tgindex
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar

Статистика

⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan. Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi. 📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
4 549
+49 за 2 дн.
Сутки
+27
+0,60%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
2 833
25 постов
Вовлечённость
62,3%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 25
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 440
1/48двое суток
1 650
1/72трое суток
1 779

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.1 12554

    ❗️Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.   📌Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.   Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi.   ✈️ Shu sababli:   — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi;   — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi. @NUU_students

  • 12 авг.1 37416

    Bizda 180-250 mingacha haq toʻlanadigan kunlik abeddan keyingi va Noch ishlari bor kanalga oʻtib oʻzingizga mos kunlik ishlarni toping https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi

  • 12 авг.1 57116

    ❗️O'zbekiston milliy universiteti uchun 2027-yilda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqitish boʻyicha tasdiqlangan qabul kvotasi ro'yxati @NUU_students

  • 11 авг.1 6773

    ❗️Bugun o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni! Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublikamiz OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.gov.uz orqali ariza topshirgan talabalar diqqatiga! 11-avgust — xizmat uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati. @NUU_students

  • 10 авг.2 0579

    ❗️Bugun oʻqishni koʻchirish boʻyicha qabul jarayonlari toʻliq yakunlanadi Bugun quyidagilarni bajarish uchun soʻnggi kun hisoblanadi: ● Arizani tahrirlash; ● Nodavlat oliygohdan nodavlat oliygohga oʻqishni koʻchirish; ● Imtihon uchun toʻlov jarayonlarini amalga oshirish. Hozirga qadar toʻlov qilmagan talabgorlar uchun qayta imkoniyat berilmaydi. Shu sababli imkon boricha bugunoq toʻlovni amalga oshirishlari tavsiya etiladi. @NUU_students

  • 10 авг.1 9744

    ❗️Bugun ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish yakunlanadi @NUU_students

  • 8 авг.2 556113

    ❗️10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida @NUU_students

  • 3 авг.3 4642117

    ❗️56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar o‘qishdan yiqildimi? Afsuski, ha. Minimal o‘tish balli — 56,7 ballni to‘play olmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok eta olmaydi. ❓Super-kontrakt asosida o‘qisa bo‘ladimi? Yo‘q. Minimal o‘tish chegarasi, ya’ni 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar super-kontrakt asosida ham talaba bo‘la olmaydi. ❓56,7 balldan past to‘plagan abituriyentlar endi nima qiladi? Ular oldida ikki yo‘l bor: 1️⃣ Bir yil tayyorlanib, kelasi yili qayta topshirish; 2️⃣ Bu yilning o‘zida xususiy universitetga kirish. @NUU_students

  • 1 авг.3 34943

    Registan School приглашает в свою команду преподавателя SAT! Если вы умеете готовить учеников к международному экзамену SAT, любите преподавать и хотите работать в современной частной школе будем рады видеть вас в нашей команде! Требования к кандидату: ✅ Высшее образование ✅ Опыт подготовки учеников к экзамену ✅ Отличное знание разделов SAT Math и/или SAT Evidence-Based Reading & Writing ✅ Свободное владение русским языком (английский на уровне C1 и выше) ✅ Ответственность, пунктуальность и ориентация на высокий результат Мы предлагаем: 💼 Работу в одной из ведущих частных школ 💰 Конкурентную заработную плату (обсуждается на собеседовании) 🕒 График работы: 5/2, с 14:00 до 18:00 📈 Возможность профессионального развития и обучения 📞 Для связи: @registanhradmin Телефон: +998 77 370 27 00 Присоединяйтесь к команде Registan School и помогайте ученикам достигать высоких баллов на SAT и поступать в университеты своей мечты. Ждем ваше резюме уже сегодня!

  • 1 авг.2 956528

    ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. @NUU_students

  • 31 июл.3 144662

    ❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. @NUU_students

  • 30 июл.3 0741127

    ❗️Oliy ta’limda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etiladi Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi ishlab chiqildi. ➖ Qaror loyihasi bilan Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizom tasdiqlanadi. Mazkur tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi; ➖ Yakuniy nazorat imtihonlari ovozli va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Videoyozuvlar kamida bir yil saqlanadi; ➖ Yakuniy nazorat imtihonlarini ommaviy onlayn kuzatish imkoniyati yaratiladi. Istalgan shaxs OTTlarning rasmiy veb-saytlari orqali imtihon jarayonini kuzatishi mumkin bo‘ladi; ➖ Professor-o‘qituvchilar baholashda izoh (feedback) yozish tizimiga o‘tadi. Har bir savol bo‘yicha kamida 2–3 gapdan iborat asoslantirish kiritilishi talab etiladi; ➖ Uch oy ichida imtihonlarni onlayn kuzatish va kompyuterda topshirish platformalari ishlab chiqiladi hamda OTTlar ushbu tizimlarga integratsiya qilinadi. Shuningdek, har semestr yakunida talabalar so‘rovnomasi o‘tkaziladi; ➖ 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinadi. Bunda joriy nazorat – 30 ball, oraliq nazorat – 20 ball, yakuniy nazorat – 50 ball etib belgilanadi (tibbiyot yo‘nalishlari uchun alohida taqsimot amal qiladi); ➖ Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun Brayl alifbosi, ovozli o‘qish, assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etiladi. @NUU_students

  • 27 июл.4 1083434

    ❗️GPA nima va nega u muhim? Ko‘pchilik GPA haqida faqat grant tanlovi boshlanganda eslaydi. Aslida esa GPA — talabalik davridagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. 🎓 GPA (Grade Point Average) — bu siz barcha fanlardan olgan baholaringizning o‘rtacha reytingi. U odatda 4 ballik tizim asosida hisoblanadi. Masalan: 🔹 4.0 — a’lo natija; 🔹 3.5+ — juda yaxshi; 🔹 3.0 — yaxshi; 🔹 3.0 dan past — ko‘plab imkoniyatlarni cheklashi mumkin. 📌 GPA nima uchun muhim? ✅ Davlat granti va grant-kontrakt tanlovlarida ishtirok etish uchun; ✅ Magistratura va doktoranturaga qabulda; ✅ Xorijiy universitetlarga o‘qishga topshirishda; ✅ Turli stipendiya va akademik almashinuv dasturlarida; ✅ Ayrim ish beruvchilar tomonidan nomzodlarni baholashda. ⚠️ Esda tuting: Bir semestrdagi past baholar GPA’ni tushirib yuborishi va kelajakdagi ko‘plab imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin. 🎯 Shuning uchun GPA haqida faqat bitiruv oldidan emas, 1-kursdan boshlab qayg‘urish kerak. Bugungi baholaringiz ertangi imkoniyatlaringizni belgilaydi. @NUU_students

  • Matematika fanidan Milliy sertifikatingiz bor va Rus tilida ham dars o'tish ko'nikmangiz bormi? Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! 🏢Registan LC SHAHRISTON filiali yevro guruhlar uchun 📚Matematika ustozlarini ishga taklif qiladi! 📍Toshkent Shahar, Shahriston metro Talablar: — Matematika fanidan A/A+ sertifikat; — Rus tilida ravon gapirish; — Ustozlikda 1+ yil ish tajribasi; —Jamoa bilan ishlash ko'nikmasi; — Xushmuomalalilik, kirishimlilik. Ish vaqti: — 08:00-14:00, 14:00 - 20:00 | 6/1 Takliflar: — Moslashuvchan ish grafigi; — Yuqori oylik maosh (suhbatda kelishiladi); — Yosh, do‘stona va professional jamoa; — Kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyati; — Mavjud kurslarimiz uchun 50% gacha chegirmalar. 🎯Agar Registan LC SHAHRISTON filialida uzoq muddatli karyera qurishni istasangiz, hoziroq bot orqali anketa to'ldiring! 👉 Botga o'tish uchun bosing murojaat uchun : @hRegistanLC 📌Bu yangilikni MATEMATIK tanishlaringizga ham yuborib qo'ying!

  • 27 июл.3 014928

    ❗️Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish bo‘yicha subsidiya tizimi ishga tushdi. Subsidiyadan foydalanmoqchi bo‘lganlar quyidagi havola orqali ariza berishi mumkin: 👉subsidiya.imv.uz @NUU_students

  • 25 июл.3 768636

    ❗️Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨‍💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. @NUU_students

  • 24 июл.2 81262

    📢OLMALIQ shahrida ishlashga tayyormisiz? Siz uchun SUPER ish taklifimiz bor.... 🏢Kutib oling... Registon o'quv markazi Toshkent viloyati Olmaliq shahrida o'zining navbatdagi filialini ochmoqda! 💼Mavjud ish o'rni: — 🦠Kimyo-Biologiya ustozi🧪 — 📚Ona tili va Adabiyot ustozi📝 Biz taklif qilamiz: — Yuqori oylik maosh va barqaror ish o'rni — Yosh, do‘stona, va qo'llab-quvvatlovchi jamoa — O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar — Shaxsiy va professional o‘sish imkoniyati — Bonuslar va mukofotlar Grafik: 08:00 dan 14:00 gacha / 14:00 dan 20:00 gacha Talablarimiz — Soha bo'yicha sertifikat A/A+ — O'zbek-Rus tillarida dars o'ta olish darajasi — Kamida 1-3 yil oralig'ida tajriba (O'quv Markazlarida) — Natijakor va Samarador ish ko'rsatkichlari 🎯Agar Registan LC Olmaliq filialida uzoq muddatli karyera qurishni istasangiz, hoziroq ish o'rinlarimizga anketa to'ldiring! 👉Anketa to'ldirish uchun bosing 👈 📌Bu yangilikni Olmaliqlik tanishlaringizga yuborib qo'ying!

  • 22 июл.3 204911

    ❗️Kontraktga kirganlar yaxshi o'qisa 2-kursdan grantga o'tishi mumkinmi? ✅ JAVOB: Ha, mumkin! Grantga kirgan talabalarga grant maqomi faqatgina 1 o'quv yili uchun qo'llaniladi. Yil davomidagi o'zlashtirishiga qarab o'z maqomini saqlab qolishi yoki yo'qotishi (kontraktga tushishi) mumkin. Grant taqsimlashda eng avvalo o‘zlashtirishga qaraladi va buning uchun eng ko‘p ball beriladi. Quyidagilarga bu tartib aloqador emas: ❌ Imtiyoz asosida grantga kirganlarga; ❌ Maqsadli qabul asosida grantga kirganlarga. @NUU_students

  • 20 июл.3 987731

    ❗️56,7 ball to‘plagan kontraktga kira oladimi? ✅ JAVOB: Ha, agar kvota doirasida abituriyentning to‘plagan natijasi shunga to‘g‘ri kelsa. Lekin 56,7 balldan past natija to‘plagan abituriyentlar, hatto kvotada bo‘sh o‘rinlar qolgan taqdirda ham talabalikka qabul qilinmaydi. Chunki 56,7 ball — kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun belgilangan eng minimal o‘tish balli hisoblanadi. @NUU_students

  • 19 июл.4 304926

    ❗️Grant va kontraktga o'tish ballari qachon e'lon qilinadi? ◼️ Kvotalar chiqdi. Imtihonlar davom etyapti. Hozircha grant va kontraktga o'tish ballari e'lon qilinmadi. Bu o'tish ballari bir necha yildan beri o'zgarmay kelyapti. 68,0 ball grantga, 56,7 esa kontraktga o'tish balli hisoblanadi. Bu ballar nimaga kerak? Sababi hatto ajratilgan kvota o'rinlariga balli yetsa ham, 56,7 dan kam ball to'plagan abituriyent talaba bo'lolmaydi. ✔️ Avvalgi yillarda davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %); To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan. Demak, 56,7 balldan kam to'plaganlarda fatatgina super-kontrak orqali talaba bo'lish imkoni bor. @NUU_students

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar — tgindex