O‘ZMU BIOLOGIYA VA EKOLOGIYA FAKULTETI RASMIY KANALI
Статистика2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 126
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 094
- 1/48двое суток
- 1 253
- 1/72трое суток
- 1 352
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 E’LON 🇬🇧 Ingliz tilini biladigan talabalar diqqatiga! Biologiya va ekologiya fakulteti Biologiya yo‘nalishi 2-kurs talabalari orasidan ingliz tilini biladigan talabalar uchun maxsus guruh tashkil etilmoqda. 🎯 Ushbu guruhga ingliz tilini yetarli darajada biladigan, ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan va o‘z bilimlarini yanada rivojlantirishga qiziqadigan talabalar saralab olinadi. 📚 Guruh faoliyati davomida: ingliz tilida muloqot qilish; biologiyaga oid ilmiy terminlarni ingliz tilida o‘rganish; ilmiy maqolalar bilan ishlash; taqdimot va nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish; xalqaro ta’lim va ilmiy dasturlarga tayyorgarlik ko‘rish yo‘nalishlarida ish olib boriladi. 📌 Talab: Biologiya yo‘nalishi 2026-2027-o'quv yilida 2-kurs talabasi bo‘lish va ingliz tilini bilish. 📞 Guruhga qo‘shilish istagidagi talabalar @nuu_fayzullayev Telegram manziliga murojaat qilishlari so‘raladi. 🌟 Bilimingizni imkoniyatga aylantiring! Ingliz tilini bilish — xalqaro ta’lim va ilm-fan sari muhim qadam! 🇬🇧🎓
Talabalar turar joyida qarzdorligi bor talabalar 2024-2025 va 2025-2026 o'quv yili. Qarzdorlikni bartaraf etib, kvitansiyalarini guruh tyutorlariga yoki @nuu_fayzullayev telegram manziliga yuboring, kursdan kurga o'tish buyrug'i chiqmayapti.
#yozgisemestr 📝 Assalomu alaykum! Hurmatli talabalar! 🎓 13.08.2026-yil soat 15:00 da Yozgi dars mashg'ulotlari tugagan fanlardan quyidagi test imtihonlari bo'ladi: 📝 🔹 Oliy matematika (1-semestr) – o'zbek va rus guruhlar uchun; 🇺🇿🇷🇺 🔹 Umumiy pedagogika (3-semestr); 📚 🔹 Umumiy psixologiya. 🧠 Shuningdek, 2-kurs talabalarining 1-kursdagi qarzdor fanlaridan ham test imtihonlari bo'ladi. 🔄📚 Qo'shimcha va o'zgarish bo'lsa rasmiy kanalda ma'lumot beriladi. ⏬ @bio_nuuyoshlar
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi. Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling. ❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ
📢 DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 🏛 O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya va ekologiya fakulteti Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashuvchi ma’lumotlar markazi o‘z safiga volontyorlarni taklif etadi. 🤝 Agar siz: 🔹 talabalarga amaliy yordam ko‘rsatishni istasangiz; 🔹 jamoa bilan ishlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirmoqchi bo‘lsangiz; 🔹 fakultet hayotida faol ishtirok etishni xohlasangiz, unda volontyorlar safidan joy olish uchun murojaat qiling! 📩 Murojaat uchun: @nuu_fayzullayev 📌 Faol, tashabbuskor va mas’uliyatli talabalarni kutib qolamiz!
🏢 Talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish bo‘yicha muhim ma’lumotlar! Hurmatli talabalar va abituriyentlar! Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sari uzoq viloyatlardan keladigan talabalar uchun turar joy masalasi eng birinchi o‘ringa chiqadi. Vaqtingizni tejash va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish uchun TTJga ariza topshirish va joylashish tartibini eslatib o‘tamiz: 📌 Asosiy qoidalar: Qachon topshiriladi? 2, 3 va 4-kurslar uchun 1-avgustdan boshlangan. 1-kurslar natija chiqqach topshiradi. Qayerdan topshiriladi? my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali. 🚫 Ko‘rpa-to‘shak ko‘tarib kelish shart emas — faqat kiyimingizni olib kelsangiz kifoya! 💡 Agar TTJdan joy tegmay qolsa, ijara xonadoni topish uchun fakultetingiz mas’ullariga murojaat qiling.
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazi 🎓 Pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul e’lon qiladi! 🔬 “Biologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi! 🟢 Qabul qilinadigan sohalar mutaxassislari: 🌱 Biologiya (turlari bo‘yicha) 🧫 Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) 🌿 O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) 🌸 Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 🌍 Tuproqshunoslik ⚗️ Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 📚 Biologiya o‘qitish metodikasi 🧑⚕️ Biologiya va inson hayotiy faoliyati muhofazasi 💻 Bioinformatika 🩺 Tibbiy biologiya 🐟 Ixtiologiya 🔬 Biofizika 🧪 Biokimyo 🧬 Genetika 🧬 Biotexnologiya 🪴 O‘simliklar himoyasi va karantini sohalari mutaxassislari. 📌 Qabul davom etmoqda! 📝 Hujjat topshirishga shoshiling! 📩 Talabgorlar hujjat topshirishda Id-karta (pasport), oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplomni elektron shaklda ilova qiladilar. 📞 Aloqa uchun telefonlar: 📲 71 246 93 79 📲 93 993 37 17 📲 94 530 24 00 👉 Kurslar haqida batafsil O'zMU markaz qayta tayyorlov https://t.me/+Kd7y3GEYlQthNmIy 🕒 Qayta tayyorlash muddati: 6 oy (864 soat) 📚 O‘qish shakli: Kunduzgi (an’anaviy va masofaviy o‘qish usullari uyg‘unligida – aralash/gibrid shaklda) ❗️Pedagogik va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi diplom topshiriladi. 📢 Bizni kuzatib boring: 📲 Telegram
❗️Bugun “perevod” uchun arizalar qabuli yakunlanadi #perevod Talabalar bugun, 5-avgust kuni soat 23:59 ga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin. Arizalar quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. 👉 @xushnudbek 👈
#yozgisemestr 📝 Assalomu alaykum, hurmatli talabalar! 👋 Ertaga soat 9:00 da Jurnalistika va o'zbek filologiyasi fakultetida quyidagi fanlarning yozgi mashg'ulotlari tugagan test nazoratlari o'tkaziladi: Falsafa, Xorijiy til, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati, O'zbek (rus) tili, Dinshunoslik, O'zbekistonning eng yangi tarixi. 📚 ‼️‼️‼️ ESLATMA ‼️‼️‼️ Testlar faqat o'qiyotgan kursingiz bo'yicha bo'ladi. Masalan, siz 2-kursdasiz. 1-kursdagi Umumiy fizika fanidan qarzdorsiz, lekin bu testni topshira olmaysiz. ❌ Faqatgina 2-kursdagi test bo'ladigan fanlardan test topshirasiz. ✅ 1-kurslar ham faqatgina 1-kursdagi test bo'ladigan fanlardan test topshiradi. (2-kurs talabalarining 1-kursdagi test topshiragi fanlaridan test imtihonlari haqida alohida e'lon beramiz) 🗣 Qo'shimcha va o'zgarish bo'lsa rasmiy kanalda ma'lumot beriladi.⏬ @bio_nuuyoshlar
#darsjadvali #yozgisemestr BIOLOGIYA VA EKOLOGIYA FAKULTETI 2025-2026-o'quv yili akademik qarzdorliklariga to'lov qilgan Biologiya va ekologiya faulteti kunduzgi va kechki bo'lim talabalari uchun DARS JADVALI Fan nomi: Umumiy kimyo (o'zbek va rus guruhlari, barcha ta'lim yo'nalishlari uchun) Qo'shimcha va o'zgarish bo'lsa rasmiy kanalda ma'lumot beriladi.⏬ @bio_nuuyoshlar
“35 000 tashabbus” umummilliy loyihasiga start berildi Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasini ishga tushirdi. Loyiha doirasida fuqarolar jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya hamda tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin. Tashabbuslar taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat va boshqa yoʻnalishlarda qabul qilinadi. Arizalar 1-avgustdan 31-avgustgacha tashabbus.yito.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
Assalomu-aleykum hurmatli talabalar. Talabalar turar joyiga joylashish uchun Ariza berayotganda imtiyozi mavjud bôlganlar (Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, nogironligi bor, Chin yetin va ota ona qaramog'idan mahrum bôlganlar, ijtimoiy reystrga kiritilgan oila farzandi, Temir daftar, Ayollar daftari, Yoshlar daftariga kiritilgan oila farzandlari) e'tiborli bo'linglar imtiyoz kôrinmasa Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy bo'limlari va mahalladagi ma'sullarga murojaat qilib imtiyoz tizimda ko'ringandan keyin ariza berishlaring tavsiya etiladi. @bio_nuuyoshlar
Talabalar turar joylariga ariza berish boshlandi.
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📢 ESLATMA! GRANTLARNI QAYTA TAQSIMLASH BO‘YICHA ARIZA TOPSHIRISHNING SO‘NGGI KUNI! ⏳ Bugun, 31.07.2026, grantlarni qayta taqsimlash bo‘yicha ariza yuborishning oxirgi kuni hisoblanadi. 🕛 Tizim bugun soat 23:59 gacha ishlaydi. Shundan so‘ng ariza yuborish va mavjud arizalarni qayta topshirish imkoniyati to‘xtatiladi. ❗️Agar talaba: arizasini xato yuborgan bo‘lsa; adashib noto‘g‘ri grant turini tanlagan bo‘lsa; GPA yoki boshqa ma'lumotlarni inobatga olmasdan ariza yuborgan bo‘lsa; yoki boshqa har qanday muammoga duch kelgan bo‘lsa, bugun soat 23:59 gacha ushbu kamchiliklarni bartaraf etishi zarur. 🔄 Zarurat tug‘ilganda talaba OTM rahbariyatiga murojaat qilib, arizani rad ettirib, qayta to‘g‘ri ariza yuborishi mumkin. 📌 Hurmatli mas'ullar! Iltimos, ushbu jarayonni shaxsiy nazoratga oling, barcha talabalarga bugunning oxirgi muddat ekanligini yetkazing va arizalarini tekshirtiring. ⚠️ Muhim: Ushbu muddatdan keyin qo‘shimcha vaqt berilmaydi. Barcha kamchiliklar 31.07.2026 soat 23:59 gacha bartaraf etilishi shart.
❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
#darsjadvali #yozgisemestr BIOLOGIYA VA EKOLOGIYA FAKULTETI 2025-2026-o'quv yili akademik qarzdorliklariga to'lov qilgan Biologiya va ekologiya faulteti kunduzgi va kechki bo'lim talabalari uchun DARS JADVALI Fan nomi: Oliy matematika (rus guruhlari uchun) Qo'shimcha va o'zgarish bo'lsa rasmiy kanalda ma'lumot beriladi.