulim bor, lekin hech narsaga ehtiyojim yo’q. Aylanib, aylanib qaytib chiqib ketdim. Suqrot yodimga keldi.
Telegram storysida shaxsiy brend yuritadiganlardan azob chekaman)
Baxt faqat boshqalar bilan baham ko’rilgandagina haqiqiydir.
Sukutdan qo’rqamiz, ular esa buni bizga qarshi ishlatishadi.
Majburlikdan emas, ajr umid qilib sabr qilinadi.
Yoshligimda kinolarda ko’rardim: siqilgan, yolg’iz qolib stressni chiqarishni xohlagan erkaklar mashinasida chiqib shahar ko’chalarida yolg’iz kezar va katta tezlikdan rohatlanardi. Shu orzuni amalga oshirish uchun qancha mehnat qilib mashina olib kechasi 23:00 da shaharga chiqsam hamma joy probka, kamera, odam, shovqin. Men romantizatsiya qilgan vaziyatdan asaram yo’q.
Mehnat qilaversang shunday davrga kelasanki, odamlar har bir gapingdan va harakatingdan o’zlari hikmat topib beraverishadi. Sen gapirib va harakat qilib tursang bo’ldi.
Qaysarligim bir kun boshimni yemasa bo’ldi, deb ko’p o’ylab qolaman.
Bu odam rosa kuchli odamda deb qoldi. Bu odam juda kuchli emas, shunchaki siz juda kuchsizsiz degim keldi ichimda.
Uyga berilgan vazifalarni kamaytiramiz desam o’quvchilarimni reaksiyasi) O’zimni juda bir yaxshi insonday his qilib yuboraman😅