PRESSUZ
СтатистикаOʻzbekiston va dunyodagi eng muhim voqea-hodisalar. Faktlarga asoslangan tezkor yangiliklar, tahlillar va eksklyuziv maʼlumotlar. Aloqa uchun: @pressadmbot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 12
- Всего постов
- 30
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 584
- 1/48двое суток
- 1 815
- 1/72трое суток
- 1 957
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
Mandat chiqsa uni qanday bilish mumkin? Ertaga, 15-avgust kuni soat 08:00 da 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi. Mandat chiqsa, tanlov natijalarini kamida 3 xil usulda bilish mumkin. 1. my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2. mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3. Oliy ta’lim muassasalariga taqdim etilgan test natijalari qaydnomasi orqali. @pressuz
⚡️⚡️⚡️Mandat ertaga, 15-avgust kuni soat 08:00 da e’lon qilinadi. @pressuz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Instagramda har xil yarim-yalang‘och qizlarni ko‘z-ko‘z qilib, bo‘lar-bo‘lmas videolar bilan kun o‘tkazadigan bir betayin nihoyat 10 sutkaga qamalibdi. Ijtimoiy tarmoqni shaxsiy “sirk”iga aylantirib, odob-axloq va jamoat tartibini pisand qilmaydiganlarga ham javobgarlik borligini ko‘rsatib qo‘yishibdi. @pressuz
❗️Aytishlaricha, mandat tez orada chiqishi kutilmoqda. Bugun tunda chiqmasligi aniq. Manbalarga koʻra, ertaga chiqib qolish ehtimoli katta. Deyarli hammasi tayyor, deyishmoqda. @pressuz
Bu videodagi Tatneft zapravkasi. Videodagi narxlarni bir marta diqqat bilan ko‘rishning o‘zi kifoya: 18 ming so‘m bo‘lib turgan AI-92 — Rossiyada ishlab chiqarilgan benzin. Uning pastida esa O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan AI-92 narxi 12 ming so‘m qilib ko‘rsatilgan. Lekin videoga olgan odam buni ko‘rmagan. Uni tarqatayotgan kanalizatsiya kanallari esa ko‘r-ko‘rona ulashgan. Qolaversa, Rossiyada benzin taqchilligi va ta’minotdagi muammolar haqida butun dunyo ko‘rib, eshitib turibdi. Shunday sharoitda Rossiyada ishlab chiqarilgan benzin O‘zbekistonda ham mahalliy benzindek arzon sotilmasligi tabiiy. Import mahsulotning narxi boshqa, ichki ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi boshqa. Gap tekshirishni bilmaslikda ham emas. Videoning o‘zida javob turibdi. Buning uchun hech bo‘lmasa videoni bir marta diqqat bilan ko‘rish kerak. Ammo yo‘q. Avval vahima, keyin repost, undan keyin “AI-92 18 ming bo‘libdi”, degan shov-shuv kerak bularga. @pressuz
Denov tumanida fuqaroning uy-joyi buzilishi yuzasidan Oliy sud rasmiy bayonot berdi @pressuz
🎦 🏆 38-Xalqaro informatika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi boshlandi! O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan IOI 2026 doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh dasturchilar Toshkentda jam bo‘ldi. 🗣Olimpiadaning ochilish marosimini quyidagi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatishingiz mumkin: 🌐 https://youtube.com/live/ArDnzvUIJe4?feature=share 🔴 https://www.facebook.com/share/v/1CuKadGfhx/ 🌐 https://youtube.com/live/WJ_917PpVmI?feature=share Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Ilhom Aliyev Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi 8-avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbatda Vashington sammitiga bir yil to‘lgani munosabati bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayoni muhokama qilindi. Tomonlar uzoq yillik mojaroga barham berilganini ta’kidladi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, TRIPP transport loyihasi va mintaqada transport bog‘liqligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Aliyev Trampga Vashington sammitidagi roli va Ozarbayjonni G20 sammitiga taklif qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Ozarbayjon–AQSH strategik sherikligini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi. Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ham Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. @pressuz
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Toshkentda aviahalokat ssenariysi asosida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi 7-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroporti tashabbusi bilan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida parvozlarning qidiruv-qutqaruv faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, Istanbul–Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchi samolyoti qo‘nishga yaqinlashganda havo dispetcherlari va ekipaj o‘rtasidagi aloqa uziladi. Samolyot Toshkent shahriga yetmay, aviafalokatga uchraydi. Shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari boshlanib, favqulodda vaziyat haqidagi ma’lumotlar tegishli xizmatlarga zudlik bilan yetkazildi. Aviahalokat oqibatlarini bartaraf etish uchun 250 ga yaqin mutaxassis va 25 ta maxsus texnika jalb qilindi. Mashg‘ulot davomida qutqaruvchilarning odamlarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarni jarohatlarining og‘irlik darajasiga qarab taqsimlash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni tibbiyot muassasalariga yetkazish, shuningdek, samolyot bortidagi xavfli yukni evakuatsiya qilish bo‘yicha harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Toshkent xalqaro aeroporti va boshqa tegishli xizmatlar ishtirok etdi. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — aviahalokat yuz bergan taqdirda barcha tegishli idoralar o‘rtasida hamkorlikni tezkor yo‘lga qo‘yish, oqibatlarni bartaraf etish va xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishdan iborat. O‘quv mashg‘uloti yakunida bo‘linmalar va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. @pressuz
“Ochiq muloqot — tadbirkorning fikri va taklifi eshitiladigan muhim maydon” Yulduz Mavlyanova, tadbirkor: “Tadbirkor sifatida faoliyatimiz davomida duch kelayotgan masalalarni, ularning amaliy yechimlarini eng yaxshi o‘zimiz bilamiz. Ochiq muloqot esa ana shu tajribamiz, tashabbus va takliflarimizni bildirish imkonini beradi. Barcha tadbirkorlarni bu jarayonda faol ishtirok etishga, biznesni rivojlantirishga xizmat qiladigan asosli takliflarini yuborishga chaqiraman”. 📩@ochiqmuloqot2026_bot ☎️1100 | 1094 @pressuz
Kontent markazi hududidagi mitti mushuklar ham xodimlar e’tiboridan chetda qolmaydi. Ish orasida ularga ovqat berish bu yerdagi odatiy manzaralardan biriga aylangan. Aynan mana shunday kichik e’tiborlar jonivorlarga nisbatan jamiyatda mehr madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. @pressuz
Biz 10 yil avvalgidan ancha boyroq yashayapmiz… Shunchaki buni sezmay qoldik Boylik har doim ham pulda aks etmaydi. Ba’zan u 10 yil oldin qo‘l yetmagan narsalarning bugun oddiy holga aylanganida namoyon bo‘ladi. @pressuz
Yangi Toshkentda qad rostlagan yangi Milliy kutubxona. @pressuz