tgindex
Markaziy bank

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Murojaat uchun info@cbu.uz, Aloqa uchun 71 200-00-44, Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6 Website: cbu.uz Telegram bot: @cbu_official_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
14
Всего постов
474
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Экономика (по похожим)
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
44 259
−90 за 3 дн.
Сутки
−14
−0,03%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
9 066
40 постов
Вовлечённость
20,5%
к подписчикам
Постов в день
2,0
всего 474
Упоминаний
57
каналов
Охват размещения
по 3 постам
1/24сутки в ленте
6 754
1/48двое суток
7 414
1/72трое суток
7 996

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 14 авг.4 9227

    👍👌👍👌 ⏺Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan. ➡️Banklar ro'yxati #CBU_Info Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 14 авг.6 70823

    Markaziy bank tomonidan “Jismoniy shaxslarning valyuta operatsiyalari” bo‘yicha 2026-yilning I yarim yilligi uchun tahliliy sharh tayyorlandi Sharhda global tendensiyalar, transchegaraviy pul o‘tkazmalari, mehnat migratsiyasidagi o‘zgarishlar hamda valyuta ayirboshlash operatsiyalari tahlil qilingan. Batafsil sharh bilan tanishing. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 14 авг.7 38529

    видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.7 82149

    📚 “Kutilmalarni baholash” seminari Markaziy bank tomonidan Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari uchun navbatdagi ochiq seminar tashkil etilmoqda. Seminar mehmoni — Purdue University Mitch Daniels School of Business moliya professori Michael Weber. Professor Weberning ilmiy faoliyati makroiqtisodiyot, aktivlar narxlari, xalqaro va uy xo‘jaliklari moliyasi, xususan, inflyatsion kutilmalarni o‘rganishga qaratilgan. 🔹 Mavzu: “Inflyatsion kutilmalarni baholash va boshqarish: so‘rov metodologiyasi, empirik natijalar va markaziy banklar uchun xulosalar” 🗓 19-avgust, 2026-yil 🕚 11:00–13:00 — seminar davomiyligi 2 soat 📍 Markaziy bank, B-bino, katta majlislar zali 🌐 Seminar ingliz tilida olib boriladi. Seminarda inflyatsion kutilmalarni baholash usullari, so‘rovlarni tashkil etish, empirik natijalarni talqin qilish va ularning pul-kredit siyosatidagi amaliy ahamiyati muhokama qilinadi. 🏛 Seminarda bevosita ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish havolasi 💻 Seminarga onlayn qo‘shilish uchun havolasi Mavzuga qiziquvchi Markaziy bank xodimlari, Tadqiqot kengashi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislarni seminarda ishtirok etishga taklif qilamiz.

  • 13 авг.7 46912

    видео или голосовое, без подписи

  • 12 авг.10,3 тыс14

    👍👌👍👌 Markaziy bankka kelib tushayotgan fuqarolarning kredit munosabatlari bilan bog‘liq murojaatlari tahlili 🟣Markaziy bankka kelib tushayotgan murojaatlar orasida boshqa shaxs manfaatlari uchun rasmiylashtirilgan kreditlar hamda kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq huquqiy masalalar alohida o‘rin tutadi. 🟣Mazkur videoda ushbu holatlar amaldagi qonunchilik talablari asosida tahlil qilinib, fuqarolarning huquqlari, banklarning majburiyatlari hamda nizolarni qonuniy tartibda hal etish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi. (1-qism) #murojaatlartahlili Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 12 авг.7 98912из UzbekistanFinTechForum

    Great ideas begin with a challenge. 💻Meet the minds shaping the future at the CBU Coding Challenge. Buyuk g‘oyalar sinovdan boshlanadi. 💻CBU Coding Challenge’da kelajakni yaratayotgan yoshlar bilan tanishing. 🔗Be part of the Silk Road Finance & Technology Forum 📍24–26 August 2026 | Tashkent

  • 12 авг.8 3369

    #Markaziy_Bank_Raqamlarda Tezkor to‘lovlar tizimi: iyul oyining asosiy ko‘rsatkichlari 🟢2026-yil iyul oyida Markaziy bankning Tezkor to‘lovlar tizimi orqali jami 6,8 millionta to‘lov amalga oshirildi. Ularning umumiy hajmi 194,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Shundan byudjetga yo‘naltirilgan to‘lovlar soni 2,6 millionta, umumiy summasi esa 18,6 trillion so‘mga yetdi. Ya’ni tizim orqali o‘tkazilgan har 10 ta to‘lovning qariyb 4 tasi byudjet to‘lovlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 🟢Ushbu ko‘rsatkichlar Tezkor to‘lovlar tizimi banklararo hisob-kitoblar, shuningdek, byudjetga to‘lovlarni tezkor amalga oshirishda muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi. 2026-yil iyul oyida Tezkor to‘lovlar tizimi orqali 194,6 trillion so‘mlik to‘lovlar amalga oshirildi 🟢Muhim jihati: byudjet to'lovlar sonining ulushi 38,6 foizga teng. Byudjet to‘lovlarining umumiy to'lovlar soniga nisbatan ulushi esa 9,6 foizni tashkil etadi. Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 11 авг.8 4309

    👍👌👍👌 "Monetary Policy Dialogue 2026” doirasidagi navbatdagi suhbatda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari Bo Li jahon iqtisodiy istiqboli, kuchaygan noaniqlik sharoitida samarali monetar siyosat uchun eng muhim jihatlar haqida fikr yuritadi. In the next interview within the "Monetary Policy Dialogue 2026" series, Bo Li, Deputy Managing Director of the International Monetary Fund, shares his views on the global economic outlook and the key aspects of effective monetary policy amid heightened uncertainty. 📄Interview transcript - English / O’zbek tilida 🎞YouTube link Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 11 авг.9 14134

    видео или голосовое, без подписи

  • 11 авг.8 68210

    #Markaziy_Bank_Raqamlarda Kliring tizimi orqali to‘lovlar: bir yillik dinamika 🟢Kundalik hisob-kitoblarda to‘lov operatsiyalari soni ortib bormoqda. 2026-yil iyul oyida Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 17,2 millionta to‘lov qabul qilindi. Bu 2025-yilning shu oyiga nisbatan 5,3 milliontaga yoki 44,2 foizga ko‘p.To‘lovlarning umumiy hajmi 11,6 trillion so‘mni tashkil etib, bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 8,7 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, 2025-yil iyul oyida tizim orqali 11,9 millionta, jami 10,6 trillion so‘mlik to‘lov qabul qilingan. 🟢Raqamlar to‘lovlar soni ularning umumiy hajmiga nisbatan tezroq o‘sganini ko‘rsatmoqda. Bu kliring tizimi orqali amalga oshirilayotgan hisob-kitoblar soni yil davomida sezilarli darajada ko‘payganini anglatadi. Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 10 авг.8 80215из UzbekistanFinTechForum

    ⏳ Two weeks to go! 2,000+ delegates from 60+ countries are coming to Tashkent for three days of fintech dialogue, connections and opportunities. ⏳ Forum boshlanishiga 2 hafta qoldi! 60 dan ortiq mamlakatdan 2 000+ delegat Toshkentda fintech sohasining kelajagini muhokama qilish uchun bir joyga jamlanadi. If you're not registered yet, now's the moment.

  • 10 авг.8 95818

    #Markaziybanktushuntiradi Inflyatsiya “foydali” bo‘lishi mumkinmi? 🟣Past va barqaror inflyatsiya iqtisodiyot uchun normal holat hisoblanadi. U narxlarning moslashuviga imkon beradi va biznes hamda aholi uchun rejalashtirishni osonlashtiradi. 🟣Lekin yuqori va beqaror inflyatsiya foydali emas. U aholining real daromadini kamaytiradi, jamg‘armalarni qadrsizlantiradi, uzoq muddatli shartnomalar va investitsiya qarorlarini qiyinlashtiradi. 🟣Shu sababli Markaziy bank narxlar umuman o‘zgarmasligini emas, past, barqaror va oldindan kutiladigan inflyatsiyani maqsad qiladi. Muhimi - inflyatsiya iqtisodiy qarorlarga xalaqit bermaydigan darajada bo‘lishidir. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 10 авг.9 56418

    👍👌👍👌 AYoQShlarda iyul oyidagi tushumlar raqamlarda 🟣2026-yil iyul oyida avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchalarida jami 3,75 trln so‘mlik savdo tushumlari qayd etildi. 🟣Jami tushumlar Oy davomida AYoQShlarda kunlik savdo tushumlari o‘rtacha 121 mlrd so‘mni tashkil etdi. Kunlar kesimida tushumlar hajmida ayrim o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsa-da, umumiy dinamika barqaror saqlanib qoldi. 🟣Tranzaksiyalar soni Iyul oyida AYoQShlarda jami 19 317 005 ta tranzaksiya amalga oshirildi. Bir kunda o‘rtacha 623 129 ta tranzaksiya qayd etildi. 🟣To‘lovlar tarkibi — 90,5% — 109,6 mlrd so‘m mavjud bank kartalari orqali; — 6,6% — 7,9 mlrd so‘m moment kartalari orqali; — 2,9% — 3,5 mlrd so‘m yoqilg‘i kartalari orqali. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 7 авг.12,1 тыс15

    👍👌👍👌 ⏺Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan. ➡️Banklar ro'yxati #CBU_Info Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 7 авг.12,9 тыс135

    👍👌👍👌 Markaziy bank 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha bank xizmatlari sifatini oshirish va mijozlar manfaatlarini ta’minlash maqsadida banklar faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlarni tahlil qildi 🔘2026-yil II chorak davomida Markaziy bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa davlat organlari orqali banklar faoliyati yuzasidan jami 11 331 ta murojaat kelib tushgan. 🔘Mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqori bo‘lishi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi: ✔️ mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha yetarli tushuntirish berish; ✔️ murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etish; ✔️ takroriy murojaatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish; ✔️ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish. 🔘Shu munosabat bilan banklarga ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan murojaatlar sabablarini chuqur tahlil qilish, ularni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish hamda mijozlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan choralarni kuchaytirish tavsiya etiladi. Eslatma: mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar bo'yicha indeks hisoblanmaydi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 6 авг.11,7 тыс33

    видео или голосовое, без подписи

  • 6 авг.11,1 тыс51

    👍👌👍👌 1800 — Markaziy bank sizni tinglaydi 🟢Bank xizmatlaridan foydalanishda savol tug‘ildimi yoki murojaatingiz bormi? Endi Markaziy bank Aloqa markaziga 1800 qisqa raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin. 🟢Aloqa markazi mutaxassislari bank va moliyaviy xizmatlarga oid savollaringiz bo‘yicha zarur ma’lumotlarni taqdim etadi, murojaatlaringizni tinglaydi va belgilangan tartibda qabul qiladi. 1800 — savollaringizga javob, murojaatlaringizga e’tibor. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X

  • 6 авг.9 62816из UzbekistanFinTechForum

    Regulators. Banks. Fintechs. Investors. Founders. 🇬🇧This August, the people shaping the future of finance in Central Asia will gather at the Silk Road Finance & Technology Forum in Tashkent. Regulyatorlar. Banklar. Fintechlar. Investorlar. Asoschilar. 🇺🇿Joriy yil avgust oyida Markaziy Osiyoda moliya kelajagini shakllantirayotgan yetakchilar Silk Road Finance & Technology Forum doirasida Toshkentda jam bo‘ladi. 📍 Tashkent, Uzbekistan 📅 24–26 August 2026 👉 Register now

  • 6 авг.9 31656

    👍👌👍👌 Subsidiya xabarnomasi asosida maqsadli ipoteka omonatini ochish tartibi joriy etildi Uy-joy sotib olish uchun subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar endilikda maqsadli ipoteka omonati orqali dastlabki badalni bosqichma-bosqich jamg‘arish, omonat mablag‘laridan qo‘shimcha foiz daromadi olish hamda ipoteka kreditini rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Mazkur mexanizm davlat subsidiyasidan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladi. 🟣 Asosiy imkoniyatlar: ✔️subsidiya xabarnomasi amal qilish muddati davomida ishtirok etuvchi tijorat bankida maqsadli ipoteka omonati ochilib, dastlabki badalning fuqaro ulushi jamg‘ariladi; ✔️fuqaroning ulushi to‘liq shakllantirilgach, dastlabki badal uchun ajratilgan davlat subsidiyasi omonat hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda omonat mablag‘lariga bank tomonidan bozor stavkasida foiz hisoblanadi; ✔️maqsadli ipoteka omonati 12 oygacha amal qiladi. Ushbu muddat davomida fuqaro birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy tanlab, ipoteka kreditini rasmiylashtirishi mumkin; ✔️ipoteka krediti ajratilgan taqdirda omonat mablag‘lari, ularga hisoblangan foizlar, davlat subsidiyasi va ipoteka krediti mablag‘lari uy-joy sotib olishga yo‘naltiriladi. Kredit ajratilishi rad etilgan hollarda esa fuqaroning omonat mablag‘lari foizlari bilan birga qaytariladi, subsidiya mablag‘lari belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi. 🟣2026-yil 1-avgust holatiga respublika bo‘yicha fuqarolar murojaatlariga asosan 338 ta maqsadli ipoteka omonati ochilgan bo‘lib, ularda 23,9 mlrd so‘m mablag‘ jamg‘arilgan. Shundan 13,8 mlrd so‘mi fuqarolarning o‘z mablag‘lari, 10,1 mlrd so‘mi esa dastlabki badalni shakllantirish uchun ajratilgan subsidiya mablag‘larini tashkil etadi. 🟣Mazkur mexanizm fuqarolarga dastlabki badalni qulay tarzda jamg‘arish, omonat mablag‘laridan qo‘shimcha foiz daromadi olish hamda davlat tomonidan ajratilgan subsidiyadan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X