O‘zMU talabalari | Rasmiy
СтатистикаO‘zMU talabalarining rasmiy Telegram kanali Ushbu kanal talaba-yoshlar hayotiga doir yangiliklar, tashabbus va muvaffaqiyatlar, muhim voqea va innovatsiyalar taqdimi, shuningdek, muhokamalar uchun Savollar yuzasidan: @nuuz_adminn
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 147
- 1/48двое суток
- 168
- 1/72трое суток
- 181
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan xabardormisiz? 📝 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8377546 05.08.2026 O‘RQ-1162-son Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8383786 07.08.2026 O‘RQ-1163-son 📝 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8374618 03.08.2026 PQ-288-son Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8375051 04.08.2026 PQ-292-son 📝 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari Davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8369423 31.07.2026425-son Respublikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/pdfs/-8383797 07.08.2026 437-son
📢 TALABALAR DIQQATIGA! 🌍 “YOSHLAR MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI KELAJAGINI LOYIHALASHTIRMOQDA” 🚀 UNESCO YOUTH HACKATHON 2026 YUNESKO tomonidan yoshlarning media va axborot savodxonligini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli muhitda ijodiy yechimlar yaratish maqsadida “Youth Hackathon 2026” tanlovi o‘tkazilmoqda! 🎯 Kimlar ishtirok etishi mumkin? 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar; 2 nafardan 6 nafargacha ishtirokchidan iborat jamoalar; Milliy va xalqaro jamoalar; Talabalar va yosh innovatorlar. 💡 Nima uchun ishtirok etish kerak? Bu — o‘z g‘oyangizni xalqaro darajada namoyish etish, zamonaviy media va axborot savodxonligi sohasida innovatsion loyiha yaratish hamda boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlar bilan tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat! 🏆 G‘olib jamoalar o‘z loyihalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tadigan “Voices: European Journalism and Media Freedom” xalqaro festivalida taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 6-iyuldan 16-avgustgacha ⏰ Oxirgi muddat: 2026-yil 16-avgust 📝 Ariza topshirish: https://tally.so/r/MePkYk 🌐 Tanlov haqida batafsil ma’lumot: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-youthhackathon-2026 📌 Talabalar! Agar sizda media, jurnalistika, axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, sun’iy intellekt, axborot xavfsizligi yoki media savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion g‘oya bo‘lsa — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 👥 Jamoangizni shakllantiring, g‘oyangizni yarating va xalqaro maydonda o‘z loyihangizni namoyish eting!
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#TalabaMuvaffaqiyati O‘zMU talabasi ekologik innovatsion loyihasi bilan “Yashil innovatsiyalar” tanlovida g‘olib bo‘ldi 🎓 O‘zbekistonning turli hududlaridan kelib tushgan 443 ta ekologik startap loyiha orasidan saralangan 87 ta eng istiqbolli tashabbus respublika final bosqichida o‘z imkoniyatlarini namoyish etdi. Ishtirokchilarga innovatsion loyihalarni rivojlantirish va 100 million so‘mgacha grant mablag‘larini jalb etish imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berildi. 🇺🇿 Tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti "Mexanika va matematik modellashtirish" yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Abdiyeva Rayxona Baxrom qizi ham munosib ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan joy oldi. 📰 Tanlov yakunlariga ko‘ra, 14–18 hamda 19–30 yosh toifalarining har biridan 12 nafardan — jami 24 nafar ishtirokchi g‘olib deb topildi. Ularga innovatsion loyihalarini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etish uchun moliyalashtirish mablag‘lari vaucherlari topshirildi. Batafsil 👉 nuu.uz 👉 На русском 👉 In English Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
“Prezident AI Award” 2026 tanlovi haqida raqamli ma’lumot kontenti President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi. Ishtirok etish shartlari: 🔸Jamoa tarkibi: 3–8 kishi 🔸O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000. Ariza topshirish uchun nimalar kerak? 🔸Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) 🔸Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch 🔸GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun) 🔸PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi ❗Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Awards.gov.uz (https://awards.gov.uz/en/paia) platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting. AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga. @startupbaseuz Havola: https://t.me/president_ai_award/9
🏆 President Tech Award 2026 uchun ro‘yxatdan o‘ting! O‘zbekistonning eng istiqbolli startaplari uchun navbatdagi cheksiz imkoniyatlar eshigi ochildi. 🚀 Umumiy mukofot jamg‘armasi — $5 million. Tanlov inkubatsiya, akseleratsiya va eng yaxshi startap loyihalari yo‘nalishlarini qamrab olib, g‘oliblarga grantlar, investitsiyalar hamda tajribali mentorlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Ishtirokchilar quyidagi dasturlarda qatnashishlari mumkin: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed ) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha cheklov yo‘q. 📌 Arizalar qabuli: Inkubatsiya dasturi - 10 Avgust Akseleratsiya dasturi - 10 Avgust Best Startup Project - 31 Avgust Arizangizni hoziroq awards.gov.uz (https://awards.gov.uz/en/pta) orqali topshiring va keyingi muvaffaqiyat hikoyasining bir qismiga aylaning. @startupbaseuz Havola: https://t.me/PresidentTechAward/350
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
🎓 O‘zMU Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari akademik mobillik dasturi doirasida Andijon va Osh davlat universitetlarida ilmiy-amaliy faoliyat olib bordi. 📍 2026-yil 8–12-may kunlari “Tabiiy geografiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Geografiya yo‘nalishining 20 nafar talabalari Andijon davlat universiteti va Qirg‘iz Respublikasining Osh davlat universitetida ta’lim jarayonlari, dala amaliyotlari va ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etdi. 🏛 Tashrif davomida Andijon davlat universiteti faoliyati bilan tanishilib, Bobur bog‘ida Andijon hududining geografik o‘rni va relyef xususiyatlari o‘rganildi. ⛰ Qirg‘iz Respublikasida esa Kichik Chimyon tog‘lariga ilmiy ekskursiya tashkil etildi. Osh davlat universitetida talabalar dars mashg‘ulotlarida qatnashdi, professor-o‘qituvchilar tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi. 👨🏫 Akademik mobillik dasturi doirasida kafedra mudiri, g.f.f.d. (PhD) K.A. Xakimov hamda o‘qituvchilar S.M. Abduraximov va I.I.Berdialiyev tomonidan umumiy tabiiy geografiya, geomorfologiya, tuproqlar geografiyasi va landshaftshunoslik yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 🕌 Shuningdek, Sulaymon tog‘i va muzeyiga tashrif buyurilib, hududning tarixiy-geografik xususiyatlari bilan tanishildi. 🤝 Mazkur akademik mobillik dasturi ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
#Milliy_universitet #Since_1918 Abituriyentlar diqqatiga! Bugun, 8-avgust OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash yoki o’zgartirishning so’nggi muddati. Soat 23:59 gacha ulgurib qoling! 🇺🇿 Dunyoning top-1000 oliygohlari ro‘yxatiga kirgan O‘zbekiston Milliy universiteti bilimli va salohiyatli yoshlarni tahsil olishga, ilm-fan sohasida progress qilishga chorlaydi. 🔝1918-yilda tashkil etilgan, bir asrdan oshiq tarixga ega, Markaziy Osiyodagi yetakchi, dunyo tan olgan va e’tirof etgan Milliy universitet ➡️ ⏺matematika-fizika ⏺kimyo-biologiya ⏺ekologiya ⏺tarix ⏺sotsiologiya ⏺psixologiya ⏺sport faoliyati ⏺ijtimoiy ish ⏺milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ⏺sun’iy intellekt ⏺kadastr ⏺geoinformatika va boshqa zamonaviy fan sohalari bo‘yicha professional mutaxassislarni yetishtirib kelmoqda. TOP-1000 universitetlar qatoridan joy olgan O‘zbekiston Milliy universiteti 2026-yil uchun e’lon qilingan QS dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida 721-730 o‘rinlarni qayd etdi. 🗣Yuqori sifatli ta’lim 🗣tajribali akademik va professorlardan saboq olish 🗣O‘zbekiston va xorijdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash 🗣xorijiy stajirovkalar 🗣nazariy bilimlarni zamonaviy laboratoriyalarda qo‘llash imkoniyati 🗣yuqori martabali oliygoh talabasi bo‘lish 🗣dunyo tan olgan diplom egasiga aylanish – barchasi Sizni kutmoqda! Kelajagingiz uchun Milliy universitetni tanlang! 🗣Qo‘shimcha ma’lumot: qabul.nuu.uz 📞 Ishonch telefonlari: 71 246 79 89 71 227 17 39 71 712 13 90 Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan xabardormisiz? 📝 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 🔺Madaniy meros sohasidagi davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8354297 23.07.2026 O‘RQ-1160-son 🔺Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8354256 27.07.2026 O‘RQ-1161-son 📝 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari 🔺Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlashni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8339739 20.07.2026 PF-138-son 🔺Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy boshqaruvni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8343180 17.07.2026 PQ-270-son 🔺Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8350210 24.07.2026 PQ-275-son 📝 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari 🔺Taʼlim va sport yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi gʻoliblarini “Oʻzbekiston boʻylab sayohat” yoʻllanmasini taqdim etish orqali ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8353271 24.07.2026406-son 🔺Sport maktablari faoliyatini tizimli tashkil etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8353326 24.07.2026 407-son Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
🎼 Hurmatli talabalar! Sizlarni Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining 2026-yil avgust oyida boʻlib oʻtadigan konsert va madaniy tadbirlariga taklif etamiz. Mumtoz musiqa durdonalari, jahon va milliy bastakorlar asarlari ijrosidan bahramand boʻlish, yuksak estetik zavq olish hamda madaniy hordiq chiqarish imkoniyatini qoʻldan boy bermang. 📅 Konsertlar rejasi ilova qilinmoqda. Barcha talabalarni ushbu madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
💼 Bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi 🎓2025–2026-o‘quv yilida oliy va kasbiy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun joriy yilning 31-iyul kuni soat 10:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Yarmarka davomida bitiruvchilar: ➡️ mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish; ➡️ ish beruvchilar bilan bevosita va ochiq muloqot qilish; ➡️ tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha maslahatlar olish; ➡️ kasbiy rivojlanish va bandlik imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. 🇺🇿Tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Prezident huzuridagi boshqaruv samaradorligi agentligi, Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi, shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Soliq boshqarmasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, ish qidirish jarayonini tez, qulay va xavfsiz tashkil etish uchun “Oson ish” hamda “Mening ishim” mobil ilovalaridan foydalanish imkoniyatlari ham taqdim etiladi. 📍 Manzil: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 🗓 Sana: 2026-yil 31-iyul 🕙 Vaqt: soat 10:00 Yangi imkoniyatlar sizni kutmoqda! Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlardan xabardormisiz? 📝 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari 🔺 Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8261557 10.06.2026 O‘RQ-1149-son 🔺Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8263187 11.06.2026 O‘RQ-1150-son 🔺Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8265035 11.06.2026 O‘RQ-1152-son 🔺Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8282286 22.06.2026 O‘RQ-1155-son 🔺Ijtimoiy ish toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8346774 23.07.2026 O‘RQ-1159-son 📝 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari 🔺Davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8309048 06.07.2026 PF-123-son 🔺Soliq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8275560 16.06.2026 PQ-227-son 🔺Respublikada xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8338152 17.07.2026 PQ-269-son 📝 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari 🔺Lift va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8281500 19.06.2026 316-son 🔺Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8288077 25.06.2026 327-son 🔺Texnikumlarda dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarga stipendiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8299334 30.06.2026 341-son 🔺Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturlariga oʻqishga qabul qilishga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida Havola: https://lex.uz/uz/docs/-8299357 30.06.2026 350-son Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Xodimlar va professor-o‘qituvchilar diqqatiga! 🅰 Vazirlar Mahkamasining “Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga muvofiq 2026-yil 1-iyuldan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi xodimlarning ijtimoiy kartalari orqali to‘lab beriladi. 📎 Shu munosabat bilan barcha xodimlardan "Baraka" mobil ilovasini 2026-yil 15-avgustga qadar o‘z mobil qurilmasiga yuklab olishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. ↔️ Mazkur ilova orqali virtual ijtimoiy karta bepul ochiladi hamda tegishli nafaqa to‘lovi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan ushbu kartaga tushirib beriladi. ❗️Ilovani o‘z vaqtida o‘rnatish nafaqa to‘lovlarini tez va qulay qabul qilish imkonini yaratadi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
🟦🟦🟦🟦🟦 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ta’sis etilgan “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 2-soni uchun maqolalar qabuli boshlandi. 📘Jurnal tyutorlik (murabbiylik) instituti faoliyatini ilmiy yondashuv asosida takomillashtirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Agar siz oliy ta’lim tashkiloti xodimi, tyutor (murabbiy) yoki tadqiqotchi bo‘lsangiz, tyutorlikka oid dolzarb va amaliy ahamiyatga ega maqolangizni yuboring. ⬇️Maqolalar 2026-yil 25-avgust sanasiga qadar @tyutorjurnali_qabul profili orqali qabul qilinadi. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga 36 kun qoldi! Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, milliy g‘ururi, tinch va farovon hayoti hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. ⚡️Yurtimizning eng ulug‘ bayramini birgalikda, yuksak iftixor va cheksiz faxr tuyg‘usi bilan kutib olamiz! Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin