Nodir24/7
СтатистикаYoshlar yordamchisi Nodirjon Xurramovning Telegram kanaliga xush kelibsiz
- Последний пост
- 1 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 86
- 1/48двое суток
- 98
- 1/72трое суток
- 106
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👁 Ko'zingiz qanday ishlashini bilasizmi? Har kuni millionlab tasvirlarni ko'ramiz, ammo bu jarayon qanday sodir bo'lishini ko'pchilik bilmaydi. 🎥 Bugungi videodarsda ko'z fiziologiyasini ilmiy asosda tushuntirib berdik. 📺 To'liq video: https://youtu.be/5svWDsiw9X4?si=TnO_7RteARfSp8MD 🔄 Ushbu postni biologiyaga qiziqgan tanishlaringizga yuboring! FIKRLAB PODCAST
Bugun, 1-oktyabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman! O‘z hayotini, bilim va tajribasini yosh avlod kamoloti uchun baxshida etgan fidoyi insonlar oldida bir umr qarzdormiz. Nimaiki yutuqlarga erishgan bo’lsak, bunda ustozlarimizning hissasi katta. Fursatdan foydalanib barcha ustozlarimni bayram bilan samimiy muborakbod etaman
super kontrakt uchun arizalar qabul qilish boshlandi
#qabul2025 #super_kontrakt Joriy yil tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori OTM rektorlari (direktorlari) tomonidan belgilanadi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorini rektor (direktor) tomonidan mustaqil belgilash quyidagi tartibda amaliyotga joriy etiladi: ➖qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari (1-ilova 73-band)ga asosan belgilanadi; ➖qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. Barcha oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan 2025-yil 25-sentyabrga qadar 2025/2026-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va taʼlim shakllari kesimida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yilning 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi. Shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya qilinganlar bundan mustasno).
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetdan bilish mumkin.
⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: 🔸akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan; 🔹oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit taʼlimi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bagʻishlov” tadbirlari tashkil etiladi. Haftalik doirasida: ➡️talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash; ➡️talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish masalalari yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
📌 Rasman: Talabalikka tavsiya etilganlar yotoqxonaga ariza yuborishi mumkin! Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi. Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
#Super kontrakt. Super kontrakt uchun arizalar sentabr oyidan boshlab kontrakt.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi (balkim vaqtliroq ham). Hozirda faqatgina sabr bilan kutishni tavsiya etaman. Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin. Yana ma'lumotlar 👉@nodir24👈
❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi? ❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr. Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan. Endi yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q. mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k, yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi. Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas. Yana ma'lumotlar 👉@nodir24👈
📌Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha ✅Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 15-avgustdan 24-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin. ⚡️Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 📝Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. 🏢Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak. Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2025-yil 21-avgustdan boshlanadi.
#Qabul2025 #Natija ✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Yanama'lumotlar 👉@nodir24👈
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin. Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ➖ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 1,1 baldan — 2,0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ➖ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ➖ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.
Mandat e'lon qilindi, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni tabriklayman. endi savollar boshlanadi ya'ni super kontrakt qancha, nech pul va hakoza.
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi #MASOFAVIY 2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga MASOFAVIY ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti. JAMI: 420 ta. Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta, qoraqalpoq tili – 15 ta. Kanalga ulanish: ➖ @uzauz
⚡️KVOTA-2025 BAKALAVR. KECHKI #abituriyent Jami: 28 ming 732 ta. 2025-2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. 👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2025 BAKALAVR. KUNDUZGI #abituriyent Jami: 148 ming 400 ta. 2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining KUNDUZGI ta’lim shakliga umumiy qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️❗️❗️Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ➖ Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. ➖ Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. ➖ Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 🔁 Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📆 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Давлат ОТМларига қабул қилиш бўйича давлат буюртмаси параметрлари тасдиқланди 📝 Президент фармойишига кўра, 2025/2026 ўқув йили учун давлат олий таълим ташкилотларига қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари расман тасдиқланди.
#RASMIY_XABAR ⚡️Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi: ▫️2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”; ▫️xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
👍👍👍👍👍🕸 📌 my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma 📱 Bugundan 2025–2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 🌎 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📝 Ro‘yxatga olish 2025-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.