tgindex
Iqtisodiy labirint

Iqtisodiy labirint

Статистика
@iqtisodiylabirintузбекский

Kanalda nafaqat iqtisodiyot, balki, shaxsiy rivojlanish va boshqa mavzularda ham gaplashamiz. Murojaat uchun: @iqtisodiy_adm

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
17
Всего постов
34
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
32 429
−555 за 3 дн.
Сутки
−108
−0,33%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
5 727
33 постов
Вовлечённость
17,7%
к подписчикам
Постов в день
2,4
всего 34
Упоминаний
11
каналов
Охват размещения
по 3 постам
1/24сутки в ленте
3 903
1/48двое суток
4 950
1/72трое суток
5 338

Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.

Посты

  • 15 авг.3 13047

    Sizga toshlar otilsa, xafa bo‘lmang. Chunki ba’zilar sizni pastga tortish uchun otgan toshlaridan, siz o‘zingizga zina yasab, yanada baland cho‘qqilarga ko‘tarilasiz. Tosh otishsin… Siz esa cho‘qqi sari ko‘tarilavering! ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 14 авг.4 069116

    Bugun Telegram'ga 13 yil to‘ldi. 2013-yilning shu kuni messenjer rasman iPhone'da ishga tushirilgan edi. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 14 авг.4 03316

    McDonald’s o‘z mijozlari haqida ulkan shaxsiy hisobotlar yig‘adi WIRED jurnalisti o‘z ma’lumotlarini so‘rab olganida, unga 515 sahifalik hujjat taqdim etilgan. Uning ichida buyurtmalarning to‘liq tarixi va hatto uning kelgusidagi xatti-harakatlari bashorati ham bo‘lgan. Algoritm jurnalist keyingi bir yarim oy davomida yana 2,16 marta kelishi, 29 dollar sarflashi va dietik kola buyurtma qilishini hisoblab chiqqan. Uning McDonald’sga borishini umuman to‘xtatish ehtimolini tizim 0 foizga teng deb baholagan. ❗️Bugungi kunda yirik brendlar uchun ma’lumotlar (Data) – mijozning qadamini ham oldindan bashorat qila oladigan eng kuchli marketing quroliga aylanmoqda. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 14 авг.4 35753

    Agar "Ishlaringiz qalay?" degan savolingizga, kimdir "yaxshi" deb javob bersa, demak, siz u insonning ishonch doirasiga kirmaysiz. Maks Fray. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 13 авг.5 132161

    Marshmellou tajribasi O‘tgan asrning 60-yillarida Stenford universitetida mashhur tajriba o‘tkazilgan. Bolalarga bir donadan zefir (marshmellou) berilib, agar ular kattalar qaytib kelguncha (15 daqiqa) uni yemasdan kutishsa, ikkinchi zefir mukofot sifatida berilishi aytilgan. Yillar o‘tib o‘tkazilgan kuzatuvlar ko‘rsatdiki, nafsni tiya olgan va kuta bilgan bolalar keyingi hayotida o‘qishda ham, biznesda ham, moliyaviy barqarorlikda ham sezilarli darajada yuqori natijalarga erishgan. ❓Nima uchun odamlar hali ham moliyaviy piramidalarga yoki tavakkali yuqori shubhali loyihalarga pul tikishadi? Chunki miya har doim "tez va oson" yo‘lni qidiradi. ❗️Shuni unutmaslik kerakki, kafolatlangan va barqaror boylik hech qachon bir kunda kelmaydi. U sekin, zerikarli, ammo ishonchli qadamlar bilan keladi. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 13 авг.5 19245

    Birov sizga bir marta xiyonat qilsa, albatta, bu uning aybi. Ammo u qaytib yana xoinlik qilsa, bu endi sizning aybingiz. F.Ruzvelt. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 12 авг.5 40436

    Eng qimmat kitob. Dunyodagi eng qimmat kitoblardan biri Leonardo da Vinchining "Lester kodeksi" hisoblanadi. "Suv, yer va samoviy jismlar" haqidagi ushbu ilmiy risola teskari yozuvda yozilgan bo‘lib, uni faqat oyna bilan o‘qish mumkin. 1994-yil 11-noyabrda Nyu-Yorkdagi Christie’s kimoshdi savdosida Bill Geyts ushbu qo‘lyozmani roppa-rosa 30 802 500 dollarga sotib olgan. O‘sha paytda bu dunyo tarixidagi eng qimmat sotilgan kitob sifatida rekord o‘rnatgan. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 12 авг.4 73236

    O‘zbekistonda 1 ta aviabilet uchun 25 kun ishlash kerak O‘zbekistonda o‘rtacha aviabilet narxi taxminan 25 ish kunida olinadigan daromadga teng. Qozog‘istonda buning uchun o‘rtacha 4 kunlik, rivojlangan davlatlarda esa 1 kunlik ish haqi kifoya qiladi. Suresh Subudi,  «Boston Consulting Group» boshqaruvchi direktori ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 12 авг.4 95732

    Olmos va suv paradoksi Tasavvur qiling: siz cho‘lda qolib ketdingiz, o‘ta chanqagansiz. Yoningizda esa bir siqim olmos va bir stakan suv yotibdi. Qaysi birini tanlaysiz? Albatta, suvni! Xo‘sh, unda nega kundalik hayotimizda hayot manbasi bo‘lgan suv suvtekin, faqat bezak uchun xizmat qiladigan olmos esa juda qimmat? Bu savolga javobni bundan 250 yil oldin Adam Smit ham topa olmagan edi. U buni «foydalanish qiymati» va «ayirboshlash qiymati» deb ikkiga bo‘lib qo‘ya qolgan, xolos. Javobni keyinchalik iqtisodchilar «Marjinal naf (qo‘shimcha foyda)» nazariyasi orqali topishdi: Umumiy naf: Suvsiz yashab bo‘lmaydi, u hayotni saqlaydi. Shuning uchun uning umumiy qadri cheksiz. Marjinal naf (bitta qo‘shimcha birlikning qiymati): Ammo gap bozordagi kerakli miqdor haqida ketganda vaziyat o‘zgaradi. Yer yuzida suv ko‘p, uning har bir qo‘shimcha litri biz uchun arzon va oson topiladi. Shuning uchun keyingi stakan suvning qadri bizning ko‘zimizda past bo‘ladi. Olmos esa juda kamyob — uning tanqisligi yuqori bo‘lgani uchun ham bittagina olmosga ega bo‘lishning qadri baland. ❗️Bozordagi narxlarni tovarning hayot uchun naqadar zarurligi emas, uning qanchalik tanqisligi va bizga beradigan qo‘shimcha nafi belgilaydi. Cho‘ldagi odam uchun suv eng qimmatbaho olmosga aylanishining sababi ham shunda! ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 12 авг.5 94569

    12-avgust Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilgan kun! 1991-yil 12-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida Davlat soliq bosh boshqarmasi tashkil etilgan. Hurmatli soliq xodimlari! Sizlarni bugungi sana munosabati bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Siz mashaqqatli va o‘z navbatida sharafli kasbda ishlayotganligingizni, eng asosiy vazifangiz xalq manfaati uchun xizmat qilish ekanligini unutmang. Doimo sog‘-omon bo‘ling! ❇️@iqtisodiylabirint ❇️

  • 11 авг.5 85749

    «O‘rgimchak odam» O‘zbekistonda bir kunda 1 mlrd so‘mdan ortiq kassa yig‘di «O‘rgimchak odam: Yangi kun» (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi O‘zbekistonda namoyishning birinchi kuniyoq 1,07 mlrd so‘m kassa tushumini qayd etdi. Bu mamlakat kino prokatida birinchi kun uchun mutlaq rekord sifatida qayd etilmoqda. Film 2026-yil 6-avgust kuni O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshladi. Birinchi kunning o‘zida filmni 15 838 nafar tomoshabin ko‘rgan. Kassa tushumi esa 1,07 mlrd so‘mni yoki qariyb 90,2 ming dollarni tashkil etgan. Qizig‘i, o‘zbek tilida dublyaj qilingan seanslar umumiy kassa tushumining 11,5 foizini tashkil etgan. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 11 авг.6 584116

    Insonning kelajagini bashorat qilish uchun uning vaqtini nimaga sarflayotganiga qarash kifoya. Uinston Cherchill. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 10 авг.5 0568удалён 13 авг.

    ❗️Бир машҳур фикр бор: Арзон нарса тез унутилади, сифат эса узоқ эсда қолади. Шу тамойил асосида сиз учун Телеграмдаги ишончли, обрўли ва аниқ маълумот берадиган сифатли каналларни бир папкага йиғдик. Банклар, иқтисодиёт, сиёсат, таҳлил ва долзарб кузатувлар — ҳаммаси бир жойда. 📌 Папкани очинг ва сараланган контентни кузатинг. 👇👇👇 https://t.me/addlist/MwsLcnH1LQ5lMThi https://t.me/addlist/MwsLcnH1LQ5lMThi

  • 10 авг.6 24239

    “If qal’asining mahbusi” asarida qiziq bir sahna bor. Unda graf bankirga million arzimagan pul ekanligini, kissasida har doim million bo‘lishi aytadi. Xo‘sh, o‘sha million bugungi kunda qanday qiymatga ega? # ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 10 авг.5 6384

    🇺🇸 AQShning eng yirik kreditorlari kimlar? Financial Times e’lon qilgan ushbu grafik AQSh g‘aznachilik obligatsiyalarining (US Treasuries) eng yirik xorijiy egalarini ko‘rsatadi.   Yaponiya 1 trillion dollardan ortiq AQSh davlat qarz qog‘ozlariga egalik qilib, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Yaponiyadan keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya va Xitoy joylashgan. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 10 авг.5 35616

    Bugundan banklardan 500 AQSh dollarigacha naqd chet el valyutasini hujjatsiz olish mumkin   Joriy yil 9-avgustdan kuchga kirgan hujjatga ko‘ra, endilikda banklardan 500 AQSh dollarigacha naqd chet el valyutasini sotib olishda pasport, ID-karta yoki ular o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat talab etilmaydi.   Bunga qadar banklardan chet el valyutasini hujjatsiz sotib olish mumkin bo‘lgan miqdor 100 AQSh dollarini tashkil qilar edi. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 10 авг.6 37890

    Hayot ne’matlari orasida eng qimmatbahosi sog‘liqdir. Sog‘lom tilanchi bemor qiroldan ustundir. Artur Shopengauer. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

  • 9 авг.8 13941

    Сизлар учун фойдали маълумотларни жамладик! Ушбу маълумотлар ҳақида тўлиқ ахборот олиш учун ўзингизга керакли матн устига босинг ⏩ Айрим хонадонларнинг электр тўловларига 50 фоиз чегирма берилади ⏩ 20 600 000 сўмгача фоизсиз қарз (ссуда) берилади ⏩ Боғчага бораётган болалар учун ҳар ой 618 000 сўм миқдорида моддий ёрдам берилади ⏩ Фоизсиз кредит учун ариза топшириш тартиби ⏩ Хотин-қизларга уй-жой таъмири учун 20 600 000 сўмгача моддий ёрдам ажратилади ⏩ Маҳаллангиздаги ички йўлларини таъмирлашга масъулларни билиб олинг ⏩ Бепул кийм-кечак ва озиқ-овқатни узум маркетдан кимлар олиши мумкин, батафсил ⏩ Пенсияга чиқаётганлар учун иш стажи етмаган тақдирда стажни қонуний қўшиш усуллари ⏩ Уйини кадастр қилмаганлар учун муҳим хабар ⏩ Маҳалла еттилиги билан боғланиш учун контактлар тўплами ⏩ Уйида наслдор чорва боққанлар учун субсидия ⏩ Мол-мулк ва ер солиғини тўламаслик оқибатлари Обуна бўлиш учун хавола: ✅ телеграм

  • 9 авг.6 08317

    Ilon Mask oxirgi 53 kun ichida deyarli 513 milliard dollar yo‘qotdi. Bu summa Larri Peyj va Jeff Bezosning umumiy boyligiga deyarli teng. ❇️@iqtisodiylabirint ❇️

  • 8 авг.10,4 тыс93

    Ikki bo‘ri Bir qariya nevarasiga hayot haqida saboq berib dedi: - Har bir insonning ichida tinimsiz kurash ketayotgan ikki bo‘ri bor.  Ulardan biri yovuzlikni bildiradi: xasislik, qo‘rquv, nafrat, yolg‘on va g‘azab. Ikkinchisi esa ezgulikni bildiradi: quvonch, muhabbat, umid, saxovat, tinchlik va haqiqat. Nevara bir oz o‘ylab so‘radi: — Bobo, oxirida qaysi bo‘ri g‘alaba qozonadi? Qariya jilmayib javob berdi: — Sen qaysi birini ko‘proq boqsang — o‘shanisi. ❗️ Hayotingizda nimaga ko‘proq e'tibor qaratsangiz (qo‘rquv va muammolarga yoki imkoniyat va yaxshilikka), o‘sha narsa kuchayib boradi. Ongli ravishda ezgulikni boqing. ❇️ @iqtisodiylabirint ❇️

Iqtisodiy labirint — tgindex