BFAUZ
СтатистикаBanking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan LEARN, CHANGE, BE THE LEADER! Мурожаат учун: https://t.me/bfa_bma www.bfa.uz
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 24
- Всего постов
- 66
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 456
- 1/48двое суток
- 3 960
- 1/72трое суток
- 4 271
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
✍️ AQL MARKAZI: Namangan viloyatini kompleks rivojlantirishda ilm-fan va xalqaro tajriba uyg‘unligi 📚 Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va viloyat hokimligi hamkorligida «Mintaqaviy rivojlanish: Janubiy Koreya tajribasi va strategik yondashuvlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 🇰🇷 Unda Janubiy Koreyaning Handong Global Universiteti va Ajou universiteti professorlari, mahalliy davlat boshqaruvi va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. 📖 Seminarni Bank-moliya akademiyasi rektori E.Hoshimov ochib berib, Prezidentimiz topshirig‘i asosida Bank-moliya akademiyasi Namangan viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda «aql markazi» sifatida faoliyat yuritayotganligiga to‘xtaldi. Qayd etilganidek, shu asosda hududlarning mavjud imkoniyatlari, muammolari va istiqbollarini chuqur o‘rganishga qaratilgan tizimli tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. 📈Tadbirda Janubiy Koreyaning mintaqaviy rivojlanish tajribasi, iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish, mahalliy salohiyatdan samarali foydalanish va energetika tizimini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. ❗️Doktor Jinvon An va professor Suduk Kim mintaqaviy rivojlanish hamda energetika bo‘yicha ma’ruzalar qildi. Shuningdek, Namangan viloyatini ilm-fan, tahliliy yondashuv va xalqaro tajriba asosida rivojlantirishning amaliy namunasi bo’ldi. Bunda 14 ta hudud bo’yicha 189 banddan iborat yo’l xaritalari ijrosi muhokama qilinib, Namangan viloyatidagi 6 ta davlat universitetlari bilan turli jabhalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. 📌Seminar Namangan viloyatini ilm-fan, tahliliy yondashuv va xalqaro tajriba asosida rivojlantirishning amaliy namunasi bo‘ldi. Unda aniq vazifalar, "Yo‘l xaritalari" ijrosi va institutsional hamkorlik mexanizmlari uyg‘unlashtirildi. 👉Xabarni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
📉 BANK-MOLIYA AKADEMIYASI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI BO‘YICHA 2026/2027 O‘QUV YILI UCHUN QABUL DAVOM ETMOQDA! Master of Business Administration (MBA) magistratura mutaxassisliklari: ✅ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA General); ✅ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA FinTech); ✅ 70410901 – Biznesni boshqarish (MBA Banking). Master of Science (MSc) magistratura mutaxassisliklari: ✅ 70410502 – Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori; ✅ 70410301 – Soliqlar va soliqqa tortish; ✅ 70410501 – Moliya; ✅ 70410505 – Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish; ✅ 70410601 – Bank ishi; ✅ 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi; ✅ 70410508 - Iqtisodiyotni monetar tartibga solish; ✅ 70411202 – Loyiha boshqaruvi; ✅ 70411701 – Islom iqtisodiyoti va moliyasi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kvotalar bilan ushbu 👉 havola 👈 orqali tanishishingiz mumkin. Hujjatlar https://admission.bfa.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📞 Bog‘lanish uchun: +998 55 515 54 23 📥 Elektron manzil: qabul@bfa.uz 🗓 Hujjatlarni qabul qilish 2026-yil 20-avgustgacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. ❗️Eslatma ⚡️⚡️ Faqatgina Biznesni boshqarish (MBA-General) hamda Loyiha boshqaruvi magistratura mutaxassisliklariga bakalavriatning iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha mos va turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishini tamomlagan talabgorlar hujjat topshirishi mumkin. ⚡️ Qolgan barcha mutaxassisliklarga bakalavriatning iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha mos va turdosh ta'lim yo‘nalishini tamomlagan nomzodlar topshirishlari mumkin. Xujjatlar: 2026 yilning 20 iyulidan 20-avgustiga (shu kuni ham) cha qabul qilinadi. ❗️Imtihon Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari asosida o‘tkaziladi. 👉Test jarayonlariga tayyorlanish uchun adabiyotlar 👉Xabarni tarqating! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
#INTERVYU Joriy yilning 11–13 avgust kunlari Bank-moliya akademiyasida Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari professorlari ishtirokida “Research Methodology Workshop” xalqaro seminari o‘tkazilmoqda. Ushbu xalqaro seminarda HANDONG GLOBAL UNIVERSITY PROFESSORI JINVON AHN Akademiyaning Мatbuot xizmatiga intervyu berdi. JINVON AHN HANDONG GLOBAL UNIVERSITY PROFESSORI —Bugun biz tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha seminar va maxsus ma’ruzalarni o‘tkazmoqdamiz. Ma’lumki, ilmiy tadqiqotlar iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Mening eslashimcha, 1960-yillarda Koreyada 10 qavatli binolarni qurish uchun zarur bo‘lgan muhandislik salohiyati hali yetarli darajada shakllanmagan edi. Shu sababli, 10 qavatli binolarni barpo etish uchun Filippindan muhandislik kompaniyasini Koreyaga taklif qilishimizga to‘g‘ri kelgan. Biroq yillar davomida universitetlar, qurilish kompaniyalari va muhandislik tashkilotlarida ilmiy-ta’limiy salohiyat hamda amaliy ko‘nikmalar izchil rivojlanib bordi. Natijada Koreya nafaqat o‘zining muhandislik va qurilish salohiyatini shakllantirdi, balki dunyodagi eng baland binolardan biri — Dubaydagi Burj Xalifa binosini barpo etishda ham ishtirok etdi. Balandligi 828 metr bo‘lgan mazkur bino bugungi zamonaviy muhandislik, innovatsion texnologiyalar va ilmiy salohiyatning yorqin namunasidir. Bu misol bizga bir haqiqatni ko‘rsatadi: ilmiy tadqiqot, ta’lim va innovatsiyaga kiritilgan investitsiyalar uzoq muddatda mamlakatning iqtisodiy va texnologik taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, biz Singapur, Vyetnam va Malayziyada ham dunyodagi eng baland binolarni barpo etish loyihalarida ishtirok etganmiz. Koreyada esa hozirgi kunda dunyoda balandligi bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadigan bino mavjud. Eng baland binolarni barpo etishda ilmiy tadqiqotlar va zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati naqadar katta ekanini ana shunday misollar orqali yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun bizga sifatli va amaliy natijaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar zarur. Bunday tadqiqotlar nafaqat iqtisodiy taraqqiyotni, balki bank tizimi, moliya sohasi va umuman jamiyat rivojini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ayni paytda biz Bank-moliya akademiyasi bilan Akademiyaning Aql markazi oldida turgan ustuvor vazifalarni hamkorlikda amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Bunda ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, iqtisodiyot, bank-moliya tizimi va boshqa ustuvor sohalarda dolzarb masalalarni chuqur o‘rganish, ilmiy asoslangan taklif va amaliy yechimlar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratamiz. Biz ushbu hamkorlik orqali ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish, zamonaviy tadqiqot metodologiyalarini joriy etish va olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etishga hissa qo‘shishni istaymiz. Shu bois, bu galgi tashrifimiz davomida biz o‘z bilim va tajribamizni sizlarning professor-o‘qituvchilaringiz hamda talabalaringiz bilan baham ko‘rishni maqsad qildik. Asosiy maqsadimiz — ularda ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha mustahkam bilim va ilmiy yondashuv asoslarini shakllantirishdir. Ishonamizki, egallangan bilim va ko‘nikmalar kelgusida sizlarning ilmiy tadqiqotlaringiz samaradorligini oshirishga, shuningdek, O‘zbekistonning turli sohalardagi, jumladan, iqtisodiyot, bank-moliya tizimi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishingizga xizmat qiladi. 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
✍️ Ilmda xalqaro hamkorlik: Koreya professorlari Bank-moliya akademiyasida 🔰Xabaringiz bor joriy yilning 11–13 avgust kunlari Bank-moliya akademiyasida Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari professorlari ishtirokida “Research Methodology Workshop” xalqaro seminari o‘tkazilmoqda. ❗️Seminar doirasida zamonaviy ilmiy tadqiqot metodlari, sun’iy intellekt asosidagi tahlil, miqdoriy va sifat tadqiqotlari, shuningdek, Structural Equation Model, Probit Regression Model va boshqa ilg‘or metodlar bo‘yicha maxsus ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. 📚 Mazkur seminar — ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, zamonaviy tadqiqot yondashuvlarini o‘zlashtirish va xalqaro ilmiy tajribani kengaytirish uchun muhim maydon. ✍️ Илмда халқаро ҳамкорлик: Корея профессорлари Банк-молия академиясида 🔰 Хабарингиз бор жорий йилнинг 11–13 август кунлари Банк-молия академиясида Корея Республикасининг нуфузли университетлари профессорлари иштирокида “Research Methodology Workshop” халқаро семинари ўтказилмоқда. ❗️Семинар доирасида замонавий илмий тадқиқот методлари, сунъий интеллект асосидаги таҳлил, миқдорий ва сифат тадқиқотлари, шунингдек, Structural Equation Model, Probit Regression Model ва бошқа илғор методлар бўйича махсус маърузалар ҳамда амалий машғулотлар ташкил этилмоқда. 📚 Мазкур семинар — илмий изланишлар сифатини ошириш, замонавий тадқиқот ёндашувларини ўзлаштириш ва халқаро илмий тажрибани кенгайтириш учун муҳим майдон. #ResearchMethodology #IlmiyTadqiqot #BankMoliyaAkademiyasi #XalqaroSeminar #Korea 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
✍️ BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI BO‘YICHA XALQARO SEMINAR O‘TKAZILMOQDA 🔰 Joriy yilning 11–13 avgust kunlari Bank-moliya akademiyasida “Research Methodology Workshop” — Ilmiy tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha xalqaro seminar o‘z ishini boshladi. “Research Methodology Workshop” xalqaro seminari Bank-moliya akademiyasining ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy tadqiqot metodologiyalarini ta’lim va ilmiy jarayonlarga tatbiq etish hamda xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biridir. ♻️ Xalqaro seminarni Bank-moliya akademiyasi Ilmiy ishlar va xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Mashhurbek Jalolov ochib berdi. U bugungi global taraqqiyot sharoitida ilm-fan va ta’lim sohasida xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot usullarini amaliyotga joriy etish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish muhim vazifalardan biriga aylanganiga to‘xtalib, zamonaviy ilm-fan oldida turgan murakkab va ko‘p qirrali vazifalarni samarali hal etish uchun ilg‘or metodologiya, xalqaro tajriba va amaliyot uyg‘unligi zarurligini e’tirof etdi. ❗️ Tadbirda Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari professorlari ishtirokida ilmiy tadqiqot metodologiyasining dolzarb masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda doktor Hyongyong Lee tomonidan “Ma’lumotlar tahliliga asoslangan sun’iy intellekt tadqiqoti” mavzusida ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ilmiy tadqiqotlarda foydalanish masalalariga bag‘ishlandi. Shuningdek, doktor Sungjin Park tomonidan “Miqdoriy va sifat tadqiqot usullarining metodologik rivojlanishi” mavzusida ma’ruzada miqdoriy va sifat tadqiqot usullarining rivojlanishi, ularning ilmiy izlanishlardagi o‘rni va zamonaviy metodologik yondashuvlar haqida ma’lumot berildi. ✨ Seminarning amaliy qismi “Research Workshop” shaklida o‘tkazildi. Unda zamonaviy tadqiqot modellari va ulardan amaliy foydalanish masalalari muayyan ilmiy mavzular misolida ko‘rib chiqiladi. Jumladan, raqamli savodxonlikning xulq-atvorga ta’sirini o‘rganishda "Tarkibiy tenglamalar modeli (SEM)" rivojlanayotgan bozorlarda kompaniyalarning investitsiya faoliyatini tahlil qilishda "Probit regressiya modeli (Probit Regression Model)", uglerod bozoridagi hamkorlik jarayonlarini baholashda "Global o‘zgarishlarni baholash modeli (Global Change Assessment Model)" sug‘urta bozorida axloqiy sotuv xulq-atvorini tadqiq etishda esa "Tarkibiy tenglamalar modeli (SEM)" yondashuvlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi. 📖 Ma’ruzalarda zamonaviy iqtisodiyot va moliya sohalarida yuzaga kelayotgan yangi tendensiyalarni ilmiy asosda tadqiq etish, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi, rivojlanayotgan bozorlar, ekologik barqarorlik va sug‘urta sohasidagi zamonaviy yondashuvlar ilmiy tadqiqotlarda yangi metodologik vositalardan foydalanishni taqozo etilayotganligi batafsil ochib berildi. ⚠️ Eslatib o‘tamiz, ushbu xalqaro seminar 2026 yilning 13-avgust kuniga qadar davom etadi. 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
O‘zbekiston Respublikasi Bank -moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Handong Global University professori Jinvon Ahn boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrash o‘tkazdi. 👉Telegram kanalimizga aʼzo bo‘ling! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи