Magistrlar Official
Статистика⚡️Magistratura bòyicha eng yaxshi kanal(eng so'nggi yangiliklar, yo'nalishlar bòyicha testlar) 📱https://www.youtube.com/channel/UC4gZLy7gmzKyR-T6JF8YhZg 📱https://www.instagram.com/magistrlarofficial/ 📩 Reklama: @magistrsupport
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 19
- Всего постов
- 326
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 18 138
- 1/48двое суток
- 22 637
- 1/72трое суток
- 24 414
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
MANDAT E'LON QILINDI! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. @magistrlarofficial
❗“Perevod” imtihoni sanalari e’lon qilindi 🗓 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan respublika oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari joriy yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar; 2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. ⏰ Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari, shuningdek: 1️⃣-smenada 07:30 ga qadar; 2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim. 📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi. 📥 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin. @magistrlarofficial
❓Masofaviy taʼlim shaklida oʻqish tartibi qanday? Hukumatning 2022-yil 3-oktyabrdagi 559-son qaroriga ko‘ra, oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan. Mazkur shakl bo‘yicha o‘qitish va bilim baholash jarayonlari to‘liq raqamli platformalar orqali olib boriladi. 📌 Masofaviy ta’lim faqat kunduzgi ta’lim shaklida mavjud bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida tashkil etiladi. Bunda bir yo‘nalishga qabul qilinadigan talabalar soni bakalavriat uchun 300 nafardan,magistratura uchun 30 nafardan oshmasligi kerak. ✔️ 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlangan. 🗓 Masofaviy ta’lim bo‘yicha o‘qish davomiyligi kunduzgi ta’lim shakli bilan bir xil davomiylikda olib boriladi. Masofaviy ta’limda o‘quv mashg‘ulotlari sinxron (real vaqt rejimida) va asinxron (oldindan yozib olingan) shakllarda olib boriladi. ❗️Yakuniy nazorat turlari, davlat attestatsiyasi va bitiruv malakaviy ishi himoyasi esa an’anaviy, ya’ni yuzma-yuz shaklda o‘tkaziladi. @magistrlarofficial
❗️Pedagoglar uchun 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi Agar siz maktabgacha yoki umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlashni istasangiz, Pedagog platformasi orqali e’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. ✅ Ayni paytda platformada 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni e’lon qilingan. Siz o‘zingizga mos hudud, tuman yoki ta’lim muassasasini tanlab, bo‘sh ish o‘rinlariga onlayn ariza yuborishingiz mumkin. @magistrlarofficial
📌CHEGIRMA BOSHLANDI! 🇷🇺 Rus tilini o‘rganishni orqaga surib yuribsizmi? Unda ayni vaqti keldi! 🚀 📚 Rus tili kursiga qabul boshlandi! 💥 Atigi 199 000 so‘m! 📅 Haftasiga 3 kun ⏰ Har bir dars 1 soat 🎯 Boshlovchilar va bilimini mustahkamlashni istaganlar uchun ✨ Darslar sodda, tushunarli va amaliy tarzda olib boriladi. ⚠️ Joylar cheklangan! Ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang! Murojaat uchun @Diamond_education_admin
#OʻtishBallari #Eslatma ⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha oʻtish ballari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. @magistrlarofficial
O'tgan yili natijalar 31 avgust kuni e'lon qilingan bu yil ham shu sanalarga yaqin e'lon qilinishi mumkin. @magistrlarofficial
To‘yga keldingizmi yoki suhbatga? 😅 “Diplomni olding, endi nima qilasan?” “Qachon magistr bo‘lasan?” Endi bu savollarga aniq javobingiz bor! Yangi Asr universitetida magistratura mutaxassisliklariga qabul davom etmoqda. O‘qish bilan birga ishlang, kontrakt to‘lovini bo‘lib to‘lang va kelajagingiz uchun muhim qadamni bugun tashlang. 🎓 6 ta magistratura mutaxassisligi 💼 O‘qish va ishlash imkoniyati 💳 Qulay to‘lov tartibi Hoziroq ariza qoldiring: https://yangiasr.uz/uz/cv/magistratura/?id=magistr
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. @magistrlarofficial
❓Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? 2025-yil 24-dekabrda imzolangan “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 📌Unga ko‘ra, 31-avgust — dushanba kuni barcha xodimlar uchun, ya’ni ish haftasining 5 yoki 6 kunligidan qat’i nazar, qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shuningdek, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram kuni sifatida dam olinadi. ✈️ Shu sababli: — 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 29-avgust, shanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 4 kun dam oladi; — 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar — 30-avgust, yakshanbadan 1-sentabr, seshanbagacha ketma-ket 3 kun dam oladi. Bayramgacha bolgan muddatda magistrlar natijalari e'lon qilinadi. @magistrlarofficial
❗️Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. @magistrlarofficial
QS TOP 100 Janubiy Koreya Universitetlari — KDB hisob raqamisiz VIZA! Dastur afzalliklari: 1. KDB bank hisob raqami ochish talab qilinmaydi 2. Ota-ona yillik daromadi haqida ma’lumotnoma talab qilinmaydi 3. Vizani tez va oson olish imkoniyati 4. Bitiruvchilariga Samsung, LG, Hyundai, SK kabi jahon kompaniyalarida malaka oshirish 5. Davlat universitetlariga 100% gacha grant 6. Haftasiga 20 soatgacha ishlash 7. O'qishdan keyin 3 yillik ish qidirish vizasi 8. Darslar 100% ingliz tilida Mutlaqo bepul maslahat olish uchun Telegram orqali so'rovnomani to'diring.
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KUN, VAQT VA MANZIL MA’LUM QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari…
MAGISTRATURAGA QABUL: TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KUN, VAQT VA MANZIL MA’LUM QILINDI 😀O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2026-yil 18-avgust kuni ikki smenada o‘tkaziladi. 📍Test sinovlari o‘tkaziladigan manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. 1- va 4-o‘quv binolari) Test sinovlari vaqti: 1-smena — soat 09:00 da; 2-smena — soat 15:00 da. ❗️Talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib kelishlari shart: ❗️Talabgorlarning qaysi smenada test sinovlarida ishtirok etishi to‘g‘risidagi ma’lumot ularning qabul.dsba.uzga hamda arizada ko‘rsatilgan elektron pochta (e-mail) manzili va belgilangan telefon raqamlariga sms xabar orqali yuboriladi. ❗️Diqqat: Talabgorlar belgilangan tartib-taomillardan o‘tishlari uchun test boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan manzilda bo‘lishlari so‘raladi. Murojaat uchun: +998 71 239 12 98 +998 71 239 49 02 (Qo‘ng‘iroqlar ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.) Barcha talabgorlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz! @magistrlarofficial
⚡️Nodavlat OTM rektorlariga yangi malaka talablari belgilanishi kutilmoqda 📃Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Unga ko‘ra, nodavlat OTM rektorlari: ➖ oliy ta’lim tashkilotlarida boshqaruv lavozimida ishlash uchun zarur kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatiga, ta’lim sohasida rahbarlik tajribasi va tegishli bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; ➖ intellekt, madaniyat, yetakchilik, ijodkorlik, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi; ➖ OTMda bakalavr yoki magistrlar tayyorlash yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fan doktori (DSc) yoki fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi; ➖ kafedra mudiri, fakultet dekani yoki uning o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida yoxud oliy ta’lim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida kamida 5 yil samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur. Shuningdek, hujjatga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni yangi talablarga muvofiqlashtirish uchun ikki oy muddat beriladi. @magistarofficial @magistratura_qabul2025
видео или голосовое, без подписи
⚡️Oʻqishni koʻchirish boʻyicha muhim! Xorijiy va nodavlat oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shu hafta chiqishi kutilmoqda. Test sinovlari esa keyingi hafta oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. @magistrlarofficiak
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💟💟💟💜💜💙 😍😍😍😍 😍😍😍😍 😍😍😍😍😍 🇹🇷 TURK TILI KURSI UCHUN QABUL BOSHLANDI!🇹🇷 🎓 Bakalavr, Magistratura va Doktoranturaga kirish uchun sertifikatni naqd qilmoqchimisiz unda bu kurs aynan siz uchun😍 ⏏️Haftada 3 kun jonli dars 🕤 ⏏️Haftada 3 kun video dars 🎬 ⏏️ Har bir mavzu bo‘yicha test va amaliy mashqlar 📝 ⏏️ Individual yondashuv 🤝 ⏏️Ustoz nazorati va doimiy motivatsiya 💯 ⏏️ So‘zlashuv va grammatika birgalikda o‘rgatiladi 📚 📅 Haftaning deyarli har kuni turk tili bilan shug‘ullanib, bilimlaringizni mustahkamlaysiz📕 DARSLAR 0 dan 2⃣0⃣-avgustdan boshlanadi ⏰ VAQTI: Ertalabgi ,kechgi va kunduzgi ochilmoqda Kurs davomiyligi: 3 oy 📌📌INDIVIDUAL KURS HAM MAVJUD ✅😍2⃣ va 😍1⃣DARAJADAGI 4⃣BÒLIM BILAN ÌSHLASH GURUHLAR HAM MAVJUD! 🏐 Bugundan boshlang va orzularingizni amalga oshiring. MUROJAAT UCHUN ✏️ 👩💻@PedagogSayfiyevaG 📩Spamlar uchun 911080392 Kanalim📌📌📌 https://t.me/FilologGulnozaSavriddinovnablog
Biz oydinlik kiritdik nega ba’zi bir bir talabalarni shaxsiy kabinetida hujjat topshirish ochiqligi bo‘yicha, yangi ochilgan yo‘nalishga qabul davom etmoqda ekan shu sababli bugun qabul tugaydi soat 00:00 da shundan so‘ng 2-3 kunda hujjatlarni tahrirlashga imkon beriladi degan xabarni berishdi ishonchli manbalar, shu sababli obunachilardan iltimos qilar edik shaxsiy kabineti kuzatib turishini tahrirlash ochilishi bilan kanalda e’lon beriladi. Qabul davom etayotgan yo‘nalishlar ro‘yxati rasmda ilova qilingan. Bizni kuzatishda davom eting bu xabarni hujjatlarni tahrirlashni kutayotgan magistr tanishlarga yuborib qo‘ying. @magistrlarofficial @magistratura_qabul2025