Банкирларга иш
СтатистикаБу ерда мамлакатимиздаги актуал бўш иш ўринлари тўғрисида эълонлар жойлаб борилади. Алоқа: @Ishbankbot Тижорий ҳамкорлик: @arslonpr Здесь представлены объявления об актуалных вакансиях в нашей стране. 735206
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Карьера
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 6 971
- 1/48двое суток
- 7 988
- 1/72трое суток
- 8 616
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
XALQ BANKI 📣VAKANSIYA: LOYIHA MENEJERI (PM) Departament: Mahallabay va davlat dasturlari bilan ishlash departamenti 🌀Asosiy talablar: • Oliy ma’lumot • Loyihalarni boshqarish bo‘yicha 3–5 yil tajriba • Bank, moliya yoki iqtisod sohasida tajriba • O‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish • Excel, Power BI va GIS bilan ishlash ko‘nikmasi • Mahalla va hududlarni iqtisodiy tahlil qilish qobiliyati • Risklarni oldindan baholash va muammolarni tezkor hal qilish • Muzokara olib borish va kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari • Qurilish va shaharsozlik yo‘nalishlari bo‘yicha tushuncha 🌀Asosiy vazifalar: Mahallalar uchun 1–3 yillik Master Plan va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish Mahallalarning iqtisodiy salohiyati va “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash Kichik biznes va tadbirkorlik loyihalarini tahlil qilish Loyihalarning moliyaviy barqarorligini baholash Bank mahsulotlari va imtiyozli kreditlarni mos loyihalarga yo‘naltirish Mahalla faollari va bank o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish Loyihalarni KPI, muddat va natijalar asosida boshqarish Muammolarni monitoring qilish va tezkor yechimlar ishlab chiqish 📞 Aloqa: Turdiev Zokir 93-333-28-84 zokir.turdiyev@xb.uz @ishbank
🚀 Asakabank jamoasiga qo‘shiling! Komplayens nazorati departamenti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni taklif etamiz. Agar siz O‘zbekistonning yetakchi banklaridan birida ishlashni, xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritishni va professional muhitda rivojlanishni istasangiz, ushbu vakansiya aynan siz uchun. 📥 Asakabank jamoasining bir qismiga aylaning! @ishbank
SQB Chakana biznes departamenti Xonobod bank xizmatlari markazining kattamijoz menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi. 📌 Asosiy vazifalar: • Kredit arizalarini rasmiylashtirish va kredit ajratilgunga qadar mijozlarga barcha bosqichlarda hamrohlik qilish. • Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqqoniyligini Bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq tekshirish. • Kredit hujjatlari to‘plamini shakllantirish va uning belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash. • Kredit ajratish uchun belgilangan barcha shartlarning bajarilishini nazorat qilish. • Kredit hujjatlarini rasmiylashtirish va mijozlar bilan shartnomalarni imzolashni tashkil etish. • Belgilangan barcha shartlar bajarilgandan so‘ng kredit mablag‘larining o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlash. • Mijozlarga kredit mahsulotlari va kreditlash shartlari bo‘yicha maslahat berish. • Kredit arizalari bilan ishlashda Bankning ichki tartib-taomillari va standartlariga rioya qilish. 📌 Talablar: • Oliy ma’lumot. • Bank-moliya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi. • Kredit mahsulotlari va kreditlash jarayonlarini bilish. • Kredit hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasi. • Diqqatlilik, mas’uliyatlilik va katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlay olish. • Mijozlar bilan samarali muloqot qila olish. • Xizmat safarlariga tayyorlik. 📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin. @ishbank
🔔 3 мингдан ортиқ бўш иш ўринлари эълон қилинган, ўзингизга мосини танланг ва хужжат топширинг! 🔴 Мавжуд бўш иш ўринлари ҳудудлар кесимида. 1. Тошкент шаҳри — 1 591 та 2. Тошкент вилояти — 457 та 3. Сирдарё вилояти — 212 та 4. Наманган вилояти — 153 та 5. Сурхондарё вилояти — 139 та 6. Бухоро вилояти — 119 та 7. Самарқанд вилояти — 105 та 8. Жиззах вилояти — 96 та 9. Қорақалпоғистон Республикаси — 54 та 10. Фарғона вилояти — 48 та 11. Қашқадарё вилояти — 47 та 12. Навоий вилояти — 40 та 13. Андижон вилояти — 29 та 14. Хоразм вилояти — 16 та 🌐 Янги ишларни биринчи бўлиб кўриш ва ҳужжат топшириш учун обуна бўлинг: https://t.me/+npnPeSAzHPQ2N2M6
SQB Chakana biznes departamenti Qo‘qon BXM boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi. Chakana bank xizmatlarini rivojlantirish va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz. 📌 Asosiy vazifalar: • BXMda chakana bank xizmatlari yo‘nalishidagi faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish. • Tasdiqlangan biznes-reja va KPI ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta’minlash. • Jismoniy shaxslarga chakana bank mahsulotlari va xizmatlari, jumladan kreditlar, depozitlar, bank kartalari va boshqa mahsulotlar sotuv hajmini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish. • Yangi mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini rivojlantirish. • Chakana kreditlash jarayonlari va kredit portfeli sifatini nazorat qilish. • Chakana yo‘nalish doirasida kredit va boshqa xatarlarni kamaytirish choralarini ko‘rish. • Chakana yo‘nalish xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish. • Xodimlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish. • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajada ta’minlash va chakana yo‘nalish samaradorligini oshirish. 📌 Talablar: • Oliy ma’lumot. • Bank-moliya sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi. • Chakana bank mahsulotlari va kreditlash jarayonlarini bilish. • Boshqaruv va jamoada ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish. • Mijozlar bilan samarali muloqot qilish, muzokaralar olib borish va uzoq muddatli ishchan munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati. • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va natijaga yo‘naltirilganlik. • Xizmat safarlariga tayyorlik. 📩Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 15.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin. @ishbank
📣 SIZNING TAJRIBANGIZ QANCHA QADRLANADI? Agar siz Bank, MIB yoki qarzdorlikni undirish sohasida ishlayotgan bo‘lsangiz, ushbu e'lonni oxirigacha o‘qing. Ko‘plab mutaxassislar ish joyini o‘zgartirmaydi, chunki yaxshiroq taklif yo‘q deb o‘ylaydi. Balki ular hali ISHONCH taklifini ko‘rmagandir... 💰 Daromad — 9 mln so‘mdan 28 mln so‘mgacha ⛽️ Yoqilg‘i xarajatlari qoplanadi 🚗 Avtomobil amortizatsiyasi uchun kompensatsiya 🍽 Tushlik kompaniya hisobidan 📈 Rahbarlik lavozimigacha o‘sish imkoniyati Biz TOSHKENT HUDUD bo'yicha quyidagi lavozimlarga mutaxassislarni qidirmoqdamiz: ⭐️ Bo‘lim boshlig‘i; ⭐️Shartnoma rasmilashtirish va kassa operatsiyalari yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar; ⭐️ Undiruv bo'yicha katta menejer; ⭐️ Undiruv bo'yicha menejer yordamchisi; ⭐️ Undiruv bo'yicha bosh mutaxassis ⭐️ Undiruv bo'yicha yetakchi mutaxassis ⭐️ Undiruv bo'yicha menejer ⭐️ Haq to‘lanadigan stajyor Sizdan talab qilinadi: ✔️ 18 yoshdan katta bo‘lish ✔️ Bank, MIB yoki qarzdorlikni undirish yo‘nalishida tajriba ✔️ Shaxsiy avtomobil mavjud bo‘lishi 🚀 Agar natija ko‘rsatishga odatlangan bo‘lsangiz, biz sizni kutyapmiz. 📩 Rezyumeyingizni yuboring va ISHONCH jamoasiga qo‘shiling! 🤖 Ariza topshirish: @Ishonch_jbot @ishbank
🗣 SQB Marketing departamenti direktori lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. Agar siz zamonaviy marketing strategiyasini shakllantirish, brendni rivojlantirish va marketing jarayonlariga raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha kuchli lider bo'lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 👉🏻 Batafsil @ishbank
🤗 Qo‘shiling professional jamoamizga! Senior Java Developer Agar dasturchi sifatida rivojlanishni xohlasangiz, Sizni kutib qolamiz! 🤝 Qiziqarli loyihalarda ishtirok etish, hamkasblarni o‘qitish va kengaytiriladigan tizimlar yaratish imkoniyatlari mavjud. Rezyumeni yuborish @ishbank
Bizda 180-250 mingacha haq toʻlanadigan kunlik abeddan keyingi va Noch ishlar bor kanalga oʻtib oʻzingizga mos kunlik ishlarni toping. https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
SQB O‘rta biznes markaziga Ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi. Mijozlarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan, xushmuomala va mas’uliyatli mutaxassisni jamoamizga taklif qilamiz. 📌 Asosiy vazifalar: • Markazga tashrif buyurgan mijozlarni kutib olish va yo‘naltirish. • Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha dastlabki maslahat berish. • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish. • Mijozlarga choy, qahva va salqin ichimliklar taklif qilish. • Mijozlar oqimini samarali boshqarish va qulay kutish muhitini yaratish. • SQB Mobile ilovasi va masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha maslahat berish hamda ulanishida ko‘maklashish. • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va kutish zonalarida tartib hamda tozalikni ta’minlash. • Kiruvchi murojaatlar va hujjatlarni qabul qilish hamda tegishli bo‘linmalarga yo‘naltirish. • Mijozlarning fikr-mulohazalarini yig‘ish va xizmat sifatini oshirishga hissa qo‘shish. • Bank mahsulotlari bo‘yicha kross-sotuvlarni amalga oshirish. • Belgilangan KPI ko‘rsatkichlarini bajarish va hisobot tayyorlash. 📌 Talablar: • Oliy ma’lumot (ayrim hollarda o‘rta maxsus yoki professional ta’lim ham qabul qilinadi). • Kuchli muloqot va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalari. • Mijozlarga yo‘naltirilganlik, xushmuomalalik va xizmat ko‘rsatish madaniyati. • Kompyuter va ofis dasturlaridan foydalana olish. • Mas’uliyatlilik, intizom, stressga chidamlilik va jamoada ishlash ko‘nikmalari. • O‘zbek va rus tillarini bilish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi. 📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 7.08.2026ga qadar yuborishingiz mumkin. @ishbank
Kapitalbank 🚀 Bu hafta vakansiyalari: 1.Antifrod boshqarmasi 24/7 monitoring guruhi Muammolarni boshqarish departamenti Monitoring bo‘limi mutaxassisi; 2.Mirzo Ulug‘bek filiali Kassa xizmat ko‘rsatish bo‘limi kassiri; 3.Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash departamenti Telemarketing bo‘limi boshlig‘i; 4.Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash departamenti Sayyor xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish sektori mudiri; 5.Kadrlar siyosati va personal bilan ishlash departamenti Xodimlar xarajatlari va tahlil boshqarmasi Travel manager (safarlar bo‘yicha menejer) yetakchi mutaxassisi. 📍 Vakansiyalar va ish shartlari haqida batafsil ma’lumot — hh.uz saytida. 📩 Rezyumeni yuboring: CV@kapitalbank.uz @ishbank
Ахборотни излаб вақт йўқотманг! Энг сара блоглар, тезкор янгиликлар ва қизиқарли маълумотлар — сиз учун жамланган. Ҳозироқ қўшилинг👇 https://t.me/addlist/uavg5tjM_vJiYzgy
📣TAJRIBALI MUTAXASSISLARNI JAMOAMIZGA TAKLIF QILAMIZ! Yurtimizdagi eng yirik kompaniyalardan biri — ISHONCH do’konlar tarmog’i Toshkent shahri uchun Qarzdorlikni undirish bo‘limiga malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi. 💼 OCHIQ VAKANSIYALAR: ⭐️ Bo’lim boshlig’i ⭐️ Katta menejer ⭐️ Bosh mutaxassis ⭐️ Yetakchi mutaxassis ⭐️ Menejer ⭐️ Haq to’lanadigan stajyor 📌 Sizdan talab qilinadi: ✔️ 18 yoshdan katta bo’lish ✔️ Bank, MIB yoki qarzdorlikni undirish yo’nalishida ish tajribasi ✔️ Shaxsiy avtomobil mavjud bo’lishi 💰 BIZ SIZGA TAKLIF ETAMIZ: ✅ Oylik maosh 11 mln so’mdan 28 mln so’mgacha ✅ Tushlik kompaniya hisobidan ✅ Yoqilg’i xarajatlari qoplanadi ✅ Avtomobil amortizatsiyasi uchun kompensatsiya ✅ Karyera o’sishi va rahbarlik lavozimlarigacha rivojlanish imkoniyati ✅ Barqaror va ishonchli kompaniyada faoliyat yuritish ✅ Professional va ahil jamoa 🏆 Agar siz tajribali, mas’uliyatli va natijaga yo’naltirilgan mutaxassis bo’lsangiz, biz aynan sizni qidirmoqdamiz! 📩 Rezyumeyingizni yuboring va ISHONCH jamoasining bir qismiga aylaning! 📞 Aloqa uchun: @ishonchs_hr 🤖 Ariza topshirish:@Ishonch_jbot @ishbank
🗣 SQB Boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif etadi. Agar siz korporativ va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, yirik mijozlar bilan strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bankning kredit faoliyatini samarali boshqarishga qiziqsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 👉🏻 Batafsil @ishbank
❗️Бир машҳур фикр бор: Арзон нарса тез унутилади, сифат эса узоқ эсда қолади. Шу тамойил асосида сиз учун Телеграмдаги ишончли, обрўли ва аниқ маълумот берадиган сифатли каналларни бир папкага йиғдик. Банклар, таълим, иқтисодиёт, хуқуқ, сиёсат, таҳлил ва долзарб кузатувлар — ҳаммаси бир жойда. 📌 Папкани очинг ва сараланган контентни кузатинг. 👇👇👇 https://t.me/addlist/v6WWoLirQM1mNjky
💻“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ nomzodlarni quyidagi ish o‘rniga tanlov asosida taklif etadi! 🗣 Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha bosh mutaxassis Ariza va rezyumelar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 3-avgust 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Ariza yuborish uchun pochta manzili, nomzodga qo‘yilgan talab va vazifalar bilan lavozimga biriktirilgan havola orqali tanishishingiz mumkin. @ishbank
Оператор Soft collection г.Ташкент ✨ Мы предлагаем: стабильность, развитие и работу в дружной команде профессионалов. 📩 Отправляй резюме на: jobs@hayotbank.uz @ishbank
SQB Farg‘ona BXO Davlat dasturlari bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi. Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz. 📌 Asosiy vazifalar: • Prezident topshiriqlari asosida mahallalarda yangi muhitni shakllantirish va mahalla yettiligi faoliyatini tashkil etish. • Mahalla bankirlari va agentlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish. • Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish. • PQ-312 qarori asosida kredit loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish. • "Mahalla loyihasi", "Biznesga birinchi qadam", "Sayxun tajribasi" va "Uychi tajribasi" loyihalari ijrosini tashkil etish. • Mikroloyihalar rejasining bajarilishini ta’minlash. • Biriktirilgan tuman va shaharlar bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish. • Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligini undirish jarayonlarini tahlil qilish. • Hisobotlarni tayyorlash hamda ichki mehnat tartibi va Odob-axloq kodeksi talablariga rioya qilish. 📌 Talablar: • Oliy ma’lumot. • Kamida 5 yillik ish tajribasi. • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, hisobot tayyorlash va monitoring olib borish ko‘nikmalari. • Analitik fikrlash, mas’uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik. • Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik. • O‘zbek va rus tillarini bilish. 📩 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga 30.07.2026ga qadar yuborishingiz mumkin. @ishbank
🏦 ANORBANK JAMOASIGA QO‘SHILING! 👥 📢 ANORBANK Monitoring va undiruv bo‘limiga mutaxassislarni ishga taklif qiladi. 📍 Biz Toshkent viloyatining quyidagi hududlari bo‘yicha xodimlarni izlamoqdamiz: 📌 Parkent tumani 📌 O‘rtachirchiq tumani 📌 Yuqorichirchiq tumani 📌 Piskent tumani 📌 Bo‘ka tumani 📌 Bekobod tumani 📌 Oqqo‘rg‘on tumani 📌 Nurafshon shahri 📋 Lavozim vazifalari: 🔹 biriktirilgan hududdagi mijozlar bilan qarzdorlikni so‘ndirish masalalari bo‘yicha ishlash; 🔹 qarzdorlikni undirish ishlarini amalga oshirish; 🔹 biriktirilgan hudud doirasida mijozlar bilan ishlash uchun joylarga chiqish; 🔹 belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarish. ✅ Talab etiladigan ko‘nikma va malakalar: 🚗 shaxsiy avtomobilga ega bo‘lish; 🛣️ biriktirilgan hudud doirasida xizmat vazifasi bilan safarlarga chiqishga tayyor bo‘lish; 🎁 Biz taklif qilamiz: 💼 ANORBANKda barqaror ish; 💰 oylik ish haqi + KPI; ⛽ yoqilg‘i xarajatlari uchun kompensatsiya; 🏢 qulay mehnat sharoitlari; 📈 kasbiy va karyera rivoji uchun imkoniyatlar. 🤝 Agar siz yuqoridagi talablarga mos kelsangiz, nomzodingizni mamnuniyat bilan ko‘rib chiqamiz. ✉️ Batafsil ma’lumot olish va vakansiyaga ariza topshirish uchun: 👤 @Anorbankmonitoring1 (Dinora) @ishbank