tgindex
OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti

OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti

Статистика

Fakultetdagi oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va turli tanlovlarga oid yangiliklar, eʼlon va maʼlumotlar berib boriladigan fakultetning KANALI - 👉https://t.me/UzMU_UFF Dekanat: +998 71 246 01 47

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
67
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 245
+8 за 2 дн.
Сутки
+1
+0,08%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
559
40 постов
Вовлечённость
44,9%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 67
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
309
1/48двое суток
354
1/72трое суток
381

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • ❓Masofaviy taʼlim shaklida oʻqish tartibi qanday? Hukumatning 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ko‘ra, oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan. Mazkur shakl bo‘yicha o‘qitish va bilim baholash jarayonlari to‘liq raqamli platformalar orqali olib boriladi. 📌 Masofaviy ta’lim faqat kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida tashkil etiladi. Bunda bir yo‘nalishga qabul qilinadigan talabalar soni bakalavriat uchun 300 nafardan,magistratura uchun 30 nafardan oshmasligi kerak. ✔️ 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlangan. 🗓 Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil davomiylikda olib boriladi. Masofaviy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari sinxron (real vaqt rejimida) va asinxron (oldindan yozib olingan) shakllarda olib boriladi. ❗️Yakuniy nazorat turlari, davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi esa an’anaviy, ya’ni yuzma-yuz shaklda o‘tkaziladi. @magistrlarofficial

  • 🏢 Talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish bo‘yicha muhim ma’lumotlar! Hurmatli talabalar va abituriyentlar! Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sari uzoq viloyatlardan keladigan talabalar uchun turar joy masalasi eng birinchi o‘ringa chiqadi. Vaqtingizni tejash va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish uchun TTJga ariza topshirish va joylashish tartibini eslatib o‘tamiz: 📌 Asosiy qoidalar: Qachon topshiriladi? 2, 3 va 4-kurslar uchun 1-avgustdan boshlangan. 1-kurslar natija chiqqach topshiradi. Qayerdan topshiriladi? my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali. 🚫 Ko‘rpa-to‘shak ko‘tarib kelish shart emas — faqat kiyimingizni olib kelsangiz kifoya! 💡 Agar TTJdan joy tegmay qolsa, ijara xonadoni topish uchun fakultetingiz mas’ullariga murojaat qiling.

  • 11 авг.30322из eduuz

    🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:  • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”;  • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L  2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 11 авг.34914из yoshlareduuz

    🗣Yosh olima ayollar uchun maxsus loyiha 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yoshlar va ilm-fan” jurnali yosh tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida “Women in science” tanlovini e’lon qildi. Unda barcha xotin-qizlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar @yoshlar_ilm_fan_bot manzili orqali quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi: ↪️Texnika fanlari; ↪️Tabiiy fanlar; ↪️Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 🏆 Tanlov doirasida saralangan eng yaxshi maqolalar bepul nashr etiladi hamda g‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ⬇️Qabul muddati: 2026-yil 25-avgustgacha Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

  • 11 авг.3581из akademik_til

    #Uyğurcha Tarjima qilishga harakat qilib, ko‘ring. @akademik_til

  • 8 авг.638410

    📢 DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o’zbek filologiyasi fakulteti Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashuvchi ma’lumotlar markazi o‘z safiga volontyorlarni taklif etadi. 🤝 Agar siz: 🔹 talabalarga amaliy yordam ko‘rsatishni istasangiz; 🔹 jamoa bilan ishlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz; 🔹 fakultet hayotida faol ishtirok etishni xohlasangiz, unda volontyorlar safidan joy olish uchun murojaat qiling! 📩 Murojaat uchun: +998977001035 📌 Faol, tashabbuskor va mas’uliyatli talabalarni kutib qolamiz!

  • 30 июл.99619из magistrlarofficial

    ⚡️Rasman: Imtiyozli diplom bilan bitirgan bakalavr va magistr pedagoglarga yangi tartibda malaka toifasi beriladi Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra, 2026-yildan boshlab bakalavriatni imtiyozli diplom bilan tamomlab, birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Imtiyozli diplomga ega boʻlmagan bakalavr bitiruvchilarga esa avvalgidek mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi beriladi. 👨‍🎓 Shuningdek, magistratura bosqichini barcha fanlardan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan “5” (aʼlo) baho (90–100 ball) bilan tamomlagan va birinchi marta taʼlim tashkilotiga ishga kirgan bitiruvchilarga birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) beriladi. Qolgan magistr darajasiga ega bitiruvchilarga esa avvalgidek ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilishi davom ettiriladi. Mazkur tartib pedagoglar navbatdagi attestatsiyadan oʻtguniga qadar amal qiladi. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025

  • 21 июл.1 0343из eduuz

    #Qabul2026 #MagistraturaTurdosh ⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yilida davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati tasdiqlandi. Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin. Magistratura kvotasi bu yerda: 👉 KUNDUZGI 👉 KECHKI 👉 MASOFAVIY Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • https://www.instagram.com/reel/DZr4xZtNgcV/?igsh=MTB1cG5pN3pqaXg3eg==

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.4395из eduuz

    #Kvota #Bakalavr #Kunduzgi #Qabul2026 Bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. ✅ Jami: 155 852 ta. Shundan: ➖ o‘zbek tili – 130 843 ta; ➖ rus tili – 19 341 ta; ➖ qoraqalpoq tili – 4 888 ta; ➖ qozoq tili – 335 ta; ➖ tojik tili – 315 ta; ➖ qirg‘iz tili – 75 ta; ➖ turkman tili – 55 ta. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.25313из eduuz

    #Kvota #Magistratura #Kunduzgi #Qabul2026 Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimidagi taqsimoti 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining mutaxassisliklar va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti. ✅ Jami: 22 050 ta. Davlat granti – 10 340 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 009 ta; ➖rus tili – 1 331 ta. Kontrakt – 11 710 ta; Shundan: ➖o‘zbek tili – 9 649 ta; ➖rus tili – 2 061 ta. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 17 июл.349из eduuz

    #Kvota #Qabul2026 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari umumiy qabul parametrlari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan quyidagilar tasdiqlandi: ➖ Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirilishi hisobiga ajratilgan qabul parametrlari; ➖ Bakalavriat va magistratura bo‘yicha umumiy qabul parametrlari ta’lim shakllari hamda o‘qitish tillari kesimida; ➖ Tillar, maxsus pedagogika, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarning ixtisoslashuviga ko‘ra qabul taqsimoti; ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun qo‘shimcha 1 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari farzandlari uchun davlat granti kvotalari; ➖ Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanomaga ega fuqarolar uchun alohida 5 foizlik qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Bojxona organlari xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha 10 foizlik davlat granti kvotalari; ➖ O‘rmonchilar va ularning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari; ➖ Xorijdagi yosh vatandoshlar uchun ajratilgan 30 ta davlat granti o‘rinlari; ➖ Davlat granti ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti; ➖ Kamida 5 yillik ish stajiga ega fuqarolarni kechki ta’limga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik va idoralar ro‘yxati; ➖ Maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at sohalari uchun maqsadli qabul parametrlari; ➖ Maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun dual ta’lim asosidagi bakalavriat qabul parametrlari; ➖ Oliy malaka toifasiga ega maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika magistraturasiga masofaviy ta’lim bo‘yicha maqsadli qabul; ➖ 5 yillik mehnat stajiga ega xotin-qizlar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni; ➖ Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 000 ta davlat granti; ➖ Green University uchun vakant davlat buyurtmasi o‘rinlari hisobidan 100 ta qabul parametri; ➖ Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • видео или голосовое, без подписи

  • 17 июл.6103из hemis_university

    Битирувчи талабалар диққатига!!! ✅ Ўзбекистон Республикасидаги Олий таълим ташкилотлари томонидан берилаётган дипломларнинг ягона базасини ташкил этиш ва ундан электрон давлат хизматлари орқали фойдаланиш мақсадида Дипломлар реестри ташкил этилган. ✅ Хемис ахборот тизими эса битирувчилар дипломларини шакллантириш, тасдиқлаш ва Дипломлар реестрига ўтказиш учун хизмат қилади. ❓Хемис тизимида дипломлар талабаларга кўрингани билан агар ОТМларнинг тегишли масъуллари уларни тасдиқламаса Дипломлар реестрига тушмайди (diplom.edu.uz) ва my.gov.uz порталида ҳам кўринмайди. ❗️ Фақатгина Тасдиқланган статусидаги дипломлар Дипломлар реестрига тушади ва ундан электрон давлат хизматлари орқали фойдаланиш мумкин бўлади. #ХЕМИС #Диплом

  • 15 июл.5141из eduuz

    TUZATISH❗️ Adliya vazirligidan ro‘yxatidan o‘tkazilgan Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatga muvofiq xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirishda chet tili fanlaridan B1 darajadagi sertifikatlarga ega talabgorlarga bakalavriatning fanlar majmuasidagi fanlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. Sertifikat darajasiga ko‘ra ball taqsimoti: ➖ B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 75 foizi beriladi; ➖ B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — tegishli fan bo‘yicha maksimal ball beriladi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 15 июл.55012из eduuz

    ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti — tgindex