🇺🇿 Murodbek Rahmonberdiyev/Rasmiy kanal
СтатистикаMurojaat uchun: @Jizzax_Rahmonberdiyev_M Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Murodbek Rahmonberdiyev.
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 15
- Всего постов
- 141
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 220
- 1/48двое суток
- 252
- 1/72трое суток
- 271
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️❗️❗️MANDAT CHIQDI #abituriyent #OTM ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
без подписи
без подписи
Hurmatli Ulug‘bek Mavlonovich! Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan Jizzax yoshlari nomidan hamda shaxsan o‘z nomimdan chin qalbimizdan muborakbod etaman! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, uzoq umr, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Jizzax viloyatining bugungi taraqqiyoti, obodligi va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarda Sizning tashabbuskorligingiz, fidoyiligingiz va xalq manfaatiga bo‘lgan e’tiboringiz alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar biz, Jizzax yoshlari uchun katta rag‘bat va ishonch manbaidir. Yangi yoshingiz hayotingizga yangi quvonchlar, ezgu maqsadlaringizga yangi marralar olib kelsin! El-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli mehnatingiz doimo xalqimizning duosi va e’tirofiga sazovor bo‘lib yursin. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Ulug‘bek Mavlonovich! Sizga sihat-salomatlik, oilangizga fayz-u baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Hurmat va ezgu tilaklar bilan, Jizzax yoshlari nomidanMurodbek. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
➡️“Yoshlar Xabi” — bu inglizcha “Youth Hub” atamasidan olingan. Youth — yoshlar, Hub — markaz, jamlanish nuqtasi, bir joyda to‘planadigan va imkoniyatlardan foydalanadigan maskan degani. Ya’ni, Yoshlar Xabi — yoshlar uchun ta’lim, IT, tadbirkorlik, kasb-hunar, sport, madaniyat va turli loyihalar bir joyda jamlangan zamonaviy markaz degani. Oddiy qilib aytganda: “Yoshlar uchun barcha imkoniyatlar bir joyda jamlangan markazdir.” ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
Илм қадр топса, ёшлар юксалади 📍 Янгиободлик Нурсултон Аширалиев яқинда Литванинг Вилньюс шаҳрида бўлиб ўтган 37-Халқаро биология олимпиадасида Ўзбекистон терма жамоасининг тўрт кишилик таркибида мамлакатимиз шарафини ҳимоя қилди. 🟢78 давлатдан 300 дан ортиқ ёшлар иштирок этган мусобақада биологияга оид билимларини яна бир бор синовдан ўтказиб, натижада бронза медалига сазовор бўлиб, 412 млн сўм пул мукофоти билан ҳам тақдирланди. Батафсил ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
Payshanba - yoshlar kuni 🇺🇿13-avgust Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan mahalliy hokimliklar, barcha darajadagi rahbarlar o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar va biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazadi. Uchrashuvlar davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni ijobiy hal etish, bandligini taʼminlash bo‘yicha amaliy choralar belgilanadi. Kun yakunida o‘tkazilgan uchrashuvlar sohalar kesimida tahlil qilinib, mahalliy hokimliklar va tashkilotlar faoliyati reyting asosida baholanadi. Barcha rahbarlarni mazkur tashabbusda faol ishtirok etishga va yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga chorlaymiz! ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
без подписи
без подписи
без подписи
🏦 "Mikrokreditbank" ATB Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga yoshlar tadbirkorligi yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborildi. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
без подписи
⚡️Jizzax viloyati Hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoshlar tadbirkorligi yuzasidan deputatlik soʻrovi yuborildi. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
"YOSHLAR HUDUDI" Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlar ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
🌎12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni! Bu kun butun dunyo yoshlarining jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasini yana bir bor taʼkidlaydigan muhim sanadir. 1999-yilda Lissabonda Butunjahon yoshlar ishlari bo‘yicha konferensiyada tasdiqlangan ushbu sana har yili dunyo bo‘ylab yoshlarning g‘oyalari va tashabbuslarini ilgari surish, ularning o‘rnini yanada kuchaytirish maqsadida keng nishonlanadi. Ushbu kunda jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtibori yoshlarga oid masalalarga yana bir bor qaratiladi. 🇺🇿Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi barcha yoshlarni ushbu kun bilan samimiy qutlaydi! Kelajagimiz sizning qo‘lingizda va biz sizga ishonamiz! 📰Eslatib o‘tamiz, milliy qonunchiligimizga ko‘ra 30-iyun O‘zbekiston Respublikasida Yoshlar kuni etib belgilangan. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
🇺🇿Mustaqillik — faxrimiz va g‘ururimiz! Mustaqillik — tinch va farovon hayotimiz, erkinligimiz hamda kelajakka bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. #Mustaqillik35 #Uzb35 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
📚 Kitobxonlar jamiyati endi Jizzax viloyatida! 📖 Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, kitob mutolaasida intizomni kuchaytirish hamda kitob o‘qishni kundalik odatga aylantirish maqsadida 7 kunlik “Kun davomida 30 daqiqa kitob o‘qing!” chellenj e’lon qilinadi. ➡️Challenj davomida ishtirokchilar: 🟢Har kuni kamida 30 daqiqa kitob o‘qiydi; 🟢O‘qigan kitobidan olgan taassurot va fikrlarini har kuni ulashadi; 🟢Mutolaa jarayonidan foto yoki videolar bilan bo‘lishadi: 🟢Guruhdagi natijalar har kuni e'lon qilib boriladi. Siz ham ushbu tashabbusga qo‘shiling va kuningizning 30 daqiqasini mutolaaga bag‘ishlang! ✔️Ushbu challanjda ishtirok etish uchun @malikova_marjona ga murojaat qilishingiz mumkin. Challenj yakunida sizni ajoyib sovg‘alar kutmoqda! 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
#Mustaqillik35 #Uzb35 🇺🇿Mustaqillik — millatning o‘z yo‘li, o‘z ovozi va o‘z kelajagiga ega bo‘lishidir. U bizga Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida mas’uliyat bilan harakat qilish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax yoshlari ishtirokida mustaqillikning mazmun-mohiyati va yoshlar hayotidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan so‘rovnoma tashkil etildi. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook
❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
Zarbdordagi 23 ta mahalla yoshlar yetakchisi sun’iy intellekt bo‘yicha o‘qitildi Zarbdor tumanidagi 23 ta mahalla yoshlar yetakchilari uchun zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlardan biri — sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminar davomida yoshlar yetakchilariga sun’iy intellekt texnologiyalarining imkoniyatlari, ulardan kundalik faoliyatda samarali foydalanish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida ish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda turli loyihalar, taqdimotlar va tahliliy materiallarni tezkor hamda sifatli tayyorlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonida zamonaviy raqamli imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Mazkur seminar yoshlar yetakchilarining texnologik savodxonligini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mahalla yoshlarini raqamli texnologiyalarga keng jalb etish borasida muhim qadam bo‘ldi. Kelgusida bunday o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish orqali yoshlar bilan ishlash tizimida innovatsion yondashuvlarni yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|