Musa Korean 🇰🇷
СтатистикаKoreys tili boyicha 6 yillik tajriba 🇰🇷 Korean teacher 🧑💻 Topik Eps topik Online darslar Elchixonaga suhbat Bepul kansultatsiyalar Murojaat uchun 👇👇👇 +998995099479 @RMU777
- Последний пост
- 21 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇰🇷 EPS-TOPIK 2026! Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik. 🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola beriladi) 🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish) 📌 Talablar: ▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; ▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 1-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 12-mart sanasidan keyin tug‘ilgan); ▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim. 📎Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak? ✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format); ✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format); ✔️ Faol telefon raqami; ✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida) ⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi. Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar. ⁉️ Yuqoridagi shartlar asosida imtihonda ishtirok etish istagingiz bo'lsa ➡️havola so'zini ustiga bosib javobingizni qoldiring! Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Koreya Respublikasining 21-prezidenti, I Je Myong, "Prokurorlar diktaturasini tugatish" rejasi borligini doim ta'kidlab kelgan. Uning ishonishicha, prokurorlar o'ziga yoqmagan siyosatchilar ustidan arzimas dalillarga tayanib ish ochadi, siyosatchilarni tergov qilib ularga ma'naviy bosim o'tkazadi. Ayni vaqtda prezident I Je Myong ustidan quyidagi jinoiy sudlar davom etmoqda. 1. Saylov qonunini buzish 2. Tejangdong korrupsiyasi 3. Songnam futbol klubi korrupsiyasi 4. Pekhyondong korrupsiyasi 5. Yolg'on guvohlikka undash Aslida prezident, bu kabi jinoyatlar uchun hibsga olinmaydi. Ammo ushbu ishlar u hali prezident bo'lmasidan avval ochilgani sabab, yuqoridagi 5ta jinoiy ish yopilishi yoki davom etishi, parlamentga bog'liq. Ya'ni, "agar prezidentlikka da'vogar shaxs prezident etib saylansa, uning ustidan olib borilayotgan jinoiy sud to'xtatiladi" kabi mazmundagi qonun loyihasi parlamentga yuborilgan. Agar bu qonun tasdiqlansa, prezident I Je Myong ustidan olib boriladiyotgan sudlar to'xtaydi. Ma'lumot oʻrnida, amaldagi prezident quyidagi jinoyatlarni sodir qilsa, lavozimdalik vaqtidayoq hibsga olinadi: 1. Davlat to'ntarishi 2. Davlat dushmaniga yordam berish ✍️ @abdullatif_kr 🖼 Instagramda oʻqish
Bugun Koreyaliklar 21-prezident saylovini yakunladi. Garchi oʻtgan safargi prezident, xalqning katta qismini nafratiga sabab boʻlgan boʻlsada, raqobat yana keskin boʻlyabdi. Ya'ni, odamlar yoppasiga Demokratlar tomonga oʻtib ketmadi. Xalqni Konservativ qismi, baribir oʻz yoʻlida qolgandek koʻrinyabdi. Natijalarni jonli ravishda, mana buyerda koʻrib borishingiz mumkin. Bugungi saylov, davlatning barqarorligini biroz boʻlsada qayta tiklashidan umid qilamiz. ✍️ @abdullatif_kr
Хоразмча луғатнинг илк иловаси 👉 https://xorazmbugun.uz/244-horazmcha-luatning-ilk-ilovasi.html 📢 @Xorazmbugunn каналга обуна бўлинг ! 🌐 Веб-сайт | 📷 Инстаграм | 📣 Телеграм
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
🎦 Janubiy Koreyaning janubi-sharqiy hududlarida davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari mamlakat tarixidagi eng yirik tabiiy ofatlardan biri bo‘lib, aman 8-kundirki davom etmoqda va o't o'chirilmadi, halok bo‘lganlar soni kuni kecha 18 kishi edi lekn bugunga kelib o'lganlar soni 24 kishiga yetdi. Yong‘inlar Shimoliy Gyeongsang va Janubiy Gyeongsang viloyatlarida avj olib, Ulsan shahri hamda boshqa hududlarga tarqalmoqda. 👥 Favqulodda holat e'lon qilindi: Ulsan shahri, Shimoliy va Janubiy Gyeongsang viloyatlarida tabiiy ofat holati joriy etilgan. Evakuatsiya: Xavfli hududlardan 23 mingga yaqin odam xavfsiz joylarga ko‘chirilgan. ⚡️ Yong‘inlar natijasida 17 ming gektardan ortiq maydon zarar ko‘rgan, shuningdek, madaniy me'ros ob’ektlari, jumladan, VII asrga tegishli Gunsa buddistlar ibodatxonasi shikastlangan. 📱 Kanalga A'zo Bo'ling
Bizni Xizmatimizdan foydalanib Koreaning Pusan shaxrida joylashgan Pukyong Davlat utiversiteti muvaffaqiyatli talabasi bo’lib Visani qo’lga kiritgan Diyorbekni chin qalbdan tabriklab keyingi ishlarga omad tilab qolamiz🥳 @koreauniversitetlari @chvegotopik
📈Elchixona KDB bank ma'lumotnomasi va ota-ona yillik daromadini talab qilmaydigan Universitetlar ro'yxati va rasmiy saytlari ▪️Konkuk University ▫️Kyungpook National University ▪️ Keimyung University ▫️ University of Seoul ▪️ Duksung Women's University ▫️Dongguk University ▪️Pusan National University ▫️Seoul Theological University ▪️ Seokyeong University ▫️ Sungshin Women's University ▪️Ewha Womans University ▫️Chung-Ang University ▪️ Pohang University of Science and Technology ▫️Hanyang University ▪️Hongik University ▫️Union Graduate School of Science and Technology ▪️National Cancer Center International Cancer Graduate School ▫️ Korea Development Institute International PolicyGraduate University 🕊@hammasikoreyscha
видео или голосовое, без подписи
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy imtihonda tushadigan savollar to'plami har yili yangilanadi va yil o'rtalarida imtihon o'tkazuvchi tashkilot sahifasiga yuklanadi. Savollarni istalgan vaqtda o'zingiz manabu saytdan yuklabolishingiz mumkin. Ular Koreys, Ingliz, Xitoy va Vietnam tillarida yuklanadi. Savollarni yozma variantidan tashqari Koreys tilida o'qib beradigan variant ham ushbu sahifada bor. Men misol tariqasida 2024-yilda e'lon qilingan savollarni Koreys va Ingliz tillarida kanalga joylayabman. Undan tashqari manabu dastur orqali ham nazariy savollar bilan tanishishingiz mumkin. ✍️ @abdullatif_kr
Koreya Respublikasida ish izlash maqsadida boʻlgan chetellik, davlat ichida yoki tashqarisida boʻlib turgan holida, ish izlash vizasi boʻlmish, D-10-1 vizasiga ariza berishi mumkin. Ushbu vizani olish va uzaytirish uchun, odatda mana shu jadvaldan 60 ball yigʻish talab etiladi. Ammo quyidagi shaxslar, ball yigʻmasdan ham, ushbu vizaga ariza bera oladilar: 1. Koreyada 2 yillik bakalavr yoki undan yuqoriroq ta'lim dargohini tamomlab, ilk bor D-10-1 vizasiga topshirayotgan shaxs. (Diplom olgan kunidan boshlab 1 yil ichida, chet davlatdan ham topshirganda, ball soʻralmaydi). 2. Koreyada 2 yillik bakalavr yoki undan yuqoriroq ta'lim dargohini tamomlaganiga 3 yildan oshmagan shaxs sifatida, TOPIK 4 yoki KIIP 4ga ega boʻlgan yoki KIIP daraja taqdim qilish testida 5-daraja taqdim qilingan shaxs 3. E-1 ~ E-7 vizalaridan birida faoliyat yuritib, shartnomasi tugaganligi sababidan yoki boshqa bir arzirli sabab bilan, faoliyatini toʻxtatgan shaxs. Ushbu viza haqida haqida, www.hikorea.go.kr yoki +821345 raqami orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. ✍️ @abdullatif_kr 🖼 Instagramda koʻrish
🇰🇷Жанубий Кореянинг "Hyundai Heavy Industries" компаниясида ишлашни истайсизми? Ушбу компанияга кемаларни бўяш, платформаларни ўрнатиш йўналишларига 350 нафар ишчи жалб қилиш режалаштирилмоқда. 💵Ойлик маош: 2500$ (+қўшимча ишлар учун устама). 👉Рўйхатдан ўтиш (2025 йил 6 февралгача) 🗓Танлов календари: − ҳужжатлар текшириш (7 февраль); − интервью (13-14 февраль); − номзодларни танлаш (28 февраль); − ўқув машғулотлари (18 мартдан 10 июнгача); − номзодларни баҳолаш (5-6 июнь); − якуний натижаларни эълон қилиш (10 июнь). ☎️ 71 202 33 55 (ички рақам 41, 42) 👉 @o_norov
#VIZA Koreya Elchixonasi bahorgi semester uchun talaba vizalariga hujjatlarni 28- fevralgacha qabul qilishini e'lon qildi! Teleks vizalar bundan mustasno! @yunahangugo
видео или голосовое, без подписи
D-8 tadbirkorlik vizasi D-8 korporativ investitsiya vizasi haqida ko'p savollar kelmoqda. Ulardan aksariyati D-8-1 investitsiya vizasini olishga qaratilgan bo'lib, bu holatda Koreya wonida 100,000,000 investitsiya summasi bilan kompaniya tashkil etish va biznes yuritish niyatida bo'lgan shaxslar ko'p. Masala shundaki, ushbu viza bilan: 1. Chet eldan olib kelingan valyutani import qilish jarayonini batafsil tushuntirish kerak. 2. Chet el valyutasini mamlakatga olib kelganidan so'ng, kompaniya ro'yxatdan o'tkazilishi va biznes ro'yxatga olinishi kerak. 3. Agar biznes uchun tegishli idoradan ruxsat olish zarur bo'lsa, xorijiy fuqarolik guvohnomasi yo'q bo'lsa, ruxsat ko'pincha rad etiladi. 4. Agar biznes ro'yxatga olinmasa, D-8 vizasi berilmaydi. 5. Bunday holatda investitsiya pullari butunlay yo'qotiladi. Bu kabi kamchiliklar va xavflar mavjud. Buning aksincha, D-8-4 texnologik tadbirkorlik vizasi bilan: 1. Koreyada maxsus akademik diplom yoki xorijiy bakalavr diplomi mavjud bo'lgan shaxslar. 2. Qisqa muddatli vizalar bilan Koreyaga kirib, vizani o'zgartirish mumkin, yoki Koreyadagi elchixonalardan viza olish mumkin. 3. Investitsiya summasi talab qilinmaydi. 4. Patent huquqi yoki intellektual mulk huquqi mavjud bo'lsa, 80 ball va undan yuqori ball to'plangan bo'lsa, viza o'zgartirilishi mumkin. 5. Xorijiy fuqarolik guvohnomasi olinib, kompaniya tashkil etish va biznes ro'yxatga olish mumkin. Bu vizaning afzalliklari shulardan iborat. Xususan, Koreyada yashayotgan xorijiy talabalarga ham bu vizani olish imkoniyati bor, shuning uchun ish topish qiyin bo'lgan xorijiy talabalarga ushbu vizani ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz. https://t.me/KoreyaQonun
#kiip KIIP CBT 사전/종합평가 imtihonlari uchun ro’yhatdan o’tish boshlanmoqda! "Koreys tilini bilaman, imtihon topshirib ko'rib to'plagan ball orqali olingan daraja bilan KIIP dasturini o'qishni boshlamoqchiman. 0-bosqichdan boshlab o'qimoqchi emasman"deganlar KIIP 사전평가 imtihoniga ariza qilishlari kerak bo'ladi! Bu Dastur orqali qo’lga kiritiladigan Sertifikat sizga Vizangizni almashtirish vaqtingiz qo’shimcha ball qo’shib beradi. Ba’zi kollejlar bitiruvchi chet-elliklardan TOPIK yoki KIIP sertifikatlarini bitirish uchun yetarli deb hisoblashmoqda. Ariza qilish: 12.04(수) 09:00 ~ 12:10(화) 23:59 Arizalar 선착순 shaklida qabul qilinadi. Shu sabab ham iloji boricha shoshilishingiz kerak! KIIP 사전평가 o’zi qanday bo’ladi? Qanday testlar tushadi?: https://youtube.com/playlist?list=PLy_GLkkw59Bab28GsVI0B6oBpUf-GwOgJ&si=xTNJ2kXquf66DzKp Ro’yhatdan o’tish uchun: https://www.kiiptest.org/ Eslatib o’tamiz: KIIP darslari Yanvar oyidan boshlab pullik bo’lishini e’lon qilishgan edi( Instagram | Telegram | Facebook